About Intellectual Property IP Training Respect for IP IP Outreach IP for… IP and... IP in... Patent & Technology Information Trademark Information Industrial Design Information Geographical Indication Information Plant Variety Information (UPOV) IP Laws, Treaties & Judgements IP Resources IP Reports Patent Protection Trademark Protection Industrial Design Protection Geographical Indication Protection Plant Variety Protection (UPOV) IP Dispute Resolution IP Office Business Solutions Paying for IP Services Negotiation & Decision-Making Development Cooperation Innovation Support Public-Private Partnerships AI Tools & Services The Organization Working with WIPO Accountability Patents Trademarks Industrial Designs Geographical Indications Copyright Trade Secrets WIPO Academy Workshops & Seminars IP Enforcement WIPO ALERT Raising Awareness World IP Day WIPO Magazine Case Studies & Success Stories IP News WIPO Awards Business Universities Indigenous Peoples Judiciaries Genetic Resources, Traditional Knowledge and Traditional Cultural Expressions Economics Gender Equality Global Health Climate Change Competition Policy Sustainable Development Goals Frontier Technologies Mobile Applications Sports Tourism PATENTSCOPE Patent Analytics International Patent Classification ARDI – Research for Innovation ASPI – Specialized Patent Information Global Brand Database Madrid Monitor Article 6ter Express Database Nice Classification Vienna Classification Global Design Database International Designs Bulletin Hague Express Database Locarno Classification Lisbon Express Database Global Brand Database for GIs PLUTO Plant Variety Database GENIE Database WIPO-Administered Treaties WIPO Lex - IP Laws, Treaties & Judgments WIPO Standards IP Statistics WIPO Pearl (Terminology) WIPO Publications Country IP Profiles WIPO Knowledge Center WIPO Technology Trends Global Innovation Index World Intellectual Property Report PCT – The International Patent System ePCT Budapest – The International Microorganism Deposit System Madrid – The International Trademark System eMadrid Article 6ter (armorial bearings, flags, state emblems) Hague – The International Design System eHague Lisbon – The International System of Appellations of Origin and Geographical Indications eLisbon UPOV PRISMA UPOV e-PVP Administration UPOV e-PVP DUS Exchange Mediation Arbitration Expert Determination Domain Name Disputes Centralized Access to Search and Examination (CASE) Digital Access Service (DAS) WIPO Pay Current Account at WIPO WIPO Assemblies Standing Committees Calendar of Meetings WIPO Webcast WIPO Official Documents Development Agenda Technical Assistance IP Training Institutions COVID-19 Support National IP Strategies Policy & Legislative Advice Cooperation Hub Technology and Innovation Support Centers (TISC) Technology Transfer Inventor Assistance Program WIPO GREEN WIPO's Pat-INFORMED Accessible Books Consortium WIPO for Creators WIPO Translate Speech-to-Text Classification Assistant Member States Observers Director General Activities by Unit External Offices Job Vacancies Procurement Results & Budget Financial Reporting Oversight
Arabic English Spanish French Russian Chinese
Laws Treaties Judgments Browse By Jurisdiction

Uzbekistan

UZ023

Back

Patent egasining ochiq lisenziyaga bo'lgan huquqni taqdim etish to'g'risidagi arizasini topshirish va ko'rib chiqish hamda bunday ariza to'g'risidagi ma'lumotlarni e'lon qilish Qoidalari

 Patent egasining ochiq lisenziyaga bo'lgan huquqni taqdim etish to'g'risidagi arizasini topshirish va ko'rib chiqish hamda bunday ariza to'g'risidagi ma'lumotlarni e'lon qilish Qoidalari

Patent egasining ochiq lisenziyaga bo'lgan huquqni taqdim etish to'g'risidagi arizasini topshirish va ko'rib chiqish hamda bunday ariza to'g'risidagi ma'lumotlarni e'lon qilish QOIDALARI O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Tomonidan 2006 yil 14 oktyabrda 1629 raqam Bilan RO'YXATGA OLINGAN, O'zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2006 yil 21 sentyabrdagi 56- son buyrug'i Bilan TASDIQLANGAN

Patent egasining ochiq lisenziyaga bo'lgan huquqni taqdim etish to'g'risidagi arizasini topshirish va ko'rib chiqish hamda bunday ariza to'g'risidagi ma'lumotlarni e'lon qilish qoidalari (bundan buyon matnda Qoidalar deb yuritiladi) "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to'g'risida", "Seleksiya yutuqlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonunlariga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasida (bundan buyon matnda Patent idorasi deb yuritiladi) patent egasining ochiq lisenziyaga bo'lgan huquqni taqdim etish to'g'risidagi arizasini topshirish va ko'rib chiqish hamda bunday ariza to'g'risidagi ma'lumotlarni e'lon qilish tartibini belgilaydi.

1-§. Umumiy qoidalar

1. "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 32-moddasiga va "Seleksiya yutuqlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 39-moddasiga muvofiq patent egasining ochiq lisenziyaga bo'lgan huquqni taqdim etish to'g'risidagi arizasi (bundan buyon matnda ariza deb yuritiladi) Patent idorasiga topshiriladi.

2. Patent idorasida ro'yxatdan o'tkazilgan sanoat mulkining, seleksiya yutug'ining tegishli ob'ektidan foydalanishga bo'lgan huquqni taqdim etish to'g'risidagi lisenziya shartnomasi mavjud bo'lganida, bunda uning shartlariga ko'ra patent egasi shartnomaning amal qilishi muddati tugagunga qadar lisenziya berishga haqli emas, arizani topshirish mumkin emas.

3. Topshirilgan ariza chaqirib olinishi mumkin emas. 4. Arizani topshirish bo'yicha ishlarni yuritish mustaqil ravishda patent egasi tomonidan,

vakolati amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan tasdiqlanadigan vakil yoki patent vakili orqali amalga oshiriladi.

5. Ariza to'g'risidagi ma'lumotlarni e'lon qilish uchun belgilangan miqdorda patent boji to'lanadi.

2-§. Ariza va ilova qilinadigan hujjatlarni topshirish

6. Patent egasi tomonidan istalgan shaxsga sanoat mulki, seleksiya yutug'i ob'ektidan foydalanish huquqi taqdim etilmaganida Patent idorasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

a) patent egasining ushbu Qoidalarga ilovada keltirilgan shakl bo'yicha ochiq lisenziyaga bo'lgan huquqni taqdim etish to'g'risidagi arizasi. Ariza o'zbek yoki rus tilida bir nusxada topshiriladi. Chet ellik shaxslar va korxonalarning nomlari o'zbekcha yoki ruscha transliterasiyada ko'rsatiladi.

Ariza bitta patentga taalluqli bo'lishi kerak. Ariza, agar taqdim eilgan hujjatlarning hech birida arizani topshirish to'g'risidagi ularning

roziligi qayd etilmagan bo'lsa, barcha patent egalari tomonidan imzolanadi. Yuridik shaxs nomidan ariza korxona, tashkilot rahbari yoki bunga vakolatli shaxs

tomonidan uning lavozimi ko'rsatilgan holda imzolanadi. Imzo muhr bilan tasdiqlanadi. Imzolar imzo chekayotgan shaxsning familiyalari va ismi-shariflari ko'rsatilgan holda

ochib beriladi. b) patentning asl nusxasi (dublikati); v) vorislik huquqini yoki merosga bo'lgan huquqni (zaruriyat bo'lgan hollarda); g) vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma (zaruriyat bo'lgan hollarda); d) ariza to'g'risidagi ma'lumotlarni e'lon qilish uchun belgilangan miqdorda patent boji

to'langanligini tasdiqlovchi hujjat. Belgilangan miqdorda patent boji to'langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmaganida

arizani ko'rib chiqish bo'yicha yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi. 7. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar o'zbek, rus yoki boshqa tillarda taqdim etilishi

mumkin. Agar hujjatlar boshqa tilda taqdim etilgan bo'lsa, u holda hujjatlarga ularning o'zbek yoki rus tiliga tarjimasi ilova qilinadi.

8. Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar bevosita Patent idorasiga topshiriladi yoki pochta orqali yuboriladi.

3-§. Arizani ko'rib chiqish va ariza to'g'risidagi ma'lumotlarni e'lon qilish

9. Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar kelib tushgan kundan e'tiboran o'n besh kunlik muddatda Patent idorasi barcha kerakli hujjatlarning mavjudligini va ularning ushbu Qoidalarda belgilangan talablarga mos kelishini tekshiradi.

10. Kerakli hujjatlar mavjud bo'lmaganida yoki ushbu Qoidalarda belgilangan hujjatlarga qo'yiladigan talablar buzilganida, ariza topshirgan shaxsga bildirishnoma yuborilgan sanadan boshlab uch oy davomida yetishmayotgan va/yoki tuzatilgan hujjatlarni taqdim etish taklifi bayon qilingan bildirishnoma yuboriladi.

Bunda belgilangan muddat davomida arizani ko'rib chiqish yetishmayotgan yoki tuzatilgan hujjatlarning oxirgisi kelib tushgunga qadar to'xtatib turiladi.

11. Taqdim etilgan hujjatlar ushbu Qoidalarda belgilangan talablarga mos kelganida Patent idorasi arizani topshirgan shaxsni ariza qabul qilinganligi haqida xabardor qiladi. Ariza to'g'risidagi ma'lumotlar topshirilgan ob'ektga bog'liq bo'lgan holda ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, o'simlik navlari, hayvon zotlari Davlat reestriga kiritiladi.

12. Taqdim etilgan hujjatlar ushbu Qoidalarda belgilangan talablarga mos kelmaganida, shuningdek tuzatilgan yoki yetishmayotgan hujjatlar belgilangan muddatda taqdim etilmagan hollarda Patent idorasi arizani topshirgan shaxsga rad etish uchun asosni ichiga olgan arizani qabul qilishni rad etish to'g'risidagi bildirishnomani yuboradi va taqdim etilgan hujjatlarni arizani istisno qilgan holda qaytarib beradi.

13. Patent idorasining rasmiy byulletenida ariza to'g'risidagi quyidagi ma'lumotlar e'lon qilinadi:

patent raqami; talabnoma raqami; sanoat mulki, seleksiya yutug'i ob'ektini ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi ma'lumotlar

e'lon qilingan Patent idorasining rasmiy byulletenining soni va chiqqan yili; Xalqaro patent tasnifi (XPT)/Sanoat namunalarining xalqaro tasnifi (SNXT) indeksi

(sanoat mulki ob'ektiga nisbatan ko'rsatiladi); sanoat mulki, seleksiya yutug'i ob'ektining nomi; patent egasi; yozishmalar uchun manzil. 14. Patent idorasining rasmiy byulletenida ariza to'g'risidagi ma'lumotlarni e'lon qilingan

sanadan boshlab Patent idorasi 10 kun davomida patentda tegishli qaydni amalga oshiradi va uni arizani topshirgan shaxsga jo'natadi.