About Intellectual Property IP Training Respect for IP IP Outreach IP for… IP and... IP in... Patent & Technology Information Trademark Information Industrial Design Information Geographical Indication Information Plant Variety Information (UPOV) IP Laws, Treaties & Judgements IP Resources IP Reports Patent Protection Trademark Protection Industrial Design Protection Geographical Indication Protection Plant Variety Protection (UPOV) IP Dispute Resolution IP Office Business Solutions Paying for IP Services Negotiation & Decision-Making Development Cooperation Innovation Support Public-Private Partnerships AI Tools & Services The Organization Working with WIPO Accountability Patents Trademarks Industrial Designs Geographical Indications Copyright Trade Secrets WIPO Academy Workshops & Seminars IP Enforcement WIPO ALERT Raising Awareness World IP Day WIPO Magazine Case Studies & Success Stories IP News WIPO Awards Business Universities Indigenous Peoples Judiciaries Genetic Resources, Traditional Knowledge and Traditional Cultural Expressions Economics Gender Equality Global Health Climate Change Competition Policy Sustainable Development Goals Frontier Technologies Mobile Applications Sports Tourism PATENTSCOPE Patent Analytics International Patent Classification ARDI – Research for Innovation ASPI – Specialized Patent Information Global Brand Database Madrid Monitor Article 6ter Express Database Nice Classification Vienna Classification Global Design Database International Designs Bulletin Hague Express Database Locarno Classification Lisbon Express Database Global Brand Database for GIs PLUTO Plant Variety Database GENIE Database WIPO-Administered Treaties WIPO Lex - IP Laws, Treaties & Judgments WIPO Standards IP Statistics WIPO Pearl (Terminology) WIPO Publications Country IP Profiles WIPO Knowledge Center WIPO Technology Trends Global Innovation Index World Intellectual Property Report PCT – The International Patent System ePCT Budapest – The International Microorganism Deposit System Madrid – The International Trademark System eMadrid Article 6ter (armorial bearings, flags, state emblems) Hague – The International Design System eHague Lisbon – The International System of Appellations of Origin and Geographical Indications eLisbon UPOV PRISMA UPOV e-PVP Administration UPOV e-PVP DUS Exchange Mediation Arbitration Expert Determination Domain Name Disputes Centralized Access to Search and Examination (CASE) Digital Access Service (DAS) WIPO Pay Current Account at WIPO WIPO Assemblies Standing Committees Calendar of Meetings WIPO Webcast WIPO Official Documents Development Agenda Technical Assistance IP Training Institutions COVID-19 Support National IP Strategies Policy & Legislative Advice Cooperation Hub Technology and Innovation Support Centers (TISC) Technology Transfer Inventor Assistance Program WIPO GREEN WIPO's Pat-INFORMED Accessible Books Consortium WIPO for Creators WIPO Translate Speech-to-Text Classification Assistant Member States Observers Director General Activities by Unit External Offices Job Vacancies Procurement Results & Budget Financial Reporting Oversight
Arabic English Spanish French Russian Chinese
Laws Treaties Judgments Browse By Jurisdiction

Uzbekistan

UZ046

Back

Seleksiya yutug'iga O'zbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko'rib chiqish Qoidalari (O'zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2004 yil 30 dekabrdagi 62son buyrug'i bilan Tasdiqlangan, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2005 yilning 14 yanvarida 1443-son bilan Ro'yxatdan O'tkazilgan)

 Seleksiya yutug'iga O'zbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko'rib chiqish Qoidalari

Seleksiya yutug'iga O'zbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko'rib chiqish QOIDALARI

(O'zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2004 yil 30 dekabrdagi 62- son buyrug'i bilan TASDIQLANGAN, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2005 yilning 14 yanvarida 1443-son bilan RO'YXATDAN O'TKAZILGAN)

I bob. Seleksiya yutug'iga patent berish uchun talabnoma tuzish va topshirish. Talabnoma topshirish huquqiga ega bo'lgan shaxslar II bob. Patent olish bo'yicha Patent idorasi bilan ishlarni yuritish III bob. Talabnomani ko'rib chiqish

Mazkur "Seleksiya yutug'iga O'zbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnoma tuzish,

topshirish va ko'rib chiqish qoidalari" (bundan buyon matnda Qoidalar deb yuritiladi) O'zbekiston

Respublikasining "Seleksiya yutuqlari to'g'risida"gi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan bo'lib, seleksiya

yutug'iga patent berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko'rib chiqish tartibini belgilaydi.

Qisqartirishlar ro'yxati:

Qonun - O'zbekiston Respublikasi "Seleksiya yutuqlari to'g'risida" Qonuni;

Patent idorasi - O'zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi;

Seleksiya yutug'i - yangi o'simlik navi, yangi hayvon zoti;

Ixtisoslashtirilgan tashkilot - O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligining

Qishloq xo'jaligi ekinlari Davlat nav sinash komissiyasi, Chorvachilikda naslchilik ishlari bo'yicha Davlat

bosh inspeksiyasi;

Talabnoma - seleksiya yutug'iga patent berish uchun talabnoma;

Botanik va zoologik oila turkumlari va turlari ro'yxati - O'zbekiston Respublikasida

muhofaza qilinadigan o'simlik navlari va hayvon zotlarining botanik va zoologik oila turkumlari va

turlari Davlat ro'yxati;

BIMT - Butunjahon intellektual mulk tashkiloti.

I bob. Seleksiya yutug'iga patent berish uchun talabnoma tuzish va topshirish.

Talabnoma topshirish huquqiga ega bo'lgan shaxslar

1-§. Seleksiya yutug'iga patent berish uchun talabnoma

1. Qonunning 8-moddasiga muvofiq, agar seleksiya yutug'i yangilik, farqlanish, turdoshlik,

barqarorlik kabi patentga layoqatlilik mezonlariga javob bersa, nomi esa belgilangan talablarga mos

kelsa, unga huquqiy muhofaza beriladi.

2. Qonunning 9-moddasiga muvofiq, agar urug'lik, navning ko'chat materiali yoki zotning nasl

materiali patent berish haqidagi talabnoma topshirilgan sanadan e'tiboran:

O'zbekiston Respublikasi hududida - kamida bir yil oldin;

boshqa davlat hududida - kamida to'rt yil yoki, agar tok, yog'ochbor, manzarali, mevali daraxtlar

va o'rmon daraxtlarining navlariga taalluqli bo'lsa, kamida olti yil oldin muallif, uning merosxo'ri

tomonidan yohud ularning roziligi bilan sotilmagan va foydalanish uchun boshqa shaxslarga

berilmagan bo'lsa, yangilik hisoblanadi.

3. Qonunning 10-moddasiga muvofiq seleksiya yutug'i patent berish haqidagi talabnoma

topshirilgan sanada boshqa har qanday barchaga ma'lum seleksiya yutug'idan aniq-ravshan farqlanishi

lozim.

Barchaga ma'lumlik:

keyinchalik ko’paytirish, saqlash maqsadlarida yetishtirish, takror yetishtirish, nav yoki nasllik

konditsiyasiga yetkazish va yuqorida sanab o'tilgan maqsadlarda asrash natijasida barchaga ma'lum

bilim darajasining bir qismiga aylangan seleksiya yutug'iga nisbatan;

sotishga taklif etilgan, sotilgan, mamlakatga olib kirilgan yoki mamlakatdan olib chiqib ketilgan

seleksiya yutug'iga nisbatan aniqlanadi.

4. Qonunning 11-moddasiga muvofiq, agar ko’paytirishning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga

olganda muayyan navli o'simliklar yoki muayyan zotli hayvonlar seleksiyalashtirish belgilariga ko'ra bir

xillikka ega bo'lsa, seleksiya yutug'i turdosh hisoblanadi.

5. Qonunning 12-moddasiga muvofiq, agar seleksiya yutug'i bir necha marta ko’paytirilganidan

keyin yoki alohida sikl bo'yicha ko’paytirilgan taqdirda ko’paytirishning har bir sikli oxirida uning asosiy

belgilari o'zgarishsiz qolsa, u barqaror hisoblanadi.

2-§. Talabnoma mazmuni

6. Qonunning 17-moddasi birinchi qismiga muvofiq patent berish haqidagi talabnoma:

a) muallif (hammualliflar) va kimning nomiga patent so'ralayotgan bo'lsa, ana shu shaxs

(shaxslar), shuningdek ularning turar joyi yoki manziliga doir ma'lumotlar ko'rsatilgan patent berish

haqidagi arizani hamda seleksiya yutug'ining nomi to'g'risidagi taklifni;

b) seleksiya yutug'ining tavsifini (texnikaviy anketasini);

v) seleksiya yutug'i namunalarining fotosuratlarini;

g) talabnoma beruvchi tomonidan o'tkazilgan seleksiya yutug'i sinovlariga doir hujjatlarni;

d) talabnoma beruvchining seleksiya yutug'idan foydalanilmaganligi, u sotilmaganligi, o'zga

shaxsga berilmaganligi hamda uning yangilik talablariga mosligini tasdiqlaydigan deklarasiyasini;

e) seleksiya yutug'ining ustuvorligini tasdiqlovchi hujjatni (zarurat bo'lganda);

j) talabnoma beruvchining seleksiya yutug'ini sinovdan o'tkazish uchun materialni belgilangan

muddatda ixtisoslashtirilgan tashkilotga taqdim etish majburiyatini;

z) talabnoma patent vakili yoki ishonchli shaxs orqali topshirilganida ularga berilgan

ishonchnomani;

i) patent boji belgilangan miqdorda to'langanligini yohud patent boji to'lashdan ozod qilish,

shuningdek uning miqdorini kamaytirish asoslarini tasdiqlovchi hujjatni o'z ichiga olgan bo'lishi kerak.

Ushbu bandning (d), (e) bandchalarida ko'rsatilgan talabnoma hujjatlari talabnoma Patent

idorasiga topshirilgan sanadan e'tiboran uch oy ichida taqdim etiladi.

Agar ko'rsatilgan muddatda talabnoma beruvchi ushbu hujjatlarni taqdim etmasa yoki

ko'rsatilgan muddatni uzaytirish to'g'risida iltimosnoma torshirmasa, talabnoma torshirilmagan deb

hisoblanadi.

7. Talabnomaga belgilangan miqdorda patent boji to'langanini tasdiqlovchi hujjat yoki patent

bojini to'lashdan ozod qilish yohud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlovchi hujjat

ilova etiladi.

8. Patent vakili yohud boshqa ishonchli shaxs orqali beriladigan talabnomaga, unga talabnoma

beruvchi tomonidan berilgan va uning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma yoki ishonchnomaning

belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan nusxasi ilova etiladi.

9. Qonunning 17-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq patent berish haqidagi talabnoma bitta

seleksiya yutug'iga taalluqli bo'lishi lozim (yagonalik talabi).

10. Avvalroq ustuvorlik so'ralayotgan talabnomaga O'zbekiston Respublikasi seleksiya

yutuqlarini huquqiy muhofaza qilish to'g'risida shartnoma tuzgan boshqa davlatga talabnoma beruvchi

tomonidan topshirilgan birinchi talabnomaning (bundan buyon matnda birinchi talabnoma deb

yuritiladi) tasdiqlangan nusxasi va uning o'zbek yoki rus tilidagi tarjimasi talabnoma Patent idorasiga

kelib tushgan sanadan uch oydan kechikmagan holda ilova qilinadi. Agar birinchi talabnomalar bir

nechta bo'lsa, u holda barcha ushbu talabnomalarning nusxalari va ularning o'zbek yoki rus tilidagi

tarjimalari ilova qilinadi. Birinchi talabnoma nusxasining tarjimasi uni amalga oshirgan shaxsning

imzosi bilan tasdiqlanadi.

11. Avvalroq ustuvorlikni belgilash to'g'risidagi iltimos talabnomani topshirishda taqdim etilishi

mumkin.

Ushbu shartlarni bajarishda talabnoma beruvchi Qonunning 18-moddasi to'rtinchi qismiga

muvofiq birinchi talabnoma topshirilgan sanadan e'tiboran uch yil ichida qo'shimcha hujjatlar va sinov

uchun zarur bo'lgan materialni taqdim emaslikka haqli.

12. Patent berish to'g'risidagi ariza o'zbek, rus yoki boshqa tillarda topshiriladi.

Agar talabnoma hujjatlari boshqa tilda topshirilgan bo'lsa, u holda talabnomaga ularning o'zbek

yoki rus tilidagi tarjimasi ilova qilinadi, tarjima talabnoma Patent idorasiga topshirilgan sanadan ikki oy

muddat ichida taqdim etilishi lozim.

13. Ushbu Qoidalarning 6-bandi (a), (b), (v) kichik bandlarida ko'rsatilgan talabnoma hujjatlari

to'rt nusxada topshiriladi: 3 nusxasi qog'ozda, to'rtinchisi elektron ko'rinishda mashinada o'qiladigan

axborot tashuvchida (bundan buyon matnda MO'T deb yuritiladi) topshirilirishi mumkin.

Ushbu Qoidalarning 6-bandi (g), (d), (j) kichik bandlarida ko'rsatilgan talabnoma hujjatlari ikki

nusxada topshiriladi: bir nusxasi qog'ozda, ikkinchisi MO'T da topshirilirishi mumkin.

Qog'ozdagi va MO'T dagi talabnoma hujjatlari va qo'shimcha materiallarning mazmuni aynan bir

xil bo'lishi lozim. Ushbu materiallarning aynan bir xilligiga talabnoma beruvchi javobgardir.

Qolgan hujjatlar va, agar ular o'zga tilda tuzilgan bo'lsa, ularning o'zbek yoki rus tilidagi

tarjimasi bir nusxada taqdim etiladi.

14. Patent berish to'g'risidagi ariza o'zbek yoki rus tilida, ushbu Qoidalarga keltirilgan 1-ilova

shaklida topshiriladi. Agar qandaydir ma'lumotlarni tegishli grafalarda to'liq joylashtirishning iloji

bo'lmasa, u holda arizaning tegishli grafasida: "davomini qo'shimcha varaqda qarang" deb ko'rsatilgan

holda ular shu shakldagi qo'shimcha varaqda keltiriladi.

Chet el ism-familiyalari va korxonalarining nomlari o'zbek yoki rus tilidagi transliterasiyada

ko'rsatiladi.

Talabnoma beruvchining nomi (agar bu mumkin bo'lsa), seleksiya yutug'ining nomi o'zbek va

rus tillarida taqdim etiladi.

15. Arizaning "Ariza" so'zidan yuqorida joylashgan grafalari Patent idorasiga kelib tushgandan

keyin rekvizitlarni kiritish uchun mo'ljallangan bo'lib, talabnoma beruvchi tomonidan to'ldirilmaydi.

16. "Ariza" grafasida "X" belgisi qo'yilgan holda patent so'ralayotgan ob'ektning turi qayd etiladi.

17. 71-kod ostidagi "Talabnoma beruvchi" grafasida, talabnoma beruvchi (talabnoma

beruvchilar) to'g'risida ma'lumotlar keltiriladi: jismoniy shaxsning familiyasi, ismi (otasining ismi), shuni

ham nazarda tutish kerakki, familiya ismdan avval ko'rsatiladi, yoki yuridik shaxsning rasmiy nomi

(ta'sis hujjati bo'yicha), shuningdek tegishlicha ularning turar joylari yoki manzillari, jumladan

mamlakatning rasmiy nomi, to'liq pochta manzili va BIMTning ST.3 standarti bo'yicha mamlakat kodi

(agar u belgilangan bo'lsa).

Agar talabnoma beruvchilar bir necha kishi bo'lsalar, ko'rsatib o'tilgan ma'lumotlar ularning har

biri uchun alohida keltiriladi.

Seleksiya yutuqlarining mualliflari bo'lgan talabnoma beruvchilarning turar joylari to'g'risidagi

ma'lumotlar ushbu grafada keltirilmaydi, balki faqat 72-kod ostidagi "Muallif(lar)" grafasida bayon

etiladi.

So'ngra shu grafaning o'zida, tegishli katakchada "X" belgisi qo'yilgan holda talabnoma beruvchi

seleksiya yutug'ining muallifi, muallifning ish beruvchisi yoki muallif yohud ish beruvchining huquq

vorisi ekanligi qayd etiladi.

O'zbekiston Respublikasi korxonalari, tashkilotlari uchun OKPO kodi ko'rsatiladi.

O'zbekiston Respublikasidan tashqarida yashovchi chet el yuridik shaxslar yoki jismoniy shaxslar

uchun Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) ST.3 standarti bo'yicha mamlakat kodi ko'rsatiladi

(agar u belgilangan bo'lsa).

18. Ustuvorlikni belgilash to'grisidagi iltimosni o'z ichiga olgan grafa faqat sanasi talabnoma

Patent idorasiga kelib tushgan sanadan bir muncha ilgarigi ustuvorlik so'ralayotgan bo'lsagina birinchi

talabnomadagi nav, zot nomi ko'rsatilgan holda to'ldiriladi.

31- kod ostida, ancha ilgariroq berilgan birinchi talabnomaning raqami, uning asosida yoki unga

qo'shimcha materiallar asosida ustuvorlik so'ralayotgan va so'ralayotgan ustuvorlik sanasi (32-kod

ostida, ancha ilgariroq berilgan talabnoma yoki u bo'yicha qo'shimcha materiallar topshirilgan sana)

ko'rsatiladi.

33-kod ostida BIMT ST.3 standarti bo'yicha birinchi talabnoma topshirilgan mamlakat kodi

ko'rsatiladi.

19. 54-kod ostidagi a) "Oila turkumi/turining nomi" grafasida botanik yoki zoologik oila turkumi,

turining o'zbek va rus tilidagi nomi keltiriladi, shuningdek seleksiya yutug'i taksonomik birligining

lotincha nomi (oila turkumi, turi, tur osti) ko'rsatiladi.

Oila turkumi/turining nomi navni, zotni ham taksonomik tegishliligi bo'yicha va hamda ishlab

chiqarishdagi foydalanishi bo'yicha aniq identifikasiyalash uchun to'liq bo'lishi lozim. Masalan: bug'doy

- yumshoq, qishki, makkajo'xori - F1 gibridi, tovuqlar - sertuxum.

54-kod ostidagi (b) "Taklif qilinayotgan nomi" grafasida seleksiya yutug'ining nomi keltiriladi va

u Qonunning 13-moddasi va mazkur Qoidalarning 26-28-bandlari talablarini qanoatlantirishi lozim.

20. 98-kod ostidagi "Yozishmalar uchun manzil" grafasida yozishmalar uchun manzil, xat

oluvchining ismi-sharifi yoki nomi keltiriladi, ular pochta orqali yetkazib berishning oddiy, tezkorlik

talablarini qanoatlantirishi lozim va telefon, faks raqamlari, e-mail (agar ular bo'lsa) keltiriladi.

Yozishmalar uchun manzil sifatida O'zbekiston Respublikasida yashovchi talabnoma beruvchi

(talabnoma beruvchilardan biri) - jismoniy shaxsning turar joyi manzili, yoki O'zbekiston

Respublikasidagi talabnoma beruvchi - yuridik shaxsning joylashgan joyi manzili, yoki Patent idorasida

ro'yxatdan o'tkazilgan patent vakilining yohud boshqa ishonchli shaxsning joylashgan manzili

ko'rsatilishi mumkin.

Arizada yozishmalar uchun manzil mavjud bo'lmaganida bunday manzil sifatida patent vakili yoki

boshqa ishonchli shaxsning joylashgan manzili, agar ular tayinlangan bo'lsa, aks holda esa - arizaning

talabnoma beruvchi haqidagi ma'lumotlar grafasida O'zbekiston Respublikasi hududida manzili mavjud

bo'lganida, talabnoma beruvchining manzili (agar talabnoma beruvchilar bir nechta bo'lsa - bunday

manzillardan birinchisi) hisoblanadi.

21. 74-kod ostidagi talabnoma beruvchi tomonidan patent vakili tayinlangan hollardagina

to'ldiriladigan "Patent vakili" grafasida uning to'g'risida quyidagi ma'lumotlar: familiyasi, ismi (otasining

ismi), Patent idorasida ro'yxatdan o'tkazilgan raqami, O'zbekiston Respublikasidagi turar joyi manzili,

telefon, faks raqamlari, e-mail (agar ular bo'lsa) keltiriladi.

22. "Ilova qilinadigan hujjatlar ro'yxati" grafasi tegishli kataklarda "X" belgisini qo'yib chiqish va

ilova qilinadigan hujjatlarning har bir nusxasidagi nusxalar hamda varaqlar sonini ko'rsatish yo'li bilan

to'ldiriladi.

Turi ariza formasida ko'zda tutilmagan ilova qilinadigan hujjatlar ("boshqa hujjat") uchun

ularning vazifasi aniq ko'rsatiladi.

23. 72 -kod ostidagi "Muallif" va "To'liq uy manzili" grafalarida seleksiya yutug'ining muallifi

(hammualliflari) to'g'risida ma'lumotlar: familiyasi, ismi (otasining ismi), mamlakat nomi va BIMT ST.3

standarti bo'yicha kodini ichiga olgan to'liq turar joy pochta manzili keltiriladi.

24. "Mualliflar" va "To'liq uy adresi" grafalari ostida bevosita joylashgan grafa faqat muallif

(hammualliflar) patent berish to'g'risidagi ma'lumotlarni e'lon qilishda uni (ularni) bunday sifatda

eslatib o'tmaslikni so'raganida to'ldiriladi. Bu holda e'lon qilishda o'zlarini ko'rsatmaslikni istagan har bir

muallifning familiyasi ismi (otasining ismi) va ularning imzolari keltiriladi.

25. Arizaning oxirgi "Imzo" grafasini imzo qo'yish sanasini ko'rsatgan holda to'ldirish barcha

hollarda majburiydir.

Ariza, talabnoma beruvchi tomonidan imzolanadi. Yuridik shaxs tomonidan ariza korxona,

tashkilot rahbari yoki bunday vakolat berilgan shaxs tomonidan uning lavozimi ko'rsatilgan holda

imzolanadi.

Imzo muhr bilan tasdiqlanadi.

Talabnoma patent vakili yoki ishonchli shaxs orqali topshirilganda, ariza talabnoma beruvchi

yoki patent vakili yohud ishonchli shaxs tomonidan imzolanadi.

Imzolar, imzo qo'yuvchi shaxsning familiyasi va ismi-shariflari ko'rsatilgan holda rasshifrovka

qilinadi.

Imzo qo'yishni talab qiladigan u yoki bu ma'lumotlar qo'shimcha varaqda keltirilgan hollarda, u

ham shunday tartibda imzolanadi.

Ariza beruvchi, patent vakili yoki ishonchli shaxsning imzosi har bir qo'shimcha varaqda

keltirilishi majburiydir.

26. Seleksiya yutug'ining nomi seleksiya yutug'ini identifikasiya kilishga imkon berishi, qisqa

bo'lishi, aynan o'sha yoki yaqin bo'lgan botanik yoki zoologik turdagi mavjud seleksiya yutug'ining

nomidan farqlanishi lozim. U faqat raqamlardan iborat bo'lmasligi, seleksiya yutug'ining xossalari, kelib

chiqishi, ahamiyatiga, muallifning (hammualliflarning) shaxsiga nisbatan anglashilmovchiliklarga olib

kelmasligi, insonrarvarlik va odob-ahloq rrinsirlariga qarshi bo'lmasligi lozim.

27. Seleksiya yutug'ining nomida:

urug'chilik, ko'chat yoki naslchilik materiallari uchun ishlatiladigan atamalar va belgilar;

botanik yoki zoologik oila turkumlari, turlari yoki boshqa taksonomik birliklarning lotincha yoki

hamma qabul qilgan nomlari;

faqat geografik belgilardan iborat bo'lgan nomlar, navning kelib chiqishi yoki yetishtirilishiga

nisbatan aniq shubha uyg'otmaydigan joylar yoki tumanlarga taalluqli geografik belgilar bundan

mustasno;

seleksiya yutug'ining belgilari va xususiyatlariga nisbatan yolg'on tasavvurni keltirib chiqarishi

mumkin bo'lgan nomlardan foydalanish maqsadga muvofiq emas.

28. Agar talabnoma O'zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarda torshirilayotgan bo'lsa, u

holda ushbu talabnomalardagi seleksiya yutug'ining nomi bir xil bo'lishi lozim.

29. Navni, zotni tavsiflash 2-, 3-ilovalarda keltirilgan shakllar bo'yicha texnik anketa ko'rinishida

taqdim etiladi.

30. Anketaning yuqori o'ng burchagida joylashgan "Talabnoma raqami______" grafasi

talabnoma beruvchi tomonidan to'ldirilmaydi.

31. "Talabnoma beruvchi" nomli 1-bandda talabnoma beruvchining nomi ko'rsatiladi.

32. "Oila turkumi/turining nomi" nomli 2 (a) bandida nav, zot taalluqli bo'lgan botanik yoki

zoologik oila turkumi/turining o'zbek va rus tilidagi nomi keltiriladi hamda seleksiya yutug'i taksonomik

birligining lotincha nomi ko'rsatiladi.

Zot uchun 2 (b) bandida qo'shimcha ravishda "X" belgisi qo'yilgan holda zotning toifasi qayd

etiladi.

2 (v) bandida mahsuldorlik yo'nalishi ko'rsatiladi.

33. "Taklif qilinayotgan nomi" nomli 3-bandda seleksiya yutug'ining taklif qilinayotgan nomi

ko'rsatiladi.

34. "Seleksiya yutug'ini kelib chiqishi haqida ma'lumotlar" nomli 4-bandda seleksiya ishi

boshlangan yili, chatishtirilgan yili, dastlabki (ota-ona) shakllari hamda rarvarishlash va

ko’paytirishning o'ziga xos xususiyatlari ko'rsatilgan holda seleksiya yutug'ini chiqarish, yaratish,

aniqlash tarixi va usuli haqida ma'lumotlar keltiriladi.

35. "Ariza berilgan seleksiya yutug'ining belgilari" nomli 5-bandda belgilangan tartibda belgilar

ro'yxati keltiriladi.

Ariza berilgan nav, zotning belgilari nomlari, ifodalanish darajasi va indekslari keltiriladi. Berilgan

belgining ifodalanish darajasiga mos keladigan indeksi "X" belgisi qo'yilgan holda qayd etiladi.

36. "... seleksiya yutug'ining nomi va belgilari" nomli 6 (a) bandida o'xshash seleksiya

yutug'ining nomi va uning ariza berilgan seleksiya yutug'idan farq qiladigan belgilari keltiriladi.

O'xshash seleksiya yutug'i - bu talabnoma topshirilgan sanasiga qadar hammaga ma'lum

bo'lgan ma'lumotlardan ma'lum bo'lgan aynan shunday botanik yoki zoologik oila turkumi/turidagi

seleksiya yutug'i.

6 (b) bandida o'xshash seleksiya yutug'i haqidagi ma'lumotlarni ichiga olgan axborot

manbaining bibliografik ma'lumotlari ko'rsatiladi.

37. "Qo'shimcha ma'lumot" nomli 7-bandda qo'shimcha ma'lumotlar, masalan, ushbu navdagi

o'simliklarning zararkunandalar va kasalliklarga bardoshliligi, ushbu zotdagi hayvonlarni oziqlantirish

darajasi va ularni rarvarishlash texnologiyasiga talablar, hamda seleksiya yutug'i sinovlarini

o'tkazishning alohida xususiyatlari va boshqalar to'g'risida ma'lumotlar keltiriladi.

7.1-bandida quyidagi ma'lumotlar keltiriladi:

nav uchun - ariza berilgan nav bardoshli bo'lgan zararkunandalar va kasalliklarning nomlari

ko'rsatiladi, zotlar/shtammlar ko'rsatiladi;

zot uchun - ariza berilgan zotni oziqlantirish darajasi, rarvarishlash va foydalanishga qo'yiladigan

alohida talablar to'g'risida ma'lumotlar keltiriladi.

7.2-bandida sinovlarni o'tkazishning alohida sharoitlari (agar ular mavjud bo'lsa), masalan nav

uchun - sug'orish, o'g'itlash va boshqalar ko'rsatiladi.

"Boshqa ma'lumotlar" nomli 7.3-bandida ariza berilgan nav yoki zotni xo'jalik belgilari

ko'rsatkichlari bo'yicha ifodalovchi qo'shimcha ma'lumotlar, mahsulot sifati, navning tezrisharliligi,

sovuqqa bardoshliligi, qurg'oqchilikka bardoshliligi, chorvachilik mahsulotlarining yangi sifatlarini

ta'minlovchi zotning texnologik o'ziga xos xususiyatlari to'g'risida ma'lumotlar yoki mahsuldorligi,

masalan, tez o'sishi (tirik vaznining o'sishi), urg'ochilarining sermahsulligi (bolalash ko'rsatkichi) va

boshqalar to'g'risida ma'lumotlar keltirilishi mumkin.

38. Tavsif talabnoma beruvchi(lar) tomonidan familiya va ismi-shariflari ko'rsatilgan holda

imzolanadi.

39. Agar talabnoma ko'r liniyali nav, zot yoki rorulyasiyaga (o'z-o'zini changlatuvchi va vegetativ

ko’payuvchi o'simliklarga) torshirilsa, u ushbu nav, zotning barcha liniyalariga tavsifni (texnik anketani)

ichiga olishi kerak.

40. Namunalarning fotosuratlari o'simlik yoki hayvonning belgilari to'g'risida to'liq detalli

(umumiy ko'rinishi, oldidan, chardan, o'ngdan, orqadan, yuqoridan, rastdan) tasavvurni berishi lozim.

41. Fotosuratlardagi tasvirlar aniq va yorqin bo'lishi kerak. O'simlik yoki hayvonning alohida

detallari fotosuratlarda nafaqat yoritilgan tomonlarida, balki soya tomonida ham yaxshi ko'rinib turishi

lozim.

Fotosuratlar bir tekis yoritilgan holda, neytral fonda, begona rredmetlarsiz tayyorlanishi lozim.

42. Fotosuratlar quyidagi: umumiy ko'rinishi, yonidan ko'rinishi, orqadan ko'rinishi va boshqa

ko'rinishlar tartibida raqamlanadi.

Bir ko'rinishdagi tasvirlar bitta raqam ostida keltiriladi.

43. Fotosuratlarning orqa tomonida fotosuratning raqami (foto I), seleksiya yutug'ining nomi,

hamda "umumiy ko'rinishi", "yonidan ko'rinishi", "oldidan ko'rinishi", "orqadan ko'rinishi" va hokozolar

ketma-ket ko'rsatiladi.

44. O'simlik naviga talabnoma normal rivojlangan o'simlikning uni xo'jalikda ishlatilishi fazasidagi

va gullari, (g'unchasi, guli - yuqoridan, yonidan, rastdan ko'rinishi), gulshodasi, o'simliklarning

rerroduktiv qismlarining (boshoqlari, so'tasi, qilchalari, doni, mevalari, mevachalari, tuganaklari,

ildizmevalari va boshqalarning) 90x120 yoki 130x180 mm li o'lchamli oq-qora yoki rangli fotosuratlarini

ichiga oladi.

Bundan tashqari, quyidagi o'simliklar bo'yicha:

g'o'za bo'yicha - o'simliklar rangli fonda, simrodial shoxlanish turidagi navlari bo'yicha - ikkita

xos bo'lgan shoxlarning; nol shoxlanish turidagi navlari bo'yicha - royasining bo'g'imlari, barglari,

gullari va chanoqlari bilan birga qismlari, ikkita-uchta titilgan momiqlari va tolaning ikkita-uchta

tolimlarining fotosuratlari;

tamaki va maxorka bo'yicha - gulshodali va o'rtacha yarusdagi bargli normal rivojlangan

o'simlikning fotosuratlari;

ko'r yillik mevali o'simliklar bo'yicha - daraxt yoki butaning o'zini va uning alohida qismlarining

(bir yoshlik ko'chat, meva tuguvchi organlari, kurtaklari, barglari, to'rlari, mevalari va boshqalarning)

fotosuratlari qo'shimcha ravishda ilova qilinadi.

45. Hayvon zotiga talabnoma ushbu hayvon zoti vakillariga: nasldor erkak, urg'ochi, voyaga

yetgan yosh hayvonga xos bo'lgan tashqi ko'rinishi va alohida xususiyatlarini, qorako'lchilikda qorako'l

terini, irak qurti gibridlari (zotlari) bo'yicha rillalarni ifodalaydigan 90x120 mm o'lchamli oq-qora yoki

rangli fotosuratlarini ichiga oladi.

3-§. Yo'l qo'yilmaydigan elementlar

46. Talabnomada ahloq-odob va ijtimoiy tartibga zid iboralar, chizmalar, rasmlar, fotosuratlar va

boshqa materiallar; boshqa shaxslarning mahsulotlari, shuningdek talabnomalari va patentlariga

nisbatan bayon qilingan iltifotsiz fikrlar; seleksiya yutug'iga ochiqdan-ochiq taalluqli bo'lmagan yohud

talabnoma hujjatlarini ushbu Qoidalarning tegishli talablariga muvofiq deb e'tirof etish uchun zarur

bo'lmagan ma'lumotlar va fikrlar bo'lmasligi lozim. "O'xshash nav, zotning nomi va belgilari" bo'limida

keltirilgan ma'lum seleksiya yutuqlarining kamchiligini oddiy tarzda ko'rsatish yo'l qo'yib bo'lmaydigan

element deb hisoblanmaydi.

4-§. Atamalar va belgilar

47. Seleksiya yutug'ining tavsifida (texnik anketasida) standartlashtirilgan atamalar va

qisqartmalar, ular mavjud bo'lmagan hollarda esa ilmiy va texnikaviy adabiyotda hamma qabul qilgan

atamalar va qisqartmalar qo'llaniladi.

Adabiyotda keng qo'llanilmaydigan atama va qisqartmalar ishlatilganda, ularning ma'nosi

matnda birinchi marta qo'llanilganda tushuntirib beriladi.

Ilmiy-texnika adabiyotlarida ilmiy deb e'tirof qilinmagan tushunchalarni ta'riflovchi atamalardan

foydalanishga yo'l qo'yilmaydi.

Hamma shartli belgilar rasshifrovka qilinadi.

Fizikaviy kattaliklar amaldagi SI Xalqaro birliklar tizimi birliklari bilan ifoda etiladi.

5-§. Talabnoma hujjatlarini rasmiylashtirish

48. Hamma hujjatlar, zarur bo'lgan hollarda ularni bevosita rerroduksiya qilinib, cheklanmagan

miqdorda nusxa ko'chirish imkoniyati bo'lgan tarzda rasmiylashtiriladi.

Har bir varaqning faqat bir tomonidan, qatorlarni varaqning kichik tomoniga parallel

joylashtirilgan holda foydalaniladi.

49. Talabnomaning hujjatlari rishiq, oq, tekis, yarqiramaydigan qog'ozda bajariladi. Talabnoma

hujjatlarining nusxasi MO'T da ham berilishiga yo'l qo'yiladi.

50. Talabnomaning har bir hujjati alohida varaqdan boshlanadi. Varaqlar 210x297 mm formatga

ega bo'ladi.

Tavsif, muhim belgilar majmuini o'z ichiga olgan varaqning hoshiyasi quyidagicha bajariladi,

mm:

yuqorisi - 20;

o'ngdagi – 20;

rastki – 20;

chardagi – 25.

51. Talabnomaning har bir hujjati (ariza, tavsif (texnik anketa) belgilar ro'yxati bilan birga,

fotosuratlar) bir-biriga bog'liq bo'lmagan holda birdan boshlangan raqamlanishga ega. Varaqlarning

raqamlari ikkinchi varaqdan boshlab arab raqamlari bilan qo'yiladi.

MO'T da taqdim qilinadigan materiallarga qo'yiladigan talablar Patent idorasi tomonidan

belgilanadi.

52. Hujjatlar qora rangli shrift bilan bosmadan chiqariladi. Tavsifning matni 1,5 interval orqali

bosh harflarining balandligi 2,1 mm dan kam bo'lmagan holda bosmadan chiqariladi.

53. Simvollar, lotincha nomlar, lotincha harflar qora rangli siyoh, rasta yoki tush bilan keyin

yozib qo'yilishi mumkin.

54. Axborot manbalarining bibliografiya ma'lumotlari ular bo'yicha axborot manbaini torish

mumkin bo'lgan holda ko'rsatilishi lozim.

6-§. Talabnoma topshirish

55. Muallif (hammualliflar), ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorisi patent berish haqidagi

talabnomani topshirish va patent olish huquqiga ega.

56. Patent berish haqidagi talabnoma Patent idorasiga bevosita topshiriladi yoki pochta orqali

jo'natiladi.

57. Patent berish haqidagi talabnoma shaxsan talabnoma beruvchi tomonidan, Patent idorasida

ro'yxatga olingan patent vakili orqali yoki boshqa ishonchli shaxs orqali topshirilishi mumkin.

58. Qonunning 16-moddasiga muvofiq boshqa davlatlarning O'zbekiston Respublikasida doimiy

turar joyiga ega bo'lmagan fuqarolari va boshqa davlatlarning O'zbekiston Respublikasida doimiy

manzili bo'lmagan yuridik shaxslari, ularning patent vakillari yoki ishonchli shaxslari patent olish va uni

o'z kuchida saqlash borasidagi ishlarni, agar O'zbekiston Respublikasi ishtirok etadigan xalqaro bitimda

boshqa qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, O'zbekiston Respublikasining patent vakillari orqali olib

boradilar.

II bob. Patent olish bo'yicha Patent idorasi bilan ishlarni yuritish

7-§. Ishonchli vakilni tayinlash

59. Talabnoma bo'yicha ishlarni olib borish va talabnomani ko'rib chiqishda o'z manfaatlarini

himoya qilish uchun talabnoma beruvchi ishonchnoma berish orqali patent vakilini yoki ishonchli

shaxsni tayinlashi mumkin.

Patent idorasida vakillik qilish uchun O'zbekiston Respublikasida rasmiylashtiriladigan

ishonchnoma oddiy yozma ravishda tuziladi.

Agar ishonchnoma o'zbek yoki rus tilidan boshqa tilda berilgan bo'lsa, unga o'zbek yoki rus

tilidagi tarjimasi ilova qilinadi.

Ishonchnoma talabnoma topshirilishi bilan bir vaqtda taqdim etiladi.

Agar ishonchnoma, Patent idorasida ro'yxatdan o'tkazilgan bir necha patent vakili nomiga

berilgan bo'lsa, u holda talabnoma bo'yicha patent olish ishlari ularning har biri tomonidan olib

borilaveradi.

8-§. Patent idorasi va ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bilan yozishmalarni olib borish

60. Yozishma talabnoma beruvchi yoki uning patent vakili yohud ushbu ishga vakolat berilgan

ishonchli vakili bilan har bir talabnoma bo'yicha alohida olib boriladi.

61. Talabnoma topshirilgandan keyin yuboriladigan materiallarda talabnoma raqami va

talabnoma beruvchi yoki uning patent vakili yohud ishonchli vakilining imzosi bo'lishi shart.

Talabnoma raqami ko'rsatilmagan materiallar, agar raqamni bilvosita aniqlash imkoni bo'lmasa,

ko'rib chiqilmasdan qaytarib yuboriladi.

62. Talabnoma bo'yicha ish yuritish jarayonida yuboriladigan materiallar Qonunda belgilangan

muddatlarda taqdim etiladi.

63. Patent idorasiga yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga talablarga rioya qilinmagan holda

kamchiliklar bilan taqdim etilgan materiallar bo'yicha ko'rsatilgan muddatda tuzatilgan va/yoki

etishmayotgan materiallarni taqdim etish taklif qilingan bildirishnoma jo'natiladi. Talabnoma beruvchi

yoki uning patent vakili yohud ishonchli shaxsi bo'lmagan shaxslar tomonidan taqdim etilgan

materiallar ko'rilmaydi. Bunday materiallarni yuborgan shaxsga tegishli bildirishnoma yuboriladi.

9-§. Talabnoma hujjatlariga qo'shimchalar, aniqliklar va tuzatishlar kiritish

64. Qonunning 20-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq talabnoma beruvchi talabnoma topshirilgan

sanadan e'tiboran ikki oy mobaynida seleksiya yutug'ining mohiyatini o'zgartirmagan holda o'z

tashabbusi bilan talabnoma materiallariga qo'shimchalar, aniqliklar yoki tuzatishlar kiritishga haqlidir.

65. Belgilangan miqdordagi patent boji to'langan taqdirda talabnoma bo'yicha tuzatishlar,

aniqliklar yoki qo'shimcha materiallar ko'rsatilgan muddat o'tgandan keyin ham, lekin patent berish

haqidagi qaror chiqarilgunga qadar tegishli ariza berish yo'li bilan kiritilishi mumkin.

Arizaga, talabnoma materiallariga o'zgartirishlar kiritish uchun patent boji to'langani haqidagi

hujjat ilova qilinadi. Patent boji to'langani haqidagi hujjat taqdim etilmagan taqdirda yuridik

ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.

To'langan patent bojining summasi belgilangan miqdordan kam bo'lganda talabnoma beruvchi Patent

idorasi tomonidan patent bojining yetishmayotgan qismini to'lash haqidagi bildirishnomasi yuborilgan

sanadan e'tiboran uch oy mobaynida kerakli summani to'lash huquqiga ega.

66. Talabnoma materiallarini tuzatish, aniqliklar va qo'shimchalar kiritish talabnoma beruvchi

tomonidan yozma ravishda tegishli arizalar va almashtiruvchi varaqlar yoki fotosuratlarni berish yo'li

bilan amalga oshiriladi va ular talabnoma hujjatlarining har bir nusxasi uchun taqdim etiladi. Ariza

shakllari ushbu Qoidalarga berilgan 4-, 5-, 6-ilovalarda keltirilgan. Almashtiriluvchi varaqlar talabnoma

tegishli hujjatining har bir nusxasi uchun o'zbek yoki rus tilida taqdim etiladi.

Talabnoma beruvchi ariza Patent idorasiga kelib tushganligi va uni ko'rib chiqish natijalari

haqida xabardor qilinadi.

67. Talabnoma beruvchi - yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi (ismi,

otasining ismi) o'zgartirilganda Patent idorasiga talabnoma beruvchining nomiga o'zgartirish kiritish

haqida ariza beriladi va ushbu o'zgartirishlarni tasdiqlaydigan hujjat taqdim etiladi. Ariza shakli ushbu

Qoidalarga berilgan 4-ilovada keltirilgan.

68. Talabnomaga bo'lgan huquq boshqa shaxsga o'tkazilgan holda Patent idorasiga talabnoma

beruvchini o'zgartirish to'g'risidagi yozuvni kiritish haqida ariza beriladi. Ariza shakli ushbu Qoidalarga

berilgan 5-ilovada keltirilgan.

Patent olishga bo'lgan huquqni berishda yoki talabnoma beruvchining nomi o'zgarishi natijasida

talabnoma beruvchini ko'rsatishni o'zgartirish seleksiya yutug'ini O'simliklar navlari davlat reestrida

yoki Hayvon zotlari davlat reestrida ro'yxatdan o'tkazish sanasiga qadar amalga oshirilishi mumkin.

Arizada talabnomaga bo'lgan huquq boshqa shaxsga - huquq vorisiga o'tkazilishi haqida

ko'rsatma va bu shaxs haqidagi ma'lumotlar keltirilishi lozim. Ariza talabnoma beruvchi va uning huquq

vorisi tomonidan ushbu Qoidalarning 25-bandida ko'zda tutilgan tartibda imzolanadi.

Ariza faqat talabnoma beruvchi tomonidan imzolangan holda, unga talabnoma beruvchi va

uning huquq vorisi tomonidan imzolangan huquq o'tkazilganligini tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi.

Ariza shakli ushbu Qoidalarga berilgan 5-ilovada keltirilgan.

69. Belgilangan talablar bajarilgan holda talabnoma beruvchi va uning huquq vorisi talabnoma

materiallariga talabnoma beruvchi o'zgartirilganligi to'g'risidagi yozuv kiritilganligi haqida xabardor

qilinadi. Keyingi barcha yozishmalar yangi talabnoma beruvchi bilan olib boriladi.

Talabnomaga bo'lgan huquq o'tgan sana deb talabnoma beruvchi va uning huquq vorisiga

talabnoma beruvchi o'zgartirilganligi to'g'risidagi yozuv kiritilganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan

sana hisoblanadi. Belgilangan talablar bajarilmagan holda talabnoma beruvchi va uning huquq vorisi

taqdim etilgan hujjatlarga aniqlik va/yoki tuzatish kiritish zarurligi haqida yoki tegishli sabablarni

ko'rsatgan holda talabnoma materiallariga talabnoma beruvchi o'zgartirilganligi to'g'risidagi yozuv

kiritish mumkin emasligi haqida xabardor qilinadi.

70. Patent idorasi tegishli talabnoma raqami va kiritilishi lozim bo'lgan tuzatishlar ko'rsatilgan

holda talabnoma beruvchi yoki uning patent vakili yohud ishonchli shaxsi tomonidan imzolangan

tuzatishlar kiritish haqidagi arizani qabul qiladi. Ariza shakli ushbu Qoidalarga berilgan 6-ilovada

keltirilgan.

Talabnoma hujjatlaridagi yaqqol ayon bo'lgan xatolarni va texnik xatolarni tuzatish seleksiya

yutug'ini tegishli reestrda ro'yxatdan o'tkazish sanasiga qadar amalga oshirilishi mumkin. Tuzatish,

agar mutaxassis uchun hammaga ma'lum bo'lgan bilimlar doirasidan taklif qilinayotgan tuzatishdan

boshqasi mumkin bo'lmasa, yaqqol ayon bo'lib hisoblanadi.

Agar tuzatishlar bibliografiya ma'lumotlarini ko'rsatishdagi xatoliklarga va boshqa shu kabi

xatolarga oid bo'lib, hujjatni tuzatish bevosita nusxa olishda aniqlikka nisbatan salbiy oqibatlarga olib

kelmasa, tuzatish kiritish zarurligi almashtiriladigan varaqlarni taqdim etmasdan talabnoma

beruvchining xatida bayon qilinishi mumkin.

71. Belgilangan talablar bajarilmagan holda, talabnoma beruvchi tegishli sabablar ko'rsatilib,

talabnoma materiallariga o'zgartirish kiritish mumkin emasligi haqida xabardor qilinadi.

10-§. O'tkazib yuborilgan muddatni qayta tiklash

72. Qonunning 20-moddasi to'rtinchi qismiga muvofiq talabnoma beruvchi tomonidan

qo'shimchalar, tuzatishlar va aniqliklarni taqdim etishning o'tkazib yuborilgan muddati uning

iltimosnomasiga binoan tiklanishi mumkin.

73. O'tkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi iltimosnoma taqdim etilish muddati o'tkazib

yuborilgan hujjat bilan birga bu muddat o'tganidan keyin olti oydan kechiktirmay, ushbu muddat

o'tkazilib yuborilishiga olib kelgan uzrli sabablar ko'rsatilgan holda talabnoma beruvchi tomonidan

topshiriladi. Patent idorasi ko'rsatilgan sabablarning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni so'rashga

haqli.

74. Iltimosnomaga belgilangan miqdorda tegishli patent boji to'langanini tasdiqlaydigan hujjat

ilova qilinadi. Patent bojini belgilangan miqdorda to'langanligini tasdiqlovchi hujjat ko'rsatilgan

muddatda taqdim etilmagan holda, yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi va bu

haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.

75. O'tkazib yuborilgan muddat tiklangani to'g'risida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.

76. Agar yuqorida ko'rsatilgan talablardan birortasiga rioya qilinmagan holda iltimosnoma

qanoatlantirilmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.

11-§. Talabnoma beruvchini talabnoma materiallari bilan tanishtirish

77. Talabnoma beruvchi (uning patent vakili yoki ishonchli shaxsi) o'zi topshirgan talabnoma va

shu talabnoma bo'yicha Patent idorasi yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bilan olib borilgan

yozishmalar bilan kuni va soatini avvaldan kelishib, bevosita Patent idorasida yoki ixtisoslashtirilgan

tashkilotlarda, va shuningdek talabnoma, unga taalluqli materiallar yoki ularning qismlari nusxasini

so'rovnoma orqali olib tanishishi mumkin.

78. Huquqni muhofaza qilish organlari talabnoma materiallari bilan belgilangan tartibda

tanishadilar.

12-§. Talabnomani talabnoma beruvchi ishtirokida ko'rib chiqish

79. Talabnoma bilan bog'liq savollarni talabnoma beruvchining (uning patent vakili yoki

ishonchli shaxsi) ishtirokida ko'rib chiqish, Patent idorasining taklifi bo'yicha yoki talabnoma

beruvchining iltimosiga ko'ra ikkala tomon bu savollar bilan tanishib chiqqanidan so'ng, amalga

oshiriladi.

80. Ekspertizaning savollari uchrashish maqsadga muvofiqligi ma'lum qilingan so'rovnomada,

talabnoma beruvchining savollari esa, uchrashuv o'tkazish haqidagi iltimosnomada bayon qilinishi

mumkin.

81. So'rovnoma berilgan holda talabnoma beruvchi talabnomani ko'rib chiqishda ishtirok

etishidan qat'iy nazar javob Qonunda belgilangan muddatda taqdim etiladi. Talabnomani talabnoma

beruvchi ishtirokida ko'rib chiqish sanasi va vaqti oldindan kelishib olinadi. Sharoit o'zgargan holda

belgilangan vaqtda talabnomani ko'rib chiqishda ishtirok etish imkoniyati bo'lmagan tomon darhol bu

haqida ikkinchi tomonni xabardor qiladi.

82. Bir o'zi talabnoma beruvchi bo'lmagan shaxs faqat vakillik qilish uchun ishonchnomasi

bo'lgan taqdirda boshqa talabnoma beruvchilarsiz o'zi talabnomani ko'rib chiqishda ishtirok etishi

mumkin.

83. Talabnomani talabnoma beruvchining ishtirokida ko'rib chiqish muzokara yo'li bilan yoki

ekspert kengashida amalga oshiriladi.

Agar savollar bevosita ekspert va talabnoma beruvchi tomonidan hal qilingan holda

muzokaralar, agar savollarni hal qilish uchun ekspertiza tomonidan bir necha mutaxassislar ishtirok

etishi talab etilsa, ekspert kengashi o'tkaziladi.

Muzokaralar va ekspert kengashi natijalari bo'yicha belgilangan shaklda ikki nusxada

ishtirokchilar haqidagi ma'lumotlarni, tomonlar tarafidan keltirilgan dalillar va takliflar va keyingi ish

yuritish haqidagi xulosalarni ichiga olgan bayonnoma tuziladi.

Bayonnomada ekspertizaning yozma tushuntirishlar talab qilgan savollari, talabnoma beruvchi

(uning patent vakili yoki ishonchli shaxsi) tomonidan taklif etilgan nav, zot belgilaridagi ifodalanish

darajasi va indekslarini aniqlashtirish, talabnomani chaqirib olish haqidagi ariza va hokazolar keltirilishi

mumkin.

Bayonnoma ko'rib chiqishning barcha ishtirokchilari tomonidan imzolanadi. Bir nusxasi

talabnoma materiallariga qo'shib qo'yiladi, ikkinchisi esa talabnoma beruvchiga (uning patent vakiliga

yoki ishonchli shaxsiga) beriladi.

Muhokama qilingan savollar bo'yicha kelishuvga erishilmagan holda, bayonnomada ko'rib

chiqish ishtirokchilarining alohida fikri qayd etilishi mumkin. Talabnoma beruvchiga (uning patent

vakiliga yoki ishonchli shaxsiga) beriladigan tegishli xulosalarni ichiga olgan bayonnoma nusxasi

ekspertiza savollari haqidagi so'rovnomaning o'rnini bosishi mumkin, bu haqida tegishli yozuv qayd

etib qo'yiladi.

84. Bayonnoma talabnoma beruvchining ekspertiza so'rovnomasiga javobining o'rnini bosadi

(agar, bu holda javob berish uchun belgilangan muddatlar buzilmagan bo'lsa). Bu holda bayonnomaga

tegishli yozuv kiritiladi.

13-§. Talabnomani talabnoma beruvchi tomonidan chaqirib olinishi

85. Qonunning 24-moddasiga muvofiq patent berish haqidagi talabnoma patent berish

to'g'risida yoki patent berishni rad etish haqida qaror qabul qilungunga qadar talabnoma beruvchining

yozma iltimosnomasiga binoan chaqirib olinishi mumkin. Talabnoma beruvchilar bir nechta bo'lsa,

patent berish haqidagi talabnoma faqat ulardan har birining roziligi bilan chaqirib olinishi mumkin.

Chaqirib olish to'g'risidagi ariza qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma talabnoma beruvchiga

jo'natilgan sanadan e'tiboran talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.

Talabnoma beruvchiga talabnomani chaqirib olinganligi to'g'risida bildirishnoma jo'natilganidan

so'ng ushbu talabnoma bo'yicha ish yuritish to'xtatiladi.

86. Chaqirib olingan va chaqirib olingan deb hisoblanadigan talabnoma yuridik oqibatlarga olib

kelmaydi, ya'ni u bo'yicha hech qanday yuridik ahamiyatga molik amallar olib borilishi mumkin emas

(bunday talabnoma bo'yicha ekpertiza o'tkazilmaydi, patent berilmaydi va h.k.) va kelgusida

talabnoma beruvchining huquqlari ushbu talabnomaga asoslanishi mumkin emas (xususan, keyingi

talabnomani topshirishda chaqirib olingan talabnoma yoki unga qo'shimcha materiallar kelib tushgan

sanasi bo'yicha ustuvorlik so'rash mumkin emas).

Chaqirib olingan va chaqirib olingan deb hisoblanadigan talabnoma seleksiya yutuqlariga

berilgan boshqa talabnomalar bo'yicha ekspertiza o'tkazish jarayonida yangilikka tekshirilganda

inobatga olinmaydi.

87. Talabnoma beruvchining talabnomani chaqirib olish to'g'risidagi arizasi ma'lumot uchun

qabul qilingani haqidagi bildirishnoma jo'natilgandan keyin kelib tushgan ushbu arizani haqiqiy emas

deb hisoblash haqidagi iltimosi qanoatlantirilmaydi.

III bob. Talabnomani ko'rib chiqish

14-§. Kelib tushgan talabnomani ro'yxatdan o'tkazish

88. Patent idorasiga kelib tushgan talabnoma materiallari, agar ular kamida o'zbek yoki rus tilida

patent berish to'g'risidagi ariza va belgilangan miqdorda patent boji to'langanini tasdiqlaydigan yoki

belgilangan miqdorda patent bojini to'lashdan ozod etish uchun yohud uning miqdorini kamaytirish

uchun asoslarni tasdiqlaydigan hujjatni ichiga olsa, ular kelib tushgan sanasi ko'rsatilgan holda

seleksiya yutug'iga talabnoma sifatida ro'yxatdan o'tkaziladi.

89. Talabnomaga ro'yxat raqami beriladi.

Talabnoma beruvchi ro'yxat raqami va kelib tushgan sanasi ma'lum qilingan holda talabnoma

materiallari kelib tushganligi fakti haqida uch kun ichida xabardor qilinadi.

90. Ro'yxatdan o'tkazilgan talabnoma materiallari qaytarilmaydi.

91. Talabnoma materiallari to'g'risidagi ma'lumotlar Patent idorasiga kelib tushgandan sanadan

to kelib tushgan talabnoma haqidagi ma'lumotlar rasman e'lon qilingunga qadar konfidensial

hisoblanadi va talabnoma beruvchining roziligisiz e'lon qilinishi mumkin emas.

92. Qonunnning 19-moddasiga muvofiq talabnomada ko'rsatilgan seleksiya yutug'ining davlat

ekspertizasi Patent idorasida o'tkaziladigan talabnomaning rasmiy ekspertizasini va ixtisoslashtirilgan

tashkilotlar amalga oshiradigan mazkur seleksiya yutug'i yangilik ekanligini ekspertiza qilishdan hamda

farqlanish, turdoshlik va barqarorlikni aniqlash maqsadida sinovdan o'tkazishdan iborat patentga

layoqatlilik ekspertizasini o'z ichiga oladi.

15-§. Rasmiy ekspertiza

93. Qonunning 20-moddasiga muvofiq talabnomaning rasmiy ekspertizasi talabnoma Patent

idorasiga topshirilgan sanadan boshlab ikki oy o'tgandan keyin o'tkaziladi.

94. Rasmiy ekspertiza o'tkazish davomida quyidagilar tekshiriladi:

a) seleksiya yutug'i O'zbekiston Respublikasida muhofaza qilinadigan botanik yoki zoologik oila

turkumlari va turlariga taalluqli ekanligi;

b) talabnoma tarkibida bo'lishi yoki unga ilova qilinishi lozim bo'lgan hujjatlarning mavjudligi;

v) taqdim etilgan hujjatlarga qo'yilgan talablarga rioya qilinganligi;

g) Qonunnning 16-moddasi ikkinchi qismida ko'zda tutilgan hollarda talabnoma topshirish

tartibiga, jumladan vakilning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnomaning mavjudligi va to'g'ri

rasmiylashtirilishiga rioya qilinganligi;

d) talabnoma bo'yicha Patent idorasiga kelib tushgan sanasidan avvalroq ustuvorlikni so'rash

asoslanganligi.

95. Ro'yxatdan o'tkazilgan talabnomada talabnomani topshirish uchun belgilangan miqdorda boj

to'langanini tasdiqlaydigan hujjat mavjudligi tekshiriladi. Bunday hujjat yoki ko'rsatilgan patent bojini

to'lashdan ozod qilish yohud uning mikdorini kamaytirish uchun asoslar mavjudligini tasdiqlaydigan

hujjat bo'lmagan taqdirda talabnoma bo'yicha yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga

oshirilmaydi.

96. Agar ariza topshirilganda, patent boji belgilangan miqdordan kam to'lagan bo'lsa, talabnoma

beruvchiga bildirishnoma jo'natilgan sanadan e'tiboran uch oy ichida talabnomani topshirish uchun

belgilangan miqdordagi patent bojining yetishmayotgan qismini to'lash zarurligi haqida bildirishnoma

yuboriladi. Talabnoma beruvchiga, shuningdek belgilangan miqdordagi patent bojini belgilangan

muddatda to'langanini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilmagan taqdirda talabnoma bo'yicha yuridik

ahamiyatga molik harakatlar o'tkazilmasligi haqida xabar beriladi.

Patent bojini to'lashga taalluqli bildirishnoma talabnoma beruvchiga talabnoma materiallarini

ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda jo'natilishi mumkin.

97. Agar rasmiy ekspertiza jarayonida talabnoma hujjatlari qo'yilgan talablarga rioya qilinmagan

holda rasmiylashtirilgani aniqlansa, talabnoma beruvchiga yetishmagan yoki tuzatilgan hujjatlarni

so'rovnoma jo'natilgan sanadan e'tiboran ikki oy ichida taqdim etish taklif etilgan so'rovnoma

yuboriladi.

Quyidagilar so'rovnoma yuborish uchun asos bo'ladi:

a) talabnomada ushbu Qoidalarnng 6-bandida ko'zda tutilgan hujjatlardan hech bo'lmaganda

bittasi bo'lmasa;

b) talabnoma patent vakili yoki ishonchli shaxs orqali topshirilganda vakillik qilishga

ishonchnoma yo'qligi va/yoki uni rasmiylashtirish qoidalari buzilganligi;

v) talabnoma hujjatlari belgilangandan kam nusxada topshirilganda;

g) O'zbekiston Respublikasidan tashqarida yashovchi jismoniy shaxslar yoki xorijiy yuridik

shaxslar tomonidan talabnoma Patent idorasida ro'yxatdan o'tkazilgan patent vakillari orqali

topshirilmaganda, agar xalqaro bitimlarda talabnomani bunday topshirish ko'zda tutilgan tartib

o'rnatilmagan bo'lsa;

d) patent berish uchun arizada ushbu Qoidalarda ko'zda tutilgan rekvizitlar, imzolar, muhr (zarur

bo'lgani holda) yo'qligi;

e) patent bojlari to'g'ri to'langanligi bilan bog'liq savollarni aniqlash zaruriyati;

j) talabnoma hujjatlarining o'zbek yoki rus tiliga tarjimasi yo'qligi, agar ular boshqa tilda

topshirilgan bo'lsa;

z) hujjatlardan bevosita nusxa ko'chirishga, ularni saqlashga to'sqinlik qiladigan va/yoki patent

tavsifini nashr etishga tayyorlash imkoniyatini bermaydigan kamchiliklar (varaqlar formatiga,

hoshiyalarning o'lchamlariga va hokozolarga qo'yilgan talablar buzilganda, fotosuratlarning sifati,

talabnoma materiallarini o'qishni qiyinlashtiradigan matnning bosma sifati va h.k.) aniqlanganda;

i) talabnoma hujjatlarining bir-biriga mos emasligi (arizada keltirilgan seleksiya yutug'i nomi

tavsifda (texnik anketada) keltirilgan nomiga mos emasligi; arizada keltirilgan talabnoma beruvchining

nomi tavsifda (texnik anketada) keltirilgan nomiga mos emasligi va hokozo);

k) seleksiya yutug'ining tavsifida (texnik anketasida) ushbu Qoidalarning 29-39-bandlari va 2-,

3-ilovalarida ko'zda tutilgan ma'lumotlarning mavjud emasligi (agar tegishli bo'limda bayon qilinishi

lozim bo'lgan ma'lumotlar boshqa bo'limda keltirilgan bo'lsa, u holda bildirishnoma jo'natilmaydi);

l) seleksiya yutug'i nomining ushbu Qoidalarning 26-28-bandlari talablariga mos kelmasligi;

m) talabnomada avvalroq ustuvorlik so'rash bilan bog'liq savollarni aniqlash zaruriyati;

n) ushbu Qoidalarning talabnomada ko'rsatilgan seleksiya yutug'ini patentga layoqatligiga

ekspertiza o'tkazmagan holda aniqlanadigan talabnoma hujjatlariga qo'yilgan talablar boshqa

buzilishlarining mavjudligi.

98. Agar talabnoma beruvchi belgilangan muddatda ushbu Qoidalarning 6-bandida ko'zda

tutilgan so'ralgan materiallarni taqdim etmasa, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi va bu

haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi. Talabnoma bo'yicha ish yuritish to'xtatiladi.

99. O'tkazib yuborilgan muddat Patent idorasi tomonidan ushbu Qoidalarning 10-§ ga muvofiq

tiklangan holda ish yuritish davom ettirilishi mumkin.

100. Agar talabnomani rasmiy ekspertizadan o'tkazish natijasida talabnoma O'zbekiston

Respublikasida muhofaza qilinmaydigan botanik yoki zoologik oila turkumi va turiga topshirilganligi

aniqlangan bo'lsa, u holda materiallar ko'rib chiqilmaydi, talabnoma esa chaqirib olingan deb

hisoblanadi va bu haqda talabnoma beruvchiga xabar qilinadi.

101. Agar talabnoma barcha zarur hujjatlarni ichiga olsa, ushbu Qoidalarda belgilangan

talablarga rioya qilingan bo'lsa, talabnoma beruvchiga talabnoma ko'rib chiqishga qabul qilinganligi va

yangilikka ekspertiza o'tkazilishi uchun patent bojini to'lash kerakligi to'g'risida qaror yuboriladi.

16-§. Seleksiya yutug'iga ustuvorlik sanasini belgilash

102. Seleksiya yutug'ining ustuvorligi patent berish uchun talabnoma Patent idorasiga

topshirilgan sana bo'yicha belgilanadi.

Agar talabnomada seleksiya yutug'ining ustuvorligi Qonunning 18-moddasi uchinchi, to'rtinchi

qismlariga ko'ra so'ralmayotgan bo'lsa, u holda ustuvorlik talabnoma Patent idorasiga topshirilgan

sana bo'yicha belgilanadi.

Ko'rsatilgan hujjatlar bir vaqtda topshirilmagan taqdirda, ustuvorlik eng oxirida topshirilgan

hujjat kelib tushgan sana bo'yicha belgilanadi.

103. Seleksiya yutug'ining ustuvorligi, agar Qonunning 18-moddasi uchinchi qismi bilan ko'zda

tutilgan talablarga rioya qilingan bo'lsa, va talabnoma beruvchi tomonidan so'ralayotgan ustuvorlikni

tasdiqlovchi zarur bo'lgan hujjatlar taqdim qilingan bo'lsa, O'zbekiston Respublikasi seleksiya

yutuqlarini huquqiy muhofaza qilish to'g'risida shartnoma tuzgan boshqa davlatga talabnoma beruvchi

tomonidan topshirilgan birinchi talabnomani topshirish sanasi bo'yicha belgilanishi mumkin.

Talabnoma beruvchi birinchi talabnoma bo'yicha u topshirilgan sanadan e'tiboran o'n ikki oy

ichida ustuvorlik huquqiga ega bo'ladi.

Talabnoma beruvchi Patent idorasiga jo'natilayotgan talabnomada birinchi talabnomaning

ustuvorlik sanasini ko'rsatishi va talabnoma Patent idorasiga kelib tushgan sanadan e'tiboran uch

oydan kechikmagan holda birinchi talabnomaning nusxasini va uning tarjimasini taqdim etishi lozim.

104. Birinchi talabnoma bo'yicha ustuvorlik so'ralayotganda quyidagilar tekshiriladi:

talabnoma beruvchi tomonidan boshqa davlatga topshirilgan birinchi talabnomaning

tasdiqlangan nusxasining mavjudligi. Agar ko'rsatilgan nusxa talabnoma Patent idorasiga kelib tushgan

sanadan keyin taqdim etilgan bo'lsa, u holda talabnoma beruvchi tomonidan ko'rsatilgan sanadan

talabnoma nusxasi taqdim etilishi lozim bo'lgan uch oylik muddatga rioya qilinganligi aniqlanadi (agar

birinchi talabnomalar bir nechta bo'lsa, ko'rsatilgan shartlar har bir talabnoma nusxalariga nisbatan

rioya qilinishi lozim);

talabnoma beruvchi tomonidan birinchi talabnoma topshirilgan sanadan boshlab ustuvorlik

so'ralayotgan talabnoma Patent idorasiga kelib tushishi lozim bo'lgan 12 oylik muddatga rioya qilinishi;

talabnomada ko'rsatilgan seleksiya yutug'ining nomini va belgilarini birinchi talabnomada

keltirilgan nomi va belgilariga mosligi.

105. Agar ustuvorlikni belgilashda yuzaga keladigan savollar ekspertizani o'tkazishga to'sqinlik

qilmasa, u holda ular talabnomani ko'rib chiqish bilan bog'liq boshqa masalalar bilan bir vaqtda

aniqlanadi.

106. Talabnoma beruvchi tomonidan mazkur Qoidalarning 103-104-bandlarida ko'rsatilgan

talablarga rioya qilinganida talabnomada ko'rsatilgan seleksiya yutug'iga nisbatan so'ralayotgan

ustuvorlik belgilanadi.

107. Talabnoma beruvchi tomonidan mazkur Qoidalarning 103-104-bandlarida ko'rsatilgan

talablardan hech bo'lmaganda bittasiga rioya qilinmasligi talab qilinayotgan ustuvorlikni tan

olinmasligiga olib keladi.

17-§. Patentga layoqatligiga ekspertiza

108. Qonunning 4-moddasi uchinchi qismiga muvofiq ixtisoslashtirilgan tashkilotlar talabnomada

ko'rsatilgan seleksiya yutuqlarining patentga layoqatliligini ekspertizadan o'tkazadi.

Patentga layoqatlilik ekspertizasi seleksiya yutug'ining yangiligiga ekspertizadan va farqlanish,

turdoshlik va barqarorlik mezonlariga sinovlaridan o'tkazishdan iborat.

109. Belgilangan miqdorda patent boji to'langan holda seleksiya yutug'ining yangiligiga

ekspertiza o'tkaziladi.

Agar yangilik mezoniga ekspertiza o'tkazish uchun patent boji belgilangan miqdordan kam

to'langan bo'lsa, u holda talabnoma beruvchiga so'rovnoma jo'natilgan sanadan e'tiboran uch oy ichida

to'langan patent boji summasini tegishli miqdorga yetkazib to'lashi zarurligi haqida xabar qilinadi.

110. Qonunning 22-moddasi birinchi qismiga muvofiq seleksiya yutug'i yangilik ekanligining

espertizasini ixtisoslashtirilgan tashkilot mavjud hujjatlar va dalil-isbotlar, shu jumladan o'z tashabbusi

bilan olgan axborotlar asosida amalga oshiradi.

Ixtisoslashtirilgan tashkilot talabnomada ko'rsatilgan seleksiya yutug'ining yangilik mezoniga

muvofiqligi yoki nomuvofiqligi to'g'risida Patent idorasiga xulosa taqdim etadi.

Patent idorasi yangilik mavjudligi yoki yo'qligi to'g'risida talabnoma beruvchini yozma ravishda

xabardor etadi.

111. Belgilangan miqdorda patent boji to'langan holda talabnomada ko'rsatilgan seleksiya

yutug'ining farqlanish, turdoshlik va barqarorlik shartlariga sinovlari o'tkaziladi.

112. Qonunning 23-moddasiga muvofiq talabnomada ko'rsatilgan seleksiya yutug'ining sinovlari

ixtisoslashtirilgan tashkilotlar belgilagan usul va muddatlarda, ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan davlat nav sinash stansiyalarida, davlat nav sinash

uchastkalarida, boshqa tashkilotlarda o'tkaziladi.

Talabnoma beruvchi sinov o'tkazish uchun kerakli miqdordagi urug'likni, ko'chat yoki nasl

materialini ixtisoslashgirilgan tashkilot tomonidan belgilangan manzilga, ko'rsatilgan muddatlarda

taqdim etishi shart.

Ixtisoslashtirilgan tashkilot talabnoma beruvchi, shuningdek O'zbekiston Respublikasining

korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va boshqa davlatlarning vakolatli organlari tomonidan taqdim

etilgan sinov natijalaridan foydalanishga haqli.

113. Qonunning 23-moddasi beshinchi qismiga muvofiq ixtisoslashtirilgan tashkilot sinov

natijalariga ko'ra seleksiya yutug'ining patentga layoqatlilik mezonlariga mosligi to'g'risida xulosa

chiqaradi.

18-§. Seleksiya yutug'iga patent berish to'g'risida qaror

114. Seleksiya yutug'ini patentga layoqatlilik mezonlariga, uning nomi esa belgilangan talablarga

mos kelishi aniqlanganida, ixtisoslashtirilgan tashkilot seleksiya yutug'ining patentga layoqatlilik

shartlariga mos kelishi haqida xulosa va uning rasmiy tavsifini Patent idorasiga jo'natadi. Patent idorasi

ixtisoslashtirilgan tashkilotning xulosasi asosida o'simlik naviga yoki hayvon zotiga patent berish

haqida qaror qabul qiladi.

115. Belgilangan patent boji to'langan holda Patent idorasi seleksiya yutug'ini tegishli reestrda

davlat ro'yxatidan o'tkazadi va Patent idorasining rasmiy byulletenida seleksiya yutug'ini ro'yxatdan

o'tkazilganligi to'g'risidagi ma'lumotlarni e'lon qiladi.

19-§. Patent berishni rad etish to'g'risida qaror

116. Talabnomada ko'rsatilgan seleksiya yutug'ini patentga layoqatlilik mezonlaridan hech

bo'lmaganida biriga mos kelmasligi aniqlanganida, ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan tegishli

asoslar keltirilgan holda farqlanish, turdoshlik, barqarorlik mezonlariga mos kelmasligi haqida xulosa

Patent idorasiga jo'natiladi.

Patent idorasi ixtisoslashtirilgan tashkilotning xulosasi asosida o'simlik naviga yoki hayvon zotiga

patent berishni rad etish to'g'risida qaror qabul qiladi va uni ixtisoslashtirilgan tashkilotning farqlanish,

turdoshlik, barqarorlik mezonlariga mos kelmasligi haqida xulosasini ilova qilgan holda talabnoma

beruvchiga jo'natadi.

20-§. Yakuniy qoidalar

117. Mazkur Qoidalar O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirining birinchi

o'rinbosari, O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligining Qishloq xo'jalik ekinlari

navlarini sinash davlat komissiyasi raisi, O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligining

Chorvachilikda naslchilik ishlari bo'yicha bosh davlat inspeksiyasi boshlig'i bilan kelishilgan.

O'zbekiston Respublikasi

Qishloq va suv xo'jaligi vazirining

birinchi o'rinbosari

«___» __________ 2004 y. __________________ A. Jo'rayev

O'zbekiston Respublikasi

Qishloq va suv xo'jaligi vazirligining

Qishloq xo'jalik ekinlari navlarini

sinash davlat komissiyasi raisi

«___» __________ 2004 y. ____________________ S. Murodov

O'zbekiston Respublikasi

Qishloq va suv xo'jaligi vazirligining

Chorvachilikda naslchilik ishlari bo'yicha

bosh davlat inspeksiyasi boshlig'i

«___»__________ 2004 y. ______________________ X. G'iyosov