关于知识产权 知识产权培训 树立尊重知识产权的风尚 知识产权外联 部门知识产权 知识产权和热点议题 特定领域知识产权 专利和技术信息 商标信息 工业品外观设计信息 地理标志信息 植物品种信息(UPOV) 知识产权法律、条约和判决 知识产权资源 知识产权报告 专利保护 商标保护 工业品外观设计保护 地理标志保护 植物品种保护(UPOV) 知识产权争议解决 知识产权局业务解决方案 知识产权服务缴费 谈判与决策 发展合作 创新支持 公私伙伴关系 人工智能工具和服务 组织简介 与产权组织合作 问责制 专利 商标 工业品外观设计 地理标志 版权 商业秘密 WIPO学院 讲习班和研讨会 知识产权执法 WIPO ALERT 宣传 世界知识产权日 WIPO杂志 案例研究和成功故事 知识产权新闻 产权组织奖 企业 高校 土著人民 司法机构 遗传资源、传统知识和传统文化表现形式 经济学 性别平等 全球卫生 气候变化 竞争政策 可持续发展目标 前沿技术 移动应用 体育 旅游 PATENTSCOPE 专利分析 国际专利分类 ARDI - 研究促进创新 ASPI - 专业化专利信息 全球品牌数据库 马德里监视器 Article 6ter Express数据库 尼斯分类 维也纳分类 全球外观设计数据库 国际外观设计公报 Hague Express数据库 洛迦诺分类 Lisbon Express数据库 全球品牌数据库地理标志信息 PLUTO植物品种数据库 GENIE数据库 产权组织管理的条约 WIPO Lex - 知识产权法律、条约和判决 产权组织标准 知识产权统计 WIPO Pearl(术语) 产权组织出版物 国家知识产权概况 产权组织知识中心 产权组织技术趋势 全球创新指数 世界知识产权报告 PCT - 国际专利体系 ePCT 布达佩斯 - 国际微生物保藏体系 马德里 - 国际商标体系 eMadrid 第六条之三(徽章、旗帜、国徽) 海牙 - 国际外观设计体系 eHague 里斯本 - 国际地理标志体系 eLisbon UPOV PRISMA UPOV e-PVP Administration UPOV e-PVP DUS Exchange 调解 仲裁 专家裁决 域名争议 检索和审查集中式接入(CASE) 数字查询服务(DAS) WIPO Pay 产权组织往来账户 产权组织各大会 常设委员会 会议日历 WIPO Webcast 产权组织正式文件 发展议程 技术援助 知识产权培训机构 COVID-19支持 国家知识产权战略 政策和立法咨询 合作枢纽 技术与创新支持中心(TISC) 技术转移 发明人援助计划(IAP) WIPO GREEN 产权组织的PAT-INFORMED 无障碍图书联合会 产权组织服务创作者 WIPO Translate 语音转文字 分类助手 成员国 观察员 总干事 部门活动 驻外办事处 职位空缺 采购 成果和预算 财务报告 监督
Arabic English Spanish French Russian Chinese
法律 条约 判决书 按司法管辖区搜索

乌兹别克斯坦

UZ028

返回

Patent Vakillarini Attestatsiyadan va Ro‘Yxatdan O‘Tkazish Qoidalari

 Patent Vakillarini Attestatsiyadan va Ro‘Yxatdan O‘Tkazish Qoidalari

O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida Davlat patent idorasi direktorining 2003 yil 24 dekabrda 2003 yil 11 noyabrdagi 1294-son bilan 66-son buyrug‘i bilan «RO‘YXATGA OLINGAN» «TASDIQLANGAN»

PATENT VAKILLARINI ATTESTATSIYADAN VA RO‘YXATDAN O‘TKAZISH QOIDALARI

Ushbu O‘zbekiston Respublikasi Patent vakillarini attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalari (bundan buyon matnda - Qoidalar) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 1 iyulidagi «Davlat patent idorasining Apellatsiya kengashi to‘g‘risidagi nizom va Patent vakillari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risidagi» 298-son Qarori bilan tasdiqlangan Patent vakillari to‘g‘risidagi nizomga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasida patent vakillarini attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini belgilaydi.

Qisqartirishlar ro‘yxati

Patent idorasi – O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi

Nizom – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2003 yil 1 iyulidagi «Davlat patent idorasining Apellatsiya kengashi to‘g‘risidagi nizom va Patent vakillari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risidagi» 298-son Qarori bilan tasdiqlangan Patent vakillari to‘g‘risidagi nizom

Apellatsiya komissiyasi – Patent idorasining Apellatsiya komissiyasi

Malaka berish komissiyasi – Patent idorasining malaka berish komissiyasi

Nomzod – patent vakili faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga talabgor shaxs

Reyestr – O‘zbekiston Respublikasi patent vakillari reyestri

1-§. Malaka berish komissiyasi va Apellatsiya komissiyasi

faoliyatini tashkil qilish

1. Patent vakillarini attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazish Patent idorasi tomonidan amalga oshiriladi.

Patent vakillarini attestatsiyadan o‘tkazish taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish va patent vakili sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishga talabgor bo‘lgan nomzodlarning o‘zlari arizada ko‘rsatgan ixtisosliklarni hisobga olgan holda, kasbiy faoliyatni amalga oshirishga tayyorligini aniqlash uchun o‘tkaziladigan malakani sinash imtihoni shaklida amalga oshiriladi.

2. Patent vakillarini attestatsiyadan o‘tkazish uchun Patent idorasi tomonidan faoliyati ushbu Qoidalarga muvofiq amalga oshiriladigan Malaka berish komissiyasi va Apellatsiya komissiyasi tuziladi.

3. Malaka berish komissiyasi:

a) malakani sinash imtihonini o‘tkazish tartibini tasdiqlaydi;

b) imtihon topshiriqlarini tasdiqlaydi;

v) imtihon oluvchilarnii tayinlaydi va imtihon o‘tkazishni tashkil qiladi;

g) malaka sinash imtihoniga kiritish haqida qaror qabul qiladi;

d) nomzodlarni patent vakili sifatida attestatsiyadan o‘tkazish yoki attestatsiyadan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

4. Malaka berish komissiyasi Patent idorasi direktorining buyrug‘i bilan idoraning malakali va tajribali xodimlaridan, va shuningdek mustaqil olimlar va intellektual mulk obyektlari sohasidagi mutaxassislardan tuziladi.

5. Malaka berish komissiyasi ishiga Patent idorasi direktorining buyrug‘i bilan tayinlangan Malaka berish komissiyasi raisi rahbarlik qiladi.

6. Malaka berish komissiyasi raisi yo‘qligida uning majburiyatlari vaqtincha Malaka berish komissiyasi raisining o‘rinbosariga yuklatiladi.

7. Malaka berish komissiyasi majlislarida bayonnoma olib boriladi va Malaka berish komissiyasining barcha a’zolari tomonidan imzolanadi.

8. Malaka berish komissiyasi qarorlari majlisda ishtirok etayotgan a’zolarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan holda raisning ovozi hal qiluvchi kuchga ega.

9. Malaka berish komissiyasi qarorlari yozma shaklda tuziladi, Malaka berish komissiyasi raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi.

10. Malaka berish komissiyasi a’zosi qabul qilingan qarordan norozi bo‘lgan holda o‘zining alohida fikrini bayon qilishi mumkin.

11. Malaka berish komissiyasi qarorlari ustidan Apellatsiya komissiyasiga shikoyat berilishi mumkin. 12. Apellatsiya komissiyasi nomzodning Malaka berish komissiyasi qarorlari ustidan bergan shikoyatlarini, va shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning patent vakilining noqonuniy harakatlari yoki Patent vakillari to‘g‘risidagi nizomni buzadigan harakatlari ustidan bergan shikoyatlarini ko‘rib chiqadi. 13. Apellatsiya komissiyasi Malaka berish komissiyasi tuzilgan tartibda tuziladi.

14. Apellatsiya komissiyasi qarorlari majlisda ishtirok etayotgan a’zolarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan holda raisning ovozi hal qiluvchi kuchga ega.

15. Apellatsiya komissiyasi qarorlari yozma shaklda tuziladi, Apellatsiya komissiyasi raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi.

16. Apellatsiya komissiyasi a’zosi qabul qilingan qarordan norozi bo‘lgan holda o‘zining alohida fikrini bayon qilishi mumkin.

17. Apellatsiya komissiyasi qarorlari ustidan sudga shikoyat berish mumkin.

2-§. Hujjatlarni qabul qilish

18. Nomzod o‘zini attestatsiyaga kiritishni so‘rab Malaka berish komissiyasiga ushbu Qoidalarga ilova qilingan 1-ilovada keltirilgan shaklda ariza yuboradi.

19. Ariza davlat yoki rus tilida beriladi.

20. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:

a) oliy ma’lumot haqidagi diplom nusxasi;

b) intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni muhofazalash va himoya qilish sohasida yoki intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish sohasida advokat sifatida zarur bo‘lgan ish staji mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlar (mehnat daftarchasi yoki yakka tartibdagi mehnat

shartnomasining nusxasi yoxud Ishga qabul qilish va bo‘shatish haqidagi buyruqlardan ko‘chirmalar nusxasi);

v) attestatsiya uchun belgilangan to‘lov to‘langani haqidagi hujjat;

g) nomzodning ixtiyoriga ko‘ra uning malakasini ko‘rsatadigan boshqa hujjatlar.

21. Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan o‘tkazishga kiritishni rad etish nomzod O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan holda yoki Patent idorasi va unga qarashli tashkilotlarning xodimi bo‘lgan holda, va shuningdek ushbu Qoidalarning 20-bandi a) – v) kichik bandlarida belgilangan hujjatlar mavjud bo‘lmagan holda amalga oshiriladi.

22. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar kelib tushgan sanadan e’tiboran o‘n kunlik muddat ichida nomzodga attestatsiyaga kiritilganligi yoki attestatsiyaga kiritish rad etilganligi haqida yozma bildirishnoma yuboriladi.

3-§. Attestatsiyani o‘tkazish

23. Malaka sinash imtihoni attestatsiyaga kiritilganlik haqidagi bildirishnoma jo‘natilgan sanadan e’tiboran ikki oydan kechiktirilmagan muddat ichida o‘tkaziladi.

24. Nomzodga attestatsiya o‘tkaziladigan kundan oldin o‘n kalendar kunidan kechikmagan muddatda attestatsiyani o‘tkazish joyi, sanasi va vaqti haqida xabar beriladi.

25. Nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti yoki shaxsini tasdiqlaydigan boshqa hujjatni ko‘rsatgan holda imtihon topshiradilar.

26. Nomzod imtihon davomida Patent idorasi tomonidan tasdiqlangan dasturga muvofiq intellektual mulk huquqlarini muhofazalash va himoya qilish sohasida faoliyat olib borish uchun zarur bo‘lgan nazariy bilimlari va tajribasi majudligini ko‘rsatishi lozim. Imtihon topshiriqlari nomzod tomonidan arizada ko‘rsatilgan bo‘lajak faoliyatidagi ixtisosliklarni hisobga olgan holda tuziladi.

27. Malaka berish komissiyasi imtihon oluvchilar qo‘ygan baholar asosida malaka sinash imtihoninig qoniqarli yoki qoniqarsiz natijasi va nomzodni patent vakili sifatida attestatsiyadan o‘tkazish yoki attestatsiyadan o‘tkazishni rad etish haqida qaror chiqaradi.

28. Malaka berish komissiyasining qarori ikki nusxada tuziladi, bittasi attestatsiya ish jildida qoldiriladi, ikkinchisi nomzodga beriladi.

29. Malaka berish komissiyasi tomonidan chiqarilgan attestatsiyadan o‘tkazishni rad etish haqida qaror, shu jumladan malaka sinash imtihoniga kiritishni rad etish haqidagi qarorning ustidan qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran uch oy ichida Apellatsiya komissiyasiga shikoyat berilishi mumkin.

Apellatsiya komissiyasi shikoyat bo‘yicha u kelib tushgan sanadan e’tiboran bir oy ichida qaror qabul qiladi.

4-§. Patent vakilini ro‘yxatdan o‘tkazish

30. Patent vakilini ro‘yxatdan o‘tkazish va uni reyestrga kiritish quyidagi hujjatlar taqdim etilgan holda amalga oshiriladi:

a) attestatsiyadan o‘tkazilganlik haqidagi qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran bir yil ichida berilishi mumkin bo‘lgan va ushbu Qoidalarning 2-ilovasida keltirilgan shakldagi patent vakili sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi ariza;

b) attestatsiyadan o‘tkazilganlik haqidagi qaror nusxasi;

v) ro‘yxatdan o‘tkazish, ro‘yxatdan o‘tkazilganlik haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilish va patent vakili guvohnomasini berish uchun belgilangan to‘lov to‘langani haqidagi to‘lov hujjati.

31. Patent idorasi ariza topshirilgan sanadan e’tiboran bir oy ichida patent vakilini reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazadi, ushbu Qoidalarning 3-ilovasida keltirilgan shakldagi patent vakili ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnoma beradi va Patent idorasining rasmiy axborotnomasida ro‘yxatdan o‘tkazilganlik haqidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi.

Patent idorasi ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi ariza attestatsiyadan o‘tmagan shaxs tomonidan topshirilgan, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan to‘lov to‘lanmagan, va shuningdek Patent vakillari to‘g‘risidagi nizomning 3-5-bandlariga muvofiq patent vakilini ro‘yxatdan o‘tkazishga to‘sqinlik qiladigan holatlar yuzaga kelgan hollarda ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etadi.

32. Reyestrdagi yozuv quyidagi ma’lumotlarni ichiga oladi:

a) guvohnoma raqami sifatida yuritiladigan ro‘yxat raqami;

b) patent vakilining ismi-familiyasi;

v) doimiy yashash joyi;

g) Malaka berish komissiyasi qarorining sanasi va raqami;

d) arizada patent vakili tomonidan ko‘rsatilgan faoliyatdagi ixtisosliklar;

ye) patent vakili yollanib ishlaganligi haqidagi ma’lumotlar;

j) yozishma uchun manzil (O‘zbekiston Respublikasi hududida), va shuningdek agar bo‘lsa, telefon, faks, e-mail raqamlari, yozishma olib boriladigan tillar;

z) patent vakili ro‘yxatdan o‘tkazilgan sana;

i) guvohnoma berilganligi yoki yuborilganligi haqidagi malumotlar.

Reyestrga boshqa ma’lumotlar ham kiritilishi mumkin.

33. Patent vakili sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan yoki reyestrdan chiqarilgan shaxs o‘z faoliyatida «patent vakili» maqomidan foydalanishi mumkin emas.

34. Guvohnoma patent vakiliga shaxsan topshiriladi yoki buyurtmali pochta jo‘natmasi orqali yuboriladi.

5-§. Patent vakillari haqidagi ma’lumotlarni nashr qilish

35. Patent vakilini ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilish reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan taqdirda amalga oshiriladi.

36. Patent idorasi tomonidan rasmiy axborotnomada quyidagi ma’lumotlar e’lon qilinadi:

a) ismi-familiyasi;

b) ro‘yxat raqami;

v) ish joyi, lavozimi;

g) yozishma uchun manzil;

d) arizada patent vakili tomonidan ko‘rsatilgan faoliyat ixtisosligi;

ye) yozishma olib boriladigan tillar.

j) patent vakili yollanib ishlaganligi haqidagi ma’lumotlar.

37. Patent idorasi tomonidan rasmiy axborotnomada, shuningdek patent vakili ro‘yxatdan o‘tkazilishiga oid o‘zgarishlar haqidagi ma’lumotlar, shu jumladan patent vakili faoliyatida aniqlangan qoidabuzarlik holatlarini to‘xtatishga qaratilgan choralar haqidagi qaydlar, patent vakillarini reyestrdan chiqarish haqidagi ma’lumotlar va h. k. e’lon qilinadi. 38. Istalgan shaxs reyestrdagi ma’lumotlar bilan tanishish huquqiga ega.