关于知识产权 知识产权培训 树立尊重知识产权的风尚 知识产权外联 部门知识产权 知识产权和热点议题 特定领域知识产权 专利和技术信息 商标信息 工业品外观设计信息 地理标志信息 植物品种信息(UPOV) 知识产权法律、条约和判决 知识产权资源 知识产权报告 专利保护 商标保护 工业品外观设计保护 地理标志保护 植物品种保护(UPOV) 知识产权争议解决 知识产权局业务解决方案 知识产权服务缴费 谈判与决策 发展合作 创新支持 公私伙伴关系 人工智能工具和服务 组织简介 与产权组织合作 问责制 专利 商标 工业品外观设计 地理标志 版权 商业秘密 WIPO学院 讲习班和研讨会 知识产权执法 WIPO ALERT 宣传 世界知识产权日 WIPO杂志 案例研究和成功故事 知识产权新闻 产权组织奖 企业 高校 土著人民 司法机构 遗传资源、传统知识和传统文化表现形式 经济学 性别平等 全球卫生 气候变化 竞争政策 可持续发展目标 前沿技术 移动应用 体育 旅游 PATENTSCOPE 专利分析 国际专利分类 ARDI - 研究促进创新 ASPI - 专业化专利信息 全球品牌数据库 马德里监视器 Article 6ter Express数据库 尼斯分类 维也纳分类 全球外观设计数据库 国际外观设计公报 Hague Express数据库 洛迦诺分类 Lisbon Express数据库 全球品牌数据库地理标志信息 PLUTO植物品种数据库 GENIE数据库 产权组织管理的条约 WIPO Lex - 知识产权法律、条约和判决 产权组织标准 知识产权统计 WIPO Pearl(术语) 产权组织出版物 国家知识产权概况 产权组织知识中心 产权组织技术趋势 全球创新指数 世界知识产权报告 PCT - 国际专利体系 ePCT 布达佩斯 - 国际微生物保藏体系 马德里 - 国际商标体系 eMadrid 第六条之三(徽章、旗帜、国徽) 海牙 - 国际外观设计体系 eHague 里斯本 - 国际地理标志体系 eLisbon UPOV PRISMA UPOV e-PVP Administration UPOV e-PVP DUS Exchange 调解 仲裁 专家裁决 域名争议 检索和审查集中式接入(CASE) 数字查询服务(DAS) WIPO Pay 产权组织往来账户 产权组织各大会 常设委员会 会议日历 WIPO Webcast 产权组织正式文件 发展议程 技术援助 知识产权培训机构 COVID-19支持 国家知识产权战略 政策和立法咨询 合作枢纽 技术与创新支持中心(TISC) 技术转移 发明人援助计划(IAP) WIPO GREEN 产权组织的PAT-INFORMED 无障碍图书联合会 产权组织服务创作者 WIPO Translate 语音转文字 分类助手 成员国 观察员 总干事 部门活动 驻外办事处 职位空缺 采购 成果和预算 财务报告 监督
Arabic English Spanish French Russian Chinese
法律 条约 判决书 按司法管辖区搜索

乌兹别克斯坦

UZ041

返回

Tovar Kelib Chiqqan Joy Nomini va Tovar Kelib Chiqqan Joy Nomidan Foydalanish Huquqini Berishni Ro‘Yxatdan O‘Tkazishga doir Talabnoma Tuzish, Topshirish va Ko‘Rib Chiqish Qoidalari

 Tovar Kelib Chiqqan Joy Nomini va Tovar Kelib Chiqqan Joy Nomidan Foydalanish Huquqini Berishni Ro‘Yxatdan O‘Tkazishga doir Talabnoma Tuzish, Topshirish va Ko‘Rib Chiqish Qoidalari

O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida Davlat patent idorasi direktorining 2002 yil 1 noyabrda 2002 yil 11 oktabrdagi 1185-son bilan 52-son buyrug‘i bilan «RO‘YXATGA OLINGAN» «TASDIQLANGAN»

TOVAR KELIB CHIQQAN JOY NOMINI VA TOVAR KELIB CHIQQAN JOY NOMIDAN FOYDALANISH HUQUQINI BERISHNI RO‘YXATDAN O‘TKAZISHGA DOIR TALABNOMA TUZISH, TOPSHIRISH VA KO‘RIB CHIQISH QOIDALARI

Ushbu «Tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalari» (bundan keyin – Qoidalar) O‘zbekiston Respublikasi «Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.

Qisqartirishlar ro‘yxati

Qonun – O‘zbekiston Respublikasi «Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida»gi Qonuni.

Patent idorasi – O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi.

talabnoma – Tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va undan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma hamda avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma.

Reyestr – tovar kelib chiqqan joy nomlarining O‘zbekiston Respublikasi Davlat reyestri.

I BOB. Tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va tovar kelib chiqqan joy nomidan

foydalanish huquqini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalari

1-§. Talabnoma

1. Qonunning 5-moddasiga muvofiq tovar kelib chiqqan joy nomi – bu mamlakat, aholi punkti, joy yoki boshqa jo‘g‘rofiy obyektning (bundan keyin – jo‘g‘rofiy obyekt) tovarni belgilash uchun ishlatiladigan nomi bo‘lib, uning alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur jo‘g‘rofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadi.

2. Tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida ro‘yxatga olinadigan belgi bo‘lib jo‘g‘rofiy obyektning zamonaviy nomi, ushbu obyektning tarixiy nomi yoki ulardan kelib chiqqan nom bo‘lishi mumkin.

Tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida ro‘yxatga olinadigan belgi qo‘shimcha ravishda tovarning ko‘rinishi (turi) belgisiga ko‘rsatmani ichiga olishi mumkin.

3. Qonunning 5-moddasiga muvofiq ushbu qoidalarning 1- va 2-bandlarida qayd etilgan belgilar, basharti ular alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur jo‘g‘rofiy obyektga xos tabiiy

sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovarni belgilash uchun ishlatilsa, tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin.

4. Qonunning 11-moddasiga muvofiq tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida quyidagi belgilar ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin emas:

a) tovar ishlab chiqarilayotgan joyga nisbatan iste’molchini chalg‘itadigan jo‘g‘rofiy nomlarni ifodalovchi belgilar;

b) tovar ishlab chiqariladigan haqiqiy joyni rasman ko‘rsatadigan, ammo tovar boshqa hududdan kelib chiqqanligi to‘g‘risidagi noto‘g‘ri tasavvurni beradigan belgilar; v) tovar tayyorlangan joy nomi bilan bog‘liq bo‘lmagan jo‘g‘rofiy nomlarni ichiga oladigan va O‘zbekiston Respublikasida ma’lum turdagi tovar belgisi sifatida umumiy iste’molga kirgan belgilar. 5. Qonunning 5-moddasi birinchi qismiga muvofiq quyidagi talabnomalar bir-biridan farqlanadi: a) tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va undan foydalanish huquqini berishga talabnoma; b) ro‘yxatdan o‘tkazib bo‘lingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishga talabnoma; 6. Qonunning 9-moddasi birinchi qismiga muvofiq talabnoma bitta tovar kelib chiqqan joy nomiga oid bo‘lishi lozim.

7. Qonunning 5-moddasi ikkinchi qismi 2-, 3-, 5-xat boshisiga muvofiq talabnoma quyidagilarni ichiga olishi lozim:

a) talabnoma beruvchini (talabnoma beruvchilarni), uning (ularning) joylashgan joyini yoki turar joyini ko‘rsatgan holda tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va undan foydalanish huquqini berish haqidagi ariza yoki ro‘yxatdan o‘tkazib bo‘lingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish haqida ariza (bundan keyin ariza);

b) talabnomada ifodalangan belgi;

v) belgilanishi uchun tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va undan foydalanish huquqini berish yoki ro‘yxatdan o‘tkazib bo‘lingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish so‘ralayotgan tovarning turi;

g) tovar ishlab chiqarilayotgan joyni ko‘rsatish (jo‘g‘rofiy obyektning chegaralari);

d) tovarning alohida xususiyatlarini ta’riflash.

8. Qonunning 9-moddasi uchinchi qismiga muvofiq talabnomaga quyidagilar ilova qilinishi lozim:

a) talabnomani topshirish uchun patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;

b) vakolatli idoraning ko‘rsatilgan jo‘g‘rofiy obyektda talabnoma beruvchining joylashganligi va alohida xususiyatlari mazkur jo‘g‘rofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovarni uning tomonidan ishlab chiqarilayotganligi haqidagi xulosasi;

v) xorijiy talabnoma beruvchi tomonidan topshiriladigan talabnomaga ushbu bandning (b) bandchasida ko‘rsatilgan hujjat o‘rniga talabnoma beruvchining tovar kelib chiqqan mamlakatdagi talabnoma berilgan tovar kelib chiqqan joy nomiga bo‘lgan huquqini tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi.

2-§. Talabnomaning tarkibi

9. Tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va undan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma ushbu Qoidalarga keltirilgan 1-ilovadagi shaklda topshiriladi.

10. Avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish haqidagi talabnoma ushbu Qoidalarga keltirilgan 2-ilovadagi shaklda topshiriladi.

«Talabnoma» so‘zidan yuqorida joylashgan grafalar, talabnoma O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasiga (bundan keyin – Patent idorasi) kelib tushgandan keyin rekvizitlarni qo‘yish uchun mo‘ljallangan va talabnoma beruvchi tomonidan to‘ldirilmaydi.

Agar ba’zi ma’lumotlarni tegishli grafalarda to‘liq joylashtirish mumkin bo‘lmasa, ularni o‘sha shakl bo‘yicha qo‘shimcha varaqda keltiriladi, talabnomaning tegishli grafasida: «davomini qo‘shimcha varaqda qarang» deb ko‘rsatiladi.

11. «Talabnoma beruvchi» grafasida talabnoma beruvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltiriladi: huquqiy shaxsning to‘liq rasmiy nomi, jismoniy shaxsning familiyasi, ismi (va otasining ismi agar u mavjud bo‘lsa), bunda familiya ismdan avval ko‘rsatiladi. Talabnoma beruvchining nomi o‘zbek va rus tillarida ko‘rsatiladi.

«Talabnoma beruvchining pochta manzili» grafasida talabnoma beruvchining mamlakat rasmiy nomini o‘z ichiga olgan to‘liq manzilgohi, shuningdek telefon, faks raqamlari va Internetdagi elektron pochta adresi (agar ular mavjud bo‘lsa) ko‘rsatiladi.

12. Nomlariga guvohnoma so‘ralayotgan O‘zbekiston Respublikasi korxonalari, tashkilotlari uchun, agar u belgilangan bo‘lsa, KTUT kodi ko‘rsatiladi. Agar KTUT kodi belgilangan bo‘lmasa, tegishli joyda «belgilanmagan» deb ko‘rsatiladi.

13. Nomlariga tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va/yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma berilishi so‘ralayotgan O‘zbekiston Respublikasining hududidan tashqarida yashaydigan xorijiy huquqiy yoki jismoniy shaxslari uchun Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) ning ST.3 standarti bo‘yicha mamlakat kodi ko‘rsatiladi (agar u belgilangan bo‘lsa).

14. «Yozishmalar olib borish uchun manzil» grafasida yozishmalar olib borish uchun manzil, xat oluvchining ismi yoki nomi keltiriladi hamda telefon, faks raqamlari va Internetdagi elektron pochta manzili (agar ular mavjud bo‘lsa) ko‘rsatiladi.

Yozishmalar olib borish uchun manzil sifatida, talabnoma beruvchi – huquqiy shaxsning O‘zbekiston Respublikasida joylashgan joyi yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan talabnoma beruvchi - jismoniy shaxsning manzili, yoxud Patent idorasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan patent vakilining manzili yoxud O‘zbekiston Respublikasi hududidagi boshqa manzil ko‘rsatilishi mumkin.

15. «Patent vakili» grafasi faqat talabnoma beruvchi tomonidan patent vakili tayinlangan holda to‘ldiriladi, u to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlar: familiyasi, ismi (otasining ismi, agar u mavjud bo‘lsa), Patent idorasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan raqami.

«Patent vakilining manzili» grafasida patent vakilining pochta indeksini ko‘rsatgan holda manzili, telefon, faks raqamlari va Internetdagi elektron pochta manzili (agar ular mavjud bo‘lsa) keltiriladi.

16. «Talabnomada ko‘rsatilgan belgi» grafasida talabnoma ko‘rsatilgan belgi odatdagi shriftda yozilgan holda keltiriladi.

17. «Tovar turi yoki aniq tovar» grafasida Qonunning 9-moddasi ikkinchi qismi beshinchi xatboshiga muvofiq tovar kelib chiqqan joy nomi mo‘ljallangan tovar (tovarlar) ko‘rsatilishi lozim. Bunda alohida xususiyatlari jo‘g‘rofiy obyektning (tamomila yoki asosan) tabiiy sharoitlariga va/yoki boshqa omillariga binoan erishilgan faqat haqiqatdan ham chiqarilayotgan tovarlar ko‘rsatilishi lozim.

18. Qonunning 9-moddasi ikkinchi qismi beshinchi xatboshiga muvofiq taqdim etilayotgan ta’rifda belgi ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan tovarning ushbu tovarni xuddi shunday tovarlardan farqlaydigan alohida xususiyatlari ro‘yxati keltiriladi. Ta’rifdan tovarning alohida xususiyatlari ushbu jo‘g‘rofiy obyekt uchun xos bo‘lgan tabiiy sharoitlari va/yoki boshqa omillariga albatta bog‘liq ekanligi kelib chiqishi lozim.

Tovarning xususiyatlari umum qabul qilingan maxsus terminologiyaga (tovarshunoslik, texnik va boshqalar) muvofiq aniq va ravshan ta’riflanishi lozim.

Ta’rif axborot ko‘rinishida bo‘lishi, xususan ushbu jo‘g‘rofiy obyektda xom ashyoning, tegishli iqlim, geologik yoki boshqa tabiiy sharoitlarning, tovarni an’anaviy usulda tayyorlay oladigan odamlar(jamoa)ning va boshqalarning mavjudligini ko‘rsatishi lozim.

19. Ma’danli suvning alohida xususiyatlarini ta’riflashda tovarning o‘ziga xosligini hisobga olgan holda vakolatli idoraning xulosasida quyidagilarni tasdiqlovchi ma’lumotlar mavjud bo‘lishi lozim:

a) organoleptik xususiyatlar: ta’mi, rangi, hidi (yoki ularning mavjud emasligi); b) ion tarkibining qisqacha tavsifi («dan» «gacha» oralig‘ida berilishi lozim); v) ma’danlashganligi; g) gaz tarkibi, mikroelementlar, radioaktiv elementlar, organik moddalar, faol reaksiya tavsifi va

oksidlanish-qaytarilish potensiali; d) balneologik xususiyatlari. 20. Talabnomada tovar ishlab chiqarilayotgan joy ko‘rsatilishi lozim. Tovar ishlab chiqarilayotgan

joy jo‘g‘rofiy obyektning chegaralarini ko‘rsatish yo‘li bilan ta’riflanishi mumkin. Jo‘g‘rofiy obyektning chegaralari koordinatalar yordamida, joyning – daryolar, tog‘lar, ko‘llarning tabiiy chegaralari, ma’muriy chegaralar; ko‘p yillik inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqalar yordamida ta’riflanishi mumkin.

21. «Ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati» grafasi, tegishli kataklarda «X» belgisini qo‘yib chiqish va ilova qilinadigan hujjatlarning har bir namunasida nusxalar va varaqlar sonini ko‘rsatish yo‘li bilan to‘ldiriladi. Turi talabnomaning shaklida ko‘zda tutilmagan, («boshqa hujjat») ilova qilinadigan hujjatlar uchun ularning vazifalari aniq ko‘rsatiladi.

22. Qonunning 9-moddasi uchinchi qismi to‘rtinchi xatboshiga muvofiq talabnomaga ilova qilinadigan vakolatli idoraning (vakolatli idoralarning) xulosasi (xulosalari) talabnoma beruvchining ko‘rsatilgan jo‘g‘rofiy obyektda joylashganligini va alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur jo‘g‘rofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omil­ larning birikmasi bilan belgilanadigan tovar ishlab chiqarayotganligini tasdiqlashi lozim.

Xulosa o‘z saviyasi va ixtisoslashuviga ko‘ra tovarga nisbatan malakali bayonot bera oladigan hamda uning tayyorlovchisi nomi tovarni belgilashda qo‘llaniladigan jo‘g‘rofiy obyektning chegaralarida joylashganligini tasdiqlaydigan idora tomonidan taqdim etilishi lozim.

Xususan, shunday idora bo‘lib vazirlik, Fanlar Akademiyasi, ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot instituti, muzey va boshqalar bo‘lishi va bunda zarur hollarda saviyali mutaxassislarni jalb qilinishi mumkin. Xulosa (xulosalar), agar u Qonun talab qiladigan barcha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan bo‘lsa, bitta vakolatli idora tomonidan yoki bir nechta idoralar tomonidan taqdim etilishi mumkin (talabnoma beruvchining joylashgan joyi va tovar ishlab chiqarish chegaralari haqidagi mahalliy hokimiyat idorasining xulosasi hamda tovarning alohida xususiyatlari haqidagi boshqa vakolatli idoraning xulosasi).

23. Qonunning 9-moddasi uchinchi qismi beshinchi xatboshiga muvofiq xorijiy talabnoma beruvchining tovar kelib chiqqan mamlakatda talabnoma berilgan tovar kelib chiqqan joy nomiga bo‘lgan huquqini tasdiqlaydigan hujjat sifatida tovar kelib chiqqan mamlakatning vakolatli idorasi tomonidan berilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqiga guvohnoma yoki sertifikat ushbu Qoidalarning 25-bandi shartlariga amal qilingani holda taqdim qilinishi mumkin.

24. Talabnomaning oxirgi «Imzo» grafasini imzo qo‘yilgan sanasi ko‘rsatilgan holda to‘ldirish barcha hollarda majburiydir.

Talabnoma talabnoma beruvchi tomonidan imzolanadi. Huquqiy shaxs nomidan tashkilot rahbari tomonidan uning lavozimi ko‘rsatilgan holda imzolanadi. Imzo muhr bilan tasdiqlanadi.

Talabnoma patent vakili orqali berilganda, talabnoma patent vakili tomonidan imzolanadi. Imzo imzolovchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismini bosh harflari ko‘rsatilgan holda

izohlanadi. Talabnomada qo‘shimcha varaqlar mavjud bo‘lsa, ular ham huddi shu tartibda imzolanadi.

3-§. Hujjatlarni taqdim etish

25. Talabnomada ifodalangan belgini ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi ariza o‘zbek yoki rus tillarida taqdim etiladi.

Agar talabnoma hujjatlari boshqa tilda taqdim etilgan bo‘lsa, talabnomaga ularning o‘zbek yoki rus tillaridagi tarjimasi ilova qilinadi hamda u tarjima qilgan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi. Boshqa tillarda taqdim etilgan hujjatlar, agar ularning tarjimasi boshqa tilda hujjatlarning kelish sanasidan ikki oy davomida kelgan bo‘lsa, ularning Patent idorasiga kelgan sanasidan taqdim etilgan deb hisoblanadi. Aks holda hujjatlar ularning tarjimasi kelgan sanasida taqdim etilgan deb hisoblanadi.

26. Talabnoma ikki nusxada taqdim etiladi. Talabnomaga ilova qilinadigan hujjatlar bir nusxada taqdim etiladi.

27. Barcha hujjatlar shu tarzda rasmiylashtirilishi lozimki, zarur bo‘lgan hollarda ulardan istalgan miqdorda nusxa olishning iloji bo‘lsin.

Har bir varaqdan faqat bir tomonidan, qatorlarni varaqning kichik tomoniga parallel joylashtirilgan holda foydalaniladi.

28. Talabnomaning hujjatlari pishiq, oq, silliq, yaltiramaydigan qog‘ozda bajariladi. 29. Talabnomaning har bir hujjati alohida varaqdan boshlanadi. Varaqlar, hoshiyalarining

o‘lchami (mm):

yuqorisi - 20;

o‘ng va pastdagi - 20;

chapdagi – 25,

bo‘lgan 210 x 297 mm formatga ega.

30. Talabnomaning har bir hujjatida ikkinchi va undan keyingi varaqlar arab raqamlari bilan raqamlab chiqiladi.

31. Hujjatlar qora rangli shriftlarda bosib chiqariladi. Matn 1,5 interval bilan, bosh harflarining balandligi 2,1 mm dan kam bo‘lmagan holda bosmadan chiqariladi.

4-§. Talabnomani topshirish

32. Qonunning 6-moddasi 2-4-qismlari muvofiq tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va undan foydalanish huquqini berish uchun va/yoki ro‘yxatdan o‘tkazib bo‘lingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun nomi tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida ishlatiladigan jo‘g‘rofiy obyektda joylashgan huquqiy shaxslar va jismoniy shaxslar, agar ular tomonidan chiqarilayotgan tovar Qonunning 5-moddasi tomonidan o‘rnatilgan talablarga javob bersa, talabnoma topshirish huquqiga egadir (matnda bundan keyin talabnoma beruvchi).

Qonunning 8-moddasi birinchi qismiga muvofiq talabnoma huquqiy va jismoniy shaxs tomonidan topshirilishi mumkin.

33. Talabnoma Patent idorasiga bevosita topshiriladi yoki pochta orqali yuboriladi. 34. Talabnomani talabnoma beruvchi tomonidan yoki Patent idorasida ro‘yxatdan o‘tgan patent

vakili orqali topshirilishi mumkin. Chet el huquqiy shaxslari yoki O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy

yashaydigan jismoniy shaxslar yoki ularning patent vakillari tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va undan foydalanish huquqini berish yoki ro‘yxatdan o‘tkazib bo‘lingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish bilan bog‘liq ishlarni faqat Patent idorasida ro‘yxatdan o‘tgan patent vakili orqali olib boradilar.

Patent vakili orqali topshirilayotgan talabnomaga talabnoma beruvchi tomonidan berilgan va uning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnoma yoxud kerakli tarzda rasmiylashtirilgan ishonch qog‘ozining nusxasi ilova qilinadi.

Patent idorasi oldida vakillik qilish uchun O‘zbekiston Respublikasida rasmiylashtiriladigan ishonch qog‘ozi oddiy yozma ravishda tuziladi va notarial tasdiqlanishni talab qilmaydi. Ishonchnoma talabnoma bilan bir vaqtda yoki talabnoma kelgan sanasidan boshlab ikki oydan kech bo‘lmagan muddatda taqdim etiladi.

Patent idorasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan patent vakiliga O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida yashaydigan jismoniy shaxsning yoki xorijiy huquqiy shaxsning manfaatlarini namoyon etishga vakillik qilish uchun ishonchnoma ushbu shaxs tomonidan hamda talabnoma beruvchi tomonidan berilgan tegishli ishonchnomaga yoxud ishonchnomaning talab qilingan holda rasmiylashtirilgan nusxasiga ega bo‘lgan uning patent vakili tomonidan berilishi mumkin.

Agar ishonchnoma Patent idorasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bir nechta patent vakillari yoki boshqa shaxslar nomiga berilgan bo‘lsa, u holda talabnoma bo‘yicha tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishga oid ishlar ularning istalgani tomonidan olib boriladi.

Patent vakilining istalgan barcha harakatlari talabnoma beruvchining harakatlari sifatida baholanadi.

II-BOB. Tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va undan

foydalanish huquqi uchun talabnoma bo‘yicha ishlarni olib borish

5-§. Vakil tayinlash

35. Talabnoma topshirilgandan keyin tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha ishlarni olib borish va talabnomani ko‘rib chiqish davomida o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun talabnoma beruvchi ishonchnoma bergan holda vakil tayinlash mumkin.

Milliy va/yoki xorjiy huquqiy va/yoki jismoniy shaxsning yoki O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashaydigan jismoniy shaxsning vakili bo‘lib Patent idorasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan patent vakili bo‘lishi mumkin.

36. Vakilning ishonchnomasi talabnomani topshirish vaqtida yoki ish yuritish davomida taqdim etilishi mumkin. Ishonchnoma talabnoma materiallariga qo‘shib qo‘yiladi.

37. Ishonchnoma topshirilgunga qadar vakilning olib borgan harakatlari xaqiqiy emas deb hisoblanadi va ekspertiza tomonidan inobatga olinmaydi. Vakilning unga taqdim etilgan vakolatlari doirasidagi har bir harakati yoki Patent idorasining unga nisbatan har bir harakati talabnoma beruvchining harakati yoki talabnoma beruvchiga nisbatan harakat kabi oqibatlarga olib keladi.

38. Vakillik ishonchnomada ko‘rsatilgan vakolatlar yoki ularning amal qilish muddati tugagunga qadar amal qiladi. Ishochnomada ko‘rsatilgan vakolatlarni muddatidan avval to‘xtatish talabnoma beruvchi yoki uning huquqiy vorisi tomonidan Patent idorasiga tegishli ariza (ishonchnomani chaqirib olish) berish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin.

6-§. Patent idorasi bilan yozishmalar olib borish

39. Yozishmalar talabnoma beruvchi yoki uning shu ishga tayinlangan vakili tomonidan har bir talabnoma uchun alohida olib boriladi.

Talabnoma topshirilgandan keyin yuboriladigan materialda talabnoma raqami ko‘rsatilishi va talabnoma beruvchi yoki uning vakilining imzosi bo‘lishi shart.

Talabnoma raqami ko‘rsatilgan materiallar, agar talabnoma raqami aniqlanmasa, ko‘rib chiqilmasdan qaytarib yuboriladi.

40. Patent idorasi bilan yozishmalar o‘zbek yoki rus tillarida olib boriladi. Talabnoma beruvchi tomonidan boshqa tilda berilgan materiallarga ularning o‘zbek yoki rus tillaridagi tarjimasi tarjimani amalga oshirgan shaxsning imzosi bilan tasdiqlangan holda ilova qilinadi.

7-§. Muddatlar

41. Yillarda ifodalangan istalgan muddat tegishli keyingi keladigan yilda, xuddi shu nomli oyda va muddatni hisoblash boshlanadigan voqea sodir bo‘lgan oy va kun raqami nechanchi bo‘lsa, o‘sha kunda tugaydi; ammo agar tegishli oy o‘sha raqamli kunga ega bo‘lmasa, muddat ushbu oyning oxirgi kuni tugaydi.

42. Oylarda ifodalangan istalgan muddat tegishli keyingi keladigan oyda va muddatni hisoblash boshlanadigan voqea sodir bo‘lgan kun raqami nechanchi bo‘lsa, o‘sha kunda tugaydi; ammo agar tegishli oy o‘sha raqamli kunga ega bo‘lmasa, muddat ushbu oyning oxirgi kuni tugaydi.

43. Kunlarda ifodalangan muddat ko‘rsatilgan voqea ro‘y bergan kundan keyingi kundan hisoblanib so‘nggi kunning oxirida tugaydi.

44. Agar xat yoki patent boji Patent idorasiga kelib tushishi lozim bo‘lgan muddatning oxirgi kuni Patent idorasining dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, ushbu muddat bunday ko‘rsatilgan holatlarning birontasi mavjud bo‘lmagan keyingi ish kunigacha uzaytiriladi.

8-§. Talabnoma hujjatlariga qo‘shimchalar, aniqliklar va tuzatishlar kiritish

45. Qonunning 13-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq talabnoma beruvchi o‘z tashabbusiga ko‘ra talabnoma materialiga talabnoma ekspertizasini o‘tkazish davrida qaror qabul qilingunga qadar qo‘shimchalar, aniqliklar va tuzatishlar kiritishi mumkin.

Talabnoma materiallarini tuzatish, aniqlik va qo‘shimchalar kiritish talabnoma beruvchi tomonidan tegishli yozma ariza topshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Arizalarning shakli ushbu Qoidalarning 3-, 4-ilovalarida keltirilgan.

Ariza Patent idorasiga kelib tushganligi va uni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.

Arizaga talabnoma materiallariga o‘zgartirishlar kiritishi uchun patent boji to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat ilova qilinadi. Patent boji to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat ilova qilinmasa yoki to‘langan patent bojining miqdori belgilangan miqdordan kam bo‘lsa, qo‘shimcha materiallar ko‘rib chiqishga qabul qilinmaydi va bu haqda talabnoma beruvchiga xabar beriladi.

Talabnoma beruvchi – huquqiy shaxs nomlanishi yoki talabnoma beruvchi –jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgarganda, ushbu o‘zgartirishni tasdiqlaydigan hujjat taqdim etiladi.

Talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan qo‘shimcha materiallar mazkur Qoidalarning 94­ 97-bandlariga muvofiq ko‘rib chiqiladi.

9-§. Talabnoma materiallari bilan tanishish

46. Talabnoma beruvchi (uning vakili) topshirilgan talabnoma va unga oid hujjatlar bilan oldindan kuni va soatini kelishib bevosita Patent idorasida yoki talabnoma hujjatlarining yoxud ularning biror qismining nusxasini so‘rash yo‘li bilan tanishish mumkin. So‘ralgan hujjatlarning nusxalari tarif bo‘yicha xizmatlarga tegishli haq to‘langan taqdirda talabnoma beruvchiga yuboriladi.

47. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tergov zaruriyati bilan bog‘liq hollardagina talabnoma materiallari bilan bepul tanishadilar.

10-§. Talabnomani ko‘rib chiqish jarayonida ekspertiza tomonidan ko‘rsatilgan materiallar bilan tanishish

48. Talabnoma beruvchi ekspertiza qarorida ko‘rsatilgan materiallar bilan tanishish huquqiga ega.

49. So‘ralgan hujjatlarning nusxalari tarif bo‘yicha xizmatlarga tegishli haq to‘langan taqdirda talabnoma beruvchiga yuboriladi.

11-§. Talabnomani talabnoma beruvchining ishtirokida ko‘rib chiqish

50. Talabnoma bilan bog‘liq savollarni talabnoma beruvchi (uning vakili) ishtirokida ko‘rib chiqish odatda, ekspertiza talabnoma berilgan belgi, u bilan belgilanishi mo‘ljallangan tovar, tovarning alohida xususiyatlari, ularni jo‘g‘rofiy obyektning tabiiy sharoitlari yoki boshqa omillari yoxud bir vaqtning o‘zida tabiiy sharoitlari va boshqa omillar bo‘yicha qo‘shimcha tushuntirishlar olish zaruriyati paydo bo‘lgan holda va talabnoma berilgan belgining muhofaza qilishga yaroqliligi, tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va undan foydalanish huquqini berish imkoni masalalari bo‘yicha ekspertizaning va talabnoma beruvchining pozitsiyasini aniqlash uchun o‘tkaziladi.

Ekspert muhokamasi ikkala tomon shu savollar bilan tanishib chiqqandan so‘ng Patent idorasining taklifiga yoki talabnoma beruvchining iltimosiga ko‘ra o‘tkazilishi mumkin. Ekspertizaning savollari ekspert muhokamasini o‘tkazish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida bildirilgan so‘rovnomasida, talabnoma beruvchining savollari esa uni o‘tkazish haqidagi iltimosnomasida bayon qilinishi mumkin.

So‘rovnoma yuborilgan holda talabnoma beruvchi talabnomani ko‘rib chiqishda qatnashish niyatidan qa’iy nazar so‘rovnomaga Qonunda belgilangan muddatda javob berishi lozim.

51. Ekspert muhokamasini o‘tkazish sanasi va vaqti oldindan kelishib olinadi. Agar biror tomon muhokamada belgilangan vaqtda qatnasha olmasa, darhol ikkinchi tomonni xabardor qiladi. Patent idorasi yoki talabnoma beruvchi agar talabnomani birga ko‘rib chiqishga vaqtli yoki maqsadga muvofiq emas deb hisoblasa, Patent idorasining taklifi yoki talabnoma beruvchining iltimosi rad etilishi mumkin.

Ushbu qoidalarning 34-38-bandlaridagi shartlar bajarilgan holda ekspert muhokamasida talabnoma beruvchining vakili qatnashishi mumkin.

12-§. So‘ralgan materiallarni taqdim etish muddatini uzaytirish

52. Davlat ekspertizasining so‘rovnomasi bo‘yicha qo‘shimcha materiallar talabnoma beruvchiga so‘rovnoma yuborilgan sanadan boshlab uch oy davomida taqdim etilishi lozim.

Qonunning 13-moddasi to‘rtinchi qismiga muvofiq talabnoma beruvchining yozma iltimosiga ko‘ra so‘ralgan materiallarni taqdim etish muddati uzaytirilishi mumkin.

Iltimos bilan birgalikda muddatni uzaytirish uchun belgilangan miqdorda boj to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat topshiriladi.

53. Muddatni uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma talabnoma beruvchiga so‘rovnoma yuborilgan sanadan uch oy o‘tmagan muddatda topshiriladi.

54. Talabnoma beruvchiga so‘ralgan materiallarni taqdim etish muddati uzaytirilganligi to‘g‘risida bildirishnoma yuboriladi.

55. Agar iltimosnoma belgilangan muddat o‘tgandan so‘ng berilgan bo‘lsa, patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan bo‘lsa yoki to‘langan boj summasi belgilangan miqdorga to‘g‘ri kelmasi so‘ralgan materiallarni taqdim etish muddati uzaytirilmaydi. Bu holda talabnoma beruvchiga uning iltimosini rad etilganligi haqida bildirishnoma yuboriladi.

13-§. O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash

56. Qonunning 13-moddasi beshinchi qismiga muvofiq talabnoma beruvchi tomonidan o‘tkazib yuborilgan quyidagi muddatlar tiklanishi mumkin:

a) ekspertiza so‘rovnomasi bo‘yicha qo‘shimcha materiallarni taqdim etish muddati;

b) davlat ekspertizasining so‘rovnomasiga javob berishni taqdim etish muddati;

57. O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risidagi rasmiy iltimosnoma talabnoma beruvchi tomonidan muddat o‘tib ketgan kundan boshlab ikki oy ichida muddatni o‘tkazishning uzrli sabablarini tasdiqlagan holda topshiriladi.

58. Rasmiy iltimosnoma bilan birgalikda tegishli patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat belgilangan tartibda taqdim etiladi.

59. O‘tkazib yuborilgan muddat tiklanganligi to‘g‘risida talabnoma beruvchiga bildirishnoma yuboriladi.

60. 57- va 58-bandlarda ko‘rsatilgan talablarning hattoki bittasi bajarilmagan holda rasmiy iltimosnoma qondirilmaydi va bu haqda talabnoma beruvchiga bildirishnoma yuboriladi.

14-§. Talabnoma beruvchi tomonidan talabnomani chaqirib olish

61. Qonunning 17-moddasiga muvofiq talabnoma beruvchi talabnomani chaqirib olish huquqiga ega.

Talabnomani chaqirib olish to‘g‘risidagi ariza, talabnomani ko‘rib chiqishning istalgan bosqichida, lekin tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish sanasiga qadar topshirilishi mumkin.

Talabnoma beruvchiga chaqirib olish to‘g‘risidagi ariza qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan sanadan boshlab talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.

62. Chaqirib olingan talabnoma bo‘yicha huquqiy ahamiyatga molik amallar amalga oshirilmaydi (bunday talabnoma ekspertizasi o‘tkazilmaydi, tovar kelib chiqqan joy nomi ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi va/yoki undan foydalanish huquqi taqdim etilmaydi). Boshqa talabnomalarning ekspertizasini o‘tkazishda chaqirib olingan talabnoma e’tiborga olinmaydi.

III-BOB. Talabnomani ko‘rib chiqish

15-§. Kelib tushgan talabnomani ro‘yxatga olish

63. Agar Patent idorasiga kelib tushgan talabnoma eng kamida o‘zbek yoki rus tilida tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazishga va undan foydalanish huquqini berishga ariza yoki ro‘yxatdan o‘tkazib bo‘lingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishga ariza hamda talabnomani topshirish va davlat ekspertizasini o‘tkazish uchun patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat bo‘lsa, talabnoma kelib tushish sanasi ko‘rsatilgan holda ro‘yxatga olinadi.

O‘zbek yoki rus tilidan boshqa tilda topshirilgan talabnoma ro‘yxatga olinmaydi va topshirgan shaxsga qaytarib yuboriladi.

64. Talabnomaga Patent idorasining uchta harfli va sakkiz xonali raqamli koddan iborat bo‘lgan qayd raqami beriladi. Ushbu raqamdagi birinchi harf (J) sanoat mulki obyekti turi – tovar kelib chiqqan

joy nomini va undan foydalanish huquqini berish yoki ro‘yxatdan o‘tkazib bo‘lingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish, keyingi ikkki harf (GU) muhofaza hujjati turi – tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va undan foydalanish huquqini berish haqidagi guvohnomani yoki avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish haqidagi guvohnomani bildiradi, talabnoma raqamidagi sonlar esa talabnoma topshirilgan yilni (katta razraddagi 4 ta son) va shu yildagi har yili birdan boshlanadigan tartib raqamini bildiradi (kichik razradli 4 ta son).

65. Ro‘yxatga olingan talabnoma qaytarilmaydi.

66. Patent idorasiga kelib tushgandan boshlab chop etilgunga qadar talabnoma to‘g‘risidagi ma’lumotlar maxfiy hisoblanadi va oshkor qilinishi mumkin emas.

16-§. Rasmiy ekspertiza

67. Qonunning 14-moddasi birinchi qismiga muvofiq rasmiy ekspertizaning o‘tkazilish muddati talabnoma Patent idorasiga kelib tushgan sanadan boshlab 30 kunni tashkil qiladi.

Talabnoma beruvchiga so‘rovnoma yuborilgan holda bu muddat mos ravishda uzaytiriladi.

68. Qonunning 14-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq rasmiy espertizani o‘tkazish mombaynida talabnoma materiallari tarkibi, zarur hujjatlar mavjudligi va ularning belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi. Ushbu tekshirish natijalari bo‘yicha talabnomani ko‘rib chiqishga qabul qilinganligi yoki qabul qilinmaganligi haqidagi qarori qabul qilinadi.

69. Rasmiy ekspertiza o‘tkazishda materiallar ichida quyidagi hujjatlar mavjudligi va ularning belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi:

a) tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va undan foydalanish huquqini berishga ariza yoki ro‘yxatdan o‘tkazib bo‘lingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishga ariza;

b) talabnoma beruvchi(lar)ning nomi yoki nomlanishi, u(lar)ning manzilini ko‘rsatilganligi;

v) patent vakilining ismi-sharifi, agar mavjud bo‘lsa;

g) talabnomada ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan belgi;

d) belgilanishi uchun tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va undan foydalanish huquqini berish yoki ro‘yxatdan o‘tkazib bo‘lingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish so‘ralayotgan tovarning turi, bunda tovar ishlab chiqarilayotgan joy (jo‘g‘rofiy obyektning chegaralari) ko‘rsatiladi;

ye) tovarning alohida xususiyatlari ta’rifi;

j) talabnomani topshirish va talabnoma berilgan belgini ekspertizasi uchun patent boji to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat.

z) patent vakiliga berilgan ishonchnoma;

i) talabnoma beruvchining ko‘rsatilgan jo‘g‘rofiy obyektda joylashganligini va alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur jo‘g‘rofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovar ishlab chiqarayotganligi haqidagi vakolatli idoraning (vakolatli idoralarning) xulosasi (xulosalari);

k) xorijiy talabnoma beruvchining tovar kelib chiqqan mamlakatda uning tomonidan talabnoma berilgan tovar kelib chiqqan joy nomiga bo‘lgan huquqini tasdiqlaydigan hujjat;

l) boshqa tilda topshirilgan materiallarning talabnomaga ilova qilingan o‘zbek yoki rus tilidagi tarjimasi.

70. Rasmiy ekspertizani o‘tkazishda 69-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlar va hujjatlarning mavjudligi va ushbu bandning a), b), g), d), ye) bandchalarida sanab o‘tilgan hujjatlarning ushbu Qoidalarda o‘rnatilgan talablarga muvofiqligi tekshiriladi.

71. Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishga talabnomani topshirish sanasi ushbu Qoidalarning 69-bandining a), b), g), d), ye) bandchalarida sanab o‘tilgan hujjatlar va ma’lumotlar talabnoma bilan birga topshirilgan bo‘lsa yoki ulardan eng oxirgisi kelib tushgan sanadan belgilanadi.

72. Boshqa tilda topshirilgan talabnomaning o‘zbek yoki rus tilidagi tarjimasi (ushbu Qoidalarning 69-bandi «l» bandchasi) taqdim etilmaguncha hujjatlar topshirilmagan deb hisoblanadi.

73. Agar rasmiy ekspertiza o‘tkazish jarayonida talabnoma xujjatlari ushbu Qoidalarda belgilangan talablarga rioya qilinmagan holda rasmiylashtirilganligi aniqlansa, talabnoma beruvchiga Qonunning 13-moddasi uchinchi qismiga muvofiq so‘rovnoma yuboriladi, so‘rovnomada aniqlangan kamchiliklarni ko‘rsatilgan va ushbu so‘rovnoma jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida yetishmagan yoki tuzatilgan ma’lumotlar yoki hujjatlarni taqdim etish taklif qilinadi.

74. Agar talabnoma beruvchi taqdim etgan javobda so‘ralgan barcha ma’lumotlar va/yoki hujjatlar bo‘lmasa yana qayta so‘rovnoma yuboriladi.

Rasmiy ekspertiza so‘roviga javob olinmasa, javob berish uchun belgilangan muddat buzilgan bo‘lsa va bu muddat ichida uni uzaytirish haqida iltimosnoma yuborilmasa, talabnoma beruvchiga talabnoma ko‘rib chiqishga qabul qilinishi rad etilishi to‘g‘risida qaror yuboriladi.

75. Talabnoma materiallari belgilangan talablarga muvofiq bo‘lgan, shuningdek so‘ralgan ma’lumotlar talabnoma beruvchi tomonidan o‘z vaqtida taqdim etilgan holda talabnoma topshirilgan sana belgilanadi va talabnoma ko‘rib chiqishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi qaror talabnoma beruvchiga yuboriladi.

Talabnomani ko‘rib chiqishga qabul qilinganligi haqidagi qarorda talabnoma beruvchi Qonun va ushbu Qoidalarda ko‘zda tutilgan boshqa ma’lumotlar va/yoki hujjatlarni taqdim etish zarurligi haqida bildirilishi mumkin.

76. Agar rasmiy ekspertizaning so‘rovnomasiga talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan javobda so‘ralgan ma’lumotlar va/yoki hujjatlar bo‘lmasa, talabnomani ko‘rib chiqishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi qaror chiqariladi.

77. Talabnomani ko‘rib chiqishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi qarorda bunday qaror chiqarish uchun asoslar ko‘rsatiladi.

17-§. Talabnomada ifodalangan belgining ekspertizasi

78. Qonunning 15-moddasiga muvofiq talabnomada ifodalangan belgining ekspertizasi jarayonida shu belgini Qonunning 6-,11-moddalari tomonidan o‘rnatilgan talablarga muvofiqligi tekshiriladi.

Talabnomada ifodalangan belgi ekspertizasi natijalari bo‘yicha tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va undan foydalanish huquqini berish yoki tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va undan foydalanish huquqini berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror yoxud ro‘yxatdan o‘tkazib bo‘lingan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish yoki undan foydalanish huquqini berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi.

79.Talabnoma ifodalangan belgining ekspertizasi ko‘rib chiqishga qabul qilingan talabnomalar bo‘yicha rasmiy ekspertiza tugagandan so‘ng amalga oshiriladi.

80. Talabnomada ifodalangan belgi ekspertizasi davomida quyidagilar amalga oshiriladi:

a) talabnoma materiallarining va unga ilova qilingan hujjatlarning ushbu Qoidalarning 5-31­ bandlarida ko‘zda tutilgan talabnoma tarkibi va rasmiylashtirishga bo‘lgan talablarga muvofiqligini qayta tekshirish, rasmiy ekspertiza davomida amalga oshiriladigan talabnoma materiallarini tekshirish (ushbu Qoidalarning 70-73-bandlari) bundan mustasno;

b) talabnomada ifodalangan belgining Qonunning 5-, 11-moddalarida o‘rnatilgan talablarga muvofiqligini tekshirish;

v) talabnoma beruvchining ko‘rsatilgan jo‘g‘rofiy obyektda joylashganligini va alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur jo‘g‘rofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovar ishlab chiqarayotganligi haqidagi vakolatli idoraning (vakolatli idoralarning) xulosasi (xulosalari)ning mavjudligi va tarkibini tekshirish;

g) tovarning uni belgilash uchun tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi berilishi so‘ralayotgan alohida xususiyatlari ta’rifini agar talabnoma berilgan belgi tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, Reyestrdagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish.

81. Qonunning 5-moddasida o‘rnatilgan talabnoma berilgan belgining tovar kelib chiqqan joy nomiga muvofiqligini aniqlashda quyidagilar tekshiriladi:

a) talabnomada ifodalangan belgining jo‘g‘rofiy obyektning zamonaviy rasmiy nomiga yoki tarixiy nomiga ushbu Qoidalarning 5-bandi qoidalarini e’tiborga olgan holda muvofiqligi;

b) nomi tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida talabnomada keltirilayotgan jo‘g‘rofiy obyektni chegaralari talabnomada ko‘rsatilgan aynan o‘sha yerda joylashishini tasdiqlaydigan ma’lumotlarning mavjudligi;

v) jo‘g‘rofiy obyekt nomining talabnoma topshirish sanasiga aynan ushbu jo‘g‘rofiy obyektning tabiiy sharoitlari va/yoki boshqa omillari bilan belgilangan alohida xususiyatlarga ega bo‘lgan tovarni yakkaligini ajratib ko‘rsatish uchun ishlatiladigan belgi sifatida amalda mavjudligi;

g) agar jo‘g‘rofiy obyektning nomi avval tovarni yakkaligini ajratib ko‘rsatish uchun qo‘llanilgan bo‘lsa, ammo talabnoma topshirilgan vaqtga kelib o‘zining tovar haqiqatdan ham kelib chiqqan joyni va uning alohida xususiyatlarini ko‘rsatishga dastlabki qobiliyatini yo‘qotgan bo‘lsa, bu holda u O‘zbekistonda tayyorlash joyi bilan bog‘liq bo‘lmagan ma’lum turdagi (tur tushunchasi) tovarning belgisi sifatida umumiste’molga kirgan belgi deb hisoblanadi;

d) belgilanishi uchun ro‘yxatdan o‘tkazilishi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish yoki avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish so‘ralayotgan tovarni ko‘rsatilganligi, bunda uni ishlab chiqarish joyi (jo‘g‘rofiy obyektning chegaralari) ko‘rsatiladi;

ye) tovarning alohida xususiyatlarining ta’rifining mavjudligi va ularni vakolatli idoraning xulosasiga muvofiqligi.

82. Vakolatli idoraning xulosasi mazmunini tekshirishda quyidagilarni tasdiqlaydigan ma’lumotlarning mavjudligi aniqlanadi:

a) talabnoma beruvchining nomi tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida talabnoma berilayotgan joyda joylashganligi;

b) talabnoma beruvchining talabnomada ko‘rsatilgan tovarni nomi tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida talabnoma berilgan joy hududida ishlab chiqarishi;

v) talabnoma beruvchi tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarning talabnomada ko‘rsatilgan tamomila yoki asosan mazkur jo‘g‘rofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar natijasida erishgan alohida xususiyatlarini mavjudligi;

83. Tovarning alohida xususiyatlarining ta’rifi talabnomaga Qonunning 9-moddasi 3 qismida ko‘zda tutilgan holda ilova qilinadigan vakolatli idoraning xulosasiga muvofiq bo‘lishi lozim.

84. Talabnoma materiallari Qonunda o‘rnatilgan talablarga mos kelmaganda, talabnoma beruvchiga aniqlangan kamchiliklar ko‘rsatilgan holda va yetishmagan yoki tuzatilgan ma’lumotlarni va/yoki hujjatlarni talabnoma beruvchiga so‘rovnoma jo‘natilgan sanadan boshlab uch oy davomida taqdim etish taklif etilgan holda so‘rovnoma yuboriladi.

85. So‘rovnomaga quyidagi holatlar asos bo‘lishi mumkin:

a) talabnoma berilgan belgini aniqlash zaruriyati;

b) ushbu Qoidalarning 7-, 21-, va 22-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlarni taqdim etish zaruriyati;

v) belgilanishi uchun tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va undan foydalanish huquqi yoki avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish so‘ralayotgan tovar turini aniqlash zaruriyati;

g) belgilanishi uchun tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va undan foydalanish huquqi yoki avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish so‘ralayotgan tovarni ishlab chiqarilayotgan joyini aniqlash zaruriyati;

d) talabnomada ko‘rsatilgan tovarning alohida xususiyatlarining ta’rifini aniqlash zaruriyati;

ye) vakolatli idoraning bayonotiga kirgan va ushbu Qoidalarning 80-(v) bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni, xususan tovarda alohida xususiyatlar mavjudligini, ularning talabnomada ko‘rsatilgan jo‘g‘rofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar va/yoki boshqa omillarga surunkali bog‘liqligini tasdiqlaydigan ma’lumotlarni aniqlash zaruriyati.

86. Talabnomani ko‘rib chiqishda paydo bo‘ladigan boshqa turdagi savollar, hamda shuningdek kamchilik va takliflar yuqorida ko‘rsatilgan asoslarda yo‘llaniladigan so‘rovnomaga kiritilishi mumkin.

So‘rovnomada biron-bir savol bo‘yicha keltiriladigan ekspertizaning fikri Qonunning va ushbu Qoidalarning nizomlarini keltirgan holda asoslangan bo‘lishi lozim.

87. Ekspertizaning so‘rovnomasi bo‘yicha talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan qo‘shimcha materiallar ushbu Qoidalarning 94-97-bandlariga muvofiq ko‘rib chiqiladi.

88. Talabnoma berilgan belgining ekspertizasining so‘rovnomasiga javob qaytarilmaganda, talabnoma beruvchi tomonidan javob qaytarishning belgilangan muddati buzilganda va ushbu muddatlarda uni uzaytirish haqidagi iltimosnoma taqdim etilmaganda tovar kelib chiqqan joy nomini va undan foydalanish huquqini berishni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risisida qaror yoki undan foydalanishni rad etish to‘g‘risisida qaror qabul qilinadi.

89. Tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va undan foydalanish huquqini berish haqidagi qaror talabnoma berilgan belgini Qonunning 5-moddasi bilan o‘rnatilgan talablarga muvofiqligi aniqlangan holda chiqariladi.

90. Avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish haqidagi qaror talabnoma berilgan belgini Qonunning 5-moddasi bilan o‘rnatilgan talablarga muvofiqligi aniqlanganda hamda ushbu belgini Reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi qayd mavjud bo‘lgan holda chiqariladi.

91. Tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va undan foydalanish huquqini berishni rad etish haqidagi qaror agar talabnoma berilgan belgini Qonunning 15-moddasi birinchi qismiga

muvofiq o‘tkazilgan ekspertizasi natijasida Qonunning 5-moddasida ko‘zda tutilgan talablarga mos kelmasligi aniqlangan holda chiqariladi.

92. Avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishni rad etish haqidagi qaror agar talabnomada ifodalangan belgini Qonunning 13-moddasi birinchi qismiga muvofiq o‘tkazilgan ekspertizasi natijasida Qonunning 5-moddasi va 6-moddasining to‘rtinchi qismida ko‘zda tutilgan talablarga mos kelmasligi aniqlangan hamda ushbu belgini Reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi qayd mavjud bo‘lgan holda chiqariladi.

93. Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish va avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishni rad etish haqidagi qarorda ushbu qarorni chiqarishga asos bo‘lgan sabablar keltiriladi.

18-§. Qo‘shimcha materiallarni tekshirish

94. Patent idorasining so‘rovnomasi bo‘yicha talabnoma beruvchi tomonidan qo‘shimcha material taqdim etilgan holda ularning taqdim etishga belgilangan muddatlarga rioya qilinganligi tekshiriladi.

Ko‘rsatilgan materiallar Qonunning 13-moddasi to‘rtinchi qismiga muvofiq talabnoma beruvchiga so‘rovnoma yuborilgan sanadan boshlab uch oy davomida taqdim etilishi lozim.

95. Talabnoma beruvchi tomonidan Patent idorasining so‘rovnomasi bo‘yicha yoki o‘z tashabbusiga ko‘ra qo‘shimcha materiallar kelib tushgan va ko‘rib chiqishga qabul qilingan holda, ular talabnoma mohiyatini o‘zgartirmasligi tekshiriladi.

96. Agar qo‘shimcha materiallar quyidagilarni o‘z ichiga olsa, talabnoma mohiyatini o‘zgartiradi deb e’tirof etiladi:

a) vakolatli idoraning xulosasiga binoan ushbu tovar ega bo‘lmagan xususiyatlarni ko‘rsatish;

b) agar talabnomada ifodalangan belgi tovar kelib chiqqan joy nomi mo‘ljallangan tovarning nomini o‘z ichiga olsa, boshqa tovar(lar)ni ko‘rsatish;

v) talabnoma berilgan belgining o‘zgartirilishi va to‘ldirilishi;

b) tovarlar ro‘yxatini kengayishi.

97. Qo‘shimcha materiallar talabnoma mohiyatini o‘zgartiradi deb e’tirof qilingan holda talabnoma beruvchiga ekspertizaning shunday xulosa chiqarishi uchun qo‘shimcha materiallarga kiritilgan qaysi ma’lumotlar asos bo‘lganligi xabar beriladi. Boshqa ma’lumotlar ekspertizani o‘tkazishda hisobga olinadi.