Propiedad intelectual Formación en PI Respeto por la PI Divulgación de la PI La PI para... La PI y… La PI en… Información sobre patentes y tecnología Información sobre marcas Información sobre diseños industriales Información sobre las indicaciones geográficas Información sobre las variedades vegetales (UPOV) Leyes, tratados y sentencias de PI Recursos de PI Informes sobre PI Protección por patente Protección de las marcas Protección de diseños industriales Protección de las indicaciones geográficas Protección de las variedades vegetales (UPOV) Solución de controversias en materia de PI Soluciones operativas para las oficinas de PI Pagar por servicios de PI Negociación y toma de decisiones Cooperación para el desarrollo Apoyo a la innovación Colaboraciones público-privadas Herramientas y servicios de IA La Organización Trabajar con la OMPI Rendición de cuentas Patentes Marcas Diseños industriales Indicaciones geográficas Derecho de autor Secretos comerciales Academia de la OMPI Talleres y seminarios Observancia de la PI WIPO ALERT Sensibilizar Día Mundial de la PI Revista de la OMPI Casos prácticos y casos de éxito Novedades sobre la PI Premios de la OMPI Empresas Universidades Pueblos indígenas Judicatura Recursos genéticos, conocimientos tradicionales y expresiones culturales tradicionales Economía Igualdad de género Salud mundial Cambio climático Política de competencia Objetivos de Desarrollo Sostenible Tecnologías de vanguardia Aplicaciones móviles Deportes Turismo PATENTSCOPE Análisis de patentes Clasificación Internacional de Patentes ARDI - Investigación para la innovación ASPI - Información especializada sobre patentes Base Mundial de Datos sobre Marcas Madrid Monitor Base de datos Artículo 6ter Express Clasificación de Niza Clasificación de Viena Base Mundial de Datos sobre Dibujos y Modelos Boletín de Dibujos y Modelos Internacionales Base de datos Hague Express Clasificación de Locarno Base de datos Lisbon Express Base Mundial de Datos sobre Marcas para indicaciones geográficas Base de datos de variedades vegetales PLUTO Base de datos GENIE Tratados administrados por la OMPI WIPO Lex: leyes, tratados y sentencias de PI Normas técnicas de la OMPI Estadísticas de PI WIPO Pearl (terminología) Publicaciones de la OMPI Perfiles nacionales sobre PI Centro de Conocimiento de la OMPI Informes de la OMPI sobre tendencias tecnológicas Índice Mundial de Innovación Informe mundial sobre la propiedad intelectual PCT - El sistema internacional de patentes ePCT Budapest - El Sistema internacional de depósito de microorganismos Madrid - El sistema internacional de marcas eMadrid Artículo 6ter (escudos de armas, banderas, emblemas de Estado) La Haya - Sistema internacional de diseños eHague Lisboa - Sistema internacional de indicaciones geográficas eLisbon UPOV PRISMA UPOV e-PVP Administration UPOV e-PVP DUS Exchange Mediación Arbitraje Determinación de expertos Disputas sobre nombres de dominio Acceso centralizado a la búsqueda y el examen (CASE) Servicio de acceso digital (DAS) WIPO Pay Cuenta corriente en la OMPI Asambleas de la OMPI Comités permanentes Calendario de reuniones WIPO Webcast Documentos oficiales de la OMPI Agenda para el Desarrollo Asistencia técnica Instituciones de formación en PI Apoyo para COVID-19 Estrategias nacionales de PI Asesoramiento sobre políticas y legislación Centro de cooperación Centros de apoyo a la tecnología y la innovación (CATI) Transferencia de tecnología Programa de Asistencia a los Inventores (PAI) WIPO GREEN PAT-INFORMED de la OMPI Consorcio de Libros Accesibles Consorcio de la OMPI para los Creadores WIPO Translate Conversión de voz a texto Asistente de clasificación Estados miembros Observadores Director general Actividades por unidad Oficinas en el exterior Ofertas de empleo Adquisiciones Resultados y presupuesto Información financiera Supervisión
Arabic English Spanish French Russian Chinese
Leyes Tratados Sentencias Consultar por jurisdicción

Uzbekistán

UZ033

Atrás

Foydali modelga O'zbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko'rib chiqish Qoidalari (O'zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2004 yil 15 martdagi 14-son buyrug'i bilan Tasdiqlangan, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004 yilning 29 aprelida 1343-son bilan Ro'yxatdan O'tkazilgan)

 Foydali modelga O'zbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko'rib chiqish Qoidalari

Foydali modelga O'zbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko'rib chiqish QOIDALARI (O'zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2004 yil 15 martdagi 14-son

buyrug'i bilan TASDIQLANGAN, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004 yilning 29 aprelida 1343-son bilan RO'YXATDAN O'TKAZILGAN)

I bob. Foydali modelga patent berish uchun talabnoma tuzish va topshirish. Talabnoma topshirish huquqiga ega bo'lgan shaxslar II bob. Patent idorasi bilan patent olish bo'yicha ishlarni olib borish III bob. Talabnomani ko'rib chiqish

Mazkur Foydali modelga O'zbekiston Respublikasi patentini berish uchun

talabnoma tuzish, topshirish va ko'rib chiqish Qoidalari (bundan buyon matnda

Qoidalar deb yuritiladi) O'zbekiston Respublikasining "Ixtirolar, foydali modellar va

sanoat namunalari to’g’risida"gi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda foydali

modelga patent berish uchun talabnomani tuzish, topshirish va ko'rib chiqish tartibini

belgilaydi.

Qisqartirishlar ro'yxati:

Qonun – O'zbekiston Respublikasining "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat

namunalari to’g’risida"gi Qonuni;

Patent idorasi – O'zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi;

Talabnoma – foydali modelga patent berish uchun talabnoma;

Parij konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo'yicha Parij

konvensiyasining O'zbekiston Respublikasi uchun amaldagi tahriri;

Konvensiya talabnomasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo'yicha Parij

konvensiyasiga muvofiq topshirilgan talabnoma

XPK – Xalqaro patent klassifikatsiyasi

BIMT - Butunjahon intellektual mulk tashkiloti

MO'T - mashinada o'qish mumkin bo'lgan axborot tashuvchi

I bob. Foydali modelga patent berish uchun talabnoma tuzish va topshirish. Talabnoma

topshirish huquqiga ega bo'lgan shaxslar

1-§. Foydali modelga patent uchun talabnoma

1. Qonunning 7-moddasiga muvofiq foydali model sifatida talabnoma berilgan

obyekt, agar yangi va sanoatda qo'llaniladigan bo'lsa, huquqiy muhofaza qilinadi.

Foydali model, agar uning muhim belgilarining majmui texnika taraqqiyoti

darajasidan ma’lum bo'lmasa, yangi hisoblanadi.

Texnika taraqqiyoti darajasi talabnomada ko'rsatilgan foydali model amalga

oshirishi mumkin bo'lgan vazifalarni bajara oladigan vositalar haqidagi O'zbekiston

Respublikasida hamma foydalana oladigan barcha ma’lumotlarni, shuningdek ularni

qo'llashga doir ma’lumotlarni o'z ichiga oladi.

Foydali model, agar amalda ishlata olinadigan bo'lsa, u sanoatda qo'llaniladigan

hisoblanadi.

2. Qonunning 7-modda, oltinchi qismiga muvofiq, qurilmalapning konstruktiv

yo'l bilan bajarilishi foydali modellarga kiradi.

Foydali modellarga, xususan, mashinalar, asboblar, apparatlar, uskunalar,

mahkamlash buyumlari, mashinalarning detallari, aloqa vositalari, qurilish

konstruksiyalari va boshqalar kiradi.

3. Quyidagilar foydali modellar sifatida e'tirof etilmaydi:

ilmiy nazariyalap va matematik usullar;

xo'jalikni tashkil etish va boshqarish usullari;

shartli belgilar, jadvallar, qoidalar;

aqliy operatsiyalarni bajarish qoidalari va usullari;

elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va algoritmlar;

binolar, inshootlar, hududlar rejasining sxemalari va loyihalari;

estetik talablarni qondirishga qaratilgan, buyumlarning faqat tashqi ko’rinishiga

doir yechimlar;

integral sxemalar topologiyalari;

o’simliklar navlari va hayvonlar zotlari;

jamiyat manfaatlari, insonparvarlik va ahloqiy prinsiplariga zid yechimlar.

4. Qonunning 16-modda birinchi qismiga muvofiq talabnoma bitta foydali

modelga yoki yagona ijodkorlik fikrini tashkil etgan bir-biri bilan uzviy bog'langan

(foydali modelning birligi sharti) foydali modellar guruhiga taalluqli bo'lishi lozim.

Agar quyidagi shartlar bajarilgan bo'lsa foydali model birligi talabiga rioya

etilgan deb e’tirof etiladi:

foydali model formulasida bir foydali model tavsiflangan bo'lsa;

foydali model formulasida quyidagi foydali modellar guruhi tavsiflangan bo'lsa:

prinsipial birdan-bir yo'l (variantlar) bilan xuddi o'sha texnikaviy natijaga

erishishni ta'minlaydigan bir turdagi (bir qancha qurilmalar, bir qancha turlar va

boshqalar), vazifasi bir xil bo'lgan obyektlarga taalluqli foydali modellar;

bir qurilmani olish (tayyorlash) uchun mo'ljallangan boshqa qurilma (masalan,

qurilma va uni tayyorlash uchun qurilma);

biri boshqasidan foydalanish uchun yoki boshqasida foydalanish uchun

mo'ljallangan (masalan, qurilma va uning tashkil etuvchi qismi) bo'lsa.

2-§. Talabnomaning tarkibi

5. Qonunning 16-modda ikkinchi qismiga muvofiq talabnoma quyidagilarni o'z

ichiga olishi kerak:

a) patent berish to’g’risida foydali model muallifi (hammualliflari) va nomiga

patent so’ralayotgan shaxslar (bundan buyon matnda talabnoma beruvchi deb

yuritiladi), shuningdek ularning turar joylari va manzillari ko’rsatilgan ariza (1-ilova);

b) foydali modelni amalga oshirish uchun uni yetarli darajada to'liq ochib

beradigan tavsifi;

v) foydali modelning mohiyatini ifodalovchi hamda tavsifga to'la mos keluvchi

formulasi;

g) chizmalar va boshqa materiallar, agar ular foydali modelning mohiyatini

tushunish uchun zarur bo'lsa;

d) referat.

6. Talabnomaga belgilangan miqdorda patent boji to'langanini tasdiqlovchi

hujjat yoki boj belgilangan miqdordan kam to'langan holda uning miqdorini

kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlovchi hujjat ilova etiladi.

7. Patent vakili orqali beriladigan talabnomaga, unga talabnoma beruvchi

tomonidan berilgan va uning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma yoki

ishonchnomaning belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan nusxasi ilova etiladi.

8. Konvensiya ustuvorligi berishni so’rab berilgan talabnomaga (bundan buyon

matnda konvensiya talabnomasi deb yuritiladi) talabnoma beruvchi tomonidan

Sanoat mulkini muhofaza qilish bo'yicha Parij konvensiyasiga a'zo bo'lgan davlatda

berilgan birinchi talabnomaning nusxasi (bundan buyon matnda birinchi talabnoma

deb yuritiladi), hamda bu talabnomaning o'zbek yoki rus tiliga tarjimasi ilova etiladi,

va ular konvensiya talabnomasi Patent idorasiga kelib tushgan sanadan uch oy

muddatdan kechiktirilmay topshiriladi.

Birinchi talabnoma berilgan sanadan o'n ikki oy muddat o'tgach, lekin o'n ikki oy

muddat o'tgandan so'ng ikki oylik muddatdan kechiktirmay kelib tushgan talabnoma

bo'yicha, konvensiya ustuvorligi so’ralganda, talabnomaga quyidagilar ilova qilinadi:

konvensiya ustuvorligini so'rash muddatini uzaytirish uchun belgilangan

miqdorda patent boji to'langanligi to’g’risida hujjat;

talabnoma beruvchiga bog'liq bo'lmagan holda belgilangan o'n ikki oylik muddat

ichida talabnoma topshirishga to'sqinlik qilgan vaziyatlar ko’rsatilgan va agar ular

Patent idorasiga ma’lum deb o'ylashga asos bo'lmasa, bu vaziyatlar mavjudligini

tasdiqlaydigan hujjat.

9. Konvensiya ustuvorligini belgilash to’g’risidagi iltimos, talabnoma topshirishda

(patent berish to’g’risidagi arizaning tegishli grafasida keltiriladi) yoki talabnoma

Patent idorasiga kelib tushgan sanadan boshlab ikki oy muddat ichida topshirilishi

mumkin.

10. Ushbu Qoidalarning 5-bandida ko’rsatilgan o'zbek yoki rus tillarida tuzilgan

talabnoma hujjatlari uch nusxada topshiriladi: 2 nusxasi qog'ozda, uchinchisi elektron

ko'rinishda mashinada o'qiladigan axborot tashuvchida (bundan buyon - MO'T)

topshirilishi mumkin.

Aynan o'sha hujjatlarning o'zi agar ular o'zga tilda tuzilgan bo'lsa bir nusxada,

o'zbek yoki rus tilidagi tarjimasi esa uch nusxada: 2 nusxasi qog'ozda, uchinchisi

elektron ko'rinishda mashinada o'qiladigan axborot tashuvchida topshirilishi mumkin.

Qog'ozdagi va MO'T dagi talabnoma hujjatlari va qo'shimcha materiallarning

mazmuni aynan bir xil bo'lishi lozim. Qog'ozdagi va MO'T dagi materiallarning aynan

bir xilligiga talabnoma beruvchi javobgardir.

Boshqa hujjatlar va agar ular o'zga tilda tuzilgan bo'lsa, ularning o'zbek yoki rus

tilidagi tarjimasi bir nusxada taqdim etiladi.

11. Patent berish to’g’risidagi ariza, ushbu qoidaga keltirilgan 1-ilova shaklida

topshiriladi. Agar qandaydir ma’lumotlarni tegishli grafalarda to'liq joylashtirishning

iloji bo'lmasa, u holda arizaning tegishli grafasida: "davomini qo'shimcha varaqda

qarang" deb ko’rsatilgan holda ular shu shakldagi qo'shimcha varaqda keltiriladi.

Xorijiy ism-familiyalar va korxonalarining nomlari o'zbek yoki rus tilidagi

transliterasiyada ko'rsatiladi.

Talabnoma beruvchining nomi (imkoniyat bo'lgan holda), foydali modelning

nomi arizada o'zbek va rus tillarida ko’rsatilgan bo'lishi lozim.

Talabnomaning boshqa hujjatlari o'zbek, rus yoki boshqa tilda topshiriladi.

Agar talabnoma hujjatlari o'zga tilda topshirilgan bo'lsa, talabnoma Patent

idorasiga topshirilgan sanadan ikki oy muddat ichida taqdim etilishi lozim bo'lgan

o'zbek yoki rus tiliga tarjimasi ilova qilinadi.

12. Arizaning "Ariza" so'zidan yuqorida joylashgan grafalari, Patent idorasiga

kelib tushgandan keyin rekvizitlarni kiritish uchun mo'ljallangan bo'lib, talabnoma

beruvchi tomonidan to’ldirilmaydi.

13. (71)-kod ostidagi "Talabnoma beruvchi" grafasida, talabnoma beruvchi

(talabnoma beruvchilar) to’g’risida ma’lumotlar keltiriladi: jismoniy shaxsning

familiyasi, ismi (va otasining ismi), shuni ham nazarda tutish kerakki familiya ismdan

avval ko’rsatiladi, yoki yuridik shaxsning rasmiy nomi (ta'sis hujjati bo'yicha),

shuningdek tegishlicha ularning turar joylari yoki manzillari, mamlakatning rasmiy

nomi va to'liq pochta manzili va BIMTning ST.3 standarti bo'yicha mamlakat kodi

(agar u o'rnatilgan bo'lsa) to’g’risidagi ma’lumotlar keltiriladi. Agar talabnoma

beruvchilar bir qancha bo'lsa, ko'rsatilgan ma’lumotlar ularning har biri uchun

keltiriladi.

Foydali model mualliflari bo'lgan talabnoma beruvchilarning turar joylari

to’g’risidagi ma’lumotlar ushbu grafada keltirilmaydi, balki faqat arizaning (72)-kod

ostidagi "Muallif(lar)" grafasida bayon etiladi.

So’ngra shu grafaning o'zida talabnoma beruvchi foydali modelning muallifi,

muallifning ish beruvchisi yoki muallifning yoxud muallif ish beruvchisining huquq

vorisi ekanligi tegishli katakchada "X" belgisini qo'yish bilan belgilanadi.

O'zbekiston Respublikasi korxonalari, muassasalari uchun OKPO kodi

ko’rsatiladi.

O'zbekiston Respublikasidan tashqarida yashovchi chet el yuridik shaxslari yoki

jismoniy shaxslari uchun mamlakat (agar u belgilangan bo'lsa) kodi Butunjahon

intellektual mulk tashkiloti (BIMT) ST.3 bo'yicha ko’rsatiladi.

14. Ustuvorlikni belgilash to’g’risidagi iltimosni o'z ichiga olgan grafa faqat

sanasi talabnoma Patent idorasiga kelib tushgan sanadan bir muncha ilgarigi

ustuvorlik so’ralayotgan bo'lsagina to'ldiriladi.

Bu holda tegishli katakchalarda "X" belgisini qo'yib chiqish bilan ustuvorlik

so’rash uchun asoslar belgilanadi va quyidagilar: (31)-kod ostida ancha ilgariroq

berilgan talabnomaning raqami, uning asosida yoki unga qo'shimcha materiallar

asosida ustuvorlik so’raladi va so’ralayotgan ustuvorlik sanasi ((32)-kod ostida ancha

ilgariroq berilgan talabnoma yoki u bo'yicha qo'shimcha materiallar kelib tushgan

sana) ko’rsatiladi.

Konvensiya ustuvorligi so’ralayotganda, (33)-kod ostida BIMT ST.3 standarti

bo'yicha birinchi talabnoma berilgan mamlakat kodi ko’rsatiladi.

15. (54)-kod ostidagi "Foydali model nomi" grafasida keltirilgan talabnoma

berilgan foydali model(foydali modellar guruhi)ning nomi keltiriladi va u foydali model

tavsifida keltirilgan nomga to’g’ri kelishi kerak.

16. (98)-kod ostidagi "Yozishmalar uchun manzil" grafasida pochta orqali tezda

yetkazib berishning odatdagi talablarini qondiradigan yozishmalar uchun manzil, xat

oluvchining ismi-sharifi yoki nomi, va telefon, teleks, faks raqamlari, e-mail (agar ular

bo'lsa) keltiriladi.

Yozishmalar uchun manzil sifatida O'zbekiston Respublikasida yashovchi

talabnoma beruvchi (talabnoma beruvchilardan biri) - jismoniy shaxsning turar joyi

manzili, yoki O'zbekiston Respublikasidagi talabnoma beruvchi - yuridik shaxsning

joylashgan joyi manzili, yoki Patent idorasida ro’yxatdan o'tkazilgan patent vakilining

manzili, yoki O'zbekiston Respublikasi hududidagi boshqa bir manzil ko’rsatilishi

mumkin.

Arizada yozishmalar uchun manzil ko'rsatilmaganda ushbu manzil sifatida agar

tayinlangan bo'lsa patent vakili yoki boshqa ishonchli shaxsning joylashgan manzili

hisoblanadi, aks holda - O'zbekiston Respublikasi hududida manzilga ega bo'lsa,

arizaning talabnoma beruvchi to’g’risidagi ma’lumotlarga taalluqli grafalarida

talabnoma beruvchining (talabnoma beruvchilar bir qancha bo'lsa ularning

birinchisini) manzili hisoblanadi.

17. (74)-kod ostidagi "Patent vakili" grafasi talabnoma beruvchi tomonidan

talabnoma berilganga qadar patent vakili tayinlangan hollardagina to’ldiriladi va uning

to’g’risida quyidagi ma’lumotlar: familiyasi, ismi (va otasining ismi), Patent idorasida

ro’yxatdan o'tkazilgan raqami, O'zbekiston Respublikasidagi turar joyi adresi, telefon,

faks raqamlari, , e-mail (agar ular bo'lsa) keltiriladi. Bundan tashqari, tegishli

katakchaga "X" belgisini qo'yish orqali talabnoma beruvchi tomonidan berilgan va

patent vakilining vakolatini tasdiqlaydigan ishonchnomaning mavjudligi qayd etiladi.

18. "Ilova qilinadigan hujjatlar ro’yxati" grafasi, ilova qilinadigan hujjatlarning

har bir nusxasidagi tegishli katakchalarda "X" belgisini qo'yib chiqish orqali va

nusxalar hamda varaqlar soni ko’rsatilgan holda to’ldiriladi.

Turi ariza formasida ko'zda tutilmagan (boshqa hujjat) ilova qilinadigan hujjatlar uchun ularning

vazifasi aniq ko’rsatiladi.

19. (72)-kod ostidagi "Mualliflar" va "To'liq uy manzili" grafalarda foydali

modelning muallifi (mualliflari) to’g’risida ma’lumotlar keltiriladi: familiyasi, ismi

(otasining ismi), mamlakat nomi va uning BIMT ST.3 standarti bo'yicha kodini ichiga

olgan holda to'liq turar joyi pochta manzili.

20. "Mualliflar" va "To'liq uy manzili" grafalari ostida bevosita joylashgan grafa,

faqat muallif (mualliflar) patent berish to’g’risidagi ma’lumotlarni e’lon qilishda uni

(ularni) bunday sifatda eslatib o'tmaslikni so’raganida to’ldiriladi. Bu holda e’lon

qilishda ko'rsatmaslikni istagan har bir muallifning familiyasi, ismi (otasining ismi) va

ularning imzolari keltiriladi.

21. Arizaning oxirgi "Imzo" grafasini, imzo qo'yish sanasini ko’rsatgan holda

to’ldirish barcha hollarda majburiydir.

Ariza talabnoma beruvchi tomonidan imzolanadi. Yuridik shaxs tomonidan ariza

korxona, tashkilot rahbari yoki rahbar tomonidan vakil qilingan shaxs tomonidan

uning lavozimi ko’rsatilgan holda imzolanadi. Imzo muhr bilan tasdiqlanadi.

Patent vakili yoki ishonchli shaxs orqali talabnoma berilganda, ariza talabnoma

beruvchi yoki patent vakili yoxud ishonchli shaxs tomonidan imzolanadi.

Imzolar imzo qo'yuvchi shaxsning familiyasi va ismi-shariflari ko’rsatilgan holda

ochib beriladi.

Imzo qo'yishni talab qiladigan u yoki bu ma’lumotlar qo'shimcha varaqda

keltirilgan hollarda, u ham shunday taptibda imzolanadi.

Talabnoma beruvchi yoki patent vakilining yoxud ishochli shaxsning imzosi har

bir qo'shimcha varaqda keltirilishi majburiydir.

22. Foydali modelning tavsifi uni amalga oshirish uchun yetarli darajada to'liq

ochib berishi lozim.

23. Tavsif foydali modelning nomini ko'rsatishdan boshlanadi (talabnoma

berilgan foydali model XPK ning amaldagi tahriridagi qaysi rubrikaga mansubligi

aniqlangan holda, bu rubrikaning indeksi nomidan avval keltiriladi) va quyidagi

bo'limlarni ichiga oladi:

foydali model mansub bo'lgan texnika sohasi;

texnika taraqqiyoti darajasi;

foydali modelning mohiyati;

chizmalar figuralari va boshqa materiallar ro’yxatining qisqacha tavsifi, agar ular

talabnomada bo'lsa;

foydali modelning amalga oshirish imkoniyatini tasdiqlovchi ma’lumotlar.

Tavsif bo'limini zarur ma’lumotlarga ega manbalarga (adabiyot manbaiga, ilgari

berilgan talabnoma tavsifiga, muhofaza hujjati tavsifiga va h.k.larga) havola qilish

yo'li bilan almashtirishga yo'l qo'yilmaydi.

24. Foydali modelning nomi aniq, qisqa, foydali modelning mohiyatiga mos

bo'lishi, o'zi mansub bo'lgan obyekt turini belgilashi va obyekt vazifasini tavsiflashi

(o'zi tomonidan bajariladigan vazifa yoki uning texnikaning u yoki bu sohasiga

mansubligini ko’rsatishi) lozim.

Foydali modelning nomi, odatda, XPK ning ma’lum rubrikasiga mos bo'lishi

lozim. Agar foydali model mohiyatiga mos keladigan rubrikani aniqlashning iloji

bo'lmasa, foydali modelning nomi, hamma qabul qilgan tarmoqqa xos, umumiy-

texnikaviy atamalarga muvofiq ko’rsatiladi.

Agar foydali model har xil sohalarda qo'llanilishi mumkin bo'lsa va nomi shunday

imkoniyatni aks ettirgan bo'lsa, u holda bunday nomda, foydali modelning ko’proq

qo'llaniladigan sohalaridan birini aniqlashga hamda "asosan", "afzalroq" so'zlarini

ishlatishga yo'l qo'yiladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lgan sohalardan faqat birini ta'kidlovchi "masalan" va

"xususan" so'zlari qo'llanilmaydi.

Foydali modelning nomi atamalarga xos yoki tavsifiy bo'lishi mumkin.

Atamalarga xos nom o'zi bilan mazmuni bir ma'noli tushunchadan iborat ekanini

ko’rsatadi va u shu texnika sohasi mutaxassislariga, obyektning muhim belgilari

majmui sanab o'tilgan va o'tilmaganidan qat'iy nazar, ma’lum ekanligini tavsiflab

beradi.

Tavsifiy nom faqat obyektning vazifasi va uning tomonidan texnikaning bitta

sohasida yoki har xil sohalarida bajariladigan vazifalar to'g'risida tushuncha beradi,

lekin talabnoma berilayotgan foydali modelni tavsiflaydigan muhim belgilarining zarur

majmui to'g'risida bir ma'noli fikr yuritish imkoniyatini bermaydi.

Nom birlikda bayon etiladi. Birlikda qollanilmaydigan nomlar bundan mustasno.

Biri ikkinchisini olish (tayyorlash), amalga oshirish yoki foydalanish uchun

mo'ljallangan obyektlarga taalluqli bo'lgan foydali modellar guruhining nomi bir

foydali modelning to'liq nomini va boshqasining qisqartirigan nomini ichiga oladi. Biri

boshqasida foydalanishi uchun mo'ljallangan obyektlarga taalluqli bo'lgan foydali

modellar guruhining nomi guruhga kiruvchi foydali modellarning to'liq nomini ichiga

oladi. Variantlarga taalluqli bo'lgan foydali modellar guruhining nomi qavs ichidagi

"variantlar" so'zi bilan to’ldirilgan guruhdagi bitta foydali modelning nomini ichiga

oladi.

Zarur hollarda foydali modelning nomi lotin alifbosi belgilari va arab raqamlarini

ichiga olishi mumkin.

Boshqa alifbo belgilarini, maxsus belgilarni foydali model nomida qo'llashga yo'l

qo'yilmaydi.

Foydali modelning nomida shaxsiy ismlar, betakalluf nomlar, abbreviaturalar,

reklama, firma nomlari, tovar belgilari va xizmat ko'rsatish belgilari, tovar kelib

chiqqan joy nomlari va jo'g'rofiy nomlar, "va boshqalar" so'zlari va foydali modelni

identifikasiyalash maqsadlariga xizmat qilmaydigan boshqa shunga o'xshash so'zlar

qo'llanilishi mumkin emas.

25. Tavsifning "Foydali model mansub bo'lgan texnika sohasi" bo'limida foydali

modelning qo'llanilish sohasi ko’rsatiladi. Agar bunday sohalar bir nechta bo'lsa,

ularning afzalrog'i ko’rsatiladi.

26. Tavsifning "Texnika darajasi" bo'limida, ariza beruvchiga ma’lum bo'lgan

foydali model analoglari orasidan alomatlari majmui bo'yicha foydali modelga eng

yaqini ajratilgan holda ma’lumotlar keltiriladi.

Foydali modelning analogi sifatida foydali modelning ustuvorlik sanasigacha

ommaga oshkor bo'lgan ma’lumotlardan ma’lum bo'lgan va foydali modelning muhim

alomatlari majmuiga o'xshash alomatlar majmui bilan tavsiflanadigan foydali model

bajaradigan vazifani bajaradigan vosita ko'rsatiladi.

Analoglarning har birini tavsiflash paytida u ochib berilgan axborot

manbalarining bibliografiya ma’lumotlari, analogning alomatlari talabnoma

berilayotgan foydali modelning muhim belgilari bilan mos keladiganlari ajratib

ko'rsatilgan holda keltiriladi, shuningdek ariza beruvchiga ma’lum bo'lgan, texnikaviy

natija olishga to'sqinlik qiluvchi sabablar ko’rsatiladi.

Foydali modellar guruhini ta’riflash paytida, analoglar (shu jumladan eng yaqin

analog) to’g’risidagi ma’lumotlar, har bir foydali model uchun alohida keltiriladi.

27. Tavsifning "Foydali modelning mohiyati" bo'limida foydali modelning

mohiyati foydali model tomonidan ta'minlanadigan texnikaviy natijaga erishish uchun

yetarlicha muhim alomatlar majmui bilan ifodalanadi.

Alomatlar agar erishiladigan texnikaviy natijaga ta’sir etsa, ya'ni ko’rsatilgan

natija bilan sabab-oqibat bog'lanishida bo'lsa, muhim belgilarga kiritiladi.

Ushbu bo'limda talabnoma berilayotgan foydali model, hal qilishi lozim bo'lgan

vazifa, foydali model amalga oshirilganda olinishi mumkin bo'lgan texnikaviy natijalar

ko’rsatilgan holda batafsil ochib beriladi.

Foydali modelni tavsiflovchi barcha muhim alomatlar keltiriladi, eng yaqin

analogdan farqlanadigan alomatlar ajratib ko'rsatiladi, shuning bilan birga,

so’ralayotgan huquqiy muhofaza hajmi tatbiq etiladigan barcha hollarda texnikaviy

natija olishni ta'minlovchi alomatlar majmui, va foydali modelni faqatgina xususiy

hollarda, bajarishning konkret shakllarida yoki undan maxsus foydalanish

sharoitlarida tavsiflaydigan alomatlar ko’rsatiladi.

Alomat ta’rifini ushbu alomat ochib berilgan axborot manbaiga havola qilish

bilan almashtirish mumkin emas.

Texnikaviy natija, foydali modelni gavdalantirgan vositani amalga oshirish

(tayyorlash) yoki undan foydalanishda olinishi mumkin bo'lgan texnikaviy samara,

xususiyat, hodisa va boshqalarni o'zi bilan ifodalaydi.

Agar foydali model bir necha texnikaviy natijalar olishni (shu jumladan, uni

konkret shakllarda bajarishda yoki undan mahsus sharoitlarda foydalanishda)

ta'minlasa, ularni ko’rsatish tavsiya etiladi.

Texnikaviy natija, xususan, ishqalanish koeffisientini pasaytirishda (oshirishda);

qisilib qolishining oldini olishda; vibrasiyani pasaytirishda; quyma mahsulotlarining

strukturasidagi defektlarni kamaytirishda; ishchi opganning muhit bilan kontaktini

yaxshilashda; signal formasi buzilishini kamaytirishda; suyuqlik sizib o'tishini

kamaytirishda; yorilib ketishni oldini olishda ifodalanishi mumkin.

Agar foydali modelni yaratishda ma’lum vazifali vositalarning arsenalinigina

kengaytirish yoki bunday vositalarni birinchi mapta olish masalasi yechilayotgan

bo'lsa, texnikaviy natija vazifani amalga oshirishdan iborat bo'lishi mumkin va bu

to’g’rida maxsus ko’rsatma berish talab etilmaydi.

Foydali modellar guruhi uchun ko’rsatib o'tilgan ma’lumotlar, shu jumladan

texnikaviy natijalar to’g’risidagi ma’lumotlar ham, har bir foydali model uchun alohida

keltiriladi.

28. Foydali modellarni tavsiflash uchun, xususan, quyidagi alomatlardan

foydalaniladi:

konstruktiv element (elementlar) mavjudligi;

elementlar orasidagi bog'liqlikning mavjudligi;

elementlarning o'zapo joylashishi;

element (elementlar) yoki butun qurilmaning yasalish shakli, xususan,

geometpik shakli;

elementlar orasidagi bog'lanishlapning bajarilish shakli;

element (elementlar)ning papametplari va boshqa tavsiflari va ularning o'zapo

bog'lanishlari;

element (elementlar) yoki butun qurilma qanday matepialdan tayyorlanganligi;

element vazifasini bajaruvchi muhit.

Foydali modelni ta’riflash uchun foydali modelda yoki uning biror elementida

foydali modelni ishlashi yoki vazifasini bajarishi uchun ta'sir etmaydigan (so'zli,

tasviriy yoki aralash) alomatlardan foydalanish mumkin emas.

29. Avvaldan ma’lum bo'lgan qurilmani yangi vazifada qo'llanilishini tavsiflash

uchun qo'llaniladigan obyektning identifikasiyalashga yetarli bo'lgan qisqacha tavsifi

va ushbu yangi vazifani ko'rsatib o'tilishidan foydalaniladi.

30. Tavsifning "Figuralar ro'yxati" bo'limida figuralar ro’yxatidan tashqari

ularning har birida nima tasvirlangani to’g’risida ham qisqacha ko’rsatma keltiriladi.

Agar foydali model mohiyatini tushuntiradigan boshqa materiallar taqdim etilgan

bo'lsa, ularning mazmuni qisqacha keltirib o'tiladi.

31. Tavsifning "Foydali modelni amalga oshirish mumkinligini tasdiqlovchi

ma’lumotlar" bo'limida foydali modelning talabnoma beruvchi tomonidan ko'rsatilgan

vazifasini bajargan holda amalga oshirish imkoniyatlari ko'rsatiladi.

Mohiyati umumiy tushunchalar bilan belgilanadigan alomatlardan foydalanib

tavsiflangan foydali modelni amalga oshirish imkoniyati, xususan, funksional

umumlashtirish darajasida taqdim etilgani, yoki talabnoma materiallarida bunday

alomatni amalga oshirish yoki uni olish usullarini bevosita ta’riflash bilan yohud

bunday vositalar yoki uni olish usuli hammaga ma’lumligi ko'rsatilgan holda

tasdiqlanadi.

Tavsifning ushbu bo'limida shuningdek, foydali modelni amalga oshirishda

yechiladigan masalani tavsiflash paytida "Foydali modelning mohiyati" bo'limida

ko'rsatilgan texnikaviy natijani olish imkoniyatini tasdiqlovchi ma’lumotlar ham

keltiriladi. Foydali modelni tavsiflash uchun qiymatlar intervali shaklida ifodalanadigan

miqdoriy belgilardan foydalanilganda, bu intervalda texnikaviy natija olish imkoniyati

ko'rsatib beriladi.

32. Foydali model uchun uning konstruksiyasining (statik holatdagi) ta’rifi

chizmalar figuralariga havola qilingan holda keltiriladi. Ta’rifda eslatib o'tilgan raqamli

belgilar, chizmaning figurasidagi tegishli elementlar raqamli belgilari bilan bir-biriga

to’g’ri kelishi va ular eslatilib o'tilishi davomida birdan boshlab o'sib borish tartibida

keltirilishi kerak.

Foydali modelning konstruksiyasi ta’riflanib bo'lgandan so'ng, uning harakati

(ishi) yoki undan foydalanish usuli konstruktiv elementlarning raqamli belgilariga va

chizmalar figuralariga havola qilingan holda, zarur bo'lgan hollarda esa - boshqa

tushuntiruvchi materiallar (epyuralar, vaqt bo'yicha diagrammalar va h.k.) bilan

ta’riflanadi.

Agar foydali model funksional darajada tavsiflangan elementga ega bo'lsa va

ta’riflangan amalga oshirish shakli dasturlashtiriladigan (rostlanadigan) ko'p funksiyali

vositani qo'llashni nazarda tutsa, u holda shu foydali model tarkibida unga

belgilangan konkret funksiyani shunday vosita bilan bajarish imkoniyatini tasdiqlovchi

ma’lumotlar taqdim etiladi. Agar, bunday ma’lumotlar ichida algoritm, xususan,

hisoblash algoritmi keltirilgan holda, uni blok-sxema shaklida, agar iloji bo'lsa, tegishli

matematik ifoda shaklida keltirish afzalroqdir.

33. Qurilmani yangi vazifada qo'llanilishiga taalluqli foydali model uchun uning

tomonidan ushbu vazifani amalga oshirish imkoniyatini tasdiqlovchi ma’lumotlar

keltiriladi.

34. Foydali modelning formulasi, patent orqali beriladigan huquqiy muhofaza

hajmini belgilash uchun mo'ljallangan.

35. Foydali modelning formulasi tavsifga va chizmalarga to'liq asoslangan

bo'lishi, ya'ni foydali modelni uning tavsifida mavjud bo'lgan va chizmalarda

ko'rsatilgan tushunchalar bilan ta’riflab berishi lozim.

36. Foydali modelning formulasi foydali modelning mohiyatini ifodalashi, ya'ni

talabnoma beruvchi tomonidan ko'rsatilgan texnikaviy natijaga erishish uchun yetarli

bo'lgan foydali modelning muhim alomatlari majmuini ichiga olishi lozim.

37. Foydali modelning alomatlari foydali model formulasida shunday ifoda

etilishi lozimki, ularni aynanlashtirish, ya'ni ma’lum bo'lgan texnika taraqqiyoti

darajasi asosida ularning ma'nosi va mazmuni mutaxassislar tomonidan bir xil

ma'noda tushunilishi imkoniyatini ta'minlasin.

38. Foydali model formulasidagi alomat ta’rifini ushbu alomat ochib berilgan

axborot manbaiga havola qilish bilan almashtirilishi mumkin emas. Alomatni tavsifga

yoki chizmalarga havola qilmasdan ta’riflashning iloji bo'lmasa, ushbu Qoidalarning

37-bandi talablarini buzmagan holda alomat ta’rifi bunday havola qilish bilan

almashtirilishi mumkin.

39. Agar, umumiy tushunchadagi ta’riflar boshqa alomatlar bilan birgalikda

talabnoma beruvchi tomonidan ko'rsatilgan texnikaviy natijani olishni ta'minlasa,

foydali modelning alomati uni turli xususiy hollarda amalga oshirish shakllarini o'z

ichiga olgan umumiy (vazifasi, xususiyati va hokozolarni ifodalaydigan) tushunchalar

bilan ifodalanishi mumkin.

Alomat muqobil ko'rinishida ifodalanishi mumkin, bunda bunday alomat muqobil

tomonidan ko'rsatib o'tilgan istalgan holatda foydali modelning boshqa alomatlari

bilan birgalikda aynan birdan-bir texnikaviy natijani olishni ta'minlashi lozim.

40. Foydali modelning formulasi bir zvenoli va ko'p zvenoli bo'lishi hamda

tegishlicha bir yoki bir necha bandlarni o'z ichiga olishi mumkin.

41. Foydali modelning bir zvenoli formulasi foydali modelning tayyorlanishi yoki

undan foydalanishning xususiy hollarida rivojlantirishlar va aniqlashtirishlarga ega

bo'lmagan muhim alomatlar majmui bilan bitta foydali modelni tavsiflash uchun

qo'llaniladi.

42. Ko'p zvenoli formula foydali modelning tayyorlanishi yoki undan

foydalanishning xususiy hollarida rivojlantirishlar va aniqlashtirishlarga ega bo'lgan

muhim alomatlar majmui bilan bitta foydali modelni yoki foydali modellar guruhini

tavsiflash uchun qo'llaniladi.

Bitta foydali modelni tavsiflovchi ko'p zvenoli formula bir mustaqil bandga va

undan keyin keluvchi unga bog'liq band (bandlar)ga ega.

Foydali modellar guruhini tavsiflovchi ko'p zvenoli formula bir necha mustaqil

bandlarga ega bo'lib, ulardan har biri guruhning foydali modellaridan birini tavsiflaydi.

Shuning bilan birga guruhning har bir foydali modeli tegishli mustaqil bandga

bo'ysunuvchi bog'liq bandlarni jalb etish bilan tavsiflangan bo'lishi mumkin.

Ko'p zvenoli formula bandlari birdan boshlab ularni bayon etish tartibida ketma-

ket arab raqamlari bilan raqamlanadi.

43. Foydali modellar guruhini tavsiflovchi formulani bayon etishda quyidagi

qoidalarga amal qilinadi:

- alohida foydali modellarni tavsiflovchi mustaqil bandlarda odatda formulaning

boshqa bandlariga havola qilinmaydi (ushbu mustaqil bandni unda boshqa bandning

mazmunini butunlay takrorlamasdan bayon etishga imkon bersagina, bunday havola

qilishga yo'l qo'yiladi);

- bog'liq bandlar o'zlari bo'ysungan mustaqil bandlar bilan birga, shu jumladan

guruhdagi har xil foydali modellarni ta’riflash uchun bir xil mazmundagi bog'liq

bandlar jalb qilingan holda ham guruhlarga birlashtipiladi.

44. Formulaning bandi odatda, eng yaqin analogning alomatlari bilan mos

keluvchi, shu jumladan foydali modelning vazifasini ko'rsatuvchi umumlashtiruvchi

tushunchani o'z ichiga oladigan muhim alomatlarga ega bo'lgan cheklovchi qismdan

va foydali modelni eng yaqin analogidan fapqlaydigan muhim alomatlarni o'z ichiga

oladigan farqlovchi qismdan iborat.

Formula bandini cheklovchi va farqlovchi qismlarga bo'lib tuzilganda cheklovchi

qismi bayon etib bo'lingandan so'ng "shu bilan farqlanadiki" so'z birikmasi kiritiladi,

bundan keyin bevosita fapqlovchi qism bayon etiladi.

45. Formulaning bandi, xususan, avvaldan ma’lum bo'lgan qurilmani yangi

vazifada qo'llanilayotgan, analoglarga ega bo'lmagan foydali modelni tavsiflayotgan

bo'lsa, cheklovchi va fapqlovchi qismlarga bo'linmay tuziladi.

46. Formulaning bandi bitta gap ko'rinishida bayon etiladi.

47. Foydali model formulasining mustaqil bandi faqat bir modelga taalluqli

bo'lishi va bitta gap ko'rinishida bayon etilishi lozim. Bir qancha foydali modellar-

variantlarni, agar ular muqobil ko'rinishda ifodalangan faqat bunday alomatlar bilan

farqlansa, formulaning bir mustaqil bandida tavsiflashga yo'l qo'yiladi.

Agar formulaning mustaqil bandida muqobil ko'rinishda faqat funksional

mustaqil bo'lmagan (ya'ni qurilmaning bo'g'ini yoki detali bo'lmagan) alomatlar

ifodalangan bo'lsa, bunday mustaqil band faqat bitta foydali modelga taalluqli deb

hisoblanadi.

48. Agar formulaning mustaqil bandidagi mavjud alomatlar majmui har xil

turdagi obyektlarga yoki har biri o'z vazifasiga ega bo'lgan vositalar majmuiga

taalluqli foydali modellarning ta’rifini umumiy vazifadagi ko'rsatilgan vositalar

majmuini amalga oshirmagan holda o'z ichiga olsa, formulaning mustaqil bandi bir

foydali modelga taalluqli deb e’tirof etilmaydi.

49. Foydali model formulasining bog'liq bandi mustaqil bandda foydali modelni

faqat uni bajarish yoki foydalanishning xususiy hollarida tavsiflaydigan alomatlar bilan

keltirilgan foydali model alomatlarining majmuini pivojlantirish va/yoki aniqlashtirishni

o'z ichiga oladi.

50. Formula bog'liq bandining cheklovchi qismi foydali modelning vazifasini aks

ettiruvchi, odatda, mustaqil bandda keltirilganiga nisbatan qisqartirigan holda

keltirilgan umumlashtipma tushuncha va ushbu bog'liq band mansub bo'lgan mustaqil

band va/yoki bog'liq band (bandlarga) havola qilinishdan iborat. Bog'liq band

formulaning bir necha bandlariga bo'ysungan hollarda, ularga havola qilish

muqobillardan foydalanilgan holda ko’rsatiladi. Sungra foydali modelning bajarilishi

yoki foydalanishining xususiy hollarida ta’riflaydigan alomatlar keltiriladi.

Agar foydali modelni tavsiflash uchun uning bajarilishi yoki foydalanishining

xususiy hollarida bog'liq bandning alomatlari bilan bir qatopda mustaqil bandning

alomatlarigina zarur bo'lsa, u holda bu bog'liq bandning mustaqil bandga

bo'ysunishidan foydalaniladi. Agar ko’rsatib o'tilgan ta’riflash uchun formulaning bir

yoki boshqa bir necha bog'liq bandlarining alomatlari zarur bo'lsa, u holda shu bog'liq

bandning mustaqil bandga tegishli bog'liq bandlari orqali bo'ysunishidan foydalaniladi.

Bunda ushbu bog'liq bandda o'zi bevosita bo'ysungan bog'liq bandga havola qilish

keltiriladi.

51. Foydali modelning bog'liq bandini formulaning o'zi bo'ysungan o'sha

bandining alomatlarini almashtiradigan yoki chiqarib tashlaydigan holda bayon etish

mumkin emas.

Agar foydali model formulasining bog'liq bandi mustaqil bandning alomatlari

almashtirilgan yoki chiqarib tashlangan holda ifodalangan bo'lsa, ushbu bog'liq band

o'zi bo’ysungan mustaqil band bilan birga bitta foydali modelni ta’riflaydi deb e’tirof

etilishi mumkin emas.

52. Formulada qurilmaning alomatlari uni statik holatda ta’riflaydigan holda

bayon etilishi kerak. Qurilma konstruktiv elementining bajarilishini ta’riflash paytida

uning harakatchanligini, ma’lum vazifalarni bajarish imkoniyatlarini (masalan, aylanish

imkoniyati bilan, siljish imkoniyati bilan) va hokazolarni ko'rsatishga yo'l qo'yiladi.

Formulada ko'rsatib o'tilgan va ekvivalent konstruktiv elementlarni ifodalaydigan

belgilar ularga tegishli bo'lgan ularga havola qilinadigan izohli ko'rsatmalar bilan birga

beriladi. Izohli ko'rsatmalardan foydalangan holda, ular qavs ichiga olinishi lozim.

Izohli ko'rsatmalar so'ralayotgan huquqiy muhofaza hajmiga ta'sir etmaydi, faqat

formulani to'liqroq va aniqroq tushunish maqsadida keltiriladi.

53. Foydali model obyekti sifatida avvaldan ma’lum bo'lgan qurilmani yangi

vazifada qo'llanilgan holatlarda quyidagi tuzilishdagi formuladan foydalaniladi:

"…(avvaldan ma’lum bo'lgan qurilmaning nomi yoki tavsifi keltiriladi) (ko'rsatib

o'tilgan qurilmaning yangi vazifasi keltiriladi) sifatida qo'llanilishi".

54. Foydali model mohiyatini tushuntiradigan materiallar grafik tasvirlar

(chizmalar, sxemalar, grafiklap, epyupalap, rasmlar, ossilogpammalap va h.k.) va

jadvallar ko'rinishida bajarilishi mumkin.

Tavsifni chizmalar yoki sxemalar bilan tasvirlashning iloji bo'lmagan holda

rasmlar topshiriladi.

Fotosupatlar grafik tasvirlarga qo'shimcha sifatida topshirilishi mumkin.

Chizmalar, sxemalar, rasmlar alohida varaqlarda va har bir vapag'ining

yuqorisidagi o'ng bupchakda foydali modelning nomi ko'rsatilgan holda taqdim etiladi.

55. Foydali modelning refepati foydali model to'g'risidagi axborotlapni berish

maqsadlariga xizmat qiladi va foydali model tavsifi mazmunining qisqartirigan

bayonidan iborat bo'lib, foydali model nomini, u mansub bo'lgan texnika sohasi,

va/yoki foydalanish sohasining tavsifini, va agar foydali model mohiyatining ta’rifi

nomdan aniq pavshan bo'lmasa, erishiladigan texnikaviy natijani ko’rsatilgan holda

foydali model mohiyatining tavsifini o'z ichiga oladi.

Refepatda foydali modelning mohiyati har bir mustaqil bandining muhim

alomatlari saqlangan holda formulani epkin ta’riflash yo'li bilan tavsiflanadi.

Zarur bo'lgan hollarda referatga chizma kiritiladi. Refepatga kiritiladigan chizma

alohida varaqda, shu jumladan, tavsifni tasvirlovchi chizma figuralarining biri bilan

o'xshash bo'lgan hollarda ham, referat matni nusxalari soni nechta bo'lsa, shuncha

topshiriladi.

Refepatga qo'shimcha ma’lumotlar, xususan formulada bog'liq bandlarning

mavjudligi va soni, grafik tasvirlap, jadvallar ham kiritilishi mumkin.

Refepat matnining tavsiya etiladigan hajmi - 1000 bosma belgigacha.

3-§. Yo'l qo'yib bo'lmaydigan elementlar

56. Talabnomada ahloq-odob va ijtimoiy taptibga zid ibopalar, chizmalar,

rasmlar, fotosupatlar va boshqa materiallar; boshqa shaxslarning mahsulotlari yoki

texnologik japayonlariga, shuningdek talabnomalari va muhofaza hujjatlariga

nisbatan bayon qilingan iltifotsiz fikrlap; foydali modelga ochiqdan-ochiq taalluqli

bo'lmagan yoxud talabnoma hujjatlarini ushbu Qoidalarning talablariga muvofiq deb

e'tirof etish uchun zarur bo'lmagan ma’lumotlar va fikrlap bo'lmasligi lozim. "Texnika

darajasi" bo'limida ma’lum qurilmalapning kamchiligini oddiy tapzda ko’rsatish yo'l

qo'yib bo'lmaydigan element deb hisoblanmaydi.

4-§. Atamalar va belgilar

57. Foydali modelning formulasida, tavsifida va uni tushuntipib beruvchi

materiallarda, shuningdek referatda standartlashtirilgan atamalar va qisqartmalar,

ular mavjud bo'lmagan hollarda esa ilmiy va texnikaviy adabiyotda hamma qabul

qilgan atamalar va qisqaptmalar qo'llaniladi.

Adabiyotda keng qo'llanilmaydigan atama va qisqartmalar ishlatilganda, ularning

ma'nosi matnda birinchi mapta qo'llanilganda tushuntipib beriladi.

Ilmiy-texnika adabiyotlarida ilmiy deb hisoblanmaydigan tushunchalarni

ta’riflovchi atamalarni qo'llanilishiga yo'l qo'yilmaydi.

Hamma shartli belgilar passhifpovka qilinadi. Tavsifda va formulada yagona

atamalarga rioya qilinadi, ya'ni birdan-bir belgilar tavsifning matnida va formulada bir

xil ataladi. Atamaning yagonalik talabi, shuningdek fizikaviy birliklap va

foydalaniladigan shartli belgilarga ham taalluqlidir.

Fizikaviy kattaliklap amaldagi SI Xalqapo birliklap sistemasi birliklari bilan ifoda

etiladi.

5-§. Talabnoma hujjatlarini rasmiylashtirish

58. Hamma hujjatlar zarur bo'lgan hollarda ularni bevosita reproduksiya qilinib,

cheklanmagan miqdorda nusxa ko'chipish imkoniyati bo'lgan tapzda rasmiylashtiriladi.

Har bir varaqning faqat bir tomonidan, qatoplapni varaqning kichik tomoniga

papallel joylashtirilgan holda foydalaniladi.

59. Talabnomaning hujjatlari pishiq, oq, tekis, yapqipamaydigan qog'ozda

bajariladi. Talabnoma hujjatlarini MO'T da ham berish mumkin.

60. Talabnomaning har bir hujjati alohida varaqdan boshlanadi. Varaqlar

210x297 mm formatga ega bo'ladi. Tavsif, formula, chizma va referatlarni o'z ichiga

olgan varaqning hoshiyasi quyidagicha bajariladi, mm:

yuqoridagi - 20;

o'ngdagi - 20;

quyidagi - 20;

chapdagi - 25.

Chizmalar chizilgan varaqlardagi foydalaniladigan sathning o'lchami 170-262

mm dan oshmasligi lozim, hoshiyalapning o'lchami quyidagilardan kam bo'lmasligi

kerak, (mm):

yuqoridagi - 25;

chapdagi - 25;

o'ngdagi - 15;

pastki - 10.

Bu varaqda foydalanilgan yoki foydalanishga yapoqli sath atpofida ramka

chizilmasligi lozim.

Tasvirlar formati shunday tanlanadiki, bunda talabnoma hujjatlari varaqlarining

belgilangan o'lchamlaridan oshmasligi kerak. Kichik formatdagi tasvirlar (fotosuratlar)

qog'oz varaqlariga yopishtirilgan holda, varaq formati va sifatiga qo'yilgan talablarga

rioya qilingan holda taqdim etiladi.

61. Talabnoma har bir hujjatining varaqlari birdan boshlab alohida raqamlab

chiqiladi. Varaqlarning raqamlari ikkinchi varaqdan boshlab arab raqamlari bilan

qo'yiladi.

Foydali model formulasi va tavsifining har beshinchi qatopini raqamlab chiqish

tavsiya etiladi. Raqamlar belgilanayotgan qatorning char tarafiga arab raqamlari bilan

qo'yiladi.

62. Hujjatlar qopa pangli shpift bilan bosmadan chiqapiladi. Tavsif, formula va

referatning matnlari 1,5 intepval orqali bosh harflarining balandligi 2,1 mm dan kam

bo'lmagan holda bosmadan chiqapiladi.

Grafik simvollar, lotincha nomlar, lotincha va yunoncha harflar, matematik

ifodalar (formulalar) yoki simvollar siyoh, qora rangli pasta yoki tush bilan keyin yozib

qo'yilishi mumkin. Formulalarni bosma holda va qo'l bilan aralash holda yozishga

ruxsat etilmaydi.

MO'T da beriladigan materiallarga ko'yilgan talablar Patent idorasi tomonidan

belgilanadi.

63. Foydali modelning tavsifida, formulasida va referatida matematik ifodalar

(formulalar) va simvollar ishlatilishi mumkin.

Matematik formulalardagi mavjud hamma harfiy belgilar ochib beriladi.

Formulalarga beriladigan tushuntirishlarni ustun shaklida yozish lozim hamda har bir

qatordan so'ng vergul bilan nuqta qo'yish lozim. Bunda harfiy ifodalarning

rasshifrovkasi, formulada qo'llanilgan tartib bo'yicha beriladi.

Matematik belgilar: >, <, = va boshqalar faqat matematik formulalarda

qo'llaniladi, matnda ularni so'zlar bilan yozish lozim (katta, kichik, teng va h.k.).

Kattaliklar orasidagi intervallarni "...dan" va "...gacha" so'zlari bilan belgilash

lozim.

Kattaliklarni foizlar bilan ifodalashda foiz (%) belgisi sondan so'ng qo'yiladi.

Agar kattaliklar bir nechta bo'lsa, u holda foiz belgisi, ularni sanab o'tishdan oldin

qo'yilib, qo'sh nuqta bilan ajratiladi.

Matematik formulalarda ko'chirish, faqat belgi bo'yicha amalga oshiriladi.

64. Grafik tasvirlar (chizmalar, sxemalar, grafiklar, rasmlar va h.k.) chizmachilik

asboblari yordamida o'chirilmaydigan, qora, aniq chiziqlap va shtrixlap bilan

tushlanmasdan va bo'yalmasdan bajariladi.

65. Tasvirlarning masshtabi va aniqligi reproduksiya qilish paytida o'lchamlar

2/3 gacha chiziqli kichraytirilganda, hamma detallarni farqlab aniqlash mumkin

bo'ladigan tarzda tanlanadi.

66. Raqamlar va harflar qavslar, aylanalar yoki qo'shtirnoqlar ichiga olinmaydi.

Raqamlar va harflarning balandligi 3,2 mmdan kam bo'lmagan holda tanlanadi.

Raqamli va harfli belgilar aniq qilib bajariladi, ularning chiziqlari qalinligi tasvir

chiziklarining qalinligiga mos bo'lishi lozim.

67. Har bir grafik tasvir, bu tasvirning shaklidan (chizma, sxema, rasm va h.k.)

va varaqlarning raqamlanishidan qat'iy nazar, tavsif matnida keltirilgan tartibga

muvofiq arab raqamlari bilan figura sifatida raqamlanadi (fig.1, fig.2 va h.k.). Agar

tavsif bitta figura bilan tushuntirilsa, u raqamlanmaydi.

68. Chizmaning bir vapag'ida bir necha figuralar joylashtirilishi mumkin, bunday

hollarda ular bir-birlaridan aniq chegapalab qo'yiladi. Agar ikki va undan optiq

varaqlarda joylashgan figuralar bitta figuraning bo'laklarini tashkil etsalap, har xil

varaqlarda tasvirlangan figuralardan biroptasi tushipib qoldipilmay kompanovka

qilinishi mumkin bo'lgan holda joylashtiriladi.

Alohida figuralar varaqda yoki varaqlarda varaqlar maksimal holda to’ldirilgan va

varaqning uzun tomoni veptikal holatda joylashtirilganda, chizmalarni o'qish mumkin

bo'lgan holda joylashtirilishi lozim.

69. Chizmalar texnikaga oid chizmalarni tayyorlash qoidalariga muvofiq

bajariladi.

70. Chizmada to’g’ri bupchakli (optogonal) proyeksiyalardan (turli ko'pinishlap,

qirqimlap va kesimlarda) foydalanish afzalroq hisoblanadi; shuningdek aksonometpik

proyeksiyalardan ham foydalanish mumkin.

71. Qirqimlar izohli belgilar asosiy chiziqlarni bemalol o'qishga to'sqinlik

qilmaydigan tarzda qiya shtrixli chiziq bilan bajariladi.

72. Chizmadagi har bir element hamma boshqa elementlarga nisbatan

proporsional holda bajariladi, elementni aniq tasvirlash uchun proporsiyalapning bir-

biridan farqlanishining zarur bo'lgan hollari bundan mustasno.

73. Chizmalar hech qanday yozuvlarsiz bajariladi, zarur so'zlar, masalan "suv",

"bug'", "ochiq", "yopiq", "A-A" (qirqimni ko'rsatish uchun) va h.k. bundan mustasno.

74. Chizmalarda o'lchamlap ko’rsatilmaydi, zarur bo'lgan hollarda ular tavsifda

keltiriladi.

75. Grafik tasvirlapning elementlari foydali modelning ta’rifiga muvofiq holda

arab raqamlari bilan belgilanadi.

Bir necha figuralarda keltirilgan bir xil elementlar, bir xil raqamlar bilan

belgilanadi. Turli figuralarda keltirilgan turli elementlarni bir xil raqamlar bilan

belgilash mumkin emas. Tavsifda ko'rsatilmagan belgilar chizmaga qo'yilmaydi.

76. Agar grafik tasvir sxema shaklida keltirilsa, u holda uni bajarishda

standartlashtirilgan shartli grafik belgilar qo'llaniladi.

Bir shakldagi sxemada, boshqa shakldagi sxemaning ayrim elementlarini

(masalan, elektrik sxemada - kinematik va gidravlik sxemalar elementlarini) keltirish

mumkin.

Agar sxema elementlarning grafik belgilari sifatida to’g’ri burchaklar shaklida

keltirilgan bo'lsa, u holda raqamlar bilan belgilashdan tashqari to’g’ri burchakka

bevosita elementning nomi ham yozib qo'yiladi. Agar elementning grafik tasvirlari

o'lchami bunday qilishga yo'l qo'ymasa, elementning nomini chiqariladigan chiziqda

ko’rsatish mumkin (zarur bo'lgan hollarda, sxemaning hoshiyasiga joylashtirilgan

rasm ostidagi yozuv shaklida).

77. Rasm bevosita reproduksiya qilinib, cheklanmagan miqdorda nusxa

ko'chirish imkoniyati bo'lgan tarzda aniq qilib bajarilishi lozim.

78. Chizmalar, sxemalar, rasmlar foydali model tavsifida va formulasida

keltirilmaydi.

79. Axborot manbalarining bibliografiya ma’lumotlari ular bo'yicha axborot

manbaini topish mumkin bo'lgan holda ko'rsatilishi lozim.

6-§. Talabnomani topshirish

80. Foydali model muallifi, ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorislari talabnoma topshirish va

patent olish huquqiga ega.

81. Talabnoma bevosita Patent idorasiga topshiriladi yoki pochta orqali

yuboriladi.

82. Talabnoma bevosita talabnoma beruvchi tomonidan yoki Patent idorasida

ro'yxatdan o'tkazilgan patent vakillari yoxud boshqa vakil orqali topshirilishi mumkin.

83. Qonunning 35-moddasiga ko'ra O'zbekiston Respublikasidan tashqarida

yashaydigan jismoniy shaxslar yoki xorijiy yuridik shaxslar, agar O'zbekiston

Respublikasi ishtirok etgan xalqaro shartnomada boshqacha qoidalar ko'zda

tutilmagan bo'lsa, talabnoma berish va patent olish bilan bog'liq ishlarni Patent

idorasida ro'yxatdan o'tkazilgan patent vakillari orqali olib boradilar.

II bob. Patent idorasi bilan patent olish bo'yicha ishlarni olib borish

7-§. Vakil tayinlash

84. Talabnoma bo'yicha ishlarni olib borish va talabnomani ko'rib chiqishda o'z

manfaatlarini himoya qilish uchun talabnoma beruvchi ishonchnoma berish orqali

vakil tayinlashi mumkin.

Patent idorasi oldida vakillik qilish uchun ishonchnoma O'zbekiston

Respublikasida rasmiylashtiriladi va u oddiy yozma shaklda tuziladi.

Agar ishonchnoma o'zbek yoki rus tilidan boshqa tilda berilgan bo'lsa, unga

tarjimasi ilova qilinadi.

Ishonchnoma talabnoma bilan bir vaqtda taqdim etiladi.

Agar ishonchnoma Patent idorasida ro’yxatdan o'tkazilgan bir necha patent

vakili nomiga berilgan bo'lsa, u holda talabnoma bo'yicha patent olish ishlari ularning

istalgani tomonidan olib borilaveradi.

8-§. Patent idorasi bilan yozishmalarni olib borish

85. Yozishma talabnoma beruvchi yoki uning ushbu ishga vakolat berilgan vakili

bilan har bir talabnoma bo'yicha alohida olib boriladi.

86. Talabnoma topshirilgandan keyin yuboriladigan materiallarda talabnoma

raqami va talabnoma beruvchi yoki uning patent vakili yoxud ishonchli vakilining

imzosi bo'lishi shart.

Talabnoma raqami ko'rsatilmagan materiallar, agar raqamni bilvosita aniqlash

imkoni bo'lmasa, qaytarib yuboriladi.

87. Talabnoma bo'yicha ish yuritish jarayonida yuboriladigan materiallar

Qonunda belgilangan muddatlarda taqdim etiladi.

89. Patent idorasiga talablarni buzib taqdim etilgan materiallar bo'yicha

bildirishnoma yuborilgan sanadan boshlab uch oylik muddatda tuzatilgan va

yetishmayotgan materiallarni taqdim etish taklif etilgan so'rovnoma yuboriladi.

Talabnoma beruvchi yoki uning patent vakili yoxud ishonchli shaxsi bo'lmagan

shaxslar tomonidan taqdim etilgan materiallar ko'rib chiqilmaydi. Bunday materiallarni

topshirgan shaxsga tegishli bildirishnoma yuboriladi.

9-§. Talabnoma hujjatlariga tuzatishlar, aniqliklar va qo'shimchalar kiritish

89. Qonunning 20-moddasiga ko'ra talabnoma beruvchi talabnoma topshirilgan

sanadan e’tiboran ikki oy mobaynida talabnomada ko'rsatilgan sanoat mulki

obyektining mohiyatini o'zgartirmagan holda tuzatishlar, aniqliklar yoki qo'shimcha

materiallar kiritish huquqiga ega.

90. Belgilangan miqdordagi patent boji to'langan taqdirda talabnoma bo'yicha

tuzatishlar, aniqliklar yoki qo'shimcha materiallar ko'rsatilgan muddat o'tgandan keyin

ham, lekin patent berish haqidagi qaror chiqarilgunga qadar tegishli ariza berish yo'li

bilan kiritilishi mumkin.

Arizaga, talabnoma materiallariga o'zgartirishlar kiritish uchun patent boji

to'langani haqidagi hujjat ilova qilinadi. Patent boji to'langani haqidagi hujjat taqdim

etilmagan taqdirda yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi va bu

haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi. To'langan patent bojining summasi

belgilangan miqdordan kam bo'lganda talabnoma beruvchi Patent idorasi tomonidan

yetishmayotgan patent bojini to'lash haqidagi bildirishnoma yuborilgan sanadan

boshlab uch oy ichida kerakli summani to'lash huquqiga ega.

91. Talabnoma materiallariga tuzatishlar, aniqliklar va qo'shimchalar kiritish

talabnoma beruvchi tomonidan tegishli yozma arizalar va almashtiriladigan varaqlarni

topshirish yo'li bilan amalga oshiriladi. Ariza shakllari ushbu Qoidalarga berilgan

2,3,4-ilovalarda keltirilgan.

Almashtiriladigan varaqlar talabnoma tegishli hujjatining har bir nusxasi uchun

o'zbek yoki rus tilida taqdim etiladi. Talabnoma beruvchi ariza Patent idorasiga kelib

tushganligi va uni ko'rib chiqish natijalari haqida xabardor qilinadi.

92. Talabnoma beruvchi - yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning

familiyasi (ismi, otasining ismi) o'zgartirilganda Patent idorasiga talabnoma

beruvchining nomiga o'zgartirish kiritish haqida ariza beriladi va ushbu

o'zgartirishlarni tasdiqlaydigan hujjat taqdim etiladi. Ariza shakli ushbu Qoidalarga

berilgan 2-ilovada keltirilgan.

93. Talabnomaga bo'lgan huquq boshqa shaxsga o'tkazilgan holda Patent

idorasiga talabnoma beruvchini o'zgartirish to’g’risidagi yozuvni kiritish haqida ariza

beriladi. Ariza shakli ushbu Qoidalarga berilgan 3-ilovada keltirilgan.

Patent olishga bo'lgan huquqni boshqa shaxsga o'tkazilishida yoki talabnoma

beruvchining nomi o'zgarishi natijasida talabnoma beruvchi haqidagi ko'rsatmani

o'zgartirish foydali modelni tegishli davlat reestrida ro'yxatdan o'tkazish sanasigacha

amalga oshirilishi mumkin.

Arizada talabnomaga bo'lgan huquq boshqa shaxsga - huquq vorisiga o'tkazilishi

haqida ko'rsatma, bu shaxs haqidagi ushbu Qoidalarning 13-bandida ko'zda tutilgan

ma’lumotlar keltirilishi lozim. Ariza talabnoma beruvchi va uning huquq vorisi

tomonidan ushbu Qoidalarning 21-bandida ko'zda tutilgan tartibda imzolanadi.

Ariza faqat talabnoma beruvchi tomonidan imzolangan holda, unga talabnoma

beruvchi va uning huquq vorisi tomonidan imzolangan huquq o'tkazilganligini

tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi. Ariza shakli ushbu Qoidalarga berilgan 3-ilovada

keltirilgan.

94. Belgilangan talablar bajarilgan holda talabnoma beruvchi va uning huquq

vorisi talabnoma materiallariga talabnoma beruvchi o'zgartirilganligi to’g’risidagi

yozuv kiritilganligi haqida xabardor qilinadi. Keyingi barcha yozishmalar yangi

talabnoma beruvchi bilan olib boriladi.

Talabnomaga bo'lgan huquq o'tgan sana deb talabnoma beruvchi va uning

huquqiy vorisiga talabnoma beruvchi o'zgartirilganligi to’g’risidagi yozuv kiritilganligi

haqidagi bildirishnoma yuborilgan sana hisoblanadi. Belgilangan talablar bajarilmagan

holda talabnoma beruvchi va uning huquq vorisi taqdim etilgan hujjatlarni

aniqlashtirish va/yoki tuzatish haqida yoki tegishli sabablarni ko'rsatgan holda

talabnoma materiallariga talabnoma beruvchi o'zgartirilganligi to’g’risidagi yozuv

kiritish mumkin emasligi haqida xabardor qilinadi.

95. Patent idorasi talabnoma hujjatlarida yo'l qo'yilgan xatolarni tuzatish

haqidagi tegishli talabnoma raqami va tuzatilishi lozim bo'lgan xato ko'rsatilgan

talabnoma beruvchi yoki uning patent vakili tomonidan imzolangan arizani qabul

qiladi. Ariza shakli ushbu Qoidalarga berilgan 4-ilovada keltirilgan.

Talabnoma hujjatlarida yaqqol ayon bo'lgan va texnik xatolarni tuzatish foydali

modelni tegishli davlat reestrida ro'yxatdan o'tkazish sanasiga qadar amalga

oshirilishi mumkin. Agar mutaxassis uchun umum e'tirof etilgan bilimlardan taklif

etilgan tuzatishdan boshqa harakat ayon bo'lmasa, tuzatish yaqqol ayon deb

hisoblanadi.

Agar tuzatishlar bibliografiya ma’lumotlarini ko'rsatishdagi xatoliklarga va

boshqa shu kabi xatolarga oid bo'lib, hujjatni tuzatish bevosita nusxa olishda

aniqlikka nisbatan salbiy oqibatlarga olib kelmasa, tuzatish kiritish zarurligi avvalgisini

o'rnini bosadigan varaqlarni taqdim etmasdan talabnoma beruvchining xatida bayon

qilinishi mumkin.

96. Belgilangan talablar bajarilmagan holda, talabnoma beruvchi taqdim etilgan

hujjatlarga aniqlar kiritish va/yoki tuzatish lozimligi haqida yoki tegishli sabablarni

ko'rsatib, talabnoma materiallariga o'zgartirish kiritish mumkin emasligi haqida

xabardor qilinadi.

97. Foydali model birligi talabi buzilgan holda topshirilgan talabnoma,

talabnoma beruvchining iltimosiga ko'ra ikki yoki bir necha talabnomalarga ajratilishi

mumkin (bundan buyon - ajratilgan alohida talabnoma).

98. Ajratilgan alohida talabnomalar bo'yicha birinchi talabnomaning topshirish

sanasi va foydali model ustuvorligi, birinchi talabnoma bo'yicha bir muncha ilgariroq

ustuvorlikni belgilash huquqi mavjud bo'lgan holda esa, ushbu ustuvorlik saqlab

qolinadi.

99. Iltimosnoma bilan birga ushbu Qoidalarning 5-79-bandlariga muvofiq

rasmiylashtirilgan hujjatlar va belgilangan miqdorda patent boji to'langani haqidagi

hujjat yoki patent bojini to'lashdan ozod etish yoxud uning miqdorini kamaytirish

uchun asoslarni tasdiqlaydigan hujjat taqdim etiladi.

10-§. So'ralgan materiallarni taqdim etish muddatlarini uzaytirish

100. Qonunning 20-moddasiga muvofiq belgilangan talablar buzilgan holda

rasmiylashtirilgan talabnoma bo'yicha talabnoma beruvchiga yetishmagan yoki

tuzatilgan materiallarni so'rovnoma jo'natilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida

taqdim etish taklif qilingan so'rovnoma yuboriladi.

So'ralgan materiallarni talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etish muddati

belgilangan muddatni uzaytirish to’g’risida iltimosnoma berilgan holda, ammo 12

oydan ko'p bo'lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.

Iltimosnomaga muddatni uzaytirish uchun belgilangan miqdorda patent boji

to'langanini tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi. Agar bunday hujjat taqdim etilmagan

bo'lsa, yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi va bu haqida

talabnoma beruvchiga xabar beriladi.

101. Muddatni uzaytirish to’g’risidagi iltimosnoma so'rovnoma talabnoma

beruvchiga yuborilgan sanadan boshlab uch oy ichida taqdim etiladi.

102. So'ralgan materiallarni taqdim etish muddati uzaytirilganligi haqida

talabnoma beruvchiga xabar beriladi.

103. Iltimosnomani taqdim etish muddatiga rioya qilinmagan holda talabnoma

beruvchining iltimosnomasi qanoatlantirilmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga

xabar beriladi.

11-§. O'tkazib yuborilgan muddatlarni tiklash

104. Qonunning 20-moddasiga muvofiq talabnoma beruvchi tomonidan o'tkazib

yuborilgan ekspertiza so'rovnomasi bo'yicha qo'shimcha materiallarni taqdim etish

muddatlari tiklanishi mumkin.

105. O'tkazib yuborilgan muddatlarni tiklash to’g’risidagi iltimosnoma talabnoma

beruvchi tomonidan taqdim etish muddati o'tkazib yuborilgan hujjat bilan birga

muddat o'tkazib yuborilgan kundan e’tiboran o'n ikki oydan kechiktirmay muddat

o'tkazilishiga sabab bo'lgan uzrli sabablar ko'rsatilgan holda beriladi. Patent idorasi

ko'rsatilgan sabablar mavjudligini hujjatlar bilan tasdiqlashni so'rash huquqiga ega.

106. Iltimosnomaga belgilangan miqdorda tegishli patent boji to'langanini

tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi. Belgilangan miqdordagi patent boji to'langanligini

tasdiqlaydigan hujjat ko'rsatilgan muddatda taqdim etilmagan holda yuridik

ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga

xabar beriladi.

107. O'tkazib yuborilgan muddat tiklangani to’g’risida talabnoma beruvchiga

xabar beriladi.

108. Agar yuqorida ko'rsatilgan talablarga rioya qilinmagan holda iltimosnoma

qanoatlantirilmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.

12-§. Talabnoma beruvchining talabnoma materiallari bilan tanishishi

109. Talabnoma beruvchi (uning patent vakili yoki ishonchli shaxsi) o'zi

topshirgan talabnoma va shu talabnoma bo'yicha Patent idorasi bilan olib borilgan

yozishmalar bilan kuni va soatini avvaldan kelishib, bevosita Patent idorasida, va

shuningdek talabnoma, ko'rsatilgan materiallar yoki ularning qismlari nusxasini

so'rovnoma orqali olib tanishishi mumkin.

110. Huquqni muhofaza qilish organlari talabnoma materiallari bilan faqat

tergov olib borish zaruriyati munosabati bilan tanishish huquqiga ega.

13-§. Talabnomani talabnoma beruvchining ishtirokida ko'rib chiqish

111. Talabnoma bilan bog'liq savollarni talabnoma beruvchining (uning patent

vakili yoki ishonchli shaxsining) ishtirokida ko'rib chiqish Patent idorasining taklifi

bo'yicha yoki talabnoma beruvchining iltimosiga ko'ra ikkala tomon bu savollar bilan

tanishib chiqqanidan so'ng amalga oshiriladi.

112. Ekspertizaning savollari uchrashish maqsadga muvofiqligi ma’lum qilingan

so'rovnomada, talabnoma beruvchining savollari esa, uchrashuv o'tkazish haqidagi

iltimosnomada bayon qilinishi mumkin.

113. So'rovnoma berilgan holda talabnoma beruvchi talabnomani ko'rib

chiqishda ishtirok etishidan qat'i nazar javob so'rovnoma jo'natilgan sanadan boshlab

uch oylik muddatda talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etiladi. Talabnomani

ko'rib chiqish sanasi va vaqti oldindan kelishib olinadi.

Sharoit o'zgargan holda belgilangan vaqtda talabnomani ko'rib chiqishda ishtirok

etish imkoniyati bo'lmagan tomon darhol bu haqida ikkinchi tomonni xabardor qiladi.

114. Bir o'zi talabnoma beruvchi bo'lmagan shaxs faqat vakillik qilish uchun

ishonchnomasi bo'lgan taqdirda boshqa talabnoma beruvchilarsiz o'zi talabnomani

ko'rib chiqishda ishtirok etishi mumkin.

115. Talabnomani talabnoma beruvchining ishtirokida ko'rib chiqish muzokara

yo'li bilan yoki ekspert kengashida amalga oshiriladi.

Agar savollar bevosita ekspert va talabnoma beruvchi tomonidan hal qilingan

holda muzokaralar, agar savollarni hal qilish uchun ekspertiza tomonidan bir necha

mutaxassislar ishtirok etishi talab etilsa, ekspert kengashi o'tkaziladi.

Muzokaralar va ekspert kengashi natijalari bo'yicha belgilangan shaklda ikki

nusxada ishtirokchilar haqidagi ma’lumotlarni, tomonlar tarafidan keltirilgan dalillar va

takliflar va keyingi ish yuritish haqidagi xulosalarni ichiga olgan bayonnoma tuziladi.

Bayonnomada foydali model formulasining talabnoma beruvchi (uning patent

vakili yoki ishonchli shaxsi) tomonidan taklif etilgan yangi tahriri, talabnomani

chaqirib olish haqidagi ariza, ekspertizaning yozma tushuntirishlar talab qilgan

savollari va hokazolar keltirilishi mumkin.

Bayonnoma ko'rib chiqishda qatnashgan barcha ishtirokchilar tomonidan

imzolanadi. Bir nusxasi talabnoma materiallariga qo'shib qo'yiladi, ikkinchisi esa

talabnoma beruvchiga (uning patent vakili yoki ishonchli shaxsiga) beriladi.

Muhokama qilingan savollar bo'yicha kelishuvga erishilmagan holda,

bayonnomada ko'rib chiqishda qatnashganlarning alohida fikri qayd etilishi mumkin.

Talabnoma beruvchiga beriladigan tegishli xulosalarni ichiga olgan bayonnoma

nusxasi ish yuritishni to'xtatish haqidagi bildirishnomaning (talabnoma chaqirib

olingan holda) yoki ekspertiza so'rovnomasining o'rnini bosishi mumkin, bu haqida

tegishli yozuv qayd etib qo'yiladi.

116. Bayonnoma talabnoma beruvchining ekspertiza so'rovnomasiga javobining

o'rnini (agar, bu holda javob berish uchun belgilangan muddatlar buzilmagan bo'lsa)

bosishi mumkin. Bu holda bayonnomaga tegishli yozuv qayd etib qo'yiladi.

14-§. Talabnoma beruvchi tomonidan talabnomani chaqirib olish

117. Qonunning 20-moddasiga muvofiq talabnoma beruvchi talabnomani Davlat

ekspertizasining istalgan bosqichida davlat ro'yxatidan o'tkazilgunga qadar chaqirib

olish huquqiga ega. Chaqirib olish to’g’risidagi ariza qabul qilinganligi haqidagi

bildirishnoma talabnoma beruvchiga jo'natilgan sanadan e’tiboran talabnoma chaqirib

olingan deb hisoblanadi.

Talabnomani ko'rib chiqish tugallangunga qadar chaqirib olingan holda,

talabnoma bo'yicha ish yuritish to'xtatiladi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar

beriladi. Talabnoma ko'rsatilgan muddatda talabnoma beruvchi tomonidan ixtiroga

talabnomaga o'zgartirilgan holda, uni foydali modelga talabnoma sifatida ko'rib

chiqish to'xtatiladi va shuningdek, bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.

118. Chaqirib olingan va chaqirib olingan deb hisoblanadigan talabnoma yuridik

oqibatlarga olib kelmaydi, ya'ni u bo'yicha hech qanday yuridik ahamiyatga molik

amallar olib borilishi mumkin emas (bunday talabnoma bo'yicha ekpertiza

o'tkazilmaydi, patent berilmaydi, ixtiroga talabnomaga o'zgartirilishi mumkin emas va

x.k.) va kelgusida talabnoma beruvchining huquqlari ushbu talabnomaga asoslanishi

mumkin emas (xususan, keyingi talabnomani topshirishda chaqirib olingan va

chaqirib olingan deb hisoblanadigan talabnoma yoki unga qo'shimcha materiallar

kelib tushgan sanasi bo'yicha ustuvorlik so'rash mumkin emas); boshqa talabnomalar

bo'yicha ekspertiza o'tkazish jarayonida yangilikka tekshirilganda bunday talabnoma

texnika taraqqiyoti darajasiga kiritilmaydi.

119. Talabnoma beruvchining talabnomani chaqirib olish to’g’risidagi arizasi

ma’lumot uchun qabul qilingani haqidagi bildirishnoma jo'natilgandan keyin kelib

tushgan ushbu arizani haqiqiy emas deb hisoblash to’g’risidagi iltimosi ushbu

Qoidalarning 118-bandida ko'rsatilgan talabnomani chaqirib olish oqibatlarini bekor

qilishga asos bo'lmaydi.

III bob. Talabnomani ko'rib chiqish

15-§. Kelib tushgan talabnomani ro'yxatga olish

120. Patent idorasiga kelib tushgan talabnoma materiallari, agar kamida o'zbek

yoki rus tilida patent berish to’g’risidagi ariza va belgilangan miqdorda patent boji

to'langanini tasdiqlaydigan hujjatni yoki patent bojini to'lashdan ozod etish uchun

yoxud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlaydigan hujjatni ichiga

olsa, ular kelib tushgan sanasi ko'rsatilgan holda foydali modelga talabnoma sifatida

ro'yxatga olinadi.

121. Talabnomaga Patent idorasining ro'yxat raqami beriladi.

Talabnoma beruvchi talabnoma materiallari kelib tushganlik fakti haqida ro'yxat

raqami va kelib tushgan sanasi ma’lum qilingan holda xabardor qilinadi.

122. Agar talabnoma hujjatlari o'zbek yoki rus tilidan boshqa tilda berilgan

holda, talabnoma materiallarida rasmiy ekspertizani muddatdan ilgari boshlash

haqidagi iltimosnoma bo'lsa, talabnoma beruvchi talabnoma hujjatlarining tarjimasi

olinmagunga qadar rasmiy ekspertizani o'tkazish mumkin emasligi haqida xabardor

qilinadi.

Ro'yxatdan o'tkazilgan talabnoma materiallari qaytarilmaydi.

123. Talabnoma materiallari Patent idorasiga kelib tushgandan patent

berilganligi to’g’risidagi ma’lumotlar rasmiy nashrda e’lon qilingunga qadar maxfiy

(konfidensial) hisoblanadi va talabnoma beruvchining roziligisiz ma’lum qilinishi

mumkin emas.

16-§. Rasmiy ekspertiza

124. Qonunning 20-moddasiga muvofiq Patent idorasi patent berish uchun

talabnoma bo'yicha rasmiy ekspertiza va foydali modelga talabnoma ekspertizasidan

iborat bo'lgan davlat ekspertizasini o'tkazadi.

125. Qonunning 21-moddasiga muvofiq talabnomaning rasmiy ekspertizasi u

Patent idorasiga kelib tushgan sanasidan ikki oy o'tgandan so'ng o'tkaziladi.

126. Talabnoma beruvchining yozma iltimosnomasiga ko'ra rasmiy ekspertiza

ko'rsatilgan muddat o'tmasdan boshlanishi mumkin. Bu holda talabnoma beruvchi

iltimosnoma berilgan paytdan boshlab talabnoma materiallariga belgilangan miqdorda

qo'shimcha patent boji to'lamasdan o'z tashabbusiga ko'ra tuzatishlar, aniqliklar va

qo'shimchalar kiritish imkoniyatidan mahrum bo'ladi. Agar talabnoma beruvchi

tomonidan ko'rsatilgan muddatda talabnoma ixtiroga talabnomaga o'zgartirilgan

holda uni foydali modelga talabnoma sifatida ko'rish to'xtatiladi, va talabnoma

beruvchi bu haqida xabardor qilinadi.

Talabnoma beruvchining iltimosnomasini berilmagan deb hisoblash haqidagi

iltimosi kelib tushgan taqdirda (rasmiy ekspertizani ko'rsatilgan muddat o'tmasdan

boshlash haqidagi iltimosnomani chaqirib olish) Qonunnning 20-moddasi ikkinchi

qismida ko'zda tutilgan talabnoma beruvchining patent boji to'lamasdan o'z

tashabbusiga ko'ra tuzatishlar, aniqliklar va qo'shimchalar kiritish huquqi tiklanmaydi.

127. Rasmiy ekspertiza o'tkazish davomida quyidagilar tekshiriladi:

a) talabnoma tarkibida bo'lishi yoki unga ilova qilinishi lozim bo'lgan

hujjatlarning mavjudligi;

b) foydali model mohiyatini tahlil qilmasdan turib aniqlanadigan belgilangan

talablarga rioya qilinganligi;

v) Qonunning 14-moddasi to'rtinchi qismida ko'zda tutilgan hollarda talabnoma

topshirish tartibiga, jumladan patent vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan

ishonchnomaning mavjudligi va to’g’ri rasmiylashtirilishiga rioya qilinganligi;

g) talabnoma foydali model sifatida muhofazalanadigan obyektlarga oid taklifga

berilganligi;

d) talabnoma bo'yicha Patent idorasiga kelib tushgan sanasidan avvalroq

ustuvorlikni so'rash asoslanganligi;

e) foydali modelni XPKning amal qilayotgan tahriridagi tasniflanishi to’g’riligi

(agar talabnoma beruvchi tomonidan tasniflanmagan bo'lsa tasniflanadi).

128. Ro'yxatga olingan talabnomada talabnomani topshirish uchun belgilangan

miqdorda boj to'langanini tasdiqlaydigan hujjat mavjudligi tekshiriladi. Bunday hujjat

yoki ko'rsatilgan patent bojini to'lashdan ozod qilish yoxud uning miqdorini

kamaytirish uchun asoslar mavjudligini tasdiqlaydigan hujjat bo'lmagan taqdirda

talabnoma beruvchiga tegishli hujjatni (hujjatlarni) talabnoma materiallari kelib

tushgan sanadan yoki ekspertiza o'tkazish lozim bo'lgan obyektlar ko'rsatilgan

sanadan e’tiboran uch oy ichida (agar materiallar kelib tushgan sanagacha patent

boji talabnomada keltirilgan obyektlarning hammasi uchun to'lanmagan bo'lsa)

taqdim etish zarurligi haqida bildirishnoma yuboriladi.

129. Agar ariza topshirilganda, patent boji belgilangan miqdordan kam

to'langan bo'lsa, talabnoma beruvchiga bildirishnoma jo'natilgan sanadan e’tiboran

uch oy ichida talabnomani topshirish uchun to'lagan patent bojini va formulaning

mustaqil bandlari sonini muvofiqlashtirish haqida bildirishnoma yuboriladi. Talabnoma

beruvchiga, shuningdek belgilangan miqdordagi patent bojini belgilangan muddatda

to'langanini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilmagan taqdirda, bitta foydali modelga

talabnoma materiallari topshirilmagan deb hisoblanishi, foydali modellar guruhiga

talabnoma bo'yicha esa ekspertiza talabnoma beruvchi tomonidan tanlab olingan

bandlar bo'yicha yoki agar u tanlagan bandlar haqida ko'rsatilgan muddatda xabar

bermagan holda formulada birinchi bo'lib ko'rsatilgan bandlar bo'yicha o'tkazilishi

haqida xabar beriladi.

Agar patent boji to'langanini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilmagan holda,

talabnoma materiallarida rasmiy ekspertizani ko'rsatilgan muddat o'tmasdan boshlash

haqidagi iltimosnoma bo'lsa, talabnoma beruvchi patent boji to'langanligiga oid hujjat

olinmagunga qadar bu iltimosni qanoatlantirish mumkin emasligi haqida xabardor

qilinadi.

Talabnoma beruvchiga patent bojini to'lash to’g’risidagi bildirishnoma talabnoma

materiallarini ro'yxatdan o'tkazish to’g’risidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda

yuborilishi mumkin.

130. Agar rasmiy ekspertiza jarayonida talabnoma hujjatlari qo'yilgan talablarga

rioya qilinmagan holda rasmiylashtirilgani aniqlansa, talabnoma beruvchiga

kamchiliklarni ko'rsatib, zarur huquqiy asoslarni keltirgan holda va yetishmagan yoki

tuzatilgan hujjatlarni so'rovnoma jo'natilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida taqdim

etish taklif etilgan so'rovnoma yuboriladi.

Quyidagilar so'rovnoma yuborish uchun asos bo'ladi:

a) talabnomada ushbu Qoidalarnng 5-bandida ko'zda tutilgan hujjatlardan

birortasi bo'lmasa;

b) talabnoma patent vakili yoxud ishonchli shaxs orqali topshirilganda

ishonchnoma yo'qligi yoki uni rasmiylashtirish qoidalari buzilganligi;

v) talabnoma hujjatlari belgilangandan kam nusxada topshirilganda;

g) O'zbekiston Respublikasidan tashqarida yashovchi jismoniy shaxslar yoki

xorijiy yuridik shaxslar tomonidan talabnoma Patent idorasida ro'yxatdan o'tkazilgan

patent vakillari orqali topshirilmaganda, agar O'zbekiston Respublikasi ishtirok etgan

xalqaro bitimlarda talabnomani bunday topshirish ko'zda tutilgan tartib o'rnatilmagan

bo'lsa;

d) patent berish uchun arizada ushbu Qoidalarda ko'zda tutilgan rekvizitlar,

imzolar, muhr (zarur bo'lganda) yo'qligi;

e) patent bojlari to’g’ri to'langanligi bilan bog'liq savollarni aniqlash zaruriyati;

j) talabnoma hujjatlarining o'zbek yoki rus tiliga tarjimasi yo'qligi, agar ular

boshqa tilda topshirilgan bo'lsa;

z) hujjatlardan bevosita nusxa ko'chirishga, ularni saqlashga to'sqinlik qiladigan

va/yoki patent tavsifini e’lon qilishga tayyorlash imkoniyatini bermaydigan

kamchiliklar (varaqlar formatiga, hoshiyalarning o'lchamlariga va h.k.larga qo'yilgan

talablar buzilganda, talabnoma materiallarini o'qishni qiyinlashtiradigan bosma sifati

va h.k.) aniqlanganda;

i) foydali model tavsifida ushbu Qoidalarda ko'zda tutilgan biron-bir bo'limning

yo'qligi (agar tegishli bo'limda bayon qilinishi lozim bo'lgan ma’lumotlar boshqa

bo'limda keltirilgan bo'lsa so'rovnoma yuborilmaydi), va shuningdek foydali model

formulasida yoki tavsifida biron-bir alomat ta’rifini ushbu alomat ochib berilgan

adabiyot manbaiga havola qilish bilan almashtirish;

k) talabnomada hamma tanisha olmaydigan adabiyot manbaiga berilgan izohlar

yoki undagi ba'zi ma’lumotlarni (patent berilishi to’g’risida ma’lumotlarni e’lon qilishda

muallifligi ko'rsatilishini istamagan mualliflar to’g’risidagi ma’lumotlar bundan

mustasno) e’lon qilish mumkin emasligi haqida ko'rsatmalar mavjud bo'lgan holda;

l) formula bandini bitta gap ko'rinishida bayon qilish talablari buzilgan holda;

m) foydali model formulasida tegishli obyekt belgilari o'rniga uning ishlatishdagi

ko'rsatkichlari va iste'mol xususiyatlari, uni amalga oshirish va/yoki undan

foydalanishda kelib chiqadigan effekt va hodisalar haqida ma’lumotlar mavjudligi;

n) talabnoma hujjatlarining bir-biriga mos emasligi (arizada keltirilgan foydali

model nomi tavsifda va formulada keltirilgan nomiga mos emasligi; chizmalar foydali

model tavsifiga mos emasligi va h.k.).

o) talabnomada avvalroq ustuvorlik so'rash bilan bog'liq savollarni aniqlash

zaruriyati.

131. Agar talabnoma beruvchi belgilangan muddatda so'ralgan materiallarni

yoki ularni topshirish muddatlarini uzaytirish haqidagi iltimosnomani ushbu

Qoidalarning 10-§ida ko'zda tutilgan shartlarga rioya qilingan holda taqdim etmasa,

talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi va bu haqida talabnoma beruvchiga

xabar beriladi. Talabnoma bo'yicha ish yuritish to'xtatiladi.

132. O'tkazib yuborilgan muddat Patent idorasi tomonidan tiklangan holda ish

yuritish davom ettirilishi mumkin.

133. Talabnoma mohiyatini biron-bir texnika sohasiga oidligini aniqlash

maqsadida Patent idorasi talabnoma berilgan foydali modelni XPKning amaldagi

tahriri bo'yicha tasniflaydi.

Tasniflash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

talabnoma rasmiy ekpertizasini o'tkazishda;

foydali modelga berilgan talabnoma ekspertizasini o'tkazishda.

Tasniflash XPKga kirish bilan belgilangan qoidalarga muvofiq o'tkaziladi.

Tasniflashda tasnif indekslarini tanlash uchun talabnoma berilgan foydali model

formulasi asos bo'ladi. Foydali model mohiyatini to'liqroq tushunish uchun tavsif va

chizmalardan foydalaniladi. Agar talabnoma XPKning turli rubrikalariga tegishli bir

necha obyektlarni ichiga olgan bo'lsa, barcha mos tasnif indekslari aniqlanadi. Bu

holda birinchi indeks foydali model nomi bilan aniqlanadi. Rasmiy ekspertiza

bosqichida aniqlangan tasnif indekslari foydali model ekspertizasini o'tkazish

jarayonida o'zgartirilishi mumkin.

134. Rasmiy ekspertiza natijasida talabnoma patentga layoqatli obyektlarga oid

bo'lmagan taklifga berilganligi aniqlangan holda, talabnoma beruvchiga patent

berishni rad etish uchun asos bo'ladigan dalillarni keltirgan holda va ularni rad etish

taklif etilgan so'rovnoma yuboriladi. Talabnoma beruvchi, shuningdek, so'rovnoma

jo'natilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida ko'rsatilgan mazmundagi javobni taqdim

etmagan taqdirda talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanishi haqida xabardor

etiladi.

O'tkazib yuborilgan muddat Patent idorasi tomonidan tiklangan holda ish

yuritish davom ettirilishi mumkin.

Agar talabnoma beruvchi o'z javobida ekspertizaning dalillarini rad etmagan

bo'lsa patent berishni rad etish to’g’risidagi qaror qabul qilinadi.

135. Talabnoma berilgan taklif formulaning mustaqil bandida ifodalangan

ko'rinishida ushbu Qoidalarning 3-bandida keltirilgan takliflar ro'yxatiga mos bo'lsa,

patentga layoqatli foydali model deb tan olinmaydi.

Talabnoma berilgan taklif ko'p zvenoli formulada ta’riflangan bo'lib, bog'liq

bandning mazmuni ushbu obyektning jamiyat manfaatlariga, insonpavarlik va odob-

axloq prinsiplariga zid bo'lsa, bunday obyekt ham patentga layoqatli foydali model

deb tan olinmaydi.

136. Agar talabnoma tarkibida barcha zarur hujjatlar bo'lgan, ularga qo'yilgan

talablarga rioya qilingan va talabnoma berilgan taklif patentga layoqatli foydali model

deb tan olinmaydigan ro'yxatga oid bo'lmagan taqdirda talabnoma beruvchiga

talabnoma ko'rib chiqishga qabul qilinganligi to’g’risida qaror yuboriladi.

Agar talabnoma topshirilganda patent boji formuladagi bandlar uchun

belgilangan miqdordan kam to'langan bo'lsa, talabnoma beruvchi tomonidan

to'langan patent boji va formulaning mustaqil bandlari sonini muvofiqlashtirish

natijasida dastlab formula tarkibida bo'lgan ba'zi bandlar chiqarib tashlanganda,

qarorda, shuningdek, talabnoma faqat tuzatilgan formula oid bo'lgan talabnoma

berilgan deb hisoblangan foydali modelga (foydali modellarga) nisbatan ko'rib

chiqishga qabul qilinganligi ko'rsatiladi va ushbu talabnoma Patent idorasida

keyinchalik ko'rib chiqish davomida talabnoma beruvchi tomonidan tuzatilgan

taqdirda unda boshqa foydali modelga oid mustaqil bandlar paydo bo'lishiga olib

kelmasligi lozim.

17-§. Foydali modelga talabnoma ekspertizasi

137. Qonunning 22-moddasi birinchi qisimga muvofiq foydali modelga

talabnoma ekspertizasi belgilangan miqdordagi patent bojini to'langan taqdirda

o'tkaziladi.

Patent boji to'langani haqidagi hujjat kelib tushganda talabnoma beruvchi

patent boji kelib tushganlik fakti haqida xabardor qilinadi.

Agar talabnoma beruvchi tomonidan talabnoma ekspertizasini o'tkazish

to’g’risidagi ariza topshirilganda patent boji belgilangan miqdordan kam to'lagan

bo'lsa, talabnoma beruvchiga bildirishnoma jo'natilgan sanadan e’tiboran uch oy

ichida to'langan patent bojini va formulaning mustaqil va bog'liq bandlari sonini

muvofiqlashtirish haqida bildirishnoma yuboriladi. Talabnoma beruvchi yoki

formulaning foydali modelga oid bandlarini ko'rsatishi yoki ekpertiza o'tkazilmaydigan

bandlar chiqarib tashlangan formulani va/yoki qo'shimcha patent boji to'langanini

tasdiqlaydigan hujjatni taqdim etishi lozim.

138. Bildirishnomada ko'rsatilgan belgilangan miqdordagi patent bojini

to'langanligini tasdiqlovchi hujjat belgilangan muddatda taqdim etilmaganda, bitta

foydali modelga talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi, foydali modellar

guruhiga talabnoma bo'yicha esa talabnomaning ekspertizasi formulaning birinchi

bo'lib ko'rsatilgan bandlariga nisbatan yoki foydali modelning talabnoma beruvchi

tomonidan ko'rsatilgan bandlariga nisbatan ularga patent boji to'langan holdagina

o'tkaziladi.

139. Foydali modelga talabnoma ekspertizasida quyidagilar amalga oshiriladi:

foydali model ustuvorligini belgilash, agar u Qonunning 18-moddasi ikkinchi-

to'rtinchi qismlariga ko'ra so'ralayotgan bo'lsa;

talabnoma beruvchi tomonidan foydali model formulasining ushbu Qoidalarning

34-52- bandlarida keltirilgan talablarga muvofiqligini tekshirish;

qo'shimcha materiallarni ushbu Qoidalarning 22-§iga muvofiq tekshirish, agar

talabnoma beruvchi tomonidan bunday materiallar taqdim etilgan bo'lsa;

talabnoma beruvchi tomonidan talabnomaning dastlabki materiallarida yoki

talabnomani ko'rib chiqishda e’tiborga olingan qo'shimcha materiallarda taklif qilingan

formulada ta’riflangan foydali modelning patentga layoqatlilik shartlariga muvofiqligini

tekshirish.

18-§. Foydali model ustuvorligini belgilash

140. Sanoat mulki obyektining ustuvorligi patent berish uchun talabnoma Patent

idorasiga topshirilgan sana bo'yicha belgilanadi.

Agar talabnomada foydali modelning ustuvorligi Qonunning 18-moddasi

ikkinchi-to'rtinchi qismlariga ko'ra so'ralmayotgan bo'lsa, u holda ustuvorlik, tarkibida

patent berish to’g’risidagi ariza, tavsif, formula va agar ular foydali model mohiyatini

tushunish uchun zarur bo'lsa chizmalar bo'lgan talabnoma Patent idorasiga

topshirilgan sana bo'yicha belgilanadi.

Ko'rsatilgan hujjatlar bir vaqtda topshirilmagan taqdirda, ustuvorlik eng oxirida

topshirilgan hujjat kelib tushgan sana bo'yicha belgilanadi.

141. Talabnoma beruvchi tomonidan konvension ustuvorlik so'ralayotgan holda

quyidagilar tekshiriladi:

talabnoma beruvchi tomonidan Parij konvensiyasiga a'zo-davlatda topshirilgan

birinchi talabnomaning nusxasi mavjudligi. Agar ko'rsatilgan nusxa talabnoma Patent

idorasiga topshirilgan sanadan keyin topshirilgan bo'lsa, talabnoma beruvchi

tomonidan birinchi talabnomaning nusxasi taqdim etilishi lozim bo'lgan ko'rsatilgan

sanadan e’tiboran uch oylik muddatga rioya qilinganligi aniqlanadi (agar birinchi

talabnomalar bir nechta bo'lsa ko'rsatilgan shartlar har bir talabnomaning nusxasi

uchun bajarilishi lozim);

talabnoma beruvchi tomonidan Patent idorasiga kelib tushishi lozim bo'lgan

konvensiya ustuvorligi so'ralayotgan talabnoma, birinchi talabnoma topshirilgan

sanadan e’tiboran o'n ikki oylik muddatda topshirilishiga rioya qilinganligi aniqlanadi.

Agar talabnoma ko'rsatilgan muddatdan kechiktirib, lekin u tugagan sanadan ikki oy

o'tmasdan kelib tushgan bo'lsa, talabnoma beruvchi tomonidan talabnomani

ko'rsatilgan o'n ikki oylik muddatda topshirish uchun to'sqinlik qilgan va unga bog'liq

bo'lmagan shart-sharoitlar ko'rsatib o'tilganligi tekshiriladi hamda agar bunday tasdiq

bo'lmagan taqdirda ularni hujjat bilan tasdiqlash zarurati aniqlanadi;

konvensiya ustuvorligini belgilash to’g’risidagi ariza talabnoma Patent idorasiga

kelib tushgan sanadan e’tiboran ikki oydan kechiktirmay taqdim etilishi;

talabnoma berilgan foydali model birinchi talabnomada ochib berilganligi.

142. Talabnoma beruvchi tomonidan foydali model ustuvorligini xuddi o'sha

talabnoma beruvchining bir muncha ilgariroq topshirilgan talabnomasiga berilgan

qo'shimcha materiallar bo'yicha belgilash so'ralayotgan holda quyidagi talablarga

rioya qilinganligi tekshiriladi:

sanasi bo'yicha ustuvorlik so'ralayotgan talabnoma Patent idorasiga qo'shimcha

materiallar talabnoma berilgan foydali model mohiyatini o'zgartirishi tufayli e’tiborga

olinishi mumkin emasligi haqidagi bildirishnoma talabnoma beruvchiga jo'natilgan

sanadan etiboran uch oy ichida kelib tushishi lozimligi. Qo'shimcha materiallarni

foydali model mohiyatini o'zgartiradi deb tan olish haqidagi xulosaga talabnomani

ekspert kegashida ko'rib chiqish natijasida kelingan va bayonnomada qayd etilgan

bo'lsa, yangi talabnomani taqdim etish uchun beriladigan uch oylik muddat

talabnoma beruvchiga (uning patent vakili yoki ishonchli shaxsiga) bayonnoma

nusxasi jo'natilgan yoki bevosita qo'liga topshirilgan sanadan hisoblanadi;

kelib tushgan sanasi bo'yicha ustuvorlik so'ralayotgan qo'shimcha materiallarda

(qo'shimcha materiallar taqdim etilgan birinchi talabnomaning mazmunini hisobga

olgan holda) talabnoma berilgan foydali model mohiyati ochib berilgan bo'lishi lozim.

143. Talabnoma beruvchi tomonidan foydali model ustuvorligi Patent idorasiga

uning o'zi tomonidan bir muncha ilgariroq topshirilgan talabnoma sanasidan belgilash

so'ralganda quyidagi talablarga rioya qilinganligi tekshiriladi:

bunday ustuvorlik so'ralayotgan talabnoma xuddi o'sha avvalgi talabnomani

topshirgan talabnoma beruvchi tomonidan topshirilishi lozimligi;

bunday ustuvorlik so'ralayotgan talabnoma Patent idorasiga avvalgi talabnoma

topshirilgan sanadan 12 oy mobaynida kelib tushishi lozimligi;

talabnoma berilgan foydali model mohiyati avvalroq topshirilgan talabnomada

ochib berilgan bo'lishi lozimligi;

avvalroq topshirilgan talabnoma bo'yicha undan ilgariroq ustuvorlik so'ralmagan

bo'lishi lozimligi.

Ustuvorlik bir necha avvalroq topshirilgan talabnomalar bo'yicha so'ralganda

ko'rsatilgan talablarga rioya qilinganligi ularning har biriga nisbatan aniqlanadi.

Ko'rsatilgan ustuvorlik so'ralganda avvalroq topshirilgan talabnoma (yoki

hammasi, agar ular bir nechta bo'lsa) chaqirib olingan deb hisoblanadi va bu haqida

talabnoma beruvchiga xabar beriladi.

144. Talabnoma beruvchi tomonidan foydali model ustuvorligini ajratilgan

talabnoma bo'yicha belgilash so'ralganda quyidagi talablarga rioya qilinganligi

tekshiriladi:

ajratilgan talabnoma Patent idorasiga ixtiroga yoki foydali modelga birinchi

talabnoma bo'yicha ustidan shikoyat berish imkoniyati qolmagan holda patent

berishni rad etish to’g’risidagi qaror qabul qilingunga qadar (ya'ni talabnoma bo'yicha

ish yuritishni davom ettirish mumkinligi davrida) yoki birinchi talabnoma bo'yicha

patent berish to’g’risidagi qaror qabul qilingan holda foydali model yoki ixtironi

O'zbekiston Respublikasining tegishli davlat reestrida ro'yxatdan o'tkazish

sanasigacha kelib tushishi lozim;

ajratilgan talabnomada berilgan foydali model mohiyati avvalgi talabnomada,

agar talabnoma konvensiya talabnomasidan ajratib olingan va ustuvorlik uning

ustuvorlik sanasi bo'yicha so'ralayotgan bo'lsa, birinchi talabnomada ochib berilgan

bo'lishi lozim.

145. Ushbu Qoidalarning 141-144-bandlariga muvofiq foydali model

ustuvorligini belgilash shartlariga rioya qilinganligini tekshirishda, asosida ustuvorlik

so'ralayotgan talabnoma yoki ustuvorlik so'rash uchun asos bo'lgan qo'shimcha

materiallar berilgan talabnoma chaqirib olinmagan bo'lishi va chaqirib olingan deb

hisoblanmasligi lozim.

146. Ustuvorlik so'rash uchun asos bo'lgan avval berilgan materiallarda (avval

topshirilgan talabnomada, qo'shimcha materiallarda) talabnoma berilgan foydali

model mohiyati ochib berilgan bo'lishi lozimligi bilan bog'liq talabga rioya qilinganligini

belgilashda quyidagilar tekshiriladi:

ushbu materiallarda (avval topshirilgan talabnomaning tavsifi, formulasida,

qo'shimcha materiallarning matnli qismida) talabnoma berilgan foydali modelning

formulasiga kiritilgan barcha belgilar ko'rsatilganligi;

so'ralayotgan ustuvorlik sanasida bu materiallarda foydali model mohiyati

amalga oshirish uchun etarli darajada ochib berilganligi. Konvensiya ustuvorligi

so'ralayotgan holda ushbu shartning bajarilganligini tekshirishda talabnoma

beruvchiga Parij konvensiyasiga a'zo davlatda berilgan birinchi talabnomaning o'zbek

yoki rus tiliga tarjimasini taqdim etish taklif qilinishi mumkin.

147. Agar ustuvorlikni belgilashda kelib chiqadigan savollar foydali model

ekspertizasini tugallash uchun to'sqinlik qilmasa, ular talabnomani ko'rib chiqish bilan

bog'liq boshqa savollar bilan bir vaqtda aniqlanadi.

148. Talabnoma beruvchi tomonidan ushbu Qoidalarning 141-144-bandlarida

ko'rsatilgan talablar bajarilgan holda talabnoma berilgan foydali modelga nisbatan

so'ralgan ustuvorlik belgilanadi.

149. Talabnoma beruvchi tomonidan ushbu Qoidalarning 141-144-bandlarida

ko'rsatilgan talablarning birortasi bajarilmagan holda, foydali model ustuvorligi

Qonunning 18-moddasi birinchi qismiga muvofiq talabnoma Patent idorasiga

toshirilgan sana bo'yicha belgilanadi.

150. Ustuvorlik belgilangandan so'ng talabnoma beruvchi tomonidan foydali

modelning o'zgartirilgan fomulasi taqdim etilgan holda, so'ralayotgan ustuvorlikni

belgilashga asoslar mavjudligini aniqlash uchun takroran tekshirish o'tkaziladi.

19-§. Foydali model formulasini tekshirish

151. Tekshirish foydali modelning talabnoma rasmiy ekspertizasi tugagan

vaqtdagi dastlabki materiallardagi formulasiga nisbatan o'tkaziladi, agar u talabnoma

beruvchi tomonidan bundan keyin o'zgartirilgan bo'lsa, ushbu Qoidalarning 20-§ida

ko'rsatilgan talablariga rioya qilingan holda o'zgartirilgan formula tekshiriladi.

Formulani tekshirishda foydali model birligi talabi bajarilganligi aniqlanadi.

Foydali model birligi talabi buzilganligi aniqlangan holda, talabnoma beruvchiga

so'rovnoma jo'natilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida bitta foydali modelga yoki

yagona ijodkorlik fikrini tashkil etgan foydali modellar guruhiga tegishli aniqliklar

kiritilgan tavsif va formulani taqdim etish taklif qilinishi mumkin. Bu holda tuzatilgan

formula tarkibiga yangi bandlar kiritilganda qo'shimcha patent boji to'lash zarurligini

ko'rsatib o'tiladi.

Talabnomani topshirish uchun patent boji formuladagi bandlar soni uchun

belgilangan miqdordan kam to'langanda, talabnoma beruvchiga yuborilgan

so'rovnomada patent boji miqdori va formula bandlari sonini formula bandlariga

tuzatish kiritish va/yoki patent bojiga qo'shimcha to'lash yo'li bilan muvofiqlashtirish

taklif qilinadi.

Talabnoma beruvchi belgilangan muddatda topshirilgan talabnoma doirasida

qaysi foydali modelni (foydali modellarni) ko'rib chiqish lozimligi haqida ma’lum qilgan

holda, tekshirish shu foydali modelning (foydali modellarning) formulasiga nisbatan

o'tkaziladi.

Agar talabnoma beruvchidan belgilangan muddatda bunday xabar kelmagan

taqdirda, tekshirish foydali model formulasida birinchi bo'lib ko'rsatilgan foydali

modelga yoki yagona ijodkorlik fikrini tashkil etgan foydali modellar guruhiga

nisbatan o'tkaziladi.

152. Foydali model formulasini tekshirishda unda talabnoma berilgan foydali

modelning majmui talabnoma beruvchi tomonidan ko'rsatilgan texnik natijaga

erishish uchun yetarli bo'lgan muhim alomatlari mavjudligi aniqlanadi.

Agar biron-bir muhim alomat formulaga kiritilmagan, lekin tavsifda yoki

formulaning bog'liq bandida keltirilgan bo'lib, uningsiz texnik natijaga (natijalardan

birortasiga, agar talabnoma beruvchi texnik natijasining bir necha turini ko'rsatgan

bo'lsa) erishilmasa, talabnoma beruvchiga bunday alomatni formulaning tegishli

mustaqil bandiga kiritish taklif etiladi. Bu holda texnik natijaga erishish uchun

formulaga ushbu alomatni kiritish zarurligini tasdiqlaydigan dalillar keltiriladi. Bunday

dalillar tavsifda ochib berilgan alomatlar va texnik natija orasidagi sabab-oqibat

bog'lanishiga yoki ekspertiza tomonidan o'tkazilgan ilmiy-nazariy tahlilga asoslanishi

mumkin.

153. Foydali model formulasini tekshirish undagi alomatlarni ushbu Qoidalarning

52-bandiga muvofiq aynanlashtirish mumkinligini aniqlashni ichiga oladi.

Agar alomatni aynanlashtirish mumkin bo'lishi uchun uning ta’rifini foydali

model tavsifiga asosan tuzatish zarur bo'lsa, talabnoma beruvchiga bunday tuzatishni

o'tkazish taklif etiladi.

Alomatni aynanlashtirish mumkinligi sharti bajarilgan bo'lib, lekin uni ta’riflash

uchun eskirgan yoki ma’lum bir texnika sohasida qabul qilingan atamalarga mos

bo'lmagan atamalar qo'llanilgan bo'lsa, talabnoma beruvchiga foydali model

formulasiga tegishli tuzatishlarni kiritish tavsiya qilinishi mumkin.

Foydali model formulasini tekshirish formulada faqat texnik bo'lmagan natijani

yoxud (elektron hisoblash mashinalari uchun dastur alomatlarini yoki bunday

dasturda foydalanilayotgan algoritmni jalb qilgan holda tavsiflanadigan foydali model

uchun) foydali modelni ifodalovchi vositaga taalluqli deb tan olinmaydigan natijani

olish uchun zarur bo'lgan alomatlarni ushbu Qoidalarning 27-bandi qoidalarini

hisobga olgan holda aniqlashni ichiga oladi.

Foydali model formulasida faqat texnik bo'lmagan natijani yoxud foydali modelni

ifodalovchi vositaga taalluqli deb tan olinmaydigan natijani olish uchun zarur bo'lgan

alomatlar mavjud bo'lganida, talabnoma beruvchiga formuladan bunday alomatlarni

chiqarib tashlash uchun uni tuzatishni amalga oshirish tavsiya qilinadi.

Formulada foydali model obyekti bo'lgan qurilmada so'zli, tasviriy yoki aralash

belgilar xarakteriga ega bo'lgan alomatlar mavjud bo'lganda, talabnoma beruvchining

e’tibori ushbu holatga qaratiladi. Bunda unga ushbu belgilarning bir xil bo'lishi yoki

ushbu qurilma bilan bir vazifadagi tovarlar yoki xizmatlarning tegishli turlari uchun

boshqa shaxslar tomonidan ro'yxatdan o'tkazilgan yoki o'tkazilishi mumkin bo'lgan

tovar belgilari (xizmat ko'rsatish belgilari) bilan, yoxud tovar kelib chiqqan joy nomlari

bilan aralashtirib yuborish darajasida o'xshashi mumkinligi va foydali modeldan

foydalanilganda patent egasi va tovar belgisi (xizmat ko'rsatish belgisi)ning egasi

huquqlarining to'qnashishi yoxud ro'yxatdan o'tkazilgan tovar kelib chiqqan joy

nomidan noqonuniy foydalanilishi mumkinligi to’g’risida xabar qilinadi va formuladan

bunday alomatlarni chiqarib tashlash uchun tuzatishni amalga oshirish taklif qilinadi.

154. Agar foydali model formulasi tarkibida umumiy tushuncha bilan

ifodalangan alomat bo'lsa, undan foydalanish qonuniyligi ushbu Qoidalarning 42-

bandiga muvofiq aniqlanadi.

Xususan, agar alomat funksiya, xususiyat darajasida ta’riflangan bo'lsa, u holda

talabnoma beruvchi tomonidan ko'rsatilgan texnik natijani olish uchun bunday

shaklda ta’riflangan alomatning foydali model formulasining mustaqil bandiga

kiritilgan qolgan alomatlari bilan birgalikda yetarli ekanligini tasdiqlovchi

ma’lumotlarning tavsifda mavjudligi tekshiriladi.

155. Agar talabnoma beruvchi tomonidan ko'rsatilgan texnik natijani olish

mumkinligi haqida faqat eksperimental ma’lumotlar guvohlik bersa, foydali model

tavsifida tegishli ma’lumotlar keltirilgan holda uni amalga oshirish misollari, hamda

bunday texnik natijani na faqat keltirilgan misollar doirasidagi xususiy hollarda

erishish mumkinligi va talabnoma beruvchi tomonidan foydali model alomatlarini

ta’riflashda qo'llanilgan umumlashtirish darajasining to’g’riligi haqida xulosa chiqarish

uchun yetarliligi tekshiriladi.

Ekspertiza tomonidan ushbu umumiy tushunchaga kiradigan, lekin boshqa

muhim alomatlar bilan birgalikda talabnoma beruvchi tomonidan ko'rsatilgan texnik

natijani olishni ta'minlamaydigan alomatlarni amalga oshirishning xususiy shakllari

aniqlangan holda, talabnoma beruvchiga tegishli dalillar keltiriladi va ularni rad etish

yoxud formulaga foydali model tavsifi asosida tuzatishlar kiritish taklif qilinadi.

Agar foydali modelning formulasida talabnoma beruvchi tomonidan formulaga

kiritilgan alomatlarni ta’riflashda ishlatilgan tushunchalar aniqlangan bo'lsa, ammo

ular tavsifda mavjud bo'lmasa, talabnoma beruvchi uning tomonidan taqdim etilgan

formula chizmalarni inobatga olgan holda tavsifga asoslanmaganligi haqida xabardor

qilinadi va tavsifga ushbu tushunchalarni kiritish taklif qilinadi.

156. Formulani ushbu Qoidalarning 52-bandi talablariga muvofiqligini

tekshirishda foydali model ta’riflangan tushunchalar uning tavsifida keltirilganligi yoki

chizmada ifodalanganligi aniqlanadi.

157. Agar talabnomada bir zvenoli formula yoki bitta mustaqil bandli ko'p

zvenoli formula keltirilgan bo'lsa, bunday formulada (ushbu Qoidalarning 4-bandi

talablariga muvofiq) bitta foydali model ta’riflanishi lozimligi tekshiriladi.

158. Ko'rsatilgan talablar buzilganligi aniqlangan holda talabnoma beruvchiga

yuboriladigan so'rovnomada bu haqida ma’lum qilinadi va tegishli patent bojini to'lab,

aniqlangan kamchilikni tugatish uchun formulani tuzatish taklif qilinadi. Bu holda,

shuningdek tuzatilgan formulada foydali model birligi talabi bajarilishi va tuzatilgan

formulaga avval mustaqil band sifatida ko'rsatilmagan yangi mustaqil bandlar

kiritilgan holda, tegishli patent bojini to'lash, yoxud talabnoma beruvchi formulani

tuzatishni rad etgan holda, foydali modelni keyinchalik ko'rib chiqish zarurligi

to’g’risida ko'rsatiladi.

Agar talabnoma beruvchi tomonidan alomatni ta’riflash uchun muqobil

tushunchalardan foydalanish sharti bajarilmaganligi ko'rsatilgan xulosaga kelish

uchun asos bo'lsa, xatolik aniqlangan tushunchalarga nisbatan yo'l qo'yilgan xatoning

turi aniq muqobil ta’riflarni (talabnoma beruvchi tomonidan keltirilgan hammasi yoki

ba'zi birlari) keltirgan holda ko'rsatiladi.

159. Agar talabnoma beruvchi tomonidan bir nechta mustaqil bandli ko'p

zvenoli formula taklif qilingan bo'lsa, ularning har biri (o'ziga bog'liq bandlar bilan

birgalikda, agar ular bo'lsa) ushbu Qoidalarning 42-bandi talablariga muvofiq tahlil

qilinadi.

160. Formulani tekshirish shuningdek quyidagilarni o'z ichiga oladi:

a) foydali model ko'p zvenoli formulasining bog'liq bandlarida foydali modelning

tegishli xususiy bajarilish hollaridagi yoki jamiyat manfaatlari, insonparvarlik yoki

axloq-odob qoidalariga zid alomatlar mavjudligini aniqlash;

b) foydali model formulasida o'zi bog'liq bo'lgan bandning alomatini

(alomatlarini) chiqarib tashlashni yoki almashtirishni ko'zda tutadigan bog'liq

bandning mavjudligi.

161. Har bir mustaqil bandi (o'ziga bog'liq bandlar bilan birgalikda, agar ular

bo'lsa) bitta foydali modelni ta’riflaydigan ko'p zvenoli formulaga nisbatan unga

kiritilgan foydali modellar yagona ijodkorlik fikrini tashkil qilgan foydali modellar

guruhidan iboratligi aniqlanadi.

Agar formulaning mustaqil bandlarida ta’riflangan foydali modellar o'zaro

yagona ijodkorlik fikrini hosil qilgan holda bog'liq bo'lsa, yagona ijodkorlik fikrini

tashkil qilganlik sharti bajarilgan deb e'tirof etiladi.

162. Mustaqil bandlarida ta’riflangan foydali modellarni variantlarga tegishliligi

to’g’riligini tekshirishda foydali modellarning talabnoma beruvchi tomonidan

ko'rsatilgan vazifasi va texnik natijalar mos tushganligiga ishonch hosil qilish lozim.

Agar guruhdagi foydali modellarning har biri uchun bir necha texnik natijalar

ko'rsatilgan bo'lib, mos tushishi faqat ba'zilariga nisbatan aniqlangan bo'lsa, texnik

natijalar mos tushganlik sharti buzilgan deb hisoblanmaydi.

Texnik natijaning barcha foydali modellar uchun umumiy ta’rifidan tashqari

birortasining ta’rifida o'ziga xos alohida xususiyati ("ishqalanishning kamayishi" va

"yuqori namlik sharoitlarida ishqalanishning kamayishi") ko'rsatilgan holda texnik

natijalar mos tushganlik sharti buzilgan deb hisoblanmaydi.

163. Agar talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan foydali model

formulasini tekshirishda u formulaning tuzilishi va bayon qilinishiga belgilangan

talablarga muvofiq emasligi aniqlangan bo'lsa, shu jumladan bunday muvofiq emaslik

rasmiy ekspertiza o'tkazishda aniqlanmagan holda ham foydali model formulasini

tuzatish taklif qilinadi.

Agar talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan foydali model formulasini

tahlil qilishda u ushbu Qoidalar talablarini buzgan holda tuzilgan bo'lsa, ammo ushbu

kamchiliklar talabnoma berilgan foydali modelning patentga layoqatliligini

tekshirishga to'sqinlik qilmasa, u holda foydali model formulasini tuzatish bilan bog'liq

barcha savollar bunday formula bilan ta’riflangan foydali modelning patentga

layoqatlilik to’g’risida dastlabki xulosa olingandan so'ng talabnoma beruvchi bilan

aniqlashtiriladi.

164. Ekspertiza so'rovnomasiga ko'ra yoki talabnoma beruvchining o'z

tashabbusiga ko'ra o'zgartirilgan formulaga nisbatan ushbu Qoidalarning 152-162-

bandlariga muvofiq tekshirish o'tkaziladi.

Foydali modelning patentga layoqatliligini tekshirish uchun talabnoma beruvchi

tomonidan tasdiqlangan o'zgartirishlar kiritilgan formula qabul qilinadi.

165. Tekshirishda bir zvenoli formula yoki bitta mustaqil bandli ko'p zvenoli

formula bittadan ortiq foydali modelga oidligi aniqlangan bo'lsa va talabnoma

beruvchi formulani tuzatishdan bosh tortsa, ekspertizani davom ettirish talabnoma

beruvchi tomonidan keyingi ko'rib chiqish lozim bo'lgan foydali model ko'rsatilgan

holda mumkin bo'ladi va bu holda patentga layoqatlilikni baholash faqat ushbu

foydali modelga nisbatan amalga oshiriladi.

166. Talabnoma berilgan foydali modelning patentga layoqatliligini tekshirish

uchun ushbu paragrafga muvofiq tekshirish o'tkazilgan formula qabul qilinadi.

20-§. Foydali modelning patentga layoqatliligini tekshirish

167. Talabnoma berilgan foydali modelning patentga layoqatliligini tekshirishda

qo'shimcha ravishda u patentga layoqatli deb tan olinmaydigan takliflar ro'yxatiga oid

emasligi tekshiriladi va foydali modelning sanoatda qo'llash mumkinligi va yangilik

shartlariga muvofiqligi aniqlanadi.

Talabnoma berilgan obyekt muhofaza qilinmaydigan takliflar ro'xatiga oid deb,

taxmin qilingan holda, talabnoma beruvchiga tegishli dalillarni bayon qilib so'rovnoma

yuboriladi.

168. Ushbu Qoidalarning 3-bandiga asosan muhofaza qilinmaydigan

obyektlarga oid deb xulosa chiqarilmagan talabnoma berilgan taklifning sanoatda

qo'llash mumkinligi va yangilik shartlariga muvofiqligi tekshiriladi.

169. Talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan formulada muqobil

tushunchalar bilan ifodalangan belgi bo'lsa, patentga layoqatliligini tekshirish bunday

tushunchalardan birini ichiga olgan alomatlarning har bir majmuiga nisbatan

o'tkaziladi.

170. Talabnoma berilgan foydali modelning patentga layoqatliligini tekshirishda

muallif, talabnoma beruvchi yoki ulardan bevosita yoxud bilvosita shu axborotni olgan

har qanday shaxs tomonidan foydali model mohiyati ommaviy tarzda oshkor etilgan

axborotni ichiga olgan manba, agar foydali modelga talabnoma axborot oshkor

etilgan sanadan e’tiboran olti oydan kechikmagan muddat ichida Patent idorasiga

topshirilgan bo'lsa, texnika taraqqiyoti darajasiga kiritilmaydi.

171. Qonunning 7-moddasi to'rtinchi qismiga ko'ra agar foydali modeldan

amaliy jihatdan foydalanish mumkin bo'lsa, uni sanoatda qo'llash mumkin deb

hisoblanadi.

172. Talabnoma berilgan taklifning ta’riflanishi bo'yicha uni tushunish mumkin

bo'lmasa yoki uni Qonunning 7-modda yettinchi qismiga ko'ra patentga layoqatlilik

foydali model sifatida e'tirof etilmaydigan obyektlarga oid deb hisoblashga asos

bo'lsa, talabnoma beruvchiga aniqlangan kamchiliklarni ko'rsatib, huquqiy

xarakterdagi zarur dalil-isbotlarni keltirgan holda va so'rovnoma jo'natilgan sanadan

e’tiboran uch oy ichida yetishmagan yoki tuzatilgan hujjatlarni yuborish taklif etilgan

so'rovnoma yuboriladi.

173. Agar talabnoma beruvchi belgilangan muddatda so'ralgan materiallarni

yoki ularni taqdim etish muddatini uzaytirish haqidagi iltimosnomani taqdim etmasa,

talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi va bu haqida talabnoma beruvchiga

xabar beriladi. Talabnoma bo'yicha ish yuritish to'xtatiladi.

174. Patent idorasi tomonidan o'tib ketgan muddatlar tiklangan holda ish

yuritish davom ettirilish mumkin (ushbu Qoidalarning 11-§).

175. Foydali modeldan foydalanish mumkinligini aniqlashda talabnoma

materiallarida foydali modelning talabnoma berilgan obyektining vazifasi

ko'rsatilganligi tekshiriladi.

Talabnomaning birinchi materiallarida shuningdek, foydali modelni formula

bandlarining har birida tariflangan ko'rinishida amalga oshirish uchun kerak bo'lgan

vositalar va usullar bayon qilinganligi tekshiriladi. Talabnoma materiallarida bunday

materiallar bo'lmagan holda, ko'rsatilgan vositalar va usullar foydali model ustuvorligi

sanasigacha ommaviy tarzda oshkor bo'lgan adabiyot manbaida bayon qilingan

bo'lishi mumkin.

Bundan tashqari, foydali modelni amalga oshirgan holda talabnoma beruvchi

tomonidan ko'rsatilgan vazifasi haqiqatdan ham bajarilishi mumkinligiga ishonch hosil

qilish lozim.

Agar foydali modelni amalga oshirish va ko'rsatilgan vazifani bajarish mumkinligi

haqida faqat eksperimental ma’lumotlar guvohlik bersa, foydali model tavsifida

tegishli ma’lumotlar keltirilgan holda uni amalga oshirish misollari (ushbu

Qoidalarning 31-bandi) tekshiriladi hamda keltirilgan misollar ko'rsatilgan talabga

rioya qilinishi to’g’risidagi xulosa talabnoma beruvchi tomonidan foydali modelning

formulasida keltirilgan tushuncha doirasida alomatni amalga oshirishning turli xususiy

shakllariga tarqalishi uchun yetarli bo'lganligi aniqlanadi.

176. Agar foydali model ustuvorlik sanasigacha barcha ko'rsatilgan talablarga

rioya qilinganligi aniqlangan holda, formulaning ushbu mustaqil bandida ta’riflangan

foydali model sanoatda qo'llash mumkinligi shartiga muvofiq deb e'tirof etiladi.

Ko'rsatilgan talablardan birortasi bajarilmagan holda, foydali model sanoatda

qo'llash mumkinlik shartiga muvofiq emasligi haqida xulosa chiqariladi. Bu holda

talabnoma beruvchiga tegishli dalillar bayon qilinganda, bu dalillarga nisbatan o'z

fikrini bildirish va foydali model formulasini tuzatish taklif qilingan (agar ekspertiza

fikriga ko'ra talabnoma materiallarini tuzatish natijasida ko'rsatilgan xulosani

o'zgartirish mumkin bulsa) so'rovnoma yuborilishi mumkin.

177. Sanoatda qo'llash mumkinlik shartiga muvofiq emasligi aniqlangan foydali

modelga nisbatan yangilik shartiga muvofiqligi tekshirilmaydi.

178. Qonunning 7-moddasi ikkinchi qismiga ko'ra foydali model agar texnika

taraqqiyoti darajasidan ma’lum bo'lmasa, yangi deb hisoblanadi. Texnika taraqqiyoti

darajasi talabnomada ko'rsatilgan foydali model amalga oshirishi mumkin bo'lgan

vazifalarni bajara oladigan vositalar haqidagi, O'zbekiston Respublikasida hamma

foydalana oladigan barcha ma’lumotlarni, shuningdek, ularni qo'llashga doir

ma’lumotlarni o'z ichiga oladi.

Foydali modelning yangiligini tekshirish foydali model formulasining mustaqil

bandidagi barcha alomatlar majmuiga nisbatan o'tkaziladi.

179. Axborot qidiruvi foydali model formulasi asosida tavsif va chizmalarni

hisobga olgan holda, va shuningdek foydali model formulasining ushbu Qoidalarning

22-§iga muvofiq mumkin bo'lgan o'zgarishlarini hisobga olgan holda o'tkaziladi.

180. Agar talabnoma bo'yicha ekspertiza o'tkazish haqidagi ariza kelib tushgan

sanagacha talabnoma beruvchi foydali model birligi talabi buzilganligi haqidagi

xabarga belgilangan muddatda javob bermagan bo'lsa, axborot qidiruvi formulada

birinchi ko'rsatilgan foydali model (yagona ijodkorlik fikrini tashkil qilgan foydali

modellar guruhi) bo'yicha o'tkaziladi.

181. Texnika taraqqiyoti darajasini aniqlashda har bir shaxs o'zi tanishishi

mumkin bo'lgan yoki mazmuni qonuniy yo'l bilan ma’lum qilinishi mumkin bo'lgan

axborot manbaidagi ma’lumotlar ommaviy tarzda oshkor etilgan ma’lumotlar deb

hisoblanadi.

Quyidagilar axborot manbaini texnika taraqqiyoti darajasiga kiritishni

belgilaydigan sana bo'lib hisoblanadi:

muhofaza hujjatlariga e’lon qilingan tavsiflar uchun - ularda ko'rsatilgan e’lon

qilish sanasi;

milliy bosma nashrlar va sobiq SSSR bosma nashrlari uchun - ularda ko'rsatilgan

nashr etishga imzo qo'yilgan sana;

nashr etishga imzo qo'yilgan sana ko'rsatilmagan milliy bosma nashrlar va sobiq

SSSR bosma nashrlari uchun va shuningdek, boshqa bosma nashrlar uchun - ular

nashr qilingan kun, uni aniqlash imkoniyati bo'lmaganda esa - agar nashr qilingan

vaqti faqat yil va oy bilan aniqlangan bo'lsa, oyning oxirgi kuni yoki nashrda

ko'rsatilgan yilning 31 dekabri;

me'yoriy texnika hujjatlari uchun - ularni vakolatli tashkilotda ro'yxatdan

o'tkazilgan sana;

ko'z bilan qabul qilinadigan axborot manbalari (plakatlar, modellar, mahsulotlar

va h.k.) uchun - ularni ko'rish mumkin bo'lgan va hujjat bilan tasdiqlangan sana;

ko'rgazmaga qo'yilgan eksponatlar uchun - ularni ko'rsatish boshlangan va

hujjat bilan tasdiqlangan sana;

texnika vositasi haqidagi, undan foydalanish natijasida ma’lum bo'lgan

ma’lumotlar uchun - ushbu ma’lumotlar hamma tanishish imkoniyatiga ega bo'lgan va

hujjat bilan tasdiqlangan sana.

Quyidagi shartlar majmui bajarilgan holda birmuncha oldinroq ustuvorlikka ega

bo'lgan foydali model yoki ixtiroga talabnoma texnika taraqqiyoti darajasiga

ustuvorlik sanasidan e’tiboran kiritiladi:

talabnoma O'zbekiston Respublikasida topshirilgan holda;

talabnoma boshqa shaxs, ya'ni boshqa talabnoma beruvchi tomonidan

topshirilgan holda;

talabnoma chaqirib olinmagan va chaqirib olingan deb hisoblanmagan holda.

Talabnoma ariza, tavsif, formula va chizmalar kelib tushgan sanadan e’tiboran

ushbu talabnoma tarkibida bo'lgan tavsif va formulaga nisbatan (ixtiroga

talabnomalar uchun - agar tavsifda ularga havola qilingan bo'lsa) texnika taraqqiyoti

darajasiga kiritiladi. Agar bu sana ko'rilayotgan talabnomaning ustuvorlik sanasidan

keyinroq bo'lsa, avvalroq ustuvorlikka ega bo'lgan talabnomaning ustuvorlikni

belgilash uchun asos bo'lgan materiallar (birinchi talabnoma, avvalroq topshirilgan

talabnoma, ushbu talabnomaga qo'shimcha materiallar) mazmuni bilan mos tushgan

qismi uchun texnika taraqqiyoti darajasiga kiritiladi.

Texnika taraqqiyoti darajasiga shuningdek, O'zbekiston Respublikasida

patentlangan (shu jumladan ushbu shaxs tomonidan ham) barcha foydali modellar va

ixtirolar kiritiladi.

O'zbekiston Respublikasida patentlangan foydali modellar va ixtirolar tegishli

reestrda ro'yxatdan o'tkazilgan ixtirolar va foydali modellar formulasiga nisbatan

texnika taraqqiyoti darajasiga kiritiladi.

182. Patent hujjatlaridagi qidiruv sohasining ta’rifi sifatida XPK rubrikalarining

indekslaridan foydalaniladi.

183. Qidiruv jarayonida xuddi shunday vazifani bajaradigan qidiruv

o'tkazilayotgan foydali model alomatlariga aynan o'xshash bo'lgan alomatlar bilan

ta’riflanadigan vosita topilgan taqdirda ham axborot qidiruvi to'xtatilmaydi va

oxirigacha to'liq hajmda olib boriladi. Qidiruv jarayonida topilgan analoglar soni

texnika taraqqiyoti darajasi haqidagi takrorlashsiz va keraksiz qaytarishlarsiz to'liq va

mazmunli axborot olish sharti bilan aniqlanadi.

184. Agar texnika taraqqiyoti darajasidan talabnoma beruvchi tomonidan taklif

etilgan foydali model formulasida bo'lgan barcha alomatlarga aynan o'xshash

alomatlarga ega bo'lgan vosita aniqlangan bo'lsa, foydali model yangilik shartiga

muvofiq emas deb e'tirof etiladi.

Agar talabnoma berilgan foydali model qurilmani yangi vazifada qo'llashga

taalluqli bo'lsa va aynan o'sha qurilmaning talabnoma beruvchi tomonidan

ko'rsatilgan vazifada qo'llanilishi ma’lum bo'lgan axborot manbai aniqlansa, u holda u

yangilik shartiga muvofiq emas deb e'tirof etiladi.

185. Texnika taraqqiyoti darajasidan aniqlangan, ko'rilayotgan foydali model

ma’lum bo'lgan axborot manbai bir muncha oldinroq ustuvorlikka ega bo'lgan

talabnoma bo'lgan holda, bu talabnoma chaqirib olinmagan va chaqirib olingan deb

hisoblanmasligiga ishonch hosil qilish lozim.

Agar talabnoma chaqirib olinmagan va chaqirib olish muddati o'tmagan bo'lsa,

ko'rilayotgan foydali modelning talabnoma beruvchisiga shunday talabnoma

mavjudligi haqida (uning talabnoma beruvchisini ko'rsatmasdan va mazmunini

ochmasdan) va uning talabnomasini ko'rish bir muncha oldinroq ustuvorlikka ega

bo'lgan talabnoma bo'yicha bir qarorga kelingunga qadar to'xtatib turilishi haqida

ma’lum qilinadi.

Talabnoma beruvchi talabnomani ko'rish to'xtatib turilishiga norozi bo'lgan

holda, talabnoma berilgan foydali modelning yangilik shartiga muvofiq emasligi

belgilanadi.

186. Agar formulaning bog'liq bandlariga ega bo'lgan mustaqil bandida

ta’riflangan foydali model yangilik shartiga muvofiq bo'lsa, bog'liq bandlarga nisbatan

texnika taraqqiyoti darajasini tahlili o'tkazilmaydi.

187. Formulaning bog'liq bandlariga ega bo'lgan mustaqil bandida ta’riflangan

foydali model yangi deb e'tirof qilinmasa, talabnomani bundan keyin ko'rib chiqilishi

ushbu Qoidalarning 189-192-bandlariga muvofiq o'tkaziladi.

188. Bog'liq bandlarga ega bo'lmagan formula bilan ta’riflangan foydali

modelning yangilik shartiga muvofiq emasligi aniqlangan holda, talabnoma

beruvchiga ekspertiza dalillarini bayon qilgan holda va bu dalillarga nisbatan o'z fikr-

mulohazalarini va zarur holda talabnomaning dastlabki materiallari asosida foydali

modelning tuzatilgan formulasini taqdim etish taklif qilingan so'rovnoma yuborilishi

mumkin.

189. Agar foydali model tarkibida bog'liq bandlar bo'lgan ko'p zvenoli formula

bilan ta’riflangan bo'lsa va mustaqil bandning yangilik shartiga javob bermasligi

sababli patentga layoqatli emasligi haqida xulosa olingan holda, talabnoma

beruvchiga bu haqida ma’lum qilinadi va talabnomani ko'rib chiqishni davom ettirish

maqsadga muvofiqligi haqidagi fikrini bildirishni va agar ko'rib chiqish maqsadga

muvofiqligini tasdiqlagan holda, foydali modelning tuzatilgan formulasini taqdim etish

taklif etiladi. Mustaqil bandga bog'liq bandlarning mazmunini qo'shganda e’tiborga

olinishi mumkin bo'lgan axborot manbalari ekspertga ma’lum bo'lganda, talabnoma

beruvchiga bu haqida ma’lum qilinishi mumkin.

190. Bog'liq bandlarga ega bo'lgan mustaqil bandga nisbatan foydali modelning

patentga layoqatliligi aniqlangan holda, ushbu bog'liq bandlardagi foydali model

belgilarining ta’rifi foydali modelni amalga oshirishga yoki talabnoma beruvchi

tomonidan ko'rsatilgan vazifasini bajarishiga to'sqinlik qilmasligiga ishonch hosil qilishi

lozim. Bundan tashqari, bog'liq bandlardagi belgilarni jalb qilgan holda ta’riflangan

foydali model jamiyat manfaatlariga, axloq-odob qoidalariga zid emasligiga ishonch

hosil qilishi lozim.

191. Bog'liq bandlarga ega bo'lgan ko'p zvenoli formula bilan ta’riflangan foydali

modelni yuqorida ko'rsatilgan barcha shartlarga nisbatan tekshirish natijasi ijobiy

bo'lgan holda patentga layoqatli deb tan olinadi va patent berish to’g’risida qaror

chiqariladi.

192. Shartlardan birortasiga nisbatan tekshirish natijasi salbiy bo'lgan holda

talabnoma beruvchiga bu haqida so'rovnomada ma’lum qilinadi va ekspertiza

xulosasini rad etuvchi dalillarini taqdim etish yoki formulani tuzatish yoxud foydali

model formulasidan bunday bog'liq bandlarni chiqarib tashlash taklif etiladi.

193. Agar talabnoma foydali modellar guruhiga berilgan bo'lsa, patentga

layoqatlilikni tekshirish guruhga kirgan har bir foydali modelga nisbatan o'tkaziladi.

Guruhning patentga layoqatliligi undagi barcha foydali modellar patentga layoqatli

bo'lgan holda tasdiqlanadi.

Agar guruhning hamma foydali modellari patentga layoqatli emasligi aniqlangan

bo'lsa, talabnoma beruvchiga bu haqida ma’lum qilinadi va keltirilgan dalillar haqida

o'z fikrini bildirish, hamda zarur holda patentga layoqatli bo'lmagan foydali modellar

ta’riflangan mustaqil bandlarni (va unga bo'ysungan bog'liq bandlarni) formuladan

chiqarib tashlash yoxud bu bandlarni tuzatilgan holda taqdim etish taklif etiladi.

194. Agar yuqorida keltirilgan hollarda talabnoma beruvchi tomonidan foydali

modelning o'zgartirilgan formulasi taqdim etilgan bo'lsa, talabnomani ko'rib chiqishni

davom ettirish ushbu formulada ta’riflangan foydali modelga (foydali modellarga)

nisbatan ushbu Qoidalarning 151-166-bandlariga muvofiq o'tkaziladi.

Talabnoma beruvchi ekspertiza xulosasini rad etuvchi dalillarni yoki

o'zgartirilgan formulani keltirmasdan avvalgi formula bilan patent berishni talab

qilgan holda talabnomani ko'rib chiqish davom ettirilmaydi va patent berishni rad

etish to’g’risida qaror qabul qilinadi.

21-§. Foydali modelga ekspertiza o'tkazishda qo'shimcha materiallarni so'rab olish

195. Qonunning 20-moddasiga muvofiq talabnoma beruvchiga qo'shimcha

materiallarni, shu jumladan foydali modelning o'zgartirilgan formulasi so'ralgan

so'rovnoma, bunday materiallarsiz foydali modelga talabnoma ekspertizasini o'tkazish

mumkin bo'lmagan hollarda yuboriladi.

So'rovnoma yuborish uchun quyidagilar asos bo'lishi mumkin:

patent bojining to’g’ri to'langanligi bilan bog'liq savollarni aniqlash zaruriyati;

foydali model formulasini ushbu Qoidalarning 21-§iga muvofiq tekshirish

natijalari bo'yicha aniqlash zaruriyati;

talabnoma berilgan foydali modelning patentga layoqatliligini ushbu

Qoidalarning 20-§iga muvofiq tekshirish bilan bog'liq savollarni hal qilish zaruriyati;

talabnoma berilgan foydali modelning patentga layoqatliligini tekshirish natijalari

bo'yicha foydali model formulasiga aniqliklar kiritish zaruriyati;

bir xil ustuvorlik sanasiga ega bo'lgan aynan o'xshash sanoat mulki obyektlariga

talabnomalarni ko'rib chiqish bilan bog'liq savollarni hal qilish zaruriyati.

Talabnomani ko'rib chiqishda yuzaga keladigan boshqa turdagi savollar,

masalan, ustuvorlikni belgilash, foydali modelning muhim belgisi ta’rifini aniqlashtirish

bilan va hokazolar bog'liq savollar, va shuningdek taklif va mulohazalar yuqoridagi

asoslarga ko'ra yuboriladigan so'rovnomaga kiritilishi mumkin.

So'rovnoma yuborish uchun yuqorida ko'rsatilgan asoslar mavjud bo'lmagan

holda talabnoma beruvchiga paydo bo'lgan taklif va mulohazalar haqida bildirishnoma

yuboriladi.

Ushbu Qoidalarning 165-166-bandlariga muvofiq ko'rib chiqilgan foydali

modelning (foydali modellarnng) patentga layoqatliligi aniqlangan holda, bu haqida

yuborilgan so'rovnomada talabnoma beruvchiga ma’lum qilinadi va undan patentga

layoqatliligi baholanmagan foydali modelning ta’rifini chiqarib tashlash yo'li bilan, yoki

bunday foydali modelning tegishli patent bojini to'lab mustaqil bandga ajratish yo'li

bilan formulani tuzatish taklif etiladi. Bu holda talabnoma beruvchi belgilangan

muddatda so'ralgan materiallarni yoki ko'rsatilgan muddatni uzaytirish haqidagi

iltimosnomani taqdim etmasa, talabnoma Qonunning 20-moddasiga muvofiq chaqirib

olingan deb hisoblanadi.

196. Ekspertizaning so'rovnomada yoki xatda keltiriladigan fikr va mulohazalari

ilmiy-texnik yoki huquqiy xarakterdagi isbot-dalillar bilan asoslanadi. Zarur hollarda

ilmiy-texnik adabiyotlarga, Qonun, ushbu Qoidalar va boshqa me'yoriy hujjatlarning

qoidalariga havolalar beriladi.

197. Talabnoma beruvchi patentga layoqatli emasligi haqida xulosa chiqarilgan

foydali model formulasiga aynanlashtirilmagan yoki talabnomaning dastlabki

materiallarida bo'lmagan alomatlarni yoxud ta’rifi axborot manbaiga izoh bilan

almashtirilgan alomatni kiritishni yoki talabnoma beruvchi tomonidan talabnoma

topshirilgandan keyin taklif etilgan va ushbu Qoidalarning 166-bandiga muvofiq

e’tiborga olinmagan yangi mustaqil bandni kiritishni talab qilgan hollarda talabnoma

beruvchiga ko'rsatilgan alomatni va/yoki bandni ichiga olmagan formulani taqdim

etish taklif qilingan so'rovnoma yuboriladi. Shuningdek, bu holda talabnoma beruvchi

belgilangan muddatda so'ralgan materiallar yoki ularni taqdim etish muddatini

uzaytirish haqidagi iltimosnoma berilmasa, talabnoma chaqirib olingan deb

hisoblanishi haqida xabardor qilinadi.

198. So'rovnomada axborot manbai keltirilgan holda shu manbani topish uchun

zarur bo'lgan barcha bibliografiya ma’lumotlari, va shuningdek talabnomani ko'rib

chiqishda e’tiborga olingan ma’lumotlarni ushbu manbadan topish uchun kerak

bo'ladigan boshqa ma’lumotlar (betlari, xatboshisi, grafik tasvirlarning figura raqami

va h.k.) ko'rsatilishi lozim.

199. So'rovnoma yuborish uchun talabnoma berilgan foydali modelni patentga

layoqatlilikka tekshirish natijalari bo'yicha foydali model formulasini aniqlashtirish

zaruriyati asos bo'lgan holda aniqliklar kiritilgan tavsif va/yoki chizmalarni (o'rnini

bosuvchi varaqlarni) ham taqdim etish lozim.

Tavsif va/yoki chizmalarda kamchiliklar, shu jumladan ekspertiza tomonidan

avval ko'rsatilgan, lekin tuzatilmagan kamchiliklar mavjud bo'lgan holda ham shunday

taklif qilinishi mumkin.

Ko'rsatib o'tilgan xabarlarda talabnoma hujjatlarini kerakli tarzda tuzatishga doir

aniq tushuncha berishlar keltiriladi.

200. O'zgartirilgan formula (talabnoma beruvchining tashabbusiga yoki

ekspertiza taklifiga ko'ra) bilan patent berish to’g’risidagi qaror tayyorlangan holda,

formulani o'zgartirish tavsifga ham tuzatishlar kiritishni taqozo etsa, va shuningdek

tavsif va/yoki chizmalarda kamchiliklar, shu jumladan ekspertiza tomonidan avval

ko'rsatilgan, lekin tuzatilmagan kamchiliklar mavjud bo'lgan hollarda ham aniqliklar

kiritilgan tavsif va/yoki chizmalarni (almashtiriluvchi varaqlarni) ham shunday taklif

jo'natilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida taqdim etish taklif qilinishi mumkin.

201. So'ralgan materiallar ko'rsatilgan muddatda yoki belgilangan muddatni

uzaytirish to’g’risidagi iltimosnoma taqdim etilmagan hollarda talabnoma chaqirib

olingan deb hisoblanadi.

202. Agar talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan javob so'ralgan

ma’lumotlar yoki hujjatlarning hammasini o'z ichiga olmagan bo'lsa, yetishmayotgan

va tuzatilgan materiallar tug'risidagi so'rovnoma talabnoma beruvchiga talabnoma va

uning hujjatlaridagi kamchiliklar bartaraf qilish uchun necha marta zarur bo'lsa,

shuncha marta yuborilishi mumkin.

22-§. Qo'shimcha materiallarni tekshirish

203. Talabnoma beruvchining tashabbusiga ko'ra talabnoma rasmiy

ekspertizasini muddatidan oldin boshlash haqidagi iltimosnoma berilgandan so'ng

yoki bunday iltimosnoma berilmagan bo'lsa, talabnoma kelib tushgan sanadan ikki oy

o'tgandan keyin talabnoma hujjatlariga tuzatishlar yoki aniqliklar kiritadigan (ya'ni

ularning tarkibiga kiritilishi lozim bo'lgan) qo'shimcha materiallar kelib tushgan

taqdirda, ular bilan birga belgilangan miqdorda patent boji to'langanini tasdiqlaydigan

hujjat ham taqdim etilganligini tekshirish lozim. Qo'shimcha materiallar bilan birga

bunday hujjat taqdim etilmagan holda, ular talabnomani ko'rib chiqishda e’tiborga

olinmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi. Bunday bildirishnoma

ekspertizaning talabnoma beruvchiga yo'llanadigan navbatdagi hujjati mazmuniga

kiritilishi mumkin.

204. Talabnoma hujjatlaridagi o'zgartirishlar talabnoma beruvchining

tashabbusiga ko'ra kiritilgan o'zgartirishlarga oidligi masalasini hal qilishda

quyidagilarni e’tiborga olish kerak:

agar talabnoma hujjatlariga kiritilgan o'zgartirishlar ularni tayyorlashda yo'l

qo'yilgan kamchiliklarni yo'qotishga qaratilgan bo'lsa, talabnoma beruvchi tomonidan

ekspertizaning yozma ravishda berilgan xabari, shu jumladan so'rovnomasini

olgandan so'ng, va shuningdek bundan xabarni olmasdan taqdim etilgan

o'zgartirishlar talabnoma beruvchining tashabbusiga ko'ra kiritilgan deb

hisoblanmaydi;

agar talabnoma beruvchi tomonidan talabnoma hujjatlariga kiritilgan

o'zgartirishlar ekspertizaning yozma ravishda berilgan xabari, shu jumladan

so'rovnomasining mazmuni bilan bog'liq bo'lib, uni olgandan so'ng taqdim etilgan

bo'lsa, o'zgartirishlar talabnoma beruvchining tashabbusiga ko'ra kiritilgan deb

hisoblanmaydi.

Talabnoma beruvchi tomonidan ekspertizaning yozma ravishda berilgan xabari,

shu jumladan so'rovnomasini olgandan so'ng, va shuningdek bundan xabarni

olmasdan taqdim etilgan barcha boshqa o'zgartirishlar talabnoma beruvchining

tashabbusiga ko'ra kiritilgan deb hisoblanadi.

205. Qo'shimcha materiallar tarkibida foydali modelning o'zgartirilgan formulasi

bo'lgan holda ular formulani foydali modelning dastlabki formulada mustaqil band

sifatida ajratib ko'rsatilmagan bir yoki bir necha mustaqil bandlarni kiritishi yo'li bilan

o'zgartirishni ko'zda tutishi va qo'shimcha materiallar bilan birga tegishli patent boji

to'langanini tasdiqlaydigan hujjat muddatlarga rioya qilingan holda taqdim etilganligi

aniqlanadi.

206. Talabnoma beruvchi tomonidan Patent idorasining so'rovnomasiga ko'ra

taqdim etilgan qo'shimcha materiallar bo'yicha ularni taqdim etish muddatlariga rioya

qilinganligi tekshiriladi.

Talabnoma beruvchi tomonidan talabnomaga qarshi qo'yilgan materiallar

nusxasi so'ralgan holda, agar ular ekspertiza so'rovnomasi olingan sanadan e’tiboran

bir oy ichida so'ralgan bo'lsa, qo'shimcha materiallar ko'rsatilgan nusxalar talabnoma

beruvchiga jo'natilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida taqdim etilishi mumkin.

207. Talabnoma beruvchining tashabbusiga ko'ra yoki Patent idorasining

so'rovnomasiga ko'ra taqdim etilgan va ko'rib chiqishga qabul qilingan qo'shimcha

materiallar kelib tushganda, ular talabnoma berilgan foydali model mohiyatini

o'zgartirmasligi tekshiriladi. Agar tarkibida talabnomaning dastlabki materiallarida

bo'lmagan va formulaga kiritish talab etilgan alomatlar bo'lgan qo'shimcha materiallar

talabnoma berilgan foydali model mohiyatini o'zgartiradi deb e'tirof etiladi.

Alomatlarni foydali model formulasiga faqat talabnoma beruvchi tomonidan

taqdim etilgan aniqlik kiritilgan formula tarkibida bo'lgan holda emas, balki talabnoma

beruvchi ularni formulaga kiritishni so'ragan holda ham kiritish lozim deb hisoblanadi.

Qo'shimcha materiallarda keltirilgan va formulaga kiritilishi lozim bo'lgan

alomatlar, agar patent berish uchun ariza, foydali model tavsifi, formulasi va

chizmalar Patent idorasiga kelib tushgan sanada formulada yoki tavsifda ochib

berilmagan bo'lsa, talabnomaning dastlabki materiallarida bo'lmagan deb e'tirof

etiladi.

Agar talabnomaning dastlabki materiallarida foydali model alomati

bajarilishining xususiy hollari ochilmagan holda umumiy tushuncha bilan berilgan

bo'lsa, formulaga kiritilishi lozim bo'lgan alomat jumlasidan deb hisoblangan bunday

xususiy holni qo'shimcha materiallarda taqdim etilishi talabnoma berilgan foydali

modelning mohiyatini o'zgartiradi deb e'tirof etish uchun asos bo'ladi.

Tavsifda texnika darajasiga, shu jumladan eng yaqin analogga nisbatan

keltirilgan alomatlar talabnoma berilgan foydali modelning talabnomaning dastlabki

materiallari tarkibida bo'lgan alomatlari jumlasiga kirmaydi. Talabnoma foydali

modellar guruhiga oid bo'lgan holda, tavsifda guruhning biron-bir foydali modeliga

tegishli deb ko'rsatilgan alomatlar guruhdagi ayni shu foydali modelning

talabnomaning dastlabki materiallari tarkibida bo'lgan alomatlari deb hisoblanadi.

Biri ikkinchisida foydalanish uchun mo'ljallangan foydali modellar guruhi bundan

mustasno. Bu holda boshqasida foydalanish uchun mo'ljallangan bir foydali

modelning talabnomaning dastlabki materiallari tarkibida bo'lgan alomatlari ikkinchi

foydali modelning ham belgilari deb hisoblanadi.

Agar talabnoma berilgan foydali model avvaldan ma’lum bo'lgan qurilmani yangi

vazifada qo'llanishiga oid bo'lsa, u holda foydali modelning mohiyatini o'zgartiruvchi

deb talabnomaning dastlabki materiallariga nisbatan ma’lum obyektning o'zgacha

vazifasiga yoki ma’lum obyektni ta’riflash uchun foydalaniladigan o'zgacha

alomatlariga ko'rsatmani ichiga olgan qo'shimcha materiallar e'tirof etiladi.

208. Talabnoma berilgan foydali model haqidagi formulaga kiritilishi lozim

bo'lgan alomatlar jumlasiga kirmagan va talabnomaning dastlabki materiallari

tarkibida bo'lmagan ma’lumotlarni o'z ichiga olgan qo'shimcha materiallar foydali

modelning mohiyatini o'zgartiradi deb hisoblanmaydi. Bunday ma’lumotlarga,

xususan, foydali modelni amalga oshirish sharoitlari haqidagi yangi (qo'shimcha)

ma’lumotlar, foydali modelni amalga oshirishdagi misollar, qo'shimcha texnikaviy

natija olish imkoniyatini ko'rsatish, aniqliklar kiritilgan grafik materiallar va h.k.

kiritilishi mumkin.

Talabnomaning dastlabki materiallari tarkibida bo'lmagan formulaga kiritilishi

lozim bo'lgan alomatlar jumlasiga kirgan ma’lumotlar bilan bir qatorda talabnomani

ko'rib chiqish uchun zarur bo'lgan boshqa ma’lumotlarni ichiga olgan qo'shimcha

materiallar faqat ko'rsatilgan alomatlarga tegishli qismida mohiyatni o'zgartiradi deb

e'tirof etiladi.

Boshqa ma’lumotlar ekspertiza o'tkazishda e’tiborga olinadi.

209. Qo'shimcha materiallar talabnoma berilgan foydali modelning mohiyatini

o'zgartiradi deb e'tirof etilgan holda talabnoma beruvchiga (ekspertizaning unga

yuborilgan navbatdagi hujjatida) bunday xulosaga kelish uchun qo'shimcha

materiallarga kiritilgan ma’lumotlarning qaysilari asos bo'lganligi haqida ma’lum

qilinadi.

Bu holda talabnomani keyingi ko'rib chiqilishi ushbu qo'shimcha materiallarda

taqdim etilgan foydali model formulasiga nisbatan, ammo talabnoma topshirilishi

sanasida tavsifda, va shuningdek agar talabnomani topshirish sanasida talabnoma

tarkibida bo'lgan formulada ham ochib berilmagan alomatlarni inobatga olmagan

holda davom ettiriladi.

210. Talabnoma beruvchi tomonidan qo'shimcha materiallarda taqdim etilgan

foydali modelning o'zgartirilgan formulasini tekshirishda o'zgartirishlar talabnoma

berilgan foydali modelga tegishliligi aniqlanadi.

Agar talabnomani topshirish uchun to'langan patent boji formuladagi bandlar

soniga muvofiq bo'lsa, dastlabki formula tegishli bo'lgan foydali modellar, patent boji

kam to'langan holda esa, ko'rib chiqishga qabul qilingan talabnomaga tegishli foydali

modellar talabnoma berilgan foydali modellar deb hisoblanadi.

Foydali modelning vazifasini ifodalaydigan dastlabki umumiy tushunchani

formuladagi boshqa o'zgartirish bilan almashtirilganda, agar ko'rsatilgan tushunchalar

bir xil ma'noli bo'lib, bir-biriga bog'liq yoki o'xshash bo'lsa, ya'ni ularning hajmlari

to'liq yoki qisman mos tushsa, talabnoma berilgan foydali modelga tegishli deb e'tirof

etiladi.

Foydali model formulasiga talabnoma berilgan foydali modelga tegishli

bo'lmagan mustaqil bandlarni kiritishni ko'zda tutadigan o'zgartirishlar e’tiborga

olinmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.

Foydali model formulasini o'zgartirilishi, shuningdek quyidagi hollarda

talabnoma berilgan foydali modelga tegishli deb hisoblanadi:

foydali model sifatida talabnoma berilgan obyektning turi o'zgartirilganda, agar

yangi ko'rsatilgan turi dastlabkisiga qaraganda foydali modelning dastlabki

formulasidagi alomatlar ta’rifiga ko'proq darajada mosroq bo'lsa;

dastlab talabnoma berilgan foydali modelning "yangi vazifada qo'llanilishi"

obyektini ko'rsatilgan yangi vazifadagi obyektga almashtirilganda, bunda obyekt

haqidagi ma’lumotlar ustuvorlik sanasiga qadar hammaga ma’lum bo'lmagan holda

obyektning qo'llanilishiga talabnoma berilganligi aniqlangan bo'lsa.

211. Qo'shimcha materiallar talabnoma berilgan foydali modelning mohiyatini

o'zgartiradi deb e'tirof etilgan holda talabnoma beruvchiga (ekspertizaning unga

yuborilgan navbatdagi hujjatida) bunday xulosaga kelish uchun qo'shimcha

materiallarga kiritilgan ma’lumotlarning qaysilari asos bo'lganligi haqida ma’lum

qilinadi.

Talabnoma berilgan foydali modelga tegishli bo'lmagan foydali model

formulasidagi o'zgartirishlar e’tiborga olinmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga

xabar beriladi.

23-§. Talabnomani o'zgartirish

212. Qonunning 19-moddasiga muvofiq foydali modelga talabnoma patent

berilishi to’g’risidagi qaror chiqarilgunga qadar ixtiroga patent berish uchun

talabnomaga o'zgartirilishi mumkin.

Bunday o'zgartirish haqidagi ariza kelib tushganda uning to’g’ri

rasmiylashtirilganligi va ariza bilan birga belgilangan miqdorda tegishli patent boji

to'langanini tasdiqlaydigan hujjat mavjudligi tekshiriladi.

213. Ariza belgilangan talablarga rioya qilinmagan holda rasmiylashtirilgan

bo'lsa, talabnoma beruvchiga bu haqida ma’lum qilinadi.

214. Ariza bilan birga belgilangan miqdorda tegishli patent boji to'langanini

tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilmagan yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga

oshirilmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.

215. O'zgartirish amalga oshirilmagan talabnoma foydali modelga

talabnomaligicha qoladi va unga nisbatan keyinchalik ushbu Qoidalar qo'llaniladi.

216. Agar ariza belgilangan talablarga rioya qilingan holda rasmiylashtirilgan

bo'lib, u bilan birga belgilangan miqdorda tegishli patent boji to'langanini

tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilgan bo'lsa, talabnoma beruvchiga talabnomani

o'zgartirish amalga oshirilganligi haqida bildirishnoma yuboriladi, unda shuningdek

keyingi ko'rib chiqish belgilangan tartibga muvofiq olib borilishi ma’lum qilinadi.

Ariza patent berish to’g’risidagi qaror qabul qilingandan keyin kelib tushgan

holda, talabnoma beruvchiga talabnomani o'zgartirib bo'lmasligi haqida xabar

qilinadi.

217. Talabnomani o'zgartirish haqidagi ariza topshirilgan sanagacha talabnoma

beruvchi tomonidan foydali modelga talabnoma bo'yicha tuzatishlar yoki aniqliklar

kiritish uchun qo'shimcha materiallar yoxud foydali modelning o'zgartirilgan formulasi

taqdim etilgan bo'lsa, bu materiallarni ushbu Qoidalarga muvofiq tekshiriladi va

tekshirish natijalari haqida talabnoma beruvchiga talabnomani o'zgartirish to’g’risidagi

arizani ko'rib chiqish natijalari haqidagi bildirishnomada ma’lum qilinadi.

218. Chaqirib olingan yoki chaqirib olingan deb hisoblangan talabnomalar

bo'yicha talabnomani o'zgartirish o'tkazilmaydi.

219. Agar talabnomani o'zgartirish haqidagi ariza Qonunning 20-moddasi

uchinchi qismiga ko'ra chaqirib olingan deb hisoblangan talabnoma bo'yicha kelib

tushgan bo'lsa, va ariza bilan birga o'tkazib yuborilgan muddatni tiklash to’g’risidagi

iltimosnoma taqdim etilgan bo'lsa, iltimosnoma ushbu Qoidalarning 11-§iga muvofiq

ko'rib chiqiladi. Muddatni tiklash imkoniyati borligi aniqlangan holda, talabnoma

beruvchi bu haqida va talabnomani o'zgartirish to’g’risidagi arizani ko'rib chiqish

natijalari haqida xabardor qilinadi.

220. Talabnoma o'zgartirilganligi haqidagi bildirishnoma jo'natilgunga qadar

talabnoma beruvchidan uning arizasini topshirilmagan deb hisoblash haqidagi iltimos

(talabnomani o'zgartirish haqidagi arizani chaqirib olish) kelib tushgan taqdirda

o'zgartirish o'tkazilmagan deb hisoblanadi, talabnomani o'zgartirish uchun to'langan

patent boji qaytarilishi yoki belgilangan tartibda hisobga olinishi mumkin.

Foydali modelga talabnomani ixtiroga patent berish uchun talabnomaga

o'zgartirilganligi haqidagi bildirishnoma jo'natilgandan keyin uning arizasini

topshirilmagan deb hisoblash haqida talabnoma beruvchidan kelib tushgan iltimos

talabnomani yana qayta o'zgartirish va to'langan patent boji qaytarilishi uchun asos

bo'la olmaydi.

221. Ixtiroga talabnomani o'zgartirish natijasi bo'lgan foydali modelga

talabnoma ushbu Qoidalarning 16-§iga muvofiq ko'rib chiqiladi.

Ixtiroga talabnoma bo'yicha uni foydali modelga talabnomaga o'zgartirish

haqidagi ariza topshirilgan sanagacha takdim etilgan qo'shimcha materiallar foydali

modelga talabnoma ekspertizasini o'tkazishda ularni tekshirish natijalarini e’tiborga

olish bilan hisobga olinadi.

24-§. Patent berish to’g’risidagi qaror

222. Talabnoma beruvchi tomonidan taklif etilgan formula bilan ifodalangan

talabnoma berilgan foydali model (agar foydali modellar guruhiga talabnoma berilgan

bo'lsa, guruhning har bir foydali modeli) hamma patentga layoqatlilik shartlariga

muvofiqligi aniqlangan holda, talabnoma beruvchiga shu formula bilan foydali

modelga patent berilishi mumkinligi haqida va ushbu bildirishnoma jo'natilgan

sanadan e’tiboran uch oy ichida ekspertiza xulosalariga nisbatan o'z fikrini ma’lum

qilish taklif etilgan bildirishnoma yuboriladi.

Agar tavsif va chizmalarda kamchiliklar bo'lib, avval talabnoma beruvchi ularni

yo'qotish haqida ogohlantirilmagan bo'lsa, taklif jo'natilgan sanadan e’tiboran uch oy

ichida aniqliklar kiritilgan tavsif va/yoki chizmalarni taqdim etish haqidagi taklif

yuboriladi.

Bu holda, talabnoma beruvchiga bu muddat kamlik qilsa, u ushbu muddat

o'tgunga qadar patent bojini to'lash sharti bilan boshqa, aniqliklar kiritilgan tavsif

va/yoki chizmalarni taqdim etadigan muddat haqidagi taklif jo'natilgan sanadan

e’tiboran olti oydan oshmagan muddat haqida ma’lum qilishi mumkinligi xabar

qilinadi.

Talabnoma beruvchi, shuningdek agar eslatib o'tilgan uch oylik muddat ichida

aniqlik kiritilgan tavsifni yoki ko'rsatib o'tilgan mazmundagi xabarni taqdim etmasa,

bunday xabar kelgan holda esa, aniqlik kiritilgan tavsifni ushbu xabarda ko'rsatilgan

muddatda taqdim etmasa, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.

223. Talabnoma beruvchidan ekspertizaning fikriga nisbatan roziligi kelib

tushganda unga foydali modelga bildirishnomada ko'rsatilgan formula bilan patent

berish to’g’risidagi qaror yuboriladi.

Agar talabnoma berilgan formula foydali model mohiyatini ifodalasa va tavsifga

to'liq asoslangan bo'lsa, lekin eng yaqin analogni (yoki umuman analogni) hisobga

olmay tuzilgan bo'lsa, yoki tarkibida talabnoma berilgan obyekt alomatlari bilan bir

qatorda boshqa obyekt alomatlari bo'lib, talabnoma beruvchi o'zi tuzgan tahrirdagi

formulani qoldirishni qattiq turib talab qilsa, patent berish to’g’risidagi qarorda

talabnoma beruvchining tahriridagi formula keltiriladi.

Talabnoma beruvchi taklif qilgan tahrirdagi formula, shuningdek formuladagi

alomatlar standart bo'lmagan yoki hamma qabul qilmagan atamalardan foydalangan

holda ta’riflangan bo'lsa (lekin bu ularni aynanlashtirishga to'sqinlik qilmasa), va

talabnoma beruvchi formulani tuzaTishdan bosh tortgan bo'lsa, va shuningdek agar,

Qonunning 22-moddasi to'rtinchi qismiga muvofiq ko'rib chiqilgan barcha foydali

modellarning patentga layoqatliligi aniqlangan holda ham keltiriladi.

Talabnoma beruvchi tomonidan taklif etilgan foydali model formulasida

orfografiyaga, tinish belgilariga oid va boshqa xatolar bo'lgan taqdirda, patent berish

to’g’risidagi qarorni tayyorlashda formulaga tegishli tuzatishlar kiritiladi.

224. Belgilangan patent boji to'langan holda Patent idorasi Qonunning 24-

moddasiga muvofiq foydali modelni Foydali modellar Davlat reestrida ro'yxatdan

o'tkazilishini amalga oshiradi va Qonunning 25-moddasiga muvofiq foydali modelni

ro'yxatdan o'tkazilganligi to’g’risida ma’lumotlarni e’lon qiladi.

25-§. Patent berishni rad etish to’g’risidagi qaror

225. Talabnoma beruvchi tomonidan taklif etilgan formula bilan ifodalangan

talabnoma berilgan foydali model patentga layoqatlilikning hech bo'lmaganda birorta

shartiga ("sanoatda qo'llanilishi", "yangiligi" shartiga) muvofiq emasligi aniqlangan

holda, talabnoma beruvchiga foydali modelga patent berilishi mumkin emasligi

haqida ushbu bildirishnoma jo'natilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida ekspertiza

xulosalariga nisbatan o'z fikrini ma’lum qilish taklif etilgan bildirishnoma yuboriladi.

Talabnoma beruvchiga, shuningdek agar, eslatib o'tilgan uch oylik muddat

ichida ko'rsatib o'tilgan mazmundagi xabarni taqdim etmasa, talabnoma chaqirib

olingan deb hisoblanishi haqida xabar qilinadi.

226. Patent idorasi tomonidan o'tkazib yuborilgan muddat tiklangan holda ish

yuritish davom ettirilishi mumkin.

227. Talabnoma beruvchidan ekspertizaning fikriga nisbatan roziligi kelib

tushganda patent berishni rad etish to’g’risidagi qaror yuboriladi.

Patent berishni rad etish uchun sabab bo'lgan holatlar bilan tanishgandan so'ng

talabnoma beruvchi tomonidan talabnoma berilgan foydali modelning patentga

layoqatliligi haqidagi dalillar taqdim etilgan bo'lib, ammo ular ekspertiza xulosasini

o'zgartirmagan holda, qarorda ko'rsatib o'tilgan dalillarning tahlili keltiriladi.

Agar qarorda axborot manbaiga havola keltirilgan bo'lsa, uning bibliografiya

ma’lumotlarini ko'rsatishda ushbu Qoidalarning 181-bandida ko'rsatilgan shartlarga

amal qilinishi lozim.

228. Agar bitta mustaqil band va bog'liq bandlarga ega bo'lgan ko'p zvenoli

formulada ta’riflangan talabnoma berilgan foydali model mustaqil bandga nisbatan

patentga layoqatlilikning biron-bir shartiga muvofiq emasligii aniqlangan holda va

talabnoma beruvchi formulaning ushbu bandni tuzatishdan bosh tortgan holda patent

berishni rad etish to’g’risida qaror chiqariladi.

229. Agar talabnoma berilgan foydali modellar guruhining ko'p zvenoli

formulasida ta’riflangan foydali modellardan biri (uning turli mustaqil bandlarida yoki

bittasida), yoki turli muqobil alomatlarni ichiga olgan alomatlar majmuidan biri

patentga layoqatlilikning shartlaridan biriga muvofiq emasligii aniqlangan bo'lsa va

talabnoma beruvchi formulani tuzatishdan yoki ushbu foydali model ta’rifini

formuladan chiqarib tashlashdan bosh tortgan holda patent berishni rad etish

to’g’risida qaror chiqariladi.

Bu holda qarorda patentga layoqatli deb xulosa olingan boshqa foydali

modelning (foydali modellarning) patentga layoqatliligi tasdiqlanadi.

230. Agar ko'rilayotgan talabnoma bo'yicha foydali modelning patentga

layoqatliligi aniqlangan bo'lib, lekin unga aynan o'xshash foydali model yoki ixtiroga,

xuddi shunday ustuvorlik sanasiga ega bo'lgan va chaqirib olinmagan yoki chaqirib

olingan deb hisoblanmagan boshqa talabnoma bo'lsa, ko'rilayotgan talabnomaning

talabnoma beruvchisiga bu haqida va uning talabnomasi bo'yicha Qonunning 18-

moddasi uchinchi qismida belgilangan shartlar bajarilgan holda patent berish

mumkinligi haqida ma’lum qilinadi.

Boshqa talabnomaning talabnoma beruvchisi roziligi bo'lgan holda, ko'rilayotgan

talabnomaning talabnoma beruvchisiga aynan o'xshash foydali model yoki ixtiroga

talabnomaning bibliografiya ma’lumotlarini patent berish haqidagi ma’lumotlar e’lon

qilingunga qadar ma’lum qilishga va uning mazmunini ochishga yo'l qo'yiladi.

Agar o'xshash foydali modellarga yoki foydali model va ixtiroga talabnomalar

aynan o'sha bir talabnoma beruvchi tomonidan topshirilgan bo'lsa, u holda

bildirishnomada unga uning tomonidan ko'rsatiladigan faqat birgina talabnoma

bo'yicha patentning berilishi mumkinligi xabar qilinadi.

231. Foydali modellarning (yoki foydali model va ixtironing) aynan o'xshashligi

talabnoma beruvchi tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan formulaning oxirgi

tahririga asosan belgilanadi.

Foydali modellar (yoki foydali model va ixtiro), agar formuladagi mustaqil

bandlarning mazmunlari to'liq mos tushsa, aynan o'xshash deb e'tirof etiladi.