À propos de la propriété intellectuelle Formation en propriété intellectuelle Respect de la propriété intellectuelle Sensibilisation à la propriété intellectuelle La propriété intellectuelle pour… Propriété intellectuelle et… Propriété intellectuelle et… Information relative aux brevets et à la technologie Information en matière de marques Information en matière de dessins et modèles industriels Information en matière d’indications géographiques Information en matière de protection des obtentions végétales (UPOV) Lois, traités et jugements dans le domaine de la propriété intellectuelle Ressources relatives à la propriété intellectuelle Rapports sur la propriété intellectuelle Protection des brevets Protection des marques Protection des dessins et modèles industriels Protection des indications géographiques Protection des obtentions végétales (UPOV) Règlement extrajudiciaire des litiges Solutions opérationnelles à l’intention des offices de propriété intellectuelle Paiement de services de propriété intellectuelle Décisions et négociations Coopération en matière de développement Appui à l’innovation Partenariats public-privé Outils et services en matière d’intelligence artificielle L’Organisation Travailler avec nous Responsabilité Brevets Marques Dessins et modèles industriels Indications géographiques Droit d’auteur Secrets d’affaires Académie de l’OMPI Ateliers et séminaires Application des droits de propriété intellectuelle WIPO ALERT Sensibilisation Journée mondiale de la propriété intellectuelle Magazine de l’OMPI Études de cas et exemples de réussite Actualités dans le domaine de la propriété intellectuelle Prix de l’OMPI Entreprises Universités Peuples autochtones Instances judiciaires Ressources génétiques, savoirs traditionnels et expressions culturelles traditionnelles Économie Égalité des genres Santé mondiale Changement climatique Politique en matière de concurrence Objectifs de développement durable Technologies de pointe Applications mobiles Sport Tourisme PATENTSCOPE Analyse de brevets Classification internationale des brevets Programme ARDI – Recherche pour l’innovation Programme ASPI – Information spécialisée en matière de brevets Base de données mondiale sur les marques Madrid Monitor Base de données Article 6ter Express Classification de Nice Classification de Vienne Base de données mondiale sur les dessins et modèles Bulletin des dessins et modèles internationaux Base de données Hague Express Classification de Locarno Base de données Lisbon Express Base de données mondiale sur les marques relative aux indications géographiques Base de données PLUTO sur les variétés végétales Base de données GENIE Traités administrés par l’OMPI WIPO Lex – lois, traités et jugements en matière de propriété intellectuelle Normes de l’OMPI Statistiques de propriété intellectuelle WIPO Pearl (Terminologie) Publications de l’OMPI Profils nationaux Centre de connaissances de l’OMPI Série de rapports de l’OMPI consacrés aux tendances technologiques Indice mondial de l’innovation Rapport sur la propriété intellectuelle dans le monde PCT – Le système international des brevets ePCT Budapest – Le système international de dépôt des micro-organismes Madrid – Le système international des marques eMadrid Article 6ter (armoiries, drapeaux, emblèmes nationaux) La Haye – Le système international des dessins et modèles industriels eHague Lisbonne – Le système d’enregistrement international des indications géographiques eLisbon UPOV PRISMA UPOV e-PVP Administration UPOV e-PVP DUS Exchange Médiation Arbitrage Procédure d’expertise Litiges relatifs aux noms de domaine Accès centralisé aux résultats de la recherche et de l’examen (WIPO CASE) Service d’accès numérique aux documents de priorité (DAS) WIPO Pay Compte courant auprès de l’OMPI Assemblées de l’OMPI Comités permanents Calendrier des réunions WIPO Webcast Documents officiels de l’OMPI Plan d’action de l’OMPI pour le développement Assistance technique Institutions de formation en matière de propriété intellectuelle Mesures d’appui concernant la COVID-19 Stratégies nationales de propriété intellectuelle Assistance en matière d’élaboration des politiques et de formulation de la législation Pôle de coopération Centres d’appui à la technologie et à l’innovation (CATI) Transfert de technologie Programme d’aide aux inventeurs WIPO GREEN Initiative PAT-INFORMED de l’OMPI Consortium pour des livres accessibles L’OMPI pour les créateurs WIPO Translate Speech-to-Text Assistant de classification États membres Observateurs Directeur général Activités par unité administrative Bureaux extérieurs Avis de vacance d’emploi Achats Résultats et budget Rapports financiers Audit et supervision
Arabic English Spanish French Russian Chinese
Lois Traités Jugements Parcourir par ressort juridique

Ouzbékistan

UZ073

Retour

O'zbekiston Respublikasi Qonuni Ixtirolar, Foydali Modellar va Sanoat Namunalari To'g'risida"Gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga O'zgartish va Qo'shimchalar Kiritish Haqida

 O'zbekiston Respublikasi Qonuni Ixtirolar, Foydali Modellar va Sanoat Namunalari To'g'risida"Gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga O'zgartish va Qo'shimchalar Kiritish Haqida

O'zbekiston Respublikasi QONUNI

"Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga O'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida"

Qonunchilik palatasi tomonidan 2008 yil 17 aprelda qabul qilingan Senat tomonidan 2008 yil 27 iyunda ma'qullangan

1-modda. O'zbekiston Respublikasining 1994 yil 6 mayda qabul qilingan "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to'g'risida"gi 1062-XII-sonli qonuniga (O'zbekiston Respublikasining 2002 yil 29 avgustda qabul qilingan 397-II-sonli qonuni tahririda) (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, №9, 158-modda) quyidagi o'zgartish va qo'shimchalar kiritilsin:

1) 1-moddadagi "yaratish" degan so'z chiqarib tashlansin;

2) 4-moddaning birinchi qismidagi "chiqarishda" degan so'z "qabul qilishda" degan so'zlar bilan almashtirilsin;

3) 5-moddaning:

beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Sanoat mulki ob'ektining patenti sanoat mulki ob'ekti ustuvorligini, unga mualliflikni va patent egasining sanoat mulki ob'ektiga egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi";

oltinchi-sakkizinchi qismlari chiqarib tashlansin;

to'qqizinchi-o'n to'rtinchi qismlari tegishincha oltinchi-o'n birinchi qismlar deb hisoblansin;

4) 6-moddaning sakkizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Har qanday sohada:

mahsulotga (xususan, qurilma, modda, mikroorganizm shtammi, o'simliklar yoki hayvonlar xujayralarining turlariga);

usulga (moddiy vositalar yordamida moddiy ob'ekt ustida xatti-harakatlarni amalga oshirish jarayoniga) taalluqli bo'lgan texnik yechim ixtiro sifatida e'tirof etiladi";

5) 13-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tegishli patentlangan sanoat mulki ob'ektini o'z ichiga olgan mahsulot yoki buyumni ruxsatsiz tayyorlash, qo'llash, import qilish, sotishga taklif etish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yo'sinda kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, shuningdek ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni qo'llash yohud ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulda bevosita tayyorlangan mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish patent egasi mutlaq huquqining buzilishi deb e'tirof etiladi";

6) 18-modda:

ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi "ixtiro" degan so'z "sanoat mulki ob'ekti" degan so'zlar bilan almashtirilsin;

Quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to'ldirilsin:

"Sanoat mulki ob'ekti ustuvorligi oldin topshirilgan bir nechta talabnoma yoki ularga doir qo'shimcha materiallar asosida bu talabnomalar va qo'shimcha materiallarga nisbatan ushbu moddada belgilangan shartlarga rioya qilingan holda belgilanishi mumkin";

uchinchi-beshinchi qismlari tegishincha to'rtinchi-oltinchi qismlar deb hisoblansin;

7) 20-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Patent idorasi patent berish haqidagi talabnoma bo'yicha rasmiy ekspertiza, foydali model haqidagi talabnoma ekspertizasi hamda ixtiro haqidagi talabnomaning yoki sanoat namunasi haqidagi talabnomaning mohiyati bo'yicha ilmiy texnika ekspertizasidan iborat bo'lgan davlat ekspertizasini o'tkazadi.

Talabnoma beruvchi patent berish haqidagi talabnoma topshirilgan sanadan e'tiboran ikki oy mobaynida talabnomada ko'rsatilgan sanoat mulki ob'ektining mohiyatini o'zgartirmagan holda unga tuzatishlar, aniqliklar yoki qo'shimcha materiallar kiritish huquqiga ega. Patent berish haqidagi talabnoma bo'yicha tuzatishlar, aniqliklar yoki qo'shimcha materiallar patent boji to'langan taqdirda ko'rsatilgan muddat o'tganidan keyin, lekin Patent idorasi patent berish haqida qaror qabul qilguniga qadar taqdim etilishi mumkin.

Belgilangan talablar buzilgan holda rasmiylashtirilgan patent berish haqidagi talabnoma yuzasidan talabnoma beruvchiga so'rov yuborilib, unda shu so'rov yo'llangan sanadan e'tiboran uch oy ichida tuzatishlar kiritilgan yoki yetishmayotgan materiallarni taqdim etish taklif qilinadi. Agar talabnoma beruvchi so'ralgan materiallarni yoki belgilangan muddatni uzaytirish to'g'risidagi iltimosnomani ko'rsatilgan muddatda taqdim etmasa, patent berish haqidagi talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi. Belgilangan muddat talabnoma beruvchining iltimosnomasiga ko'ra shu muddat o'tgan sanadan keyin ko'pi bilan o'n ikki oyga uzaytirilishi mumkin.

Sanoat mulki ob'ekti birligi talablari buzilgan holda topshirilgan patent berish haqidagi talabnoma yuzasidan talabnoma beruvchiga tegishli so'rov unga yuborilgan sanadan uch oy muddat ichida ushbu ob'ektlardan qaysi biri ko'rib chiqilishi lozimligini xabar qilish hamda tegishincha talabnoma hujjatlarga aniqliklar kiritish taklif qilinadi. Dastlabki talabnoma materiallariga kiritilgan boshqa ob'ektlar alohida talabnomalarga ajratilishi mumkin. Agar talabnoma beruvchi ushbu ob'ektlardan qaysi birini ko'rib chiqish zarurligini xabar qilmasa va aniqlik kiritilgan materiallarni taqdim etmasa, ixtiro, foydali model formulasida yoki sanoat namunasi tavsifida birinchi qilib ko'rsatilgan ob'ekt davlat ekspertizasidan o'tkaziladi.

Davlat ekspertizasi so'rovi bo'yicha materiallarni taqdim etishning talabnoma beruvchi tomonidan o'tkazib yuborilgan muddatlari, belgilangan muddatlarni uzaytirish muqarrarligini taqozo etgan sabablar tasdiqlangan va patent boji to'langan taqdirda, Patent idorasi tomonidan qayta tiklanishi mumkin. O'tkazib yuboridgan muddatlarni tiklash to'g'risidagi iltimosnoma talabnoma beruvchi tomonidan o'tkazib yuborilgan muddat tugagan kundan boshlab ko'pi bilan o'n ikki oy ichida topshirilishi mumkin.

Talabnoma beruvchi sanoat mulki ob'ekti tegishli davlat reestrida davlat ro'yxatidan o'tkazilgunga qadar davlat ekspertizasining istalgan bosqichida patent berish haqidagi talabnomani chaqirib olishi mumkin.

Patent berish haqidagi talabnoma materiallardagi ma'lumotlar Patent idorasi tomonidan sir saqlanishi kerak va ular haqidagi axborot talabnoma beruvchi yoki patent egasining roziligisiz berilmaydi. Talabnoma materiallaridagi axborotni ixtiro haqidagi talabnoma to'g'risidagi yoki foydali model va sanoat namunasi davlat ro'yxatidan o'tkazilgani to'g'risidagi ma'lumotlar rasmiy ravishda e'lon qilingunga qadar oshkor etganlik qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo'ladi.

Agar ixtiro haqidagi talabnoma yoki foydali model haqidagi talabnoma materiallarida davlat sirlarini tashkil qilgan ma'lumotlar mavjud bo'lsa, bunday talabnoma bo'yicha ish yuritish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Patent idorasi tomonidan ko'rib chiqish uchun qabul qilib olingan patent berish haqidagi talabnomalar talabnoma beruvchilarga qaytarilmaydi";

8) Quyidagi mazmundagi 211-modda bilan to'ldirilsin:

"211-modda. Ixtiro haqidagi talabnoma to'g'risidagi ma'lumotlarni e'lon qilish

Ixtiro haqidagi talabnoma to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rib chiqish uchun qabul qilingan talabnoma topshirilgan sanadan e'tiboran o'n sakkiz oy o'tganidan keyin rasmiy axborotnomada e'lon qilinadi. E'lon qilinadigan ma'lumotlar tarkibi Patent idorasi tomonidan belgilanadi.

Talabnoma beruvchining iltimosnomasiga ko'ra Patent idorasi ko'rib chiqish uchun qabul qilingan ixtiro haqidagi talabnoma topshirilgan sanadan e'tiboran o'n sakkiz oy o'tguniga qadar ixtiro haqidagi talabnoma to'g'risidagi ma'lumotlarni e'lon qilishi mumkin.

Ixtiro haqidagi talabnoma to'g'risidagi ma'lumotlar e'lon qilinganidan keyin har qanday shaxs ushbu talabnomaga doir hujjatlar bilan tanishib chiqishga haqli. Ixtiro haqidagi talabnomaga doir hujjatlar bilan tanishib chiqish tartibi Patent idorasi tomonidan belgilanadi";

9) 22-moddaning:

uchinchi qismidagi "patenti berishni rad etish haqida qaror chiqarilib" degan so'zlar "Patent idorasi patent berishni rad etish haqida qaror qabul qiladi" degan so'zlar bilan almashtirilsin;

beshinchi qismidagi "foydali modelga patent berishni rad etish to'g'risida qaror qabul qilinib" degan so'zlar "Patent idorasi foydali modelga patent berishni rad etish haqida qaror qabul qiladi" degan so'zlar bilan almashtirilsin;

10) 23-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"23-modda. Ixtiro haqidagi talabnomaning yoki sanoat namunasi haqidagi talabnomaning mohiyati bo'yicha ilmiy-texnika ekspertizasi

"Patent idorasi patent boji to'langan taqdirda, talabnoma beruvchining yoki har qanday shaxsning iltimosnomasiga ko'ra ixtiro haqidagi talabnomaning mohiyati bo'yicha ilmiy-texnika ekspertizasi o'tkazadi. Iltimosnoma talabnoma topshirilayotganda yoki ko'rib chiqish uchun qabul qilingan talabnoma topshirilgan sanadan e'tiboran uch yil ichida topshirilishi mumkin. Talabnoma beruvchi kelib tushgan iltimosnomalar haqida Patent idorasi tomonidan xabardor qilinadi.

Ixtiro haqidagi talabnomaning mohiyati bo'yicha ilmiy-texnika ekspertizasi o'tkazish to'g'risidagi iltimosnomani topshirish muddati bunday iltimosnoma bilan birgalikda patent boji to'langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan taqdirda, talabnoma beruvchining talabnoma topshirilgan sanadan e'tiboran uch yil o'tguniga qadar topshirilgan iltimosnomasiga ko'ra Patent idorasi tomonidan ko'pi bilan ikki oyga uzaytirilishi mumkin.

Ixtiro haqidagi talabnomaning mohiyati bo'yicha ilmiy-texnika ekspertizasi o'tkazish to'g'risidagi iltimosnoma uch yillik muddatda kelib tushmagan taqdirda, ixtiro haqidagi talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi.

Patent idorasi patent boji to'langan taqdirda, sanoat namunasi haqidagi talabnomaning mohiyati bo'yicha ilmiy-texnik ekspertizasi o'tkazadi. Patent boji rasmiy ekspertizaning patent berish haqidagi

talabnoma ko'rib chiqish uchun qabul qilinganligi to'g'risidagi qarori talabnoma beruvchiga yuborilgan sanadan e'tiboran uch oy muddat ichida to'lanishi mumkin. Ko'rsatilgan muddat buzilgan taqdirda talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi.

Agar ixtiro haqidagi talabnomaning yoki sanoat namunasi haqidagi talabnomaning mohiyati bo'yicha ilmiy-texnika ekspertizasi natijasida talabnoma beruvchi taklif qilgan formula bilan ifodalangan ixtiro sifatida talabnomada ko'rsatilgan ob'ektning yoki muhim belgilari majmui bilan ifodalangan sanoat namunasi sifatida talabnomada ko'rsatilgan ob'ektning belgilangan talablarga mosligi aniqlansa, Patent idorasi patent berish haqida qaror qabul qiladi.

Ixtiro yoki sanoat namunasi sifatida talabnomada ko'rsatilgan ob'ektning patentga layoqatlilik shartlariga mos emasligi aniqlangan taqdirda, Patent idorasi patent berishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.

Talabnoma beruvchi Patent idorasining qarori ustidan qaror yuborilgan sanadan e'tiboran uch oylik muddat ichida Apellyasiya kengashiga apellyasiya berishi mumkin. Apellyasiya kengashi apellyasiya kelib tushgan sanadan e'tiboran to'rt oy ichida uni ko'rib chiqishi lozim.

Apellyasiya kengashining qarori ustidan qaror qabul qilingan sanadan e'tiboran olti oy ichida sudga shikoyat qilinishi mumkin";

11) quyidagi mazmundagi 231-modda bilan to'ldirilsin:

"231-modda. Ixtironing vaqtinchalik huquqiy muhofazasi

Ixtiroga ixtiro haqidagi talabnoma to'g'risidagi ma'lumotlar e'lon qilingan sanadan ixtiro davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi haqidagi ma'lumotlar e'lon qilinadigan sanaga qadar vaqtinchalik huquqiy muhofaza beriladi.

Agar ixtiro haqidagi talabnoma chaqirib olingan bo'lsa yoki ushbu talabnoma bo'yicha Patent idorasi tomonidan patent berishni rad etish to'g'risida qaror qabul qilinib, bu qaror ustidan shikoyat berish imkoniyati tugagan bo'lsa, vaqtinchalik huquqiy muhofaza yuz bermagan hisoblanadi.

Ixtirodan uning vaqtinchalik huquqiy muhofazasi davrida foydalanayotgan shaxs ixtiroga patent olinganidan keyin patent egasining talabiga ko'ra unga miqdori patent egasi bilan kelishuv asosida belgilanadigan pul tovoni to'lashi shart";

12) 26-moddaning birinchi qismidagi "uch oy" degan so'zlar "o'n kun" degan so'zlar bilan almashtirilsin;

13) 27-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to'ldirilsin:

"Sanoat mulki ob'ekti patentining to'la hajmdagi huquqiy muhofazasi yoki bu muhofazaning faqat bir qismi haqiqiy emasligini isbotlash vazifasi patentni haqiqiy emas deb da'vo qilayotgan taraf zimmasida bo'ladi";

ikkinchi - to'rtinchi qismlari tegishincha uchinchi - beshinchi qismlar deb hisoblansin;

14) quyidagi mazmundagi 281-modda bilan to'ldirilsin:

"281-modda. Sanoat mulki ob'ekti patentining amal qilishini tiklash

Patentni o'z kuchida saqlab turganlik uchun patent boji belgilangan muddatda to'lanmaganligi sababli amal qilishi tugatilgan sanoat mulki ob'ekti patentining amal qilishi patent egasining iltimosnomasiga ko'ra tiklanishi mumkin. Bunday iltimosnoma patentning amal qilishi tugatilgan sanadan e'tiboran uch yil muddat ichida, biroq patentning ushbu qonunda nazarda tutilgan amal qilish muddati tugagunga qadar Patent idorasiga topshirilishi mumkin.

Patent egasining iltimosnomasiga patentning amal qilishini tiklash uchun belgilangan miqdordagi patent boji to'langanligini tasdiqdiqlovchi hujjat ilova qilinishi kerak.

Sanoat mulki ob'ekti patentining amal qilishi tiklanganligi to'g'risidagi ma'lumotlar rasmiy axborotnomada e'lon qilinadi;

Sanoat mulki ob'ekti patentning amal qilish muddati tugatilgan sana bilan patentning amal qilishi tiklanganligi to'g'risidagi ma'lumotlar e'lon qilingan sana oralig'idagi davrda sanoat mulki ob'ektidan foydalanishni boshlagan yoki buning uchun zarur tayyorgarlik ko'rgan shaxs ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirmagan holda sanoat mulki ob'ektidan bepul foydalanish huquqini saqlab qoladi";

15) 36-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to'ldirilsin:

"Davlat sirlarini o'z ichiga olmaydigan ixtirolar va foydali modellarni boshqa davlatlarda patentlash tegishli talabnoma Patent idorasiga topshirilgan kundan e'tiboran uch oy o'tganidan keyin amalga oshirilishi mumkin";

16) 38-moddadagi "yaratish" degan so'z chiqarib tashlansin.

2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

O'zbekiston Respublikasi

Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent shahri,

2008 yil 30 iyul

№ O'RQ - 164

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida

(Yangi tahrir)

I. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini (bundan buyon matnda sanoat mulki obyektlari deb yuritiladi) yaratish, huquqiy muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

2-modda. Sanoat mulki obyektlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

Sanoat mulki obyektlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.

Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining sanoat mulki obyektlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

3-modda. O‘zbekiston Respublikasining Davlat patent idorasi

O‘zbekiston Respublikasining Davlat patent idorasi (bundan buyon matnda Patent idorasi deb yuritiladi) sanoat mulki obyektlarini huquqiy muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Patent idorasi sanoat mulki obyektlariga patent berish haqidagi talabnomalarni (bundan buyon matnda patent berish haqidagi talabnoma deb yuritiladi) ko‘rib chiqish uchun qabul qiladi, ular bo‘yicha davlat ekspertizasini o‘tkazadi, ularni davlat ro‘yxatiga oladi, sanoat mulki obyektlariga patentlar beradi, rasmiy axborotnoma nashr etadi, sanoat mulki obyektlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarning qo‘llanilishiga doir qoidalar qabul qiladi va tushuntirishlar beradi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Patent idorasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Davlat budjeti mablag‘lari, patent bojlari, shuningdek Patent idorasi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar va taqdim etiladigan materiallar uchun to‘lanadigan haq Patent idorasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.

4-modda. Patent idorasining Apellatsiya kengashi

Patent idorasining Apellatsiya kengashi (bunday buyon matnda Apellatsiya kengashi deb yuritiladi) qarorlar chiqarishda mustaqildir va o‘z faoliyatida ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

Apellatsiya kengashi:

Patent idorasining talabnomada ko‘rsatilgan sanoat mulki obyektlari xususidagi qarori ustidan;

Sanoat mulki obyektlariga patent berilganligiga qarshi manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan;

Sanoat mulki obyektlari patentlarining haqiqiyligiga qarshi berilgan apellatsiyalarni ko‘rib chiqadi.

Apellatsiya kengashi o‘z vakolatlari doirasida apellatsiyalarning boshqa turlarini ham ko‘rib chiqishi mumkin.

Apellatsiya kengashi to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

5-modda. Sanoat mulki obyektlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish

Sanoat mulki obyektiga bo‘lgan huquq muallifga (hammualliflarga) yoki uning (ularning) huquqiy vorisiga (huquqiy vorislariga) tegishli bo‘ladi va patent bilan tasdiqlanadi.

Agar sanoat mulki obyektini bir necha shaxs bir-biridan mustaqil ravishda yaratgan bo‘lsa, patent olish huquqi patent berish haqidagi talabnomani Patent idorasiga birinchi bo‘lib topshirgan shaxsga tegishli bo‘ladi.

Muallif (hammualliflar), agar o‘zi (o‘zlari) yaratgan sanoat mulki obyektini boshqalar g‘ayriqonuniy o‘zlashtirib olishi natijasida bu obyektga talabnoma topshirilgan yoki patent olingan

bo‘lsa, patent berilganligiga qarshi e’tiroz bildirish yoxud patent egasi sifatida o‘ziga (o‘zlariga) patentning o‘tkazilishini sud tartibida talab qilish huquqiga ega.

Sanoat mulki obyektining patenti davlat ekspertizasi o‘tkazilganidan keyin beriladi.

Ixtiro patenti ixtironing yangiligini, ixtirolik darajasini, uning haqiqiyligini va patent egasining ixtiroga egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasurruf etishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi.

Foydali model patenti foydali modelning yangiligini, uning haqiqiyligini va patent egasining foydali modelga egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi.

Sanoat namunasi patenti sanoat namunasining yangiligi va o‘ziga xosligini, uning haqiqiyligini hamda patent egasining sanoat namunasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi.

Sanoat mulki obyekti patentining to‘la hajmdagi huquqiy muhofazasi yoki bu muhofazaning faqat bir qismi haqiqiy emasligini isbotlash vazifasi patentni haqiqiy emas deb da’vo qilayotgan taraf zimmasiga yuklanadi.

Patent egasining mutlaq huquqi sanoat mulki obyekti ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi ma’­ lumotlar Patent idorasining rasmiy axborotnomasida e’lon qilingan sanadan e’tiboran amalda deb hisoblanadi.

Patent idorasiga patent berish haqidagi talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran hisoblanganda ixtiro patenti yigirma yil mobaynida, sanoat namunasi patenti o‘n yil mobaynida, foydali model patenti besh yil mobaynida amal qiladi.

Ixtiro patentining amal qilishi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda patent egasining iltimosnomasiga binoan Patent idorasi tomonidan ko‘pi bilan besh yil muddatga uzaytirilishi mumkin. Bunday ixtiro patentining amal qilishini uzaytirish tartibi Patent idorasi tomonidan belgilanadi.

Sanoat namunasi patentining va foydali model patentining amal qilish muddati patent egasining iltimosnomasiga binoan Patent idorasi tomonidan tegishincha besh yilga va uch yilga uzaytirilishi mumkin.

Ixtiro hamda foydali model patenti bilan ta’minlaydigan huquqiy muhofaza hajmi ularning formulasi bilan, sanoat namunasi patenti ta’minlaydigan huquqiy muhofaza hajmi esa, buyumning (maketning, rasmning) tasvirida aks ettirilgan muhim belgilari va (yoki) ularning kombinatsiyasi (bundan buyon matnda uning muhim belgilari majmui deb yuritiladi) bilan belgilanadi.

Sanoat mulki obyekti patenti, shuningdek uni olish huquqi meros bo‘lib o‘tadi.

6-modda. Ixtironing patentga layoqatlilik shartlari

Agar ixtiro sifatida ko‘rsatilgan obyekt yangi, ixtirolik darajasiga ega va uni sanoatda qo‘llash mumkin bo‘lsa, u huquqiy muhofaza qilinadi.

Agar ixtiro texnika taraqqiyoti darajasidan malum bo‘lmasa, u yangi deb hisoblanadi.

Agar ixtiro texnika taraqqiyoti darajasi haqidagi ma’lumotlardan yaqqol ayon bo‘lmasa, ixtirolik darajasiga ega bo‘ladi.

Texnika taraqqiyoti darajasi ixtiro ustuvorligi sanasiga qadar jahonda ommaga oshkor bo‘lgan har qanday ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

Ixtironing yangiligini aniqlash chog‘ida birmuncha oldin ustuvorlikka ega bo‘lgan holda topshi­ rilgan va chaqirib olinmagan patent berish haqidagi talabnomalar ham hisobga olinadi.

Agar ixtiro sanoat, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda foydalanish mumkin

bo‘lsa, u sanoatda qo‘llash mumkin deb hisoblanadi.

Ixtiroga taalluqli axborotning muallif, talabnoma beruvchi yoki ulardan bevosita yoxud bilvosita ushbu axborotni olgan har qanday shaxs tomonidan ommaviy tarzda oshkor etilishi, agar ixtiroga patent berish haqidagi talabnoma axborot oshkor etilgan sanadan e’tiboran ko‘pi bilan olti oy ichida Patent idorasiga topshirilgan bo‘lsa, ixtironing patentga layoqatliligini tan olishga ta’sir ko‘rsatadigan holat sifatida e’tirof etilmaydi. Bunda ushbu holni isbotlab berish vazifasi muallif, talabnoma beruvchi zimmasida bo‘ladi.

Quyidagilar ixtiro sifatida e’tirof etiladi:

qurilmalar;

usullar;

moddalar;

mikroorganizmlarning shtammlari;

o‘simliklar va hayvonlar hujayralarining turlari;

ilgaridan ma’lum bo‘lgan qurilmalar, usullar, moddalarning, mikroorganizmlar shtammlarining yangi maqsadda qo‘llanilishi.

Quyidagilar ixtiro sifatida e’tirof etilmaydi:

ilmiy nazariyalar va matematika usullari;

tashkil etish va boshqarish usullari;

shartli belgilar, jadvallar, qoidalar;

aqliy operatsiyalarni bajarish qoidalari va usullari;

elektron hisoblash mashinalari uchun algoritmlar va dasturlar; binolar, inshootlar, hududlarni rejalashtirish loyihalari va chizma tarhlari;

estetika talablarini qanoatlantirishga yo‘naltirilgan, buyumlarning faqat tashqi ko‘rinishiga oid yechimlar;

integral mikrosxemalarning topologiyalari;

o‘simlik navlari va hayvon zotlari;

jamoat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid yechimlar.

7-modda. Foydali modelning patentga layoqatlilik shartlari

Agar foydali model sifatida ko‘rsatilgan obyekt, yangi bo‘lsa va uni sanoatda qo‘llash mumkin bo‘lsa, u huquqiy muhofaza qilinadi.

Agar foydali modelning muhim belgilari majmui texnika taraqqiyoti darajasidan ma’lum bo‘lmasa, u yangi deb hisoblanadi.

Texnika taraqqiyoti darajasi talabnomada ko‘rsatilgan foydali model amalga oshirishi mumkin bo‘lgan vazifalarni bajara oladigan vositalar haqidagi, O‘zbekiston Respublikasida hamma foydalana oladigan barcha ma’lumotlarni, shuningdek ularni qo‘llashga doir ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

Foydali model, agar undan amalda foydalanish mumkin bo‘lsa, sanoatda qo‘llash mumkin deb hisoblanadi.

Foydali modelga taalluqli axborotning muallif, talabnoma beruvchi yoki ulardan bevosita yohud

bilvosita shu axborotni olgan har qanday shaxs tomonidan ommaviy tarzda oshkor etilishi, agar foydali modelga patent berish haqidagi talabnoma axborot oshkor etilgan sanadan e’tiboran ko‘pi bilan olti oy ichida Patent idorasiga topshirilgan bo‘lsa, holat foydali modelning patentga layoqatliligini tan olishga ta’sir ko‘rsatadigan holat sifatida e’tirof etilmaydi. Bunda ushbu holni isbotlab berish vazifasi muallif, talabnoma beruvchi zimmasida bo‘ladi.

Qurilmalarning konstruktiv yo‘l bilan bajarilishi foydali modellarga taalluqlidir.

Ushbu Qonun 6-moddasining to‘qqizinchi qismida ko‘rsatilgan obyektlar foydali modellar sifatida muhofaza qilinmaydi.

8-modda. Sanoat namunasining patentga layoqatlilik shartlari

Agar sanoat namunasi sifatida ko‘rsatilgan obyekt yangi va original (o‘ziga xos) bo‘lsa, u huquqiy muhofaza qilinadi.

Agar sanoat namunasining muhim belgilari majmui sanoat namunasiga ustuvorlik berish sana­ siga qadar jahonda ommaga oshkor bo‘lgan ma’lumotlardan ayon bo‘lmasa, u yangi deb e’tirof etiladi.

Sanoat namunasining yangiligini aniqlash chog‘ida birmuncha oldin ustuvorlikka ega bo‘lgan holda topshirilgan va qaytarib olinmagan patent berish haqidagi talabnomalari ham hisobga olinadi.

Sanoat namunasi, agar uning muhim belgilari majmui buyum xususiyatlarining ijodiy jihatlari bilan bog‘liq bo‘lsa, original deb e’tirof etiladi.

Sanoat namunasiga taalluqli axborotning muallif, talabnoma beruvchi yoki ulardan bevosita yohud bilvosita ushbu axborotni olgan boshqa har qanday shaxs tomonidan ommaviy tarzda oshkor etilishi, agar sanoat namunasiga patent berish haqidagi talabnoma axborot oshkor etilgan sanadan e’tiboran ko‘pi bilan olti oy ichida Patent idorasiga topshirilgan bo‘lsa, sanoat namunasining patentga layoqatliligini tan olishga ta’sir ko‘rsatadigan holat sifatida e’tirof etilmaydi. Bunda ushbu holni isbotlab berish vazifasi muallif, talabnoma beruvchi zimmasida bo‘ladi.

Buyumning tashqi ko‘rinishini ifodalaydigan badiiy-konstruktorlik yechimi sanoat namunalari jumlasiga kiradi.

Quyidagilar sanoat namunalari deb e’tirof etilmaydi:

matbaa mahsulotlari;

arxitektura obyektlari, (kichik arxitektura shakllaridan tashqari), sanoat, gidrotexnika inshootlari va boshqa statsionar inshootlar;

suyuq, gazsimon, sochiluvchan yoki shunga o‘xshash moddalardan iborat o‘zgaruvchan shakldagi obyektlar;

buyumning faqat texnik vazifasi bilan bog‘liq bo‘lgan yechimlar;

jamoat manfaatlariga, insonparvarlik na axloq qoidalariga zid yechimlar.

II. SANOAT MULKI OBYEKTINING HUQUQ SUBYEKTLARI

9-modda. Sanoat mulki obyektining muallifi

Ijodiy mehnati bilan sanoat mulki obyektini yaratgan jismoniy shaxs shu obyektning muallifi deb e’tirof etiladi.

Agar sanoat mulki obyekti bir necha jismoniy shaxsning birgalikdagi ijodiy mehnati asosida yaratilgan bo‘lib, ular o‘rtasida tuzilgan shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, ularning barchasi shu obyektning teng huquqli hammualliflari deb e’tirof etiladi.

Mualliflik huquqi boshqacha o‘tkazilmaydigan va topshirilmaydigan shaxsiy nomulkiy huquqdir.

10-modda. Patent egasi

Sanoat mulki obyektining patenti quyidagilarga beriladi:

sanoat mulki obyektining muallifiga (hammualliflariga) yoki uning (ularning) merosxo‘riga (merosxo‘rlariga);

muallif yoki uning merosxo‘ri tomonidan patent berish haqidagi talabnomada yoki sanoat mulki obyekti ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar Patent idorasiga topshirilgan talabnoma beruvchini o‘zgartirish haqidagi arizada ko‘rsatilgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslarga (ularning o‘zi rozi bo‘lgan taqdirda);

ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda ish beruvchiga.

Xodim tomonidan o‘z xizmat vazifalarini yoki ish beruvchidan olgan aniq topshiriqni bajarish munosabati bilan yaratilgan sanoat mulki obyektining patentiga bo‘lgan huquq, agar bu hol ular o‘rtasidagi tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, ish beruvchiga tegishli bo‘ladi.

Agar ish beruvchi bilan muallif (hammualliflar) o‘rtasidagi shartnomada ushbu moddaning ikkinchi qismidagi qoidalar nazarda tutilgan bo‘lmasa, u holda muallif (hammualliflar) talabnoma topshirish va sanoat mulki obyektining patentini o‘z nomiga olish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda ish beruvchi patent egasiga shartnomada belgilanadigan miqdorda tovon to‘lab, o‘z ishlab chiqarishini tegishli sanoat mulki obyektidan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.

Ish beruvchi sanoat mulki obyekti sir saqlagan taqdirda, muallifga (hammualliflarga) mutanosib ravishda haq to‘lashi shart, haq miqdori shartnomada belgilanadi.

11-modda. Patent egasining sanoat mulki obyektidan foydalanish huquqi

Agar sanoat mulki obyektidan o‘z xohishicha foydalanish boshqa patent egalarining huquqlarini, shu jumladan boshqa shaxslarning mazkur obyektdan foydalanishini taqiqlab qo‘yish huquqini buzmasa bunday foydalanish patent egasiga tegishlidir, shu zaylda foydalanish ushbu Qonunga muvofiq patent egasining huquqini buzish deb hisoblanmaydigan hollar bundan mustasno.

Bir necha patent egasiga qarashli bo‘lgan sanoat mulki obyektidan foydalanish borasidagi o‘zaro munosabatlar ular o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Bunday kelishuv bo‘lmagan taqdirda, har bir patent egasi muhofaza qilinayotgan sanoat mulki obyektidan o‘z xohishicha foydalanishi mumkin, lekin qolgan patentga egalarining roziligisiz obyektga mutlaq litsenziya berishga yoki patentni o‘zga shaxsga topshirishga haqli emas.

Patentga egasi patent bilan tasdiqlangan sanoat mulki obyektiga bo‘lgan huquqni patentdan o‘zganing foydasiga voz kechish to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha yoki sanoat mulki obyektidan foyda­ lanish huquqini litsenziya shartnomasi bo‘yicha har qanday yuridik yoxud jismoniy shaxsga (shaxslarga) topshirishi mumkin. Patentdan o‘zganing foydasiga voz kechish to‘g‘risidagi shartnoma va litsenziya shartnomasi Patent idorasida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.

Patent egasi foydalanilayotgan sanoat mulki obyektlari patentlanganligini ko‘rsatuvchi ogohlantirish tamg‘asidan foydalanishi mumkin.

Patent egalari patent ro‘yxatga olingan sanadan boshlab uch yil mobaynida sanoat mulki obyektidan foydalanmasa yoki yetarli darajada foydalanmasa, ushbu muhofaza qilinayotgan sanoat mulki obyektidan foydalanishni xohlovchi va foydalanishga tayyor har qanday shaxs, patent egasi litsenziya shartnomasi tuzishdan bosh tortgan taqdirda, o‘ziga majburiy nomutlaq litsenziya berishni so‘rab sudga iltimosnoma bilan murojaat etishi mumkin.

12-modda. Patent egasi mutlaq huquqining buzilishi sifatida e’tirof etilmaydigan

harakatlar

Quyidagi hollar, patent egasi mutlaq huquqining buzilishi sifatida e’tirof etilmaydi:

O‘zbekiston Respublikasida muhofaza qilinadigan sanoat mulki obyektlaridan tarkib topgan qurilmalarni Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasi ishtirokchisi bo‘lgan boshqa davlatning transport vositasida, mazkur vosita vaqtincha yoki tasodifan O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan vaqtda, basharti bu qurilmalardan faqat mazkur vositaning ehtiyojlari uchun foydalaniladigan bo‘lsa, qo‘llash;

patentlar bilan muhofaza qilinayotgan sanoat mulki obyektlaridan tarkib topgan vositalar ustida ilmiy tadqiqot yoki tajriba o‘tkazish;

patentlar bilan muhofaza qilinayotgan sanoat mulki obyektlaridan tarkib topgan vositalarni tabiiy ofatlar, halokatlar, epidemiyalar va boshqa favqulotda holatlarda qo‘llash;

patentlar bilan muhofaza qilinayotgan sanoat mulki obyektlaridan tarkib topgan vositalarni, agar bu vositalar fuqarolik muomalasiga qonuniy yo‘l bilan kiritilgai bo‘lsa, qo‘llash;

patentlar bilan muhofaza qilinayotgan sanoat mulki obyektlaridan tarkib topgan vositalarni daromad olmay shaxsiy maqsadlarda qo‘llash;

dorixonalarda shifokor retsepti bo‘yicha dorilarni bir marotabalik tayyorlash.

13-modda. Patent egasi mutlaq huquqining buzilishi

Patent bilan muhofaza qilinayotgan sanoat mulki obyektlaridan ushbu Qonunning 11 va 32­ moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga xilof ravishda foydalanayotgan har qanday shaxs patent egasining mutlaq huquqini buzuvchi hisoblanadi.

Patentlangan sanoat mulki obyektidan foydalangan holda buyumlarni ruxsatsiz tayyorlash, qo‘llash, import qilish, sotishga taklif etish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yo‘sinda kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, shuningdek ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni ko‘llash yohud ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulda bevosita tayyorlangan buyumlarni fuqarolik muomalasiga kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish patent egasi mutlaq huquqinining buzilishi deb e’tirof etiladi.

Sanoat mulki obyektidan patentga egasining mutlaq huquqini buzgan holda foydalanayotgan shaxslar patent egasining talabiga ko‘ra:

patent egasining mutlaq huquqini buzuvchi harakatini to‘xtatishlari;

patent egasiga yetkazilgan zararning o‘rnini qonun hujjatlariga muvofiq qoplashlari shart.

III. PATENT BERISH HAQIDAGI TALABNOMA

14-modda. Patent berish haqidagi talabnomani topshirish

Patent berish haqidagi talabnoma muallif, ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorisi (bundan buyon matnda talabnoma beruvchi deb yuritiladi) tomonidan Patent idorasiga topshiriladi.

Patent berish haqidagi talabnomalarga belgilangan miqdorda patent boji to‘langanligini yoki patent boji to‘lashdan ozod qilishning yoxud uning miqdori kamaytirilishining asoslarini tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi.

Patent berish haqidagi talabnoma hujjatlariga doir talablar Patent idorasi tomonidan belgilanadi.

Patent berish haqidagi talabnoma shaxsan, patent vakili yoki ishonchli shaxs orqali topshirilishi mumkin.

15-modda. Ixtiroga patent berish haqidagi talabnoma

Ixtiroga patent berish haqidagi talabnoma (bundan buyon matnda ixtiro haqidagi talabnoma deb yuritiladi) bitta ixtiroga yoki yagona ixtirochilik fikrini (ixtiro birligi talabini) tashkil etgan tarzda bir-biri bilan uzviy bog‘langan ixtirolar guruhiga taalluqli bo‘lishi kerak.

Ixtiroga haqidagi talabnoma:

ixtironing muallifi (hammualliflari) va kimning nomiga patent berish so‘ralayotgan bo‘lsa, ana shu shaxs, shuningdek ularning turar joyi yoki manzili ko‘rsatilgan patent berish haqidagi arizani;

ixtironing uni amalga oshirish uchun yetarli bo‘lgan darajada to‘liq ochib berilgan tavsifini;

ixtironing mohiyatini ifodalovchi hamda uning tavsifiga to‘la muvofiq bo‘lgan formulasini;

agar ixtironing mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lsa, chizmalar va boshqa materiallarni;

ixtiro referatini o‘z ichiga olishi lozim.

16-modda. Foydali modelga patent berish haqidagi talabnoma

Foydali modelga patent berish haqidagi talabnoma (bundan buyon matnda foydali model haqi­ dagi talabnoma deb yuritiladi) bitta foydali modelga yoki yagona ijodkorlik fikrini (foydali model birligi talabini) tashkil etgan tarzda bir-biri bilan uzviy bog‘langan foydali modellar guruhiga taalluqli bo‘lishi kerak.

Foydali model haqidagi talabnoma:

foydali modelning muallifi (hammualliflari) va kimning nomiga patent berish so‘ralayotgan bo‘lsa, ana shu shaxs, shuningdek ularning turar joyi yoki joylashgan manzili ko‘rsatilgan, patent berish haqidagi arizani;

foydali modelning uni amalga oshirish uchun yetarli bo‘lgan darajada to‘liq ochib berilgan tav­ sifini;

foydali modelning mohiyatini ifodalovchi hamda uning tavsifiga to‘la muvofiq bo‘lgan for­ mulasini;

agar foydali model mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lsa, chizmalar va boshqa materiallar;

foydali model referatini o‘z ichiga olishi lozim.

17-modda. Sanoat namunasiga patent berish haqidagi talabnoma

Sanoat namunasiga patent berish haqidagi talabnoma (bundan buyon matnda sanoat namunasi haqidagi talabnoma deb yuritiladi) bitta sanoat namunasiga taalluqli bo‘lishi kerak va u shu namuna variantlarini (sanoat namunasi birligi talabini) qamrab olishi mumkin.

Sanoat namunasi haqidagi talabnoma:

sanoat namunasining muallifi (hammualliflari) va kimning nomiga patent berish so‘ralayotgan bo‘lsa, ana shu shaxs, shuningdek ularning turar joyi yoki joylashgan manzili ko‘rsatilgan patent berish

haqidagi arizani;

buyumning tashqi ko‘rinishi haqida to‘la-to‘kis, bor tafsiloti bilan tasavvur qilish imkonini beruvchi buyum aks ettirilgan tasvirlar turkumini, maket yoki rasmni;

agar sanoat namunasining mohiyatini ochib berish uchun zarur bo‘lsa, buyum umumiy ko‘rinishi­ ning chizmasi, ergonomik sxemasi, konfeksion xaritasini;

sanoat namunasining undagi muhim belgilari majmuini aks ettirgan tavsifini o‘z ichiga olishi lozim.

18-modda. Sanoat mulki obyekti ustuvorligi

Sanoat mulki obyekti ustuvorligi patent berish haqidagi talabnoma Patent idorasiga topshirilgan sanaga ko‘ra belgilanadi.

Sanoat mulki obyektining ustuvorligi:

sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasi ishtirokchisi bo‘lgan boshqa davlatda (konvensiya ustuvorligi) topshirilgan birinchi talabnoma qayd etilgan sana bo‘yicha, agar mazkur sanadan e’tiboran ixtiro haqidagi talabnoma va foydali model haqidagi talabnoma o‘n ikki oy ichida, sanoat namunasi haqidagi talabnoma esa olti oy ichida Patent idorasiga kelib tushgan bo‘lsa, belgilanishi mumkin. Agar konvensiya ustuvorligi so‘ralgan talabnoma uni beruvchiga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra belgilangan muddatda topshirib ulgurilmasa, bu muddat Patent idorasi tomonidan ko‘pi bilan yana ikki oyga uzaytirilishi mumkin. Konvensiya ustuvorligi huquqidan foydalanish istagidagi talabnoma beruvchi o‘zining ana shu istagini talabnoma topshirish chog‘ida ko‘rsatib o‘tishi va (yoki) zarur materiallarni talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran ko‘pi bilan uch oy ichida Patent idorasiga taqdim etishi shart;

qo‘shimcha materiallar topshirilgan sana bo‘yicha, agar talabnomaga ilova qilingan qo‘shimcha materiallar talabnomada qursatilgan ixtiro mohiyatini o‘zgartirib yuboradi deb topilishi munosabati bilan ularni qabul qilish mumkin emasligini Patent idorasi talabnoma beruvchiga bildirgan sanadan e’tiboran uch oy muddat tugagunga qadar bu qo‘shimcha materiallar talabnoma beruvchi tomonidan mustaqil talabnoma sifatida rasmiylashtirilgan bo‘lsa, belgilanishi mumkin;

shu talabnoma beruvchining Patent idorasiga birmuncha oldin taqdim etgan, ushbu sanoat mulki obyektining mohiyatini ochib beruvchi talabnomasi topshirilgan sana bo‘yicha, agar bunday ustuvorlik so‘ralgan talabnoma birmuncha oldin berilgan ixtiro haqidagi talabnoma va foydali model haqidagi talabnoma va foydali model haqidagi talabnoma kelib tushgan sanadan e’tiboran o‘n ikki oy ichida va birmuncha oldin berilgan sanoat namunasi haqidagi talabnoma kelib tushgan sanadan e’tiboran olti oy ichida topshirilgan bo‘lsa, belgilanishi mumkin. Bunda birmuncha oldin topshirilgan talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.

Agar davlat ekspertizasi jarayonida patent berish haqidagi o‘xshash talabnomalar ayni bitta ustuvorlik sanasiga ega ekanligi aniqlansa, u holda patent Patent idorasiga oldinroq sana bilan jo‘natilganligi isbotlangan talabnoma bo‘yicha, basharti jo‘natilgan sanalari ham bir xil bo‘lib chiqsa, qaysi birida Patent idorasining ro‘yxatga olish kirim raqami oldin qayd etilgan bo‘lsa, shu talabnoma bo‘yicha beriladi.

Sanoat mulki obyekti ustuvorligi birmuncha oldin ustuvorlik so‘ralgan, chaqirib olingan patent berish haqidagi talabnoma kelib tushgan sanaga ko‘ra belgilanishi mumkin emas.

Patent berish haqidagi ajratilgan alohida talabnoma bo‘yicha sanoat mulki obyekti ustuvorligi Patent idorasiga topshirilgan dastlabki talabnoma sanasiga ko‘ra belgilanadi.

19-modda. Talabnomalarni o‘zgartirish

Talabnoma beruvchi patent berish haqidagi qaror qabul qilingunga qadar ixtiro haqidagi

talabnomani foydali model haqidagi talabnoma, foydali model haqidagi talabnomani esa ixtiro haqidagi talabnoma qilib o‘zgartirishga xaqlidir. Bunday o‘zgartirishlar chog‘ida birinchi talabnomaning ustuvorligi saqlanib qoladi.

Talabnomalarni o‘zgartirish tegishli patent boji to‘langandan so‘ng amalga oshiriladi.

IV. PATENT BERISH HAQIDAGI TALABNOMANI EKSPERTIZADAN O‘TKAZISH

20-modda. Patent berish haqidagi talabnomaning davlat ekspertizasi

Patent idorasi patent berish haqidagi talabnoma bo‘yicha rasmiy ekspertiza, foydali model haqidagi talabnoma ekspertizasi hamda ixtiro haqidagi talabnomaning yoki sanoat namunasi haqidagi talabnomaning mohiyati bo‘yicha ilmiy texnika ekspertizasidan (bundan buyon matnda mohiyat bo‘yicha ekspertiza deb yuritiladi) iborat bo‘lgan davlat ekspertizasini o‘tkazadi.

Talabnoma beruvchi patent berish haqidagi talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran ikki oy mobaynida talabnomada ko‘rsatilgan sanoat mulki obyektining mohiyatini o‘zgartirmagan holda unga tuzatishlar, aniqliklar yoki qo‘shimcha materiallar kiritish huquqiga ega.

Belgilangan talablar buzilgan holda rasmiylashtirilgan patent berish haqidagi talabnoma yuzasidan talabnoma beruvchiga so‘rov yuborilib, unda shu so‘rov yo‘llangan sandan e’tiboran uch oy ichida tuzatishlar kiritilgan yoki yetishmayotgan materiallarni taqdim etish taklif qilinadi. Agar talabnoma beruvchi so‘ralgan materiallarni yoki belgilangan muddatni uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rsatilgan muddatda taqdim etmasa, patent berish haqidagi talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi.

Patent berish haqidagi talabnoma bo‘yicha tuzatishlar, aniqliklar yoki qo‘shimcha materiallar patent boji to‘langan taqdirda ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan keyin ham, lekin patent berish haqidagi qaror chiqarilgunga qadar taqlim etilishi mumkin.

Sanoat mulki obyekti birligi talablari buzilgan holda topshirilgan patent berish haqidagi talabnoma yuzasidan talabnoma beruvchiga tegishli so‘rov unga yuborilgan sanadan uch oy muddat ichida ushbu obyektlardan qaysi biri ko‘rib chiqilishi lozimligini xabar qilish hamda tegishincha talab­ noma hujjatlarga aniqliklar kiritish taklif qilinadi. Dastlabki talabnoma materiallariga kiritilgan boshqa obyektlar alohida talabnomalarga ajratilishi mumkin. Agar talabnoma beruvchi ushbu obyektlardan qaysi birini ko‘rib chiqish zarurligini xabar qilmasa va aniqlik kiritilgan materiallarni taqdim etmasa, ixtiro, foydali model formulasida yoki sanoat namunasi tavsifida birinchi qilib ko‘rsatilgan obyekt davlat ekspertizasidan o‘tkaziladi.

Davlat ekspertizasi so‘rovi bo‘yicha materiallarni taqdim etishning talabnoma beruvchi tomonidan o‘tkazib yuborilgan muddatlari, belgilangan muddatlarni uzaytirish muqarrarligini taqozo etgan sabablar tasdiqlangan va patent boji to‘langan taqdirda, Patent idorasi tomonidan qayta tiklanishi mumkin. O‘tkazib yuboridgan muddatlarni qayta tiklar to‘g‘risidagi iltimosnoma talabnoma beruvchi tomonidan o‘tkazib yuborilgan muddat tugagan kundan boshlab ko‘pi bilan o‘y ikki oy ichida topshirilshi mumkin.

Talabnoma beruvchi sanoat mulki obyekti tegishli davlat reyestrida davlat ro‘yxatidan o‘tkazil­ gunga qadar davlat ekspertizasining istalgan bosqichida patent berish haqidagi talabnomani chaq­ bundan buyon matnda kelib tushgan sanadan boshlab ixtiro varib olishi mumkin.

Patent berish haqidagi talabnoma materiallardagi ma’lumotlar Patent idorasi tomonidan sir saqlanishi kerak va ular haqidagi axborot talabnoma beruvchi yoki patent egasining roziligisiz berilmaydi. Talabnoma materiallaridagi axborotni sanoat mulki obyekti ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar rasmiy ravishda e’lon qilingunga qadar oshkor etganlik qonunga muvofiq

javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Patent idorasi tomonidan ko‘rib chiqish uchun qabul qilib olingan patent berish haqidagi talabnomalar talabnoma beruvchilarga qaytarilmaydi.

21-modda. Rasmiy ekspertiza

Rasmiy ekspertiza patent berish haqidagi talabnoma topshirilagn sanadan boshlab ikki oy o‘tgandan keyin Patent idorasi tomonidan o‘tkaziladi. Talabnoma beruvchining iltimosnomasiga binoan rasmiy ekspertiza ko‘rsatilgan muddat o‘tmasidanoq boshlanishi mumkin. Bu holda talabnoma beruvchi iltimosnoma topshirilgan paytdan boshlab qo‘shimcha patent boji to‘lamasdan talabnoma materiallariga o‘z tashabbusi bilan qo‘shimchalar, tuzatishlar va aniqliklar kiritish huquqidan mahrum bo‘ladi.

Rasmiy ekspertiza mobaynida taqdim etilgan taklifning huquqiy muhofaza ta’minlanadigan sanoat mulki obyektlariga qay darajada muvofiqligi ko‘rib chiqiladi. Rasmiy ekspertiza natijalari bo‘yicha Patent idorasining qarori talabnoma beruvchiga ma’lum qilinadi.

Talabnoma beruvchi Patent idorasining qarori ustidan qaror qaror yuborilgan sanadan e’tiboran uch oylik muddat ichida Apellatsiya kengashi apellatsiya berishi mumkin. Apellatsiya kengashi apellatsiya kelib tushgan sanadan e’tiboran ikki oylik muddat ichida uni ko‘rib chiqishi lozim.

Apellatsiya kengashining qarori ustidan qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran olti oy ichida sudga shikoyat qilinishi mumkin.

22-modda. Foydali model haqidagi talabnoma ekspertizasi

Patent idorasi patent boji to‘langan taqdirda foydali model haqidagi talabnomani ekspertizadan o‘tkazadi. Patent boji rasmiy eskpertizaning talabnoma ko‘rib chiqishga qabul qilingani to‘g‘risidagi qarori talabnoma beruvchiga yuborilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida to‘lanishi mumkin. Ko‘rsatilgan muddat o‘tkazib yuborilgan taqdirda talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.

Ekspertiza o‘tkazilayotganda talabnomada ko‘rsatilgan obyektning ushbu Qonun 7-moddasida belgilangan patentga layoqatliligi shartlariga muvofiqligi tekshiriladi.

Agar ekspertiza natijasida talabnoma foydali modellar sifatida muhofaza qilinadigan obyektlarga taalluqli bo‘lmagan taklif to‘g‘risida ekanligi aniqlansa, patent berishni rad etish haqida qaror chiqarilib, talabnoma beruvchi bundan xabardor qilinadi.

Agar talabnoma ekspertizasi natijasida foydali model haqidagi talabnoma materiallari qo‘yilgan talabnomalarga mos ekanligi aniqlansa, Patent idorasi foydali modelga patent berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, talabnoma beruvchi bundan xabardor etiladi.

Foydali model sifatida talabnomada ko‘rsatilgan obyektning patentga layoqatlilik shartlariga muvofiq emasligi aniqlangan taqdirda foydali modelga patent berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, talabnoma beruvchi bundan xabardor etiladi.

Talabnoma beruvchi Patent idorasining qarori ustidan qaror yuborilgan sanadan e’tiboran uch oylik muddat ichida Apellatsiya kengashiga apellatsiya berish mumkin. Apellatsiya kengashi apellatsiya kelib tushgan sanadan e’tiboran ikki oylik muddat ichida ko‘rib chiqishi lozim.

Apellatsiya kengashining qarori ustidan qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran olti oy muddat ichida sudga shikoyat qilinishi mumkin.

23-modda. Mohiyat bo‘yicha ekspertiza

Patent idorasi patent boji to‘langan taqdirda mohiyat bo‘yicha ekspertiza o‘tkazadi. Patent boji rasmiy ekspetizaning patent berish haqidagi talabnoma ko‘rib chiqishga qabul qilingani to‘g‘risidagi qarori talabnoma beruvchiga yuborilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida to‘lanishi mumkin. Ko‘rsatilgan muddat o‘tkazib yuborilgan taqdirda talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.

Agar mohiyat bo‘yicha ekspertiza o‘tkazish natijasida talabnoma beruvchi taklif qilgan formula bilan ifodalangan ixtiro sifatida talabnomada ko‘rsatilgan obyekt, muhim belgilar majmui sifatida ifodalangan sanoat namunasi sifatida ko‘rsatilgan obyekt esa belgilangan talablarga mosligi aniqlansa, Patent idorasi patent berish haqida qaror qabul qiladi.

Ixtiro yoki sanoat namunasi sifatida talabnomada ko‘rsatilgan obyektning patentga layoqatlilik shartlariga mos emasligi aniqlangan taqdirda patent berishni rad etish haqida qaror qabul qilinadi.

Talabnoma beruvchi Patent idorasining qarori ustidan qaror yuborilgan sanadan e’tiboran uch oylik muddat ichida Apellatsiya kengashiga apellatsiya berishi mumkin. Apellatsiya kengashi apellatsiya kelib tushgan sanadan e’tiboran to‘rt oy ichida uni ko‘rib chiqishi lozim.

Apellatsiya kengashining qarori ustidan qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran olti oy ichida sudga shikoyat qilishi mumkin.

V. SANOAT MULKI OBYEKTIGA PATENT OLISH VA BU PATENTNING AMAL QILISHINI TUGATISH

24-modda. Sanoat mulki obyektini davlat ro‘yxatiga olish

Patent idorasi patent berish to‘g‘risida qaror qabul qilganidan so‘ng sanoat mulki obyektini tegishincha Davoat ixtirolar reyestrida, Davlat foydali modellar reyestrida yoki Davlat sanoat namunalari reyestrida davlat ro‘yxatiga oladi.

25-modda. Sanoat mulki obyekti ro‘yxatga olingani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rasman e’lon qilish

Patent idorasi sanoat mulki obyektlari ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan rasmiy axborotnoma nashr etadi. E’lon qilinadigan ma’lumotlarning to‘liq ro‘yxati va tarkibi Patent idorasi tomonidan belgilanadi.

26-modda. Sanoat mulki obyektiga patent berish

Sanoat mulki obyektiga patent berish obyekt ro‘yxatga olinganligi haqidagi ma’lumotlar rasmiy axborotnomada e’lon qilingan sanadan e’tiboran uch oy o‘tgangan keyin Patent idorasi tomonidan amalga oshiriladi.

Sanoat mulki obyekti patenti O‘zbekiston Respublikasi nomidan beriladi va Patent idorasi rahbari tomonidan imzolanadi.

Sanoat mulki obyekti patenti bir nechta kishi nomiga so‘ralganda ularga bitta patent beriladi.

Sanoat mulki obyekti patentining shakli va unda ko‘rsatiladigan ma’lumotlar tarkibi Patent idorasi tomonidan belgilanadi.

Berilgan sanoat mulki obyekti patentidagi ko‘zga yaqqol tashlanib turgan va texnik xatolar patent egasining talabiga ko‘ra Patent idorasi tomonidan tuzatiladi.

27-modda. Sanoat mulki obyekti patentini haqiqiy emas deb e’tirof etish

Sanoat mulki obyekti patenti Apellatsiya kengashiga berilgan apellatsiya bo‘yicha istalgan vaqtda huquqiy muhofazaning to‘liq hajmida yoki uning faqat bir qismi bo‘yicha quyidagi asoslarga ko‘ra haqiqiy emas deb e’tirof etilishi mumkin:

muhofaza qilinadigan sanoat mulki obyekti patentga layoqatlilik shartlariga mos emasligi;

ixtiro, foydali model formulasida yoki sanoat namunasining muhim belgilari majmuida talabnomaning dastlabki materiallarida bo‘lmagan belgilarning mavjudligi.

Sanoat mulki obyektiga patent berish Apellatsiya kengashiga apellatsiya topshirilishi munosabati bilan to‘xtatib turilishi mumkin.

Apellatsiya kengashining qarori ustidan qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran olti oy ichida sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Agar nizo sudda ko‘rib chiqiladigan bo‘lsa, nizo hal etilguniga qadar sanoat mulki obyektiga doir ishni yuritish Patent idorasi tomonidan to‘xtatib turiladi.

28-modda. Sanoat mulki obyekti patentining amal qilishini tugatish

Sanoat mulki obyekti patentining amal qilishi uning ushbu Qonunga muvofiq belgilangan amal qilish muddati o‘tganidan keyin tugatiladi.

Sanoat mulki obyekti patentining amal qilishi:

patentni o‘z kuchida saqlab turganlik uchun patent bojlari belgilangan muddatda to‘lanmaganda;

patent egasi Patent idorasiga topshirgan arizaga asosan muddatidan ilgari tugatiladi.

Sanoat mulki obyekti patentining amal qilishi muddatidan ilgari to‘xtatilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Patent idorasining rasmiy axborotnomasida e’lon qilinadi.

29 modda. Sanoat mulki obyekti patentidan voz kechish Patent egasi yozma ariza berib, sanoat mulki obyekti patentidan voz kechish huquqiga ega. Bir nechta patent egalaridan birining sanoat mulki obyekti patentidan voz kechishi patentning

amal qilishi tugatilishiga olib kelmaydi. Sanoat mulki obyekti patentidan voz kechish Patent idorasi patent egasidan yozma ariza olgan

sanadan e’tiboran amal qila boshlaydi. Patent egasi sanoat mulki obyekti patentidan voz kechish niyati to‘g‘risida muallifni xabardor

qilishi shart. Muallif bunday holda patentga egalik qilishda ustuvor huquqqa ega bo‘ladi. Agar sanoat mulki obyekti patenti litsenziya shartnomasining obyekti bo‘lsa, shartnomada bosh­

qacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, patentdan litsenziya egasining roziligi bilangina voz kechish mumkin bo‘ladi.

VI. SANOAT MULKI OBYEKTLARIDAN FOYDALANISH

30-modda. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasidan foydalanish

Mahsulotda (buyumda) ixtironing, foydali modelning formula mustaqil bandiga kiritilgan har bir belgisi yoki unga muodil bo‘lgan belgi qo‘llanilgan bo‘lsa, bu mahsulot (buyum) patentlangan ixtiro, foydali modeldan foydalanilgan holda tayyorlangan, ixtiro patenti bilan muhofaza etiladigan usul esa, qo‘llanilgan deb e’tirof etiladi.

Mahsulotni olish usuliga berilgan patentning amal qilishi aynan shu usul yordamida olingan mahsulotga ham tatbiq etiladi. Bunda aksini isbotlovchi dalillar bo‘lmasa, bu yangi mahsulot

patentlangan usulda olingan deb hisoblanadi.

Agar mahsulotda patent berilgan sanoat namunasining muhim belgilari majmui bo‘lsa, u patentlangan sanoat namunasidan foydalanilgan holda tayyorlangan deb e’tirof etiladi.

31-modda. Avval foydalanganlik huquqi

Sanoat mulki obyekti ustuvorligi belgilangan sanaga qadar uning muallifidan mustaqil tarzda aynan o‘xshash bo‘lgan yechimdan foydalangan yoki shunga yetarli darajada tayyorgarlik ko‘rgan har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs ishlab chiqarish hajmini kengaytirmagan tarzda, keyinchalik ham undan bepul foydalanish huquqini saqlab qoladi.

Avval foydalanganlik huquqi boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsga faqat aynan o‘xshash yechimdan foydalanilgan yoki shunga yetarli darajada tayyorgarlik ko‘rilgan ishlab chiqarish bilan birgalikda topshirilishi mumkin.

32-modda. Sanoat mulki obyektidan foydalanish huquqini berish

Patent egasi bo‘lmagan har qanday shaxs patent bilan muhofaza qilingan sanoat mulki obyekti­ dan faqat patent egasining ruxsati bilan litsenziya shartnomasi asosida foydalanishga haqli.

Patent egasi sanoat mulki obyektidan foydalanish huquqini har qanday shaxsga berish to‘g‘risida (ochiq litsenziya) Patent idorasiga ariza topshirishi mumkin. Bu holda patentni o‘z kuchida saqlab turganlik uchun undiriladigan patent boji shunday ariza to‘g‘risidagi ma’lumotlar Patent idorasi tomonidan e’lon qilinganidan keyingi yildan boshlab, ellik foizga kamaytiriladi.

Ochiq litsenziyani olish istagini bildirgan shaxs patent egasi bilan nomutlaq litsenziya berish to‘g‘risida shartnoma tuzishi shart. Shartnoma shartlari bo‘yicha nizolar sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. Patentga egasining ochiq litsenziyaga bo‘lgan huquqni boshqa shaxsga berish hakidagi arizasi chaqirib olinmaydi.

Sanoat mulki obyektidan patent egasining roziligisiz mutansib miqdorda unga tovon to‘lagan holda foydalanishiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ruhsat berishi mumkin.

Agar patent egasi sanoat mulki obyektidan uning tarkibida boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsga qarashli muhofaza qilinayotgan o‘zga obyekt qo‘llanilishi tufayli foydalana olmasa, patent egasi mazkur shaxsdan bu obyektdan shartnomada nazarda tutilgan shartlar asosida foydalanish uchun litsenziya berishni talab qilishga haqlidir.

33-modda. Sanoat mulki obyektlaridan foydalanishning davlat tomonidan rag‘batlantirilishi

Mualliflarga va sanoat mulki obyektlaridan foydalanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga soliq solish va kredit berishda imtiyozli shartlar belgilanadi, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa imtiyozlar beriladi.

VIII. YAKUNLOVCHI QOIDALAR

34-modda. Patent bojlari

Sanoat mulki obyektlariga huquqiy muhofaza berish bilan bog‘liq yuridik ahamiyatga ega hara­ katlarni bajarganlik uchun patent bojlari undiriladi. Patent bojlari Patent idorasiga to‘lanadi.

Patent bojlarining miqdori va ularni to‘lash muddatlari, ularni to‘lashdan ozod qilish, to‘lov miqdorlarini kamaytirish yoki ularni qaytarib berish uchun asoslar, shuningdek patent bojlaridan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Patent bojlari talabnoma beruvchi, patentga egasi va boshqa manfaatdor shaxs tomonidan to‘lanadi.

Patentni o‘z kuchida saqlab turganlik uchun patent bojini to‘lash maqsadida qo‘shimcha patent boji to‘langan taqdirda, patent egasiga olti oylik imtiyozli muddat beriladi.

Agar patentni o‘z kuchida saqlab turganlik uchun patent boji va qo‘shimcha patent boji imtiyozli muddat mobaynida to‘lanmasa, patentning amal qilishi belgilangan muddatda patent boji to‘lanmagan kundan e’tiboran tugatiladi.

35-modda. Patent vakillari

Patent vakili yuridik va jismoniy shaxslarning Patent idorasi oldidagi vakillik huquqini amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi mumkin. Patent vakillariga qo‘yiladigan malaka talablari, ularni attestatsiyadan o‘tkazish va ro‘yxatga olish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi jismoniy shaxslar yoki chet ellik yuridik shaxslar sanoat mulki obyektlarini patentlash bo‘yicha ishlarni va ular bilan bog‘liq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni Patent idorasida ro‘yxatga olingan patent vakillari orqali amalga oshiradilar.

O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, bir oy vaqtincha uning hududidan tashqarida turgan jismoniy shaxslar sanoat mulki obyektlarini patentlash bo‘yicha ishlarni va ular bilan bog‘liq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni O‘zbekiston Respublikasi doirasida yozishmalar olib borish uchun manzilni ko‘rsatgan holda, patent vakilisiz amalga oshirishlari mumkin.

Patent vakilining vakolatlari ishonchnoma bilan tasdiqlanadi.

36-modda. Sanoat mulki obyektlarini boshqa davlatlarda patentlash

O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari sanoat mulki obyektlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa davlatlarda patentlash huquqiga ega.

37-modda. Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar ushbu Qonunda nazarda tutilgan huquqlardan O‘zbekiston

Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari bilan teng ravishda yoki kelishuv prinsipi asosida foydalanadilar.

38-modda. Nizolarni hal etish Sanoat mulki obyektlarini yaratish, huquqiy muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi

nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

39-modda. Sanoat mulki obyektlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Sanoat mulki obyektlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING QARORI

«Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida»gi

O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:

O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 6 mayda qabul qilingan «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida»gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994 yil, №5, 138-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil,№3, 38-modda) o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).

O‘zbekiston Respublikasining

Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri,

2002 yil 29 avgust