About Intellectual Property IP Training Respect for IP IP Outreach IP for… IP and... IP in... Patent & Technology Information Trademark Information Industrial Design Information Geographical Indication Information Plant Variety Information (UPOV) IP Laws, Treaties & Judgements IP Resources IP Reports Patent Protection Trademark Protection Industrial Design Protection Geographical Indication Protection Plant Variety Protection (UPOV) IP Dispute Resolution IP Office Business Solutions Paying for IP Services Negotiation & Decision-Making Development Cooperation Innovation Support Public-Private Partnerships AI Tools & Services The Organization Working with WIPO Accountability Patents Trademarks Industrial Designs Geographical Indications Copyright Trade Secrets WIPO Academy Workshops & Seminars IP Enforcement WIPO ALERT Raising Awareness World IP Day WIPO Magazine Case Studies & Success Stories IP News WIPO Awards Business Universities Indigenous Peoples Judiciaries Genetic Resources, Traditional Knowledge and Traditional Cultural Expressions Economics Gender Equality Global Health Climate Change Competition Policy Sustainable Development Goals Frontier Technologies Mobile Applications Sports Tourism PATENTSCOPE Patent Analytics International Patent Classification ARDI – Research for Innovation ASPI – Specialized Patent Information Global Brand Database Madrid Monitor Article 6ter Express Database Nice Classification Vienna Classification Global Design Database International Designs Bulletin Hague Express Database Locarno Classification Lisbon Express Database Global Brand Database for GIs PLUTO Plant Variety Database GENIE Database WIPO-Administered Treaties WIPO Lex - IP Laws, Treaties & Judgments WIPO Standards IP Statistics WIPO Pearl (Terminology) WIPO Publications Country IP Profiles WIPO Knowledge Center WIPO Technology Trends Global Innovation Index World Intellectual Property Report PCT – The International Patent System ePCT Budapest – The International Microorganism Deposit System Madrid – The International Trademark System eMadrid Article 6ter (armorial bearings, flags, state emblems) Hague – The International Design System eHague Lisbon – The International System of Appellations of Origin and Geographical Indications eLisbon UPOV PRISMA UPOV e-PVP Administration UPOV e-PVP DUS Exchange Mediation Arbitration Expert Determination Domain Name Disputes Centralized Access to Search and Examination (CASE) Digital Access Service (DAS) WIPO Pay Current Account at WIPO WIPO Assemblies Standing Committees Calendar of Meetings WIPO Webcast WIPO Official Documents Development Agenda Technical Assistance IP Training Institutions COVID-19 Support National IP Strategies Policy & Legislative Advice Cooperation Hub Technology and Innovation Support Centers (TISC) Technology Transfer Inventor Assistance Program WIPO GREEN WIPO's Pat-INFORMED Accessible Books Consortium WIPO for Creators WIPO Translate Speech-to-Text Classification Assistant Member States Observers Director General Activities by Unit External Offices Job Vacancies Procurement Results & Budget Financial Reporting Oversight
Arabic English Spanish French Russian Chinese
Laws Treaties Judgments Browse By Jurisdiction

Uzbekistan

UZ056

Back

O’zbekiston Respublikasi Davlat Patent Idorasi Apellyatsiya Kengashiga Apellyatsiyalar va Arizalarni Topshirish Hamda Ko’rib Chiqish Qoidalari (O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2008 yil 25 dekabrdagi 100-son buyrug‘i bilan «Tasdiqlangan», O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009 yil 24 yanvarda 1889-son bilan «Ro‘Yxatga Olingan»)

 O’zbekiston Respublikasi Davlat Patent Idorasi Apellyatsiya Kengashiga Apellyatsiyalar va Arizalarni Topshirish Hamda Ko’rib Chiqish Qoidalari

O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida Davlat patent idorasi direktorining 2009 yil 24 yanvarda 2008 yil 25 dekabrdagi 1889-son bilan 100-son buyrug‘i bilan «RO‘YXATGA OLINGAN» «TASDIQLANGAN»

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT PATENT IDORASI APELLYATSIYA KENGASHIGA APELLYATSIYALAR VA ARIZALARNI TOPSHIRISH HAMDA KO’RIB CHIQISH QOIDALARI Ushbu Qoidalar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 1 iyuldagi 298­ sonli qarori bilan tasdiqlangan "O’zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining Apellyatsiya kengashi to’g’risida"gi nizomga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining Apellyatsiya kengashiga (bundan keyingi o’rinlarda Apellyatsiya kengashi deb yuritiladi) apellyatsiyalar va arizalarni topshirish hamda ko’rib chiqish tartibini belgilaydi.

1. APELLYATSIYA KENGASHIGA TOPSHIRILADIGAN APELLYATSIYALAR VA ARIZALAR

1. Apellyatsiya kengashiga quyidagi apellyatsiyalar topshirilishi mumkin: a) O’zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining (bundan keyingi o’rinlarda Patent

idorasi deb yuritiladi): ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomlari,

seleksiya yutug’i, integral mikrosxemalar topologiyasiga talabnomani ko’rib chiqishga qabul qilishni rad etish to’g’risidagi;

ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug’iga patent berish to’g’risidagi yoki patent berishni rad etish to’g’risidagi;

tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomlarini ro’yxatdan o’tkazish yoki ro’yxatdan o’tkazishni rad etish to’g’risidagi, O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladigan muhofaza berish to’g’risida yoki muhofaza berishni rad etish to’g’risidagi;

integral mikrosxemalar topologiyasini ro’yxatdan o’tkazishni rad etish to’g’risidagi qarorlari ustidan;

b) ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug’iga patent berilishiga qarshi; v) integral mikrosxemalar topologiyasining ro’yxatdan o’tkazilishiga qarshi; g) ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug’i patentlarining haqiqiyligiga

qarshi; d) tovar belgisi va xizmat ko’rsatish belgisi uchun guvohnomaning, tovar kelib chiqqan

joy nomidan foydalanish huquqi to’g’risidagi guvohnomaning haqiqiyligiga qarshi; e) belgini O’zbekiston Respublikasi hududida xalqaro ro’yxatdan o’tkazishning amal

qilishiga qarshi; j) integral mikrosxemalar topologiyasini ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi

guvohnomaning amal qilishini to’xtatish haqida; z) tovar belgisi va xizmat ko’rsatish belgisi uchun hamda tovar kelib chiqqan joy

nomlaridan foydalanish huquqi to’g’risidagi guvohnomalarning amal qilishini to’xtatish haqida;

i) tovar kelib chiqqan joy nomlarini ro’yxatdan o’tkazishni bekor qilish haqida.

2. Apellyatsiya kengashiga O’zbekiston Respublikasida hammaga ma’lum tovar belgilari ro’yxatini e’tirof etish to’g’risidagi arizalar (bundan keyingi o’rinlarda ariza deb yuritiladi) topshirilishi mumkin.

3. Ushbu Qoidalarning 1-bandi "a" kichik bandida nazarda tutilgan apellyatsiyalar ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug’iga talabnoma, tovar belgisiga, shu jumladan belgini xalqaro ro’yxatdan o’tkazishga talabnoma, tovar kelib chiqqan joy nomlari, integral mikrosxemalar topologiyasini ro’yxatdan o’tkazish uchun talabnoma topshirgan talabnoma beruvchi tomonidan beriladi.

Mazkur Qoidalarning 1-bandi "b" - "i" kichik bandlarida ko’zda tutilgan apellyatsiyalar manfaatdor shaxslar tomonidan beriladi.

Mazkur Qoidalarning 2-bandida nazarda tutilgan ariza o’z tovar belgisini O’zbekiston Respublikasida hammaga ma’lum tovar belgisi deb hisoblagan shaxs tomonidan beriladi.

2. APELLYATSIYALAR VA ARIZALARNI TOPSHIRISH SHARTLARI

4. Ushbu Qoidalarning 1 va 2-bandlarida ko’zda tutilgan apellyatsiyalar yoki arizalarni berish bilan bog’liq harakatlarni ko’rsatilgan shaxslar shaxsan o’zlari yoki vakillari, shu jumladan Patent idorasida ro’yxatdan o’tkazilgan patent vakillari orqali amalga oshirishlari mumkin.

O’zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy istiqomat qiladigan jismoniy shaxslar va chet el yuridik shaxslari yoki ularning vakillari basharti, O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib ko’zda tutilmagan bo’lsa, apellyatsiyalar yoki arizalarni berish bilan bog’liq harakatlarni, shu jumladan Apellyatsiya kengashi yig’ilishlarida qatnashishni o’z vakillari, shuningdek Patent idorasida ro’yxatdan o’tkazilgan patent vakillari orqali amalga oshiradilar.

5. Vakilning, tegishli hollarda patent vakilining vakolatlari amaldagi qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilgan va vakolatlarning hajmi ko’rsatilgan ishonchnoma bilan tasdiqlanadi.

6. Apellyatsiya yoki ariza ixtiyoriy shaklda tuziladi va umumiy qabul qilingan texnika vositalarida (yozuv mashinkasi, shaxsiy kompyuter va hokazolarda) bosilgan ko’rinishda taqdim etiladi.

7. Apellyatsiya yoki arizada quyidagilar ko’rsatiladi: a) apellyatsiya yoki ariza bergan yuridik shaxslar uchun - uning nomi, joylashgan eri

(pochta manzili), jismoniy shaxslar uchun familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joyi (to’liq manzili) va boshqa ma’lumotlar;

b) ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug’iga talabnoma, tovar belgisiga, shu jumladan belgini xalqaro ro’yxatdan o’tkazishga talabnoma, tovar kelib chiqqan joy nomlariga, integral mikrosxemalar topologiyasiga talabnomaning raqami yoki apellyatsiya oid bo’lgan ob’ektga berilgan muhofaza hujjatining, shu jumladan belgini xalqaro ro’yxatdan o’tkazish raqami.

Ushbu Qoidalarning 2-bandida ko’zda tutilgan arizada tovar belgisiga guvohnomaning yoki uni ro’yxatdan o’tkazish uchun berilgan talabnomaning ro’yxat raqami ko’rsatiladi. Ariza O’zbekiston Respublikasida huquqiy muhofazaga ega bo’lmagan belgiga oid bo’lsa, arizaga "Tovar belgisi, xizmat ko’rsatish belgisini ro’yxatdan o’tkazishga talabnomani tuzish, topshirish va ko’rib chiqish qoidalari"ga (2002 yil 1 noyabr, ro’yxat raqami 1184) muvofiq tayyorlangan tovar belgisi namunasi ilova qilinadi.

v) ustidan shikoyat berilgan qarorning qonunga zidligi, patent, guvohnoma berilganligi yoki huquqiy muhofaza berilganligi qonunga zidligining asosi, apellyatsiya beruvchi shaxsning barcha sabab va dalillari, taklif etilgan ob’ektning unga qarshi quyilgan barcha ob’ektlar bilan taqqoslangan tahlilini (muhofaza hujjati berish rad etilganda) apellyatsiya o’z ichiga olishi kerak.

Ushbu Qoidalarning 1-bandi "g" – "z" kichik bandlarida ko’zda tutilgan apellyatsiyalarga qo’shimcha materiallar taqdim etilgan holda, ular patent, guvohnoma yoki huquqiy muhofaza berishni to’liq yoki qisman haqiqiy emas deb tan olish uchun asoslar mavjudligini tasdiqlaydigan sabablarni o’zgartirmasligi yuzasidan tekshiriladi.

Ushbu Qoidalarning 1-bandi "i" kichik bandida keltirilgan apellyatsiya va/yoki unga ilova qilingan materiallar quyidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olishi kerak:

jug’rofiy ob’ektga xos bo’lgan shartlarning yo’qolganligi haqida va/yoki O’zbekiston Respublikasining tovar kelib chiqqan joy nomlari davlat reestrida ko’rsatilgan o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan tovarni ishlab chiqarish imkoni yo’qligi haqida;

chet el yuridik shaxslari yoki chet el fuqarolari tomonidan tovar kelib chiqqan mamlakatda ushbu tovar kelib chiqqan joy nomiga bo’lgan huquq yo’qotilganligi haqida;

tovar O’zbekiston Respublikasining tovar kelib chiqqan joy nomlari davlat reestrida ushbu tovar kelib chiqqan joy nomiga nisbatan ko’rsatilgan o’ziga xos xususiyatlarni yo’qotganligi haqida.

Ushbu Qoidalarning 2-bandida ko’zda tutilgan ariza va unga ilova qilinadigan materiallar tovar belgisining hammaga ma’lum tovar belgisi deb e’tirof etilganligini tasdiqlaydigan aniq ma’lumotlardan iborat bo’lishi kerak. Quyidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan hujjatlar shunday materiallar sifatida taqdim etilishi mumkin:

tovar belgisidan O’zbekiston Respublikasi hududida keng foydalanilgani haqida; tovar belgisidan foydalanilgan holda tovarlar realizatsiya qilingan aholi punktlarining

ro’yxati; ushbu tovarlar realizatsiyasining hajmi haqida; yarmarka va ko’rgazmalarda tovar belgisidan foydalanilgan mahsulotlar va/yoki xizmatlar

reklamasi va taqdimotini ham hisobga olgan holda, tovar belgisidan foydalanish usuli haqida; tovar iste’molchilarining o’rtacha yillik soni haqida; tovar belgisi mashhur bo’lgan mamlakatlar haqida; Patent idorasi belgilagan tavsiyanomalarni hisobga olgan holda, ixtisoslashgan mustaqil

tashkilot tomonidan tovar iste’molchilari orasida o’tkazilgan so’rov natijalari haqida. Tovar belgisidan uzoq vaqt davomida, uzluksiz, keng va katta hajmda foydalanilganligi

isboti sifatida mahsulot sifatini nazorat qiluvchi tashkilotlar, savdo tashkilotlari, iste’molchilar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar va jamiyatlarning xulosalari (ma’lumotnomalari), deklaratsiyalar, sifat sertifikatlari va shu kabi hujjatlar taqdim etilishi mumkin.

Arizada tovar belgisidan foydalanish qaysi sanadan boshlangani va ariza bergan shaxs qaysi sanadan boshlab o’z tovar belgisini O’zbekiston Respublikasida hammaga ma’lum tovar belgisi sifatida e’tirof etganligi ko’rsatilishi kerak.

g) apellyatsiya yoki ariza bergan shaxsning apellyatsiya yoki ariza mohiyati bo’yicha aniq bayon qilingan talablari.

Apellyatsiya yoki ariza apellyatsiya yoki ariza bergan shaxs yoxud uning vakili tomonidan imzolanadi. YUridik shaxs nomidan apellyatsiya yoki ariza tashkilot rahbari yoki

belgilangan tartibda vakolatga ega bo’lgan shaxs tomonidan uning lavozimi ko’rsatilgan holda imzolanadi, imzo yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlanadi.

Imzo chekayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi ko’rsatilishi shart.

8. Apellyatsiya bitta ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug’iga talabnoma yoki tovar belgisiga, tovar kelib chiqqan joy nomlariga, integral mikrosxemalar topologiyasiga talabnomaga yoxud bitta muhofazalanadigan ob’ekt - ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug’iga, tovar belgisiga, shu jumladan belgini xalqaro ro’yxatdan o’tkazishga, tovar kelib chiqqan joy nomlariga, integral mikrosxemalar topologiyasiga oid bo’lishi kerak.

Ushbu Qoidalarning 2-bandida ko’zda tutilgan ariza ham bitta tovar belgisiga taalluqli bo’lishi kerak. Apellyatsiya materiallari ikki nusxada topshiriladi, faqat ushbu Qoidalarning 1-bandi "a" kichik bandida nazarda tutilgan apellyatsiyalar va 2-bandida ko’zda tutilgan arizalar bundan mustasno ravishda bir nusxada topshiriladi.

9. Ushbu Qoidalarning 1-bandi "a" kichik bandida ko’zda tutilgan apellyatsiyalar O’zbekiston Respublikasining "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to’g’risida" (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 y., 9-son, 158-modda), "Tovar belgilari, xizmat ko’rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to’g’risida" (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001 y., 9-10-son, 178-modda), "Seleksiya yutuqlari to’g’risida" (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 y., 9­ son, 156-modda), "Integral mikrosxemalar topologiyasining huquqiy muhofazasi to’g’risida"gi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001 y., 5-son, 87­ modda) qonunlarida belgilangan muddatlarda beriladi.

10. Apellyatsiya yoki arizaga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 20 apreldagi 65-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Patent bojlari to’g’risida"gi nizomga (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2002 y., 19-son, 151-modda) muvofiq belgilangan patent boji to’langanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. Belgilangan miqdorda patent boji to’langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinmagan taqdirda, apellyatsiya yoki arizani ko’rib chiqish bo’yicha yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi.

11. Apellyatsiya yoki ariza o’zbek yoki rus tillarida topshiriladi. Barcha qo’shimcha materiallar, shu jumladan texnik hujjatlar o’zbek yoki rus tillarida ikki nusxada topshiriladi. Agar qo’shimcha materiallar boshqa tilda topshirilgan bo’lsa, apellyatsiya yoki ariza bergan shaxs uch oy muddat ichida ushbu materiallarning o’zbek yoki rus tillariga tarjimasini taqdim etishi lozim. Tarjima taqdim qilinmagan taqdirda, ushbu materiallar apellyatsiya yoki arizani ko’rib chiqishda e’tiborga olinmaydi.

3. APELLYATSIYALAR VA ARIZALARNI RO’YXATGA OLISH ІAMDA QABUL QILISH

12. Patent idorasiga kelib tushgan apellyatsiya ro’yxatga olinadi va unga ro’yxat raqami beriladi.

13. Agar apellyatsiya ushbu Qoidalarning 2-bo’limida nazarda tutilgan shartlarga javob bersa, Apellyatsiya kengashiga kelib tushgan sanadan e’tiboran un kunlik muddat ichida apellyatsiya bergan shaxsga apellyatsiya ko’rib chiqishga qabul qilinganligi haqida bildirishnoma yuboriladi.

Ushbu Qoidalarning 1-bandi "b" – "i" kichik bandlarida ko’zda tutilgan apellyatsiyalar Apellyatsiya kengashi yig’ilishi o’tkazilgunga qadar o’z mulohazalarini taqdim etishi haqidagi taklif bilan apellyatsiya bergan shaxsga yuboriladi.

14. Agar apellyatsiya mazkur Qoidalarning 2-bo’limida belgilangan shartlar inobatga olinmasdan topshirilgan bo’lsa, apellyatsiya bergan shaxsga apellyatsiyani ko’rib chiqish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni uch oy muddat ichida taqdim etish taklifi bayon qilingan so’rovnoma yuboriladi.

So’rovnomada talab qilingan ma’lumotlar ko’rsatilgan muddatda taqdim etilmasa, apellyatsiya bo’yicha ish yuritish to’xtatiladi va bu haqda apellyatsiya bergan shaxsga xabar beriladi.

15. Apellyatsiya bergan shaxs ko’rib chiqishning istalgan bosqichida apellyatsiyani chaqirib olishi mumkin. Bu holda, apellyatsiya bo’yicha ish yuritish to’xtatiladi.

16. Yig’ilishdan o’n kun avval tomonlarga Apellyatsiya kengashi yig’ilishining o’tkazilish joyi, sanasi va vaqti haqidagi bildirishnoma yuboriladi.

17. Ushbu Qoidalarning 12 – 16-bandlarida belgilangan tartib Apellyatsiya kengashiga topshiriladigan O’zbekiston Respublikasida hammaga ma’lum tovar belgilari ro’yxatini e’tirof etish to’g’risidagi arizalarga nisbatan ham qo’llaniladi, 14-bandning ikkinchi xatboshisi bundan mustasno.

4. APELLYATSIYALAR VA ARIZALARNI KO’RIB CHIQISH MUDDATLARI

18. Apellyatsiyalar quyidagi muddatlarda ko’rib chiqiladi: a) kelib tushgan sanasidan e’tiboran ikki oy mobaynida: Patent idorasining ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug’i, tovar belgisi,

tovar kelib chiqqan joy nomlariga talabnomani ko’rib chiqishga qabul qilishni rad etish to’g’risidagi qarori ustidan berilgan apellyatsiyalar;

Patent idorasining foydali modelga patent berish to’g’risidagi yoki patent berishni rad etish to’g’risidagi qarori ustidan berilgan apellyatsiyalar;

Patent idorasining seleksiya yutug’iga patent berishni rad etish to’g’risidagi qarori ustidan berilgan apellyatsiyalar, agar qo’shimcha sinovlar o’tkazish zaruriyati tug’ilmasa.

b) kelib tushgan sanasidan e’tiboran to’rt oy mobaynida: Patent idorasining ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga patent berish to’g’risidagi

yoki patent berishni rad etish to’g’risidagi qarori ustidan berilgan apellyatsiyalar; Patent idorasining tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomlarini ro’yxatdan o’tkazish

yoki ro’yxatdan o’tkazishni rad etish to’g’risidagi qarori ustidan berilgan apellyatsiyalar; Patent idorasining O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq

amalga oshiriladigan muhofaza berish to’g’risidagi yoki muhofaza berishni rad etish

to’g’risidagi qarori ustidan berilgan apellyatsiyalar; Patent idorasining integral mikrosxemalar topologiyasini ro’yxatdan o’tkazishni rad etish

to’g’risidagi qarori ustidan berilgan apellyatsiyalar; ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga patent berilishiga qarshi berilgan apellyatsiyalar; integral mikrosxemalar topologiyasining ro’yxatdan o’tkazilishiga qarshi berilgan

apellyatsiyalar; ixtiro, foydali model, sanoat namunasi patentlarining haqiqiyligiga qarshi berilgan

apellyatsiyalar; belgini xalqaro ro’yxatdan o’tkazishning O’zbekiston Respublikasida amal qilishiga

qarshi berilgan apellyatsiyalar; integral mikrosxemalar topologiyasining ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi

guvohnomaning amal qilishini to’xtatish haqidagi apellyatsiyalar; tovar belgisi va xizmat ko’rsatish belgisi uchun guvohnoma, tovar kelib chiqqan joy

nomlaridan foydalanish huquqi to’g’risidagi guvohnomaning amal qilishini to’xtatish haqidagi apellyatsiyalar;

tovar kelib chiqqan joy nomlari ro’yxatdan o’tkazilganligini bekor qilish haqidagi apellyatsiyalar;

v) kelib tushgan sanasidan e’tiboran olti oy mobaynida: seleksiya yutug’iga patent berilishiga qarshi apellyatsiyalar; seleksiya yutug’i patentlarining haqiqiyligiga qarshi berilgan apellyatsiyalar, agar

qo’shimcha sinovlar o’tkazish zaruriyati tug’ilmasa. Tovar belgilari va xizmat ko’rsatish belgilarining O’zbekiston Respublikasida hammaga

ma’lum tovar belgilari ro’yxatini e’tirof etish to’g’risidagi arizalar Apellyatsiya kengashi tomonidan ushbu arizalar kelib tushgan sanadan e’tiboran to’rt oy ichida ko’rib chiqiladi.

19. Apellyatsiya kengashi yig’ilishini o’tkazish sanasi tayinlanganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan tomonlar yig’ilish sanasini olti oydan oshmagan muddatga ko’chirish haqida asoslangan rasmiy iltimosnoma bilan Apellyatsiya kengashiga murojaat etishlari mumkin. Bu holda, apellyatsiyani ko’rib chiqishning belgilangan muddatlari o’tishi Apellyatsiya kengashi yig’ilishini o’tkazishning yangi sanasigacha to’xtatiladi.

20. Muddatlar yig’ilish o’tkazishning aniq kalendar sanasi bilan belgilanadi.

21. Ish bo’yicha ish yuritish to’xtatilishi bilan barcha o’tib ketmagan muddatlarning o’tishi ham to’xtatiladi. Ish bo’yicha ish yuritish barcha zarur ma’lumotlar va/yoki materiallar olinmagunga qadar, shuningdek ularsiz apellyatsiya to’liq va ob’ektiv ko’rilishi mumkin bo’lmagan boshqa masalalar hal qilinmagunga qadar to’xtatib turiladi. Ish bo’yicha ish yuritish tiklangan kundan boshlab muddatlarning o’tishi davom etadi.

5. APELLYATSIYALAR VA ARIZALARNI KO’RIB CHIQISH

22. Apellyatsiya yoki arizani ko’rib chiqish tarkibida kamida uchta a’zosi, jumladan raislik qiluvchisi bo’lgan Apellyatsiya kengashi yig’ilishida amalga oshiriladi. Zarur hollarda, Apellyatsiya kengashiga mustaqil olimlar va mutaxassislar kiritilishi mumkin.

23. Apellyatsiya kengashida ishni ko’rib chiqishda apellyatsiya yoki ariza bergan shaxs yoki uning vakili, boshqa manfaatdor yuridik yoxud jismoniy shaxslar qatnashishi mumkin.

Ishni ko’rib chiqishda qatnashish huquqi bo’lgan va Apellyatsiya kengashi yig’ilishi o’tkaziladigan sana va joyi haqida xabardor qilingan istalgan shaxsning kelmay qolishi ishni ko’rib chiqishga to’siq bo’la olmaydi.

Apellyatsiya kengashi ishni ko’rib chiqishda qatnashish huquqi bo’lgan shaxslardan birortasi kelmaganligi oqibatida ushbu yig’ilishda ishni ko’rib chiqish imkoniyati yo’qligini inobatga olib, kengash yig’ilishi o’tkaziladigan sanani boshqa kunga ko’chirish huquqiga ega.

Ushbu bandning birinchi xatboshisida ko’rsatilgan shaxslar Apellyatsiya kengashining istalgan a’zosiga yoki butun tarkibiga nisbatan asoslangan raddiya berishi mumkin. Raddiya ishning mohiyatini ko’rib chiqish boshlangunga qadar berilishi lozim.

Raddiya Apellyatsiya kengashi a’zolari tomonidan ko’rib chiqilishi kerak. Agar raddiya qanoatlantirilsa, apellyatsiya yoki ariza boshqa tarkibda ko’rib chiqiladi. Ishni ko’rib chiqishda qatnashadigan shaxslar yig’ilishning yangi sanasi va vaqti haqida ushbu Qoidalarning 16-bandida belgilangan tartibda xabardor etiladilar.

24. Apellyatsiya kengashi bir shaxs yoki bir necha shaxsning bitta ob’ektga - muhofazalanayotgan yoki talabnoma berilgan ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug’i, tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomlari, integral mikrosxemalar topologiyasiga oid bir necha apellyatsiyalari ko’rib chiqishda ekanligini aniqlasa, tomonlarning roziligini olgan holda, bu apellyatsiyalarni ko’rib chiqishni bitta yig’ilishda birlashtirishi mumkin. Apellyatsiya kengashining qarori har bir ish bo’yicha alohida chiqariladi.

Agar arizalar bir yoki bir necha shaxslar tomonidan berilgan bo’lsa hamda ularda bitta tovar belgisi, xizmat ko’rsatish belgisini O’zbekiston Respublikasida hammaga ma’lum tovar belgisi sifatida e’tirof etish so’ralayotgan bo’lsa, Apellyatsiya kengashi bir necha arizalarning ko’rib chiqilishini birlashtirishi mumkin.

25. Tomonlardan biri mazkur ish yurituvdan chiqib ketganda (apellyatsiya yoki ariza bergan shaxsning vafot etishi, yuridik shaxsning tugatilishi, qayta tashkil etilishi va shu kabilar), Apellyatsiya kengashi asoslangan ariza bo’yicha ushbu tomonni merosxo’ri yoki huquqiy vorislari bilan almashtiradi. Іuquqiy vorislik apellyatsiya jarayonining istalgan bosqichida amalga oshirilishi mumkin.

26. Ishning mohiyatidan kelib chiqib, qo’shimcha materiallar va ma’lumotlar taqdim etishning zarurati paydo bo’lsa, qo’shimcha materiallar va ma’lumotlar uch oy ichida topshiriladi.

Qo’shimcha materiallar va ma’lumotlar taqdim etuvchi tomonning rasmiy iltimosnomasiga ko’ra, qo’shimcha materiallar va ma’lumotlarni taqdim etish muddati Apellyatsiya kengashi tomonidan uch oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. Rasmiy iltimosnoma bilan so’ralgan ma’lumotlarga javob berish muddatini uzaytirish uchun uzaytirishning har bir oyi uchun belgilangan patent boji to’langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi. Bu holda, apellyatsiya yoki arizani ko’rib chiqish muddatlarining o’tishi uzaytirish muddati davomida to’xtatiladi.

Belgilangan patent boji to’langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmasa, rasmiy iltimosnoma berilmagan deb hisoblanadi.

27. Apellyatsiya kengashi a’zolari ish ko’rib chiqilishida va qaror qabul qilishda mustaqildirlar hamda O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, O’zbekiston Respublikasining intellektual mulk ob’ektlari muhofazasi sohasidagi xalqaro shartnomalariga, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 1 iyuldagi 298-sonli qarori bilan tasdiqlangan "O’zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining Apellyatsiya kengashi to’g’risida"gi nizomga amal qiladilar.

28. Apellyatsiya kengashida ishni ko’rib chiqishda tijorat va xizmat sirlari oshkor etilishini oldini olish maqsadida, kengash ishtirokchilari istalgan birining rasmiy iltimosnomasi bo’yicha ishni ko’rib chiqish maxfiyligi haqida ajrim chiqaradi. Bu holda, kengash yig’ilishiga kiritilgan ishtirokchilarning hammasi Apellyatsiya kengashida ishni ko’rib chiqish munosabati bilan o’zlariga ma’lum bo’ladigan tijorat va xizmat sirlaridan iborat bo’lgan aniq ma’lumotlarning maxfiyligini saqlash haqida majburiyatni oladilar.

29. Apellyatsiya kengashida ishni yuritish o’zbek yoki rus tillarida olib boriladi. Ish yuritish olib boriladigan tilni tushunmaydigan shaxslarga materiallar bilan tarjimon orqali tanishish va Apellyatsiya kengashi ishida qatnashish, shuningdek kengash yig’ilishida o’zbek yoki rus tillarida so’zga chiqish huquqi bilan ta’minlanadi.

Apellyatsiya kengashi yig’ilishida yozib olish apparaturalaridan foydalanish kengash a’zolarining roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

30. Apellyatsiya yoki arizani ko’rib chiqish raislik qiluvchining ishning mohiyatini bayon qiladigan ma’ruzasi bilan boshlanadi. Ishni ko’rishning keyingi bosqichlari odatda quyidagilardan iborat bo’ladi:

apellyatsiya yoki ariza bergan shaxs va/yoki uning vakili, shu jumladan patent vakilining so’zi;

ishga jalb qilingan ekspertning so’zi; ko’rib chiqishda ishtirok etuvchi shaxslarning Apellyatsiya kengashi a’zolari va yig’ilish

ishtirokchilarining savollariga javoblari; ko’rib chiqishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan oldingi so’zlangan nutqlarning

to’ldirilishi.

31. Apellyatsiya kengashi yig’ilishining bayonnomasi ovoz berish huquqiga ega bo’lmagan Apellyatsiya kengashi kotibi tomonidan olib boriladi.

Apellyatsiya kengashi yig’ilishining bayonnomasi raislik qiluvchi va Apellyatsiya kengashi kotibi tomonidan imzolanadi.

32. Ishni ko’rib chiqishda har bir tomon o’z talablarining asosi sifatida keltirgan dalillarni isbotlaydi.

Apellyatsiyani ko’rib chiqishda isbot va dalillar tomonlar va boshqa ishtirokchilar tarafidan yozma ravishda taqdim qilinadi hamda nusxasi barcha ishtirokchilarga tarqatiladi.

Agar taqdim qilingan isbotlar etarli bo’lmasa, Apellyatsiya kengashi tomonlar va apellyatsiya jarayonining boshqa ishtirokchilariga qo’shimcha isbotlar taqdim etishni taklif qiladi.

33. Tomonlardan biri boshqa tomonning nuqtai nazari asosli va konuniyligini yozma ravishda tan olgan hamda nizodan voz kechgan holda, Apellyatsiya kengashi apellyatsiya bo’yicha ish yuritishni to’xtatadi. Apellyatsiya kengashiga xuddi o’sha tomonlar orasidagi o’sha ish va o’sha asoslar bo’yicha takroriy murojaat etish ushbu ishni hal qilish uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan yangidan paydo bo’lgan holatlar aniqlanganda mumkin bo’ladi.

34. Apellyatsiya kengashi apellyatsiyani ko’rib chiqish natijasi bo’yicha apellyatsiyani qanoatlantirish, qisman qanoatlantirish yoki apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish to’g’risida qaror qabul qiladi.

Apellyatsiya kengashi arizani ko’rib chiqish natijasi bo’yicha O’zbekiston Respublikasida hammaga ma’lum tovar belgilari ro’yxatini e’tirof etish to’g’risida yoki e’tirof etishni rad etish to’g’risida qaror qabul qiladi.

Tovar kelib chiqqan joy nomini ro’yxatdan o’tkazish bekor qilinganligi to’g’risidagi qaror qabul qilingan holda, Apellyatsiya kengashi bir vaqtning o’zida ushbu ro’yxatdan o’tkazilish bilan bog’liq tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to’g’risidagi guvohnomalarni muddatidan avval to’xtatish to’g’risida qaror qabul qiladi.

6. APELLYATSIYA KENGASHINING QARORLARI

35. Apellyatsiya kengashining qarori apellyatsiya yoki ariza mohiyatini ko’rib chiqish tugagandan so’ng kengash a’zolarining yopiq yig’ilishi natijasi bo’yicha ko’pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Apellyatsiya kengashining qarori raislik qiluvchi va nizoni ko’rib chiqishda qatnashgan Apellyatsiya kengashining barcha a’zolari tomonidan imzolanadi va tasdiqlangan sanadan e’tiboran qabul qilingan deb hisoblanadi.

Apellyatsiya yoki arizani ko’rib chiqishda qatnashgan shaxslar va Apellyatsiya kengashi a’zolari kengash yig’ilishida yoki Apellyatsiya kengashi yig’ilishi o’tkazilgan sanadan e’tiboran uch ish kuni mobaynida yozma ravishda o’zlarining alohida fikr-mulohazalarini bildirish huquqiga egadirlar.

Raislik qiluvchi Apellyatsiya kengashi qarorining xulosa chiqarilgan qismini apellyatsiya yoki arizani ko’rib chiqishda qatnashganlarga o’qib eshittiradi.

36. Apellyatsiya kengashining qarori yozma shaklda bayon qilinadi hamda kirish, tavsiflash, asoslash va xulosa qismlaridan iborat bo’lib, unda quyidagilar ko’rsatiladi:

a) kirish qismida: ish raqami (ro’yxatga olish raqami) va apellyatsiya yoki ariza topshirilgan sana; qaror qabul qilingan sana; Apellyatsiya kengashining tarkibi; apellyatsiya yoki ariza topshirgan shaxsning va/yoki uning vakilining familiyasi, ismi,

otasining ismi; nizoni ko’rib chiqishda qatnashgan boshqa shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi; b) tavsiflash qismida: apellyatsiya yoki ariza bergan shaxs talablarining qisqacha bayoni; apellyatsiya yoki ariza bergan shaxs mulohazasining qisqacha bayoni yoki davlat

ekspertizasi vakilining tushuntirishlari; apellyatsiyada ishtirok etayotgan tomonlar va/yoki ularning vakillari tushuntirishlarining

qisqacha bayoni; v) asoslash qismida: nizoning Apellyatsiya kengashi tomonidan aniqlangan jihatlari;

tomonlarning iltimosnomalari va isbotlarini Apellyatsiya kengashi qabul qilishiga yoki rad etishiga sabab bo’lgan dalillar va faktlar;

Apellyatsiya kengashi qaror qabul qilishda amal qilgan qonun hujjatlari; g) xulosa qismida: qo’yilgan talablar bo’yicha ularni qanoatlantirish, qisman qanoatlantirish yoki

qanoatlantirishni rad etish to’g’risida, qabul qilingan qaror ustidan shikoyatnoma berish muddatlari va tartibi haqidagi ma’lumotlar.

37. Apellyatsiya kengashining qarori apellyatsiya yoki ariza bo’yicha ish jildiga qo’shib qo’yiladi.

38. Apellyatsiya kengashining qarori qabul qilingan sanadan e’tiboran besh kunlik muddat ichida apellyatsiya yoki ariza bergan shaxsga va boshqa manfaatdor shaxslarga yuboriladi hamda Patent idorasining rasmiy axborotnomasida e’lon qilinadi.

Patent idorasining qaroriga qarshi apellyatsiyalarni topshirish uchun to’langan patent bojlari Apellyatsiya kengashi tomonidan apellyatsiya beruvchi foydasiga qaror chiqarilganda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 20 apreldagi 65-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Patent bojlari to’g’risida"gi nizomda belgilangan tartibda ushbu shaxsga qaytariladi.

39. Apellyatsiya kengashining qarori ustidan qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran olti oy ichida sudga shikoyat qilinishi mumkin.