Propiedad intelectual Formación en PI Respeto por la PI Divulgación de la PI La PI para... La PI y… La PI en… Información sobre patentes y tecnología Información sobre marcas Información sobre diseños industriales Información sobre las indicaciones geográficas Información sobre las variedades vegetales (UPOV) Leyes, tratados y sentencias de PI Recursos de PI Informes sobre PI Protección por patente Protección de las marcas Protección de diseños industriales Protección de las indicaciones geográficas Protección de las variedades vegetales (UPOV) Solución de controversias en materia de PI Soluciones operativas para las oficinas de PI Pagar por servicios de PI Negociación y toma de decisiones Cooperación para el desarrollo Apoyo a la innovación Colaboraciones público-privadas Herramientas y servicios de IA La Organización Trabajar con la OMPI Rendición de cuentas Patentes Marcas Diseños industriales Indicaciones geográficas Derecho de autor Secretos comerciales Academia de la OMPI Talleres y seminarios Observancia de la PI WIPO ALERT Sensibilizar Día Mundial de la PI Revista de la OMPI Casos prácticos y casos de éxito Novedades sobre la PI Premios de la OMPI Empresas Universidades Pueblos indígenas Judicatura Recursos genéticos, conocimientos tradicionales y expresiones culturales tradicionales Economía Igualdad de género Salud mundial Cambio climático Política de competencia Objetivos de Desarrollo Sostenible Tecnologías de vanguardia Aplicaciones móviles Deportes Turismo PATENTSCOPE Análisis de patentes Clasificación Internacional de Patentes ARDI - Investigación para la innovación ASPI - Información especializada sobre patentes Base Mundial de Datos sobre Marcas Madrid Monitor Base de datos Artículo 6ter Express Clasificación de Niza Clasificación de Viena Base Mundial de Datos sobre Dibujos y Modelos Boletín de Dibujos y Modelos Internacionales Base de datos Hague Express Clasificación de Locarno Base de datos Lisbon Express Base Mundial de Datos sobre Marcas para indicaciones geográficas Base de datos de variedades vegetales PLUTO Base de datos GENIE Tratados administrados por la OMPI WIPO Lex: leyes, tratados y sentencias de PI Normas técnicas de la OMPI Estadísticas de PI WIPO Pearl (terminología) Publicaciones de la OMPI Perfiles nacionales sobre PI Centro de Conocimiento de la OMPI Informes de la OMPI sobre tendencias tecnológicas Índice Mundial de Innovación Informe mundial sobre la propiedad intelectual PCT - El sistema internacional de patentes ePCT Budapest - El Sistema internacional de depósito de microorganismos Madrid - El sistema internacional de marcas eMadrid Artículo 6ter (escudos de armas, banderas, emblemas de Estado) La Haya - Sistema internacional de diseños eHague Lisboa - Sistema internacional de indicaciones geográficas eLisbon UPOV PRISMA UPOV e-PVP Administration UPOV e-PVP DUS Exchange Mediación Arbitraje Determinación de expertos Disputas sobre nombres de dominio Acceso centralizado a la búsqueda y el examen (CASE) Servicio de acceso digital (DAS) WIPO Pay Cuenta corriente en la OMPI Asambleas de la OMPI Comités permanentes Calendario de reuniones WIPO Webcast Documentos oficiales de la OMPI Agenda para el Desarrollo Asistencia técnica Instituciones de formación en PI Apoyo para COVID-19 Estrategias nacionales de PI Asesoramiento sobre políticas y legislación Centro de cooperación Centros de apoyo a la tecnología y la innovación (CATI) Transferencia de tecnología Programa de Asistencia a los Inventores (PAI) WIPO GREEN PAT-INFORMED de la OMPI Consorcio de Libros Accesibles Consorcio de la OMPI para los Creadores WIPO Translate Conversión de voz a texto Asistente de clasificación Estados miembros Observadores Director general Actividades por unidad Oficinas en el exterior Ofertas de empleo Adquisiciones Resultados y presupuesto Información financiera Supervisión
Arabic English Spanish French Russian Chinese
Leyes Tratados Sentencias Consultar por jurisdicción

Uzbekistán

UZ085

Atrás

O‘Zbekiston Respublikasining Qonuni Tadbirkorlik Faoliyati Erkinligining Kafolatlari To‘G‘Risida


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»

25 may 2000 yil 69-II-sonli

Ushbu Qonunga O‘zbekiston Respublikasining quyidagi Qonunlariga asosan o‘zgartirishlar kiritilmoqda 220-II-sonli 12/05/2001 yil XIX-bo‘limiga asosan, 25.04.2003 yil 482-II-sonli Qonunining XXVII.bo‘limiga,12.12.2003 yil 568-II sonli XXV-bo‘limiga, 30.04.2004 yil 261-II-son XXI.bo‘limiga 03.12.2004 yil Qonunining I.bo‘limini 45.bandiga 23.03.2006 yil Qonuning 3-moddasiga 18.09.2006 yil O‘RQ-52-son Qonunining 2-moddasiga 10.10.2006 yil O‘RQ-59-son Qonunining 27-moddasiga

I. Umumiy qoidalar (1-10 moddalar)

II. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish asoslari (11-17 moddalar)

III. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari huquqlarining kafolatlari (18-34 moddalar)

IV.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari huquqlarini himoya qilish (35-40 moddalar)
V.
Tadbirkorlik faoliyatini davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash (41-47 moddalar)

VI. Yakuniy qoidalar (48-51 moddalar)

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qaror 25 may
2000 yil 70-II-sonli "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining
kafolatlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini
amalga kiritish haqida

I. Umumiy qoidalar

1-modda. Qonunning asosiy vazifalari 2-modda. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari 3-modda. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi 4-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari 5-modda. Kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari 6-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlik

7-modda. Jismoniy shaxslarning yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi birgalikdagi tadbirkorlik faoliyati

8-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari

9-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining majburlari

10-modda.Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining birlashmalari

1-modda. Qonunning asosiy vazifalari

Ushbu Qonunning asosiy vazifalari fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va manfaatdorligi uchun kafolatlar hamda sharoitlar yaratishdan, ularning ishchanlik faolligini oshirishdan, shuningdek tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

2-modda. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

Tadbirkorlik faoliyati erkinligininig kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan yuboratdir.

Notijorat tashkilotlarga nisbatan ushbu Qonun ular faoliyatining o‘z xususiyatiga ko‘ra tadbirkorlikdan iborat bo‘lgan qismiga tatbiq etiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari bilan bog‘liq munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.

Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining tadbirkorlik faoliyati erkinligininig kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, halqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

3-modda. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi

Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) - tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilgan, tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat.

4-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari

Tadbirkorlik faoliyati subyektlari (tadbirkorlik subyektlari) belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir.

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holar bundan mustasno), ularning mansabdor shaxslari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish qonun hujjatlarida man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi qonun hujjatlarida man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyatining subyektlari bo‘lishi mumkin emas.

O'zbekiston Respublikasi 12.12.2003 yil 568-II sonli qonunining XXV-bo'limi 1) bandiga asosan tahrirga kiritildi (olingi tahriri)

5-modda. Kichik tadbirkorlik sub'ektlari.

Kichik tadbirkorlik subyektlari quyidagilardir:

yakka tartibdagi tadbirkorlar;

ishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yigirma kishi, xizmat ko‘rsatish sohasidagi va boshqa noishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan o‘n kishi, ulgurji va chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan besh kishi bo‘lgan mikrofirmalar;

quyidagi tarmoqlardagi:

yengil va oziq-ovqat sanoatidagi, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochsozlik, mebel sanoati hamda qurilish materiallari sanoatidagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yuz kishi;

mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan ellik kishi;

fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohalari (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yigirma besh kishi bo‘lgan kichik korxonalar.

Kichik tadbirkorlik subyektlari xodimlarining o‘rtacha yillik soni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi. Bunda unitar (sho‘’ba) korxonalarda, filiallarda va vakolatxonalarda ishlovchilarning soni ham hisobga olinadi.

Faoliyatning bir necha turini amalga oshiruvchi (ko‘p tarmoqli) yuridik va jismoniy shaxslar yillik oborot hajmida ulushi eng ko‘p bo‘lgan faoliyat turi mezonlari bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlariga kiradi.

O'zbekiston Respublikasini 03.12.2004 yil qonunining I. bo'limini 45. bandini 1) bandchasiga asosan tahririda kiritildi.

Kichik tadbirkorlik subyektlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar, kafolatlar va huquqlar yuqorida sanab o‘tilgan tijorat tashkilotlariga ular tomonidan vakolatli tashkilotlarga (davlat soliq, bojxona xizmati organlari, davlat statistika organlari, banklar va boshqalarga) imti yozlar, kafolatlar va huquqlar xususiyatidan kelib chiqib, kichik tadbirkorlik subyektlari ekanligi haqida xabarnoma taqdim etgan holda qilingan murojaatlar asosida beriladi. Xabarnomaning to‘g‘riligi uchun javobgarlik xabarnomani taqdim etgan subyektlar zimmasiga yuklatiladi.

O'zbekiston Respublikasini 03.12.2004 yil qonunining I. bo'limini 45. bandini 1) bandchasiga asosan tahririda kiritildi.

Mikrofirma va kichik korxona xodimlarning belgilangan o‘rtacha yillik sonini oshirib yuborgan taqdirda, oshirib yuborishga yo‘l ko‘yilgan davr uchun va keyingi uch oyga ular qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar, kafolatlar va huquklardan mahrum etiladi.

6-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlik

Yakka tartibdagi tadbirkorlik - yuridik shaxs tashkil etmagan holda jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) tomonidan tadbirkorlik faoliyatining amalga oshirilishi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan xodimlarni yollash huquqisiz, mulk huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo‘l qo‘yadigan o‘zga ashyoviy huquq tufayli o‘ziga tegishli bo‘lgan molmulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshirish uchun er-xotindan biri er-xotinning umumiy birgalikdagi mol-mulkidan foydalanadigan hollarda, agar qonunlarda, nikoh shartnomasida yoki erxotin o‘rtasidagi o‘zga kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, erning (xotinning) roziligi talab qilinadi.

7-modda. Jismoniy shaxslarning yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi birgalikdagi tadbirkorlik faoliyati

Jismoniy shaxslar yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini quyidagi:

er-xotinning umumiy mol-mulki negizida ular tomonidan amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik;

oddiy shirkat;

yuridik shaxs tashkil etmagan holda dehqon xo‘jaligi shakllarida amalga oshirishlari mumkin.

Er-xotinga umumiy birgalikdagi mulk huquqida tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida oilaviy tadbirkorlik amalga oshirilayotganida, ish muomalalarida er-xotin nomidan erning yoki xotinning roziligi bilan ulardan biri ishtirok etadi, bu rozilik yakka tartibdagi tadbirkor ro‘yxatdan o‘tkazilayotganda tasdiqlanishi lozim.

Tadbirkorlik faoliyati obyekti sifatida uy-joydan foydalanish bilan bog‘liq oilaviy tadbirkorlik amalga oshirilayotganganida, uy-joy mulkdorlaridan birining ish muomalalariga kirishishi oilaning voyaga yetgan boshqa a’zolarining notarial tasdiqlangan roziligi bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.

Jismoniy shaxslar faqat yakka tartibdagi tadbirkorlar tariqasida davlat ro‘yxatidan o‘tganlaridan keyin ular birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tuziladigan oddiy shirkat shartnomasi taraflari bo‘lishlari mumkin.

Dehqon xo‘jaligi va oddiy shirkatni tuzish, ularning faoliyat yuritishi va faoliyatini tugatish bilan bog‘liq munosabatlar qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

8-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari

Tadbirkorlik faoliyati subyektlari quyidagilarga haqli:

qonun hujjatlariga muvofiq o‘ziga tegishli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish;

mustaqil ravishda ishlab chiqarish dasturini shakllantirish, mahsulot yetkazib beruvchilarni va o‘z mahsulotlarini (ishlari, xizmatlarining) iste’molchilarini tanlash;

tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish va uni o‘z ixtiyoriga ko‘ra tasarruf etish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorida ustun mavqeni egallab turgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari bundan mustasno;

o‘z mahsulotni (ishlari, xizmatlarini), ishlab chiqarish chiqindilarini bozor konyukturasidan kelib chiqib, mustaqil ravishda belgilanadigan narxlar va tariflar bo‘yicha yoki shartnoma asosida realizatsiya qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

binolar, inshoatlar, uskunalar va boshqa mol-mulkni olish va (yoki) ijaraga olishga, shu jumladan lizing yo‘li bilan;

belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish.

Tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

9-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining majburlari

Tadbirkorlik faoliyati subyektlari:
o‘zlari tuzgan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishlari;
yollash asosida jalb etilgan xodimlar bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilishlari;
xavfsizlik, ekologiya, sanitriya, gigena va mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etishlari;
realizatsiya qilinadigan tovarlar uchun qonun hujjatlariga muvofiq sertifikatlarga ega bo‘lishlari;
pochta manzili va boshqa rekvizitlari o‘zgarganligi to‘g‘risida tegishli davlat organlarini o‘z

vaqtida xabardor qilishlari; buxgalteriya, tezkor va statistika hisobini qonun hujjatlari talablariga muvofiq yuritishlari; o‘z faoliyatlari to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishli organlarga belgilangan tartibda va muddatlarda

taqdim etishlari shart. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

10-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining birlashmalari

Tadbirkorlik subyektlari o‘z huquqlarini hamda manfaatlarini himoya qilish maqsadlarida qonunga muvofiq uyushmalar (ittifoqlar) va boshqa birlashmarga birlashishlari mumkin.

Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining birlashmalarini tuzish, ularning faoliyat yuritishi, qayta tashkil etilishi va tugatilishi bilan bog‘liq munosabatlar qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

II. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish asoslari

11-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
12-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xususiyatlari
13-modda. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini litsenziyalash
14-modda. Tadbirkorlik faoliyatining mulkiy asosi
15-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini kreditlash va sug‘urta qilish
16-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlaridan soliq olish

17-modda. Hisob va hisobot

11-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tegishli davlat organi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar ariza beruvchiga tadbirkorlik faoliyati subyekti tariqasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni uni tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan rad etishga yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qo‘shimcha talablarni belgilashga haqli emas.

Ariza beruvchini tadbirkolik faoliyati subyekti tariqasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etganlik, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlarini buzganlik ustidan sudga shikoyat qilish mumkin. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qarori, shuningdek mazkur organ mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) sud tomonidan qonunga xilof deb topilgan taqdirda ular ariza beruvchiga ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etganlik yoki ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini buzgalik tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplaydilar va ma’naviy zarar uchun tovon to‘laydilar.

13-modda. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini litsenziyalash

Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan tadbirkorlik faoliyatining turlari qonunlar bilan belgilanadi.

Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini litsenziyalash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

14-modda. Tadbirkorlik faoliyatining mulkiy asosi

Tadbirkorlik faoliyati tadbirkorlik subyektlarining o‘z mol-mulki asosida va (yoki) jalb etilgan molmulk asosida amalga oshirilishi mumkin.

Tadbirkorlik subyektlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishiga asos va vosita bo‘lgan molmulk, shu jumladan mulkiy huquqlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda huquqlarning belgilanishi, o‘zgartirilishi va bekor bo‘lishi bilan bog‘liq oldi-sotdi, garov, ijara va boshqa bitimlar obyekti bo‘lishi mumkin.

15-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini kreditlash va sug‘urta qilish

Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini kreditlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Tadbirkorlik faoliyati subyektiga kredit berilayotganda bank muassasalari, boshqa kredit yoki sug‘urta tashkilotlari kafil bo‘lishlari mumkin. To‘lovga qobiliyatli yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kafil bo‘lishlari mumkin.

Tadbirkorlik faoliyati subyekti kredit shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarni ta’minlash tariqasida o‘z mol-mulkidan, shu jumladan ashyolari va mulkiy huquqlaridan, shuningdek o‘zi olgan kreditni to‘lay olmaslik xavfi sug‘urtasi to‘g‘risidagi sug‘urta polisidan foydalanishi mumkin.

Tadbirkorlik subyektlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda imtiyozli kreditlanish huquqiga ega.

Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini sug‘urta qilish sug‘urta tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

16-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlaridan soliq olish

Tadbirkorlik faoliyati subyektlaridan soliq olish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi.

Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga kichik va xususiy tadbirkorlik birmuncha noqulayroq sharoitlarni yuzaga keltiradigan o‘zgartishlar kiritilgan taqdirda, mazkur subyektlardan keyingi ikki yil mobaynida bunday o‘zgartishlar kuchga kirgunga qadar amalda bo‘lgan qonun hujjatlariga muvofiq soliq undiriladi. Bunda soliq solish va soliq stavkalari tizimining ularni indeksatsiya qilish bilan bog‘liq o‘zgarishi, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning ayrim faoliyat turlarini amalga oshirishdan olgan daromadlariga qat’iy belgilangan soliqning joriy etilishi kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun bir muncha noqulay faoliyat sharoitlarini yuzaga keltiruvchi o‘zgarishlar deb hisoblanmaydi.

17-modda. Hisob va hisobot

Tadbirkorlik faoliyati subyektlari hisob va hisobotni qonun hujjatlariga muvofiq yuritadilar.

Kichik tadbirkorlik subyektlari faqat davlat statistika organlari hamda soliq organlariga belgilangan shaklda hisobot taqdim etadilar.

Davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qo‘shimcha hisobot turlarini belgilash man etiladi.

III. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari huquqlarining kafolatlari

18-modda. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining konstitutsiyaviy kafolatlari 19-modda. Tadbirkorlik subyektlarining qonun hujjatlarida man etilmagan har qanday faoliyatini amalga oshirish erkinligi kafolatlari 20-modda. Tadbirkorlik subyektlarining o‘z mahsuloti (ishlari, xizmatlari) va daromadlarini

(foydani) tasarruf etish erkinligi kafolatlari 21-modda. Pul mablag‘larini tasarruf etish kafolatlari 22-modda Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyat erkinligi kafolatlari 23-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlari

kafolatlari 24-modda. Fermer xo‘jaliklarining yer uchastkalaridan foydalanish huquqi kafolatlari 25-modda. Dehqon xo‘jaliklarining yer uchastkalaridan foydalanish huquqi kafolatlari 26-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlikni o‘z nomidan amalga oshirish huquqi kafolatlari 27-modda. Tadbirkorlik subyektlarining xom ashyo, tovarlar va xizmatlar bozorlariga erkin kirish

kafolatlari

28-modda. Fermer va dehqon xo‘jaliklarining moddiy-texnika resurslari, urug‘lik materiallar, ko‘chatlar va zotdor chorvadan erkin foydalanish kafolatlari

29-modda. Fermer va dehqon xo‘jaliklarining suvdan foydalanishni amalga oshirish kafolatlari

30-modda. Kredit resurslaridan erkin foydalanish kafolatlari

31-modda. Axborot olish erkinligi kafolatlari

32-modda. Natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinishdan kafolatlar

33-modda. Firma nomi, tovar belgisidan (xizmat ko‘rsatish belgisidan) foydalanish kafolatlari

34-modda. Tadbirkorlik faoliyatiga aralashmaslik kafolatlari

18-modda. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining konstitutsiyaviy kafolatlari

Davlat iqtisodiyot faoliyat, tadbirkorlik erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.

Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasizdir.

Mulkdor mulkiga o‘z hohishiga egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tassarruf etadi.

Tadbirkorlarga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy qarorlari, ularning mansabdor shasxlarining xarakatlari (xarakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.

19-modda. Tadbirkorlik subyektlarining qonun hujjatlarida man etilmagan har qanday faoliyatini amalga oshirish erkinligi kafolatlari

Yuridik shaxs bo‘lmish tadbirkorlik faoliyati subyektlarining muassislari ta’sis hujjatlarida faoliyatning asosiy turlarini sanab o‘tish bilan kifoyalanishga haqli. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan va ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilmagan har qanday faoliyat turi bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shug‘ullanishlari mumkin.

20-modda. Tadbirkorlik subyektlarining o‘z mahsuloti (ishlari, xizmatlari) va daromadlarini (foydani) tasarruf etish erkinligi kafolatlari

Tadbirkorlik faoliyati subyektlari o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotning (bajargan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlarning) hamda ularni realizatsiya qilishdan olgan daromadlarining (foydaning) mulkdoridir.

Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining barcha ishlab chiqarish xarajatlari qoplanib, soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin qolgan daromadi(foydasi) ular tomonidan ixtiyoriy ravishda ishlatiladi, sud tartibidagi majburiy undiruv hollari bundan mustasno.

21-modda. Pul mablag‘larini tasarruf etish kafolatlari

Tadbirkorlik faoliyati subyektlari o‘z pul mablag‘larini mustaqil ravishda tassaruf etadilar.

Bank muassasalari tadbirkorlik faoliyati subyektlarining pul mablag‘laridan foydalanish yo‘nalishlarini belgilab berish va nazorat qilishga hamda pul mablag‘larini o‘z ixtiyoriga ko‘ra tasarruf etish borasidagi huquqlarni qonunda yoki bank hisobvarag‘i shartnomasida nazarda tutilmagan boshqa cheklanishlarni belgilashga haqli emas.

Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ularga xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasalari hisobvaraqlaridagi mabalg‘alari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda naqd pul shaklida olinishi mumkin.

22-modda Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyat erkinligi kafolatlari

Tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlariga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatni mustaqil tarzda amalga oshiradilar.

Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi valuta hisobvaraqlarini ochish va tashqi iktisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun asos bo‘ladi. Tovarlarni import qiluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi ham bunday tadbirkorlarga tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun asos bo‘ladi.

23-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlari kafolatlari

Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mulki daxlsizdir va qonun bilan muhofaza qilinadi.

Mol-mulk mulkdori o‘z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo‘lmagan har qanday harakatni qilishga haqli.

Tadbirkorlik faoliyati subyektidan mulkni olib qo‘yishga, uning boshqa ashyoviy huquqlarini bekor qilishga, shuningdek bunday huquqlarni cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ashyoviy huquqlari qonunlarda nazarda tutilgan tartibda himoya qilinadi.

24-modda. Fermer xo‘jaliklarining yer uchastkalaridan foydalanish huquqi kafolatlari

Fuqarolarga fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalari ellik yilgacha bo‘lgan, lekin o‘n yildan kam bo‘lmagan muddatga ijaraga beriladi.

Yer uchastkasi yoki uning bir qismini olib qo‘yishga faqat yer to‘g‘risidagi qonun xujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda yo‘l qo‘yiladi.

Yer uchastkasining ijara shartnomasi taraflarning kelishuviga binoan, taraflar o‘rtasida kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sud tomonidan o‘zagrtirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

Fermer xo‘jaligi tugatilgan taqdirda uni yuritish uchun berilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi qonunda belgilangan tartibda bekor qilinishi kerak.

25-modda. Dehqon xo‘jaliklarining yer uchastkalaridan foydalanish huquqi kafolatlari

Dehqon xo‘jaligining yerga egalik qilish va yerdan foydalanish sohasida huquqlari va majburiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi.

Dehqon xo‘jaligiga berilgan tomorqa yer uchastkasi bo‘linmaydi.

Tomorqa yer uchastkasining o‘lchamlari va chegarasi faqat dehqon xo‘jaligi boshlig‘ining roziligi bilan o‘zgartirilishi mumkin.

Dehqon xo‘jaligininig yer uchatkasini olib ko‘yishga qonunda nazarda tutilgan hollarda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shunga teng boshqa yer uchastkasi berilib, buzib tashlanayotgan binolar va inshoatlar qiymati qoplanganidan yoki boshqa joyga ko‘chirilganidan yoxud boshqa bino va inshoatlar qurib berilganidan keyingina yo‘l qo‘yiladi.

26-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlikni o‘z nomidan amalga oshirish huquqi kafolatlari

Yakka tartibdagi tadbirkor o‘z nomidan tadbirkor faoliyati bilan shug‘ullanadi, huquqlar va majburiyatlarga ega bo‘ladi hamda ularni amalga oshiradi.

Jismoniy shaxs o‘zining tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bitimlarni tuzayotganida, agar buning mohiyati tuzilayotgan bitimning mazmunidan aniq kelib chiqmasa, yakka tartibdagi tadbirkor tariqasida xarakat qilayotganligini ko‘rsatishi lozim. Bunday eslatmaning bo‘lmasligi yakka tartibdagi tadbirkorni o‘z majburiyatlari yuzasidan zimmasidagi javobgarlikdan ozod etmaydi.

Yakka tartibdagi tadbirkor o‘z faoliyatini amalga oshirayotganda shaxsiy ish hujjatlari blankalaridan, muhr shtamplardan foydalanishga haqli, ularning matnlari mazkur shaxs yakka tartibdagi tadbirkor ekanligidan dalolat berishi lozim.

27-modda. Tadbirkorlik subyektlarining xom ashyo, tovarlar va xizmatlar bozorlariga erkin kirish kafolatlari

Tadbirkorlik faoliyati subyektlari, mulk shakli va xo‘jalik yuritish shakllaridan qatyi nazar, xom ashyo, tovarlar va xizmatlar bozoriga erkin kirishda, shuningdek davlat ehtiyojlari uchun ayrim tovar turlari yetkazib berishda qatnashishda, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishda teng imkoniyatlarga ega. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining xom ashyo, tovarlar va xizmatlar bozoriga kirish erkinligi davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek ularning mansabdor shaxslari tomonidan biron-bir tarzda cheklanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tadbirkorlik faoliyati subyektlarining xom ashyo, ayrim tovarlar va xizmatlar bozoriga kirishning alohida shartlarini belgilashi mumkin.

28-modda. Fermer va dehqon xo‘jaliklarining moddiy-texnika resurslari, urug‘lik materiallar, ko‘chatlar va zotdor chorvadan erkin foydalanish kafolatlari

Fermer va dehqon xo‘jaliklari moddiy-texnika resurslari, shu jumladan yonilg‘i-moylash materiallari, omixta yem, organik va mineral o‘g‘itlar bozorlariga erkin kirishda boshqa xo‘jalik yuritish subyektlari bilan teng huquqlarga ega.

Davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari) fermer va dehqon ho‘jaliklarining urug‘lik materiallariga, ko‘chatlarga, kishloq xo‘jaligi ekinlarini zarurkunanda va kasalliklardan himoya qilish vositalariga, zotdor chorvaga bo‘lgan ehtiyojlarni ta’minlash yuzasidan sharoit yaratib beradilar.

29-modda. Fermer va dehqon xo‘jaliklarining suvdan foydalanishni amalga oshirish kafolatlari

Fermer va dehqon xo‘jaliklari suvdan foydalanishni qishloq va suv xo‘jaligi organlari tomonidan belgilangan har yilgi limitlar asosida boshqa qishloq xo‘jalik korxonalari bilan teng huquqlarga amalga oshiradi.

Suv iste’moli limitlari faqat fermer, dehqon xo‘jaligining roziligi bilan o‘zgartirilishi mumkin, suv obyektlarida suvning pasayib ketish hollari bundan mustasno.

Fermer va dehqon xo‘jaliklarining suvdan foydalanish huquqlarini davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan cheklashga faqat qonunda belgilangan hollarda yo‘l qo‘yiladi.

30-modda. Kredit resurslaridan erkin foydalanish kafolatlari

Tadbirkorlik faoliyati subyektlari kredit resurslaridan erkin foydalanishda qonun hujjatlariga muvofiq teng huquqlarga ega.

Budjetdan tashqari fondlar mablag‘laridan tadbirkorlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirishga ajratiladigan kreditlardan foydalanganlik uchun davlat tomonidan imtiyozli foiz stavkalari belgilanishi mumkin.

Davlat tadbirkorlik faoliyati subyektlarini imtiyozli kreditlashni amalga oshiruvchi tijorat banklariga qulay sharoitlar yaratishi mumkin.

31-modda. Axborot olish erkinligi kafolatlari

Davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati subyektlariga bu subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qonun hujjatlari, hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishish imkoniyatini ta’minlashi shart. Axborot olish erkinligi qonun hujjatlarini va tegishli materiallarni e’lon qilish va tarqatish yo‘li bilan taminlanadi.

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor axborot bepul beriladi. Boshqa axborotlarni berganlik uchun taraflar kelishuvi asosida haq undirilishi mumkin.

Davlat statistika organlari hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan statistika axboroti muntazam e’lon qilib borilishini ta’minlaydi.

32-modda. Natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinishdan kafolatlar

Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mol-mulki nitsionalizatsiya va musodara qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mol-mulki rekvizitsiya qilinmaydi, tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar va favqulodda tusdagi boshqa holatlar bundan mustasno bo‘lib, unda mulkdorga rekvizitsiya qilinayotgan mol-mulk qiymati to‘lanadi. Rekvizitsiya to‘g‘risidagi qaror davlat hokimiyati organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda qabul qilinadi.

Tadbirkorlik faoliyati subyektlari natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilish to‘g‘risidagi qaror ustidan sud tartibda shikoyat qilishga haqli.

33-modda. Firma nomi, tovar belgisidan (xizmat ko‘rsatish belgisidan) foydalanish

kafolatlari

Yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati subyekti firma nomiga bo‘lgan xukuqqa ega bo‘lib, bu nom uning ta’sis xujjatlarida ko‘rsatiladi.

Firma nomiga bo‘lgan huquq tadbirkorlik faoliyati subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan e’tiboran yuzaga keladi.

Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ilgari ro‘yxatdan o‘tkazilgan firma nomiga juda o‘xshash bo‘lib, tegishli tadbirkorlik subyektlarini aynan bir deb hisoblashga olib kelishi mumkin bo‘lgan firma nomi ro‘yxatga olinishi mumkin emas.

Tovar belgisidan (xizmat ko‘rsatish belgisidan) foydalanish huquqi uning ro‘yxatga olinganligi asosida beriladi.

Firma nomidan, tovar belgisidan (xizmat ko‘rstish belgisidan) foydalanish, ularga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritishga bo‘lgan mutlaq huquq va ana shu nom va belgi egasiga tegishli bo‘ladi.

Firma nomini, tovar belgisini (xizmat ko‘rsatish belgisini) nashr qilganda, omma orasida ijro etganda yoki ulardan boshqa tarzda foydalanganda firma nomining, tovar belgisining (xizmat ko‘rsatish belgisining) o‘ziga, xuddi shuningdek ularning ifodasiga biron-bir o‘zgartishlar kiritishga faqat ularning egasi roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.

Firma nomi, tovar belgisi (xizmat ko‘rsatish belgisi) daxlsizligiga bo‘lgan huquq firma nomi, tovar belgisi (xizmat ko‘rsatish belgisining) o‘ziga, xuddi shuningdek ularning ifodasiga biron-bir o‘zgartishlar kiritishga faqat ularning egasi roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.

Firma nomi, tovar belgisi (xizmat ko‘rsatish belgisi) daxlsizligiga bo‘lgan huquq firma nomi, tovar belgisi (xizmat ko‘rsatish belgisi) egasiga tegishlidir.

34-modda. Tadbirkorlik faoliyatiga aralashmaslik kafolatlari

Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati subyektlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.

Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik mavjudligi faktidan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining qonuniy faoliyatiga aralashish yoki uni cheklash uchun asos sifatida foydalanishi mumkin emas.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda qishloq ho‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari) dehqon va fermer xo‘jaliklarining tadbirkorlik faoliyatiga, shu jumladan ularning agrotexnika usullarini, yetishtiriladigan mahsulot turini tanlashiga, ana shu mahsulotning bahosini hamda realizatsiya qilish yo‘nalishini belgilash ishlariga aralashishga haqli emas, davlat ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan xaridlar bundan mustasno.

IV. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari huquqlarini himoya qilish

35-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektining ishchanlik obro‘sini himoya qilish 36-modda. Intellektual faoliyat natijalarini himoya qilish

37-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining tijorat siri va oshkor etilmagan axborotini himoya qilish

38-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash

39-modda. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishning cheklanishi

39-1-modda. Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan moliyaviy jazo choralari qo‘llanilmasligi

40-modda. Tekshirishni amalga oshirayotgan mansabdor shaxslarga doir talablar

35-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektining ishchanlik obro‘sini himoya qilish

Tadbirkorlik faoliyati subyekti o‘z ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan ma’lumotlarga raddiya berilishini sud orqali talab qilishga haqli.

Agar tadbirkorlik faoliyati subyektining ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan bo‘lsa, bu ma’lumotlarga raddiya ayni shu ommaviy axborot vositalarida berilishi lozim. Agar bunday ma’lumotlar tashkilotdan olingan hujjatda mavjud bo‘lsa, bunday hujjat almashtirilishi yoki chaqirib olinishi kerak. Boshqa hollarda raddiya berish tartibi sud tomonidan belgilanadi.

Tadbirkorlik faoliyati subyekti o‘zining ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan ma’lumotlar tarqatilganda, bunday ma’lumotlarga raddiya berilishi bilan bir qatorda ularning tarqatilishi oqibatida yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishini va ma’naviy zarar uchun tovon to‘lanishini talab qilishga haqli.

36-modda. Intellektual faoliyat natijalarini himoya qilish

Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining xolisona ifodalangan intellektual faoliyat natijalariga hamda uning o‘ziga xos vositalariga (firma nomi, tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi va hokazolarga) bo‘lgan mutlaq huquqi qonun bilan muhofaza etiladi va davlat tomonidan himoya qilinadi.

Mutlaq huquqlar obyektlari bo‘lgan intellektual faoliyat natijalari va o‘ziga xos vositalardan uchinchi shaxslar faqat huquq egasining roziligi bilan foydalanishlari mumkin.

37-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining tijorat siri va oshkor etilmagan axborotini himoya qilish

Tijorat siri bo‘lgan, uchinchi shaxslarga ma’lum bo‘lmagan axborot (oshkor etilmagan axborot) uchinchi shaxslarga ma’lum emasligi, qonuniy asosda undan erkin foydalana olish mumkin emasligi hamda axborotning egasi uning maxfiyligini muhofaza qilish choralarini ko‘rayotganligi tufayli haqiqiy yoki potensial tijorat qiymatiga ega bo‘lgan hollarda himoya qilinadi.

Oshkor etilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan himoya qilish huquqi bu axborotga nisbatan biron-bir rasmiyatchilikni bajarishdan (uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, guvohnoma olish va hokazodan) qatyi nazar vujudga keladi.

Oshkor etilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan himoya qilish qoidalari qonunga muvofiq xizmat yoki tijorat siri bo‘la olmaydigan ma’lumotlarga (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan yuridik shaxslar to‘g‘risidagi, mol-mulkka bo‘lgan huquqlar hamda mol-mulk xususida tuzilgan bitimlar haqidagi ma’lumotlarga, davlat statistika hisoboti tariqasida taqdim etilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar va boshqa ma’lumotlarga) nisbatan tatbiq etilmaydi.

Oshkor etilmagan axborotni qonuniy asoslarsiz olgan yoki tarqatgan yoxud undan foydalanayotgan shaxs axborotdan noqonuniy foydalanganlik oqibatida bu axborotning qonuniy egasiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashi shart.

Oshkor etilmagan axborot mazmunini tashkil etuvchi ma’lumotlarni mustaqil ravishda va qonuniy tarzda olgan shaxs bu malumotlardan, tegishli oshkor etilmagan axborot egasining huquqlaridan qat’i nazar, foydalanishga haqli va bunday foydalanganlik uchun uning oldida javob bermaydi.

38-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash

Tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zararning o‘rni bu zararni yetkazgan shaxs tomonidan to‘la hajmda, shu jumladan boy berilgan foydani qo‘shib qoplanishi kerak. Zarar yetkazuvchi bo‘lmagan shaxs zimmasiga qonun bilan zararning o‘rnini qoplash majburiyati yuklatilishi mumkin.

Davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining noqonuniy qarorlari natijasida tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zararning o‘rni, ularning mansabdor shaxslari aybidan qat’i nazar, sudning qarori asosida qoplanishi kerak.

Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining no}onuniy xarakatlari (xarakatsizligi) oqibatida tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zararning o‘rni sudning qaror asosida qoplanishi kerak.

39-modda. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlarning cheklanganligi

Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus vakolatli organning qaroriga binoan nazorat qiluvchi organlar tomonidan rejali tartibda ko‘pi bilan yiliga bir marta amalga oshirilishi mumkin, xususiy korxonalar va ushbu moddaning ikkinchi - beshinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Belgilangan normalar va qoidalarga o‘z vaqtida hamda to‘la hajmda rioya qiluvchi tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan ko‘pi bilan ikki yilda bir marta amalga oshiriladi, ushbu moddada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Xususiy korxonalar faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan ko‘pi bilan ikki yilda bir marta, belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin, qonun xujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyatini rejali tekshirishlar ko‘pi bilan to‘rt yilda bir marta, boshqa tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini rejali tekshirishlar ko‘pi bilan uch yilda bir marta amalga oshiriladi.

Yangi tashkil etilgan mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyati ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran ikki yil mobaynida rejali tekshiruvlardan o‘tkazilishi mumkin emas.

Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshiruvlardan o‘tkazish muddatlari o‘ttiz kalendar kundan oshmasligi lozim. Alohida hollarda bu muddat nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus vakolatli organning qaroriga binoan uzaytirilishi mumkin.

O‘tkazilayotgan tekshirishlar tadbirkorlik subyektlarining faoliyat ko‘rsatishiga to‘sqinlik qilmasligi kerak.

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga a’zo tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlar mazkur Palata vakillari ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.

Prokuratura, ichki ishlar va milliy xavfsizlik xizmati organlari tomonidan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyatini tekshiruvlardan o‘tkazish uchun qo‘zg‘atilgan jinoyat ishining mavjudligi asos bo‘ladi. Bunda tadbirkorlik faoliyati subyektining qo‘zgatilgan jinoyat ishi bilan bog‘liq faoliyatigina tekshiruv bilan qamrab olinishi mumkin bo‘lib, bu hakda tekshiruv tayinlanganligi to‘grisidagi qarorda ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

Tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishlar belgilangan tartibda faqat davlat soliq xizmati organlari tomonidan, mazkur organlar tekshirishlar davomida soliq va valutaga oid jinoyatlar alomatlarini aniklaganida esa O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan amalga oshiriladi.

Tadbirkorlik faoliyati subyektlari nazorat qiluvchi va hukuqni muhofaza qiluvchi organlarning vakolatiga kirmaydigan masalalar bo‘yicha ularning talablarini bajarmaslik hamda tekshmrish predmetiga taalluqli bo‘lmagan materiallar bilan ularni tanishtirmaslik xuquqiga ega.

Tekshirishlar natijalari dalolatnoma (ma’lumotnoma) bilan rasmiylashtiriladi, uning bir nusxasi tekshirilayotgan tadbirkorlik faoliyati subyektida qoladi.

39-1-modda. Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan moliyaviy jazo choralari qo‘llanilmasligi

Tadbirkorlik subyektlari nazorat organlarining tekshirishlar natijalari bo‘yicha ko‘rsatmalarini bajargan, shuningdek zararning o‘rnini belgilangan muddatlarda va to‘la hajmda ixtiyoriy ravishda qoplagan, shu jumladan penya to‘lagan takdirda, ularga nisbatan moliyaviy jazo choralari qo‘llanilmaydi.

40-modda. Tekshirishni amalga oshirayotgan mansabdor shaxslarga doir talablar

Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyatini tekshirish nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.

Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyatini tekshirishga kirishishga mazkur shaxslarda nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlangana tekshirishni o‘tkazish rejasidan ko‘chirma, nazorat qiluvchi organning tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi hamda tekshirishni o‘tkazish muddatlari ko‘rsatilgan buyrug‘i nusxasi, tekshiruvchi mansabdor shaxslarning shaxsiy guvohnomalari bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.

Tadbirkorlik subyektlarining faoliyati tekshirilayotganda nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli yozuvni kiritadilar.

40-1-modda. Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ularning faoliyatini cheklovchi choralarni qo‘llash

Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ularning faoliyatini cheklovchi choralar qo‘llaniladi. Bunda tadbirkorlik subyektlariga nisbatan quyidagi huquqiy ta’sir choralari faqat sud tartibida qo‘llaniladi:

faoliyatni tugatish;

faoliyatni to‘xtatib qo‘yish, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yish hollari mustasno;

banklardagi hisobvarag‘lar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish, bundan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishning aniqlangan hollari mustasno;

moliyaviy jazo choralarini qo‘llash, bundan soliqlar va yig‘imlarni to‘lash muddatini o‘tkazib yuborganlik uchun penya hisoblab chiqarish, shuningdek tadbirkorlik subyektining sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo‘lganligi va moliyaviy jazo choralari summalarini ixtiyoriy ravishda to‘laganligi hollari mustasno;

huquqbuzarlik predmetlarini davlat daromadiga o‘tkazish;

tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun berilgan litsenziyani (ruxsatnomani) o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib qo‘yish yoki uning amal qilishini tugatish va litsenziyani (ruxsatnomani) bekor qilish (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziyalar bundan mustasno).

V. Tadbirkorlik faoliyatini davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash

41-modda. Davlat boshqaruv organlarining tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash sohasidagi vakolatlari

42-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash sohasidagi vakolatlari

43-modda. Tadbirkorlikni rivojlantirishning davlat tomonidan rag‘batlantirilishi

44-modda. Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash fondlari

45-modda. Tezlashtirilgan ammortizatsiya

46-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga energiya ta’minoti manbai iste’moldagi imtiyozlar

47-modda. Tadbirkorlik faoliyati uchun kadrlar tayyorlashni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash

41-modda. Davlat boshqaruv organlarining tadbirkorlik faoliyatini qo‘llabquvvatlash sohasidagi vakolatlari

Davlat boshqaruv organlari o‘z vakolatlari doirasida:

tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi va tadbirkorlik faoliyatining rivojlantirilishi ustidan monitoringni, mavjud muammolarni o‘rganishni hamda tadbirkorlikning huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga qaratilagan normativ hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritishni amalga oshiradi;

tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi;

tadbirkorlik faoliyati subyektlariga moliyaviy, moddiy-texnik va axborot resurslaridan erkin foydalanishda ko‘maklashadi;

tadbirkorlik faoliyati subyektlariga o‘z mahsulotlarini tashqi va ichki bozorlarda realizatsiya qilishda ko‘maklashadi;

tadbirkorlik faoliyati subyektlari o‘rtasida axborot va tushuntirish ishlarini, konsalting, lizing, sug‘urta va boshqa xil xizmatlar tizimi rivojlantirilishini tashkil etadi;

tadbirkorlik faoliyati subyektlariga kadrlarni tayyorlashda, qayta tayyorlashda va ularning malakasini oshirishda ko‘maklashadi;

tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan boshqa faoliyatini amalga oshiradi.

42-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tadbirkorlik faoliyatini qo‘llabquvvatlash sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida:

tadbirkorlikni rivojlantirish xududiy dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini himoya qilishning qo‘shimcha kafolatlari va choralarini

belgilaydi;

tadbirkorlik faoliyati subyektlari uchun mahalliy soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha imtiyozlar belgilaydi;

tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan boshqa faoliyatni amalga oshiradi.

43-modda. Tadbirkorlikni rivojlantirishning davlat tomonidan rag‘batlantirilishi

Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan rag‘batlantirish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:

tadbirkorlik sohasiga investitsiyalarni (shu jumladan chet el investitsiyalarini), zomonaviy texnologiyalar va uskunalarni jalb etish uchun, shuningdek bozor infratuzilmasi institutlarini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish;

eksport-import operatsiyalari, xalqaro ko‘rgazmalar va yarmarkalarda, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlarini ko‘rish;

tadbirkorlik faoliyati subyektlari samarali faoliyat yuritishi uchun ularni zarur huquqiy, iqtisodiy, statistik, ishlab chiqarish-texnologik, ilmiy-texnik va boshqa xil axborotlar bilan ta’minlash;

zooveterenariya xizmati ko‘rsatilishi uchun zarur sharoitlar yaratish;

soliqlar, yig‘imlar va tariflar bo‘yicha imtiyozlar belgilash.

Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan rag‘batlantirish qonun hujjatlariga muvofiq boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.

44-modda. Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash fondlari

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fondlar tuzilishi mumkin.

45-modda. Tezlashtirilgan ammortizatsiya

Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishlab chiqarish chiqimlariga mo‘ljallangan xarajatlarga kiritib, asosiy fondlarning tezlashtirilgan ammortizatsiyasini tegishli asosiy fondlar uchun belgilangan normadan ikki martadan ko‘proq oshib ketmaydigan miqdorda qo‘llashga haqli.

Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari amortizatsiya ajratmalari ajratib kelingan va uch yildan ko‘proq muddat davomida ishlatilgan asosiy fondlar dastlabki qiymatining ellik foiziga qadarini hisobdan chiqarish huquqiga ega.

Kichik yoki xususiy korxona ishga tushgan paytdan e’tiboran ikki yil o‘tgunga qadar tugatilgan taqdirda, qo‘shimcha ravishda hisoblab chiqarilgan (tezlashtirilgan) amortizatsiya summasi kichik yoki xususiy korxonaning balans foydasi ko‘payishi hisobiga qaytarilishi kerak.

46-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga energiya ta’minoti manbai iste’moldagi imtiyozlar

Energiya ta’minoti manbai bo‘yicha qishloq xo‘jalik tovari ishlab chiqaruvchilari uchun belgilangan imtiyozli tariflar qishloq joylarda joylashgan hamda faoliyat olib borayotgan kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ham tatbiq etiladi.

47-modda. Tadbirkorlik faoliyati uchun kadrlar tayyorlashni davlat yo‘li bilan qo‘llabquvvatlash

Davlat tadbirkorlik faoliyati subyektlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi rivojlantirilishini ta’minlaydi.

Qishloq joylardagi tadbirkorlik faoliyati subyektlarining kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshirayotgan muassasalar va tashkilotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozlardan foydalanadilar.

VI.Yakuniy qoidalar

48-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektini tugatish (faoliyatni to‘xtatish)

49-modda. Davlat organlari va boshqa organlarning qarorlari ularning mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish

50-modda. Nizolarni hal etish

51-modda. Tadbirkorlik faoliyati erkinligininig kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javbgarlik

48-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektini tugatish (faoliyatni to‘xtatish)

Tadbirkorlik faoliyati subyektini tugatish uning mol-mulki mulkdorining yoki bunday korxonalarni tuzishga vakolatli organning qaroriga muvofiq yoxud sudning qaroriga binoan amalga oshiriladi.

Tadbirkorlik faoliyati subyekti tugatilayotganida bo‘shab qolayotgan xodimlarga qoun hujjatlariga muvofiq ularning huquqlari va manfaatlariga rioya etilishi kafolatlanadi.

Tadbirkorlik faoliyati subyekti u davlat reyestridan chiqarilgan paytdan e’tiboran tugatilgan deb hisoblanadi.

Tadbirkorlik subyekti faoliyatining to‘xtatilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

49-modda. Davlat organlari va boshqa organlarning qarorlari ularning mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish

Tadbirkorlik subyektlari davlat organlari va boshqa organlarning qonuniy qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan o‘z hohishlariga ko‘ra bo‘ysunv tartibi asosida yuqori organlar yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.

Tadbirkorlik subyektlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi yuzasidan davlat organlari va boshqa organlarning qarori, ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda davlat boji to‘lashdan ozod etiladi.

50-modda. Nizolarni hal etish

Tadbirkorlik subyektlarining faoliyati bilan bog‘liq nizolar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.

51-modda. Tadbirkorlik faoliyati erkinligininig kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. Karimov.