عن الملكية الفكرية التدريب في مجال الملكية الفكرية إذكاء الاحترام للملكية الفكرية التوعية بالملكية الفكرية الملكية الفكرية لفائدة… الملكية الفكرية و… الملكية الفكرية في… معلومات البراءات والتكنولوجيا معلومات العلامات التجارية معلومات التصاميم الصناعية معلومات المؤشرات الجغرافية معلومات الأصناف النباتية (الأوبوف) القوانين والمعاهدات والأحكام القضائية المتعلقة بالملكية الفكرية مراجع الملكية الفكرية تقارير الملكية الفكرية حماية البراءات حماية العلامات التجارية حماية التصاميم الصناعية حماية المؤشرات الجغرافية حماية الأصناف النباتية (الأوبوف) تسوية المنازعات المتعلقة بالملكية الفكرية حلول الأعمال التجارية لمكاتب الملكية الفكرية دفع ثمن خدمات الملكية الفكرية هيئات صنع القرار والتفاوض التعاون التنموي دعم الابتكار الشراكات بين القطاعين العام والخاص أدوات وخدمات الذكاء الاصطناعي المنظمة العمل مع الويبو المساءلة البراءات العلامات التجارية التصاميم الصناعية المؤشرات الجغرافية حق المؤلف الأسرار التجارية أكاديمية الويبو الندوات وحلقات العمل إنفاذ الملكية الفكرية WIPO ALERT إذكاء الوعي اليوم العالمي للملكية الفكرية مجلة الويبو دراسات حالة وقصص ناجحة في مجال الملكية الفكرية أخبار الملكية الفكرية جوائز الويبو الأعمال الجامعات الشعوب الأصلية الأجهزة القضائية الموارد الوراثية والمعارف التقليدية وأشكال التعبير الثقافي التقليدي الاقتصاد المساواة بين الجنسين الصحة العالمية تغير المناخ سياسة المنافسة أهداف التنمية المستدامة التكنولوجيات الحدودية التطبيقات المحمولة الرياضة السياحة ركن البراءات تحليلات البراءات التصنيف الدولي للبراءات أَردي – البحث لأغراض الابتكار أَردي – البحث لأغراض الابتكار قاعدة البيانات العالمية للعلامات مرصد مدريد قاعدة بيانات المادة 6(ثالثاً) تصنيف نيس تصنيف فيينا قاعدة البيانات العالمية للتصاميم نشرة التصاميم الدولية قاعدة بيانات Hague Express تصنيف لوكارنو قاعدة بيانات Lisbon Express قاعدة البيانات العالمية للعلامات الخاصة بالمؤشرات الجغرافية قاعدة بيانات الأصناف النباتية (PLUTO) قاعدة بيانات الأجناس والأنواع (GENIE) المعاهدات التي تديرها الويبو ويبو لكس - القوانين والمعاهدات والأحكام القضائية المتعلقة بالملكية الفكرية معايير الويبو إحصاءات الملكية الفكرية ويبو بورل (المصطلحات) منشورات الويبو البيانات القطرية الخاصة بالملكية الفكرية مركز الويبو للمعارف الاتجاهات التكنولوجية للويبو مؤشر الابتكار العالمي التقرير العالمي للملكية الفكرية معاهدة التعاون بشأن البراءات – نظام البراءات الدولي ePCT بودابست – نظام الإيداع الدولي للكائنات الدقيقة مدريد – النظام الدولي للعلامات التجارية eMadrid الحماية بموجب المادة 6(ثالثاً) (الشعارات الشرفية، الأعلام، شعارات الدول) لاهاي – النظام الدولي للتصاميم eHague لشبونة – النظام الدولي لتسميات المنشأ والمؤشرات الجغرافية eLisbon UPOV PRISMA UPOV e-PVP Administration UPOV e-PVP DUS Exchange الوساطة التحكيم قرارات الخبراء المنازعات المتعلقة بأسماء الحقول نظام النفاذ المركزي إلى نتائج البحث والفحص (CASE) خدمة النفاذ الرقمي (DAS) WIPO Pay الحساب الجاري لدى الويبو جمعيات الويبو اللجان الدائمة الجدول الزمني للاجتماعات WIPO Webcast وثائق الويبو الرسمية أجندة التنمية المساعدة التقنية مؤسسات التدريب في مجال الملكية الفكرية الدعم المتعلق بكوفيد-19 الاستراتيجيات الوطنية للملكية الفكرية المساعدة في مجالي السياسة والتشريع محور التعاون مراكز دعم التكنولوجيا والابتكار نقل التكنولوجيا برنامج مساعدة المخترعين WIPO GREEN WIPO's PAT-INFORMED اتحاد الكتب الميسّرة اتحاد الويبو للمبدعين WIPO Translate أداة تحويل الكلام إلى نص مساعد التصنيف الدول الأعضاء المراقبون المدير العام الأنشطة بحسب كل وحدة المكاتب الخارجية المناصب الشاغرة المشتريات النتائج والميزانية التقارير المالية الرقابة
Arabic English Spanish French Russian Chinese
القوانين المعاهدات الأحكام التصفح بحسب كل ولاية قضائية

أوزبكستان

UZ079

رجوع

O‘Zbekiston Respublikasining Qonuni Tovar Bozorlarida Monopolistik Faoliyatni Cheklash va Raqobat To‘G‘Risida

 Microsoft Word - 020_NEW_UZ_Law on monopoly.doc

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida»

1996 yil 27 dekabr 355-I-son

O‘zbekiston Respublikasi 15.12.2000 yil 175-II-sonli Qonunining 18.bo‘limiga asosan, 20.08.1999 yil 832-I-sonli Qonunining XIX.bo‘limiga, 10.10.2006 yil O‘RQ-59-son Qonunining 15-moddasiga asosan tahrirga o‘zgartirishlar kiritildi

I. Umumiy Qoidalar

II. Monopolistik faoliyat

III. Monopoliyaga qarshi davlat organi

IV. Raqobat ustidan davlat nazorati

V. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

VI. Monopoliyaga qarshi davlat organining qarorlar qabul qilishi, ular ustidan shikoyat kilish va ularni ijro etish tartibi

I. Umumiy Qoidalar

1-modda. Qonunning maqsadi

2-modda. Qonunni tatbiq etish sohasi

3-modda. Asosiy tushunchalar

4-modda. Xalqaro shartnomalar

1-modda. Qonunning maqsadi

Ushbu Qonun tovar bozorlarida monopolistik faoliyat va ynsofsiz raqobatning oldini olish, uni cheklash, to‘xtatishning tashkiliy va hukuqiy asoslarini belgilab beradi, raqobat munosabatlarining shakllanishi va samarali amal qilishi uchun sharoitlar ta’minlashga qaratilgan.

2-modda. Qonunni tatbiq etish sohasi

Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet ellik shaxslar, davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari qatnashadigan tovar

bozorlaridagi raqobatga ta’sir ko‘rsatuvchi munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi. Qonun mazkur shaxslar va organlarning O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi tegishincha harakatlari yoki tuzayotgan bitimlari O‘zbekiston Respublikasi tovar bozorlaridagi raqobatning cheklanishiga olib kelayotgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan yoxud boshqa salbiy oqibatlarga sabab bo‘layotgan hollarda ham qo‘llaniladi.

Ushbu Qonun ixtirolar, sanoat namunalari, tovar belgilari, seleksiya yutuqlari va mualliflik xuquqlarini huquqiy jihatdan himoya qilish normalari bilan tartibga solinadigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi, tegishli huquqlardan qasddan foydalanish raqobatning cheklanishiga olib keladigan hollar bundan mustasno.

Mehnat, qimmatli qog‘ozlar va moliyaviy xizmat bozorlaridagi monopolistik faoliyat va insofsiz raqobat bilan bog‘liq munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi, bu bozorlarda vujudga keladigan munosabatlar tovar bezorlaridagi raqobatga ta’sir ko‘rsatadigan hollar bundan mustasno.

Qonun hujjatlarida tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatini davlat tomonidan qo‘shimcha ravishda tartibga solish nazarda tutilishi mumkin.

Ushbu qonunning qoidalari tabiiy monopoliyalar subyektlariga nisbatan bu qoidalarning qo‘llanilishi ana shu subyektlarning o‘ziga xos vazifalarini bajarishini cheklamaydigan qismigina qo‘llaniladi.

3-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

tovar - sotish (almashtirish) uchun mo‘ljallangan faoliyat maxsuli bo‘lib, ishlar va xizmatlar ham shunga kiradi;

bir-birining o‘rnini bosadigan tovarlar - byolgilangan vazifasi qo‘llanilishi, sifati va texnikaviy tavsiflari, narxi va boshqa jihatlariga ko‘ra taqqoslanishi mumkin bo‘lgan tovarlar guruhi;

tovar bozori - tovarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomala doirasi bo‘lib, u respublikaning ma’muriy-hududiy bo‘linishiga mos kelishi yoki kelmasligi mumkin;

xo‘jalik yurituvchi subyektlar - tovarlar ishlab chiqarish, sotish, sotib olish va xizmatlar ko‘rsatish faoliyati bylan shug‘ullanuvchi barcha tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxslar, shu jumladan xorijiy yuridik shaxslar, ularning birlashmalari, shuningdek yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslar;

raqobat - xo‘jalik yurituvchi subyektlarning musobaqalashuvi bo‘lib, bunda ularning mustaqil harakatlari har bir subyekt tomonidan tegishli tovar bozoridagi tovarlar muomalasining umumiy shart- sharoitlariga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini cheklaydi;

insofsiz raqobat - xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tadbirkorlik faoliyatida ustunlikni qulga kiritishga qaratilgan, qonun hujjatlariga va ish muomalasi odatlariga zid bo‘lgan, ular o‘rtasida musobaqalashuvni istisno etadigan va amalga oshirilishi natijasida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tegishli tovar bozorida tovarlar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga ta’sir ko‘rsatish imkonini beradigan harakatlari;

ustun mavqe - o‘rnini bosuvchisi bo‘lmagan tovar bozorida yoki bir birining o‘rnini bosadigan tovarlar bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning (bir guruh shaxslarning) o‘ziga (o‘zlariga) raqobatni cheklashga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatish, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirish erkinligini qiyinlashtirish yoki ularning iqtisodiy faoliyat erkinligini-boshqacha tarzda cheklash, imkoniyatini beradigan xukmron mavqe. Bozordagi ulushi oltmish besh va undan ortiq foizni tashkil etadigan xo‘jalik yurituvchi subyektning (bir guruh shaxslarning) mavqei ustun mavqe deb z’tirof etiladi.

Shuningdek, xo‘jalik. yurituvchi subyektning bozordargi ulushi o‘ttiz besh foizdan oltmish besh foizgacha bo‘lib, bu xol monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan:

xo‘jalik yurituvchi subyektning bozordagi ulushi barqarorligiga;

bozordagi raqobatchilarga tegishli ulushlarning nisbiy miqdoriga;

ushbu bozorga yangi rakobatchilarning kirishi mumkinligiga;

muayyan tovar bozorini tavsiflovchi boshqa mezonlarga qarab aniqlangan bo‘lsa, uning bozordagi mavqei ustun mavqe deb xisoblanadi;

mutlaq monopoliya - xo‘jalik yurituvchi subyekt tovar bozorida yagona sotuvchi yoki xaridor bo‘lgan vaziyat;

monopolistik faoliyat - xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining monopoliyaga qarshi kurash haqidagi qonun hujjatlariga xilof bo‘lgan, raqobatga yo‘l qo‘ymaslikka, uni cheklash yoki bartaraf etishga qaratilgan harakatlari yoki harakatsizligi;

narx sohasida kamsitish - maxsulot yetkazib beruvchining boshqa sharoitlar teng bo‘lgani holda o‘z mahsulotini muayyan bir xaridorga boshqa xaridorlarga nisbatan yuqoriroq yoki pastroq narxda sotishi;

kamsituvchi shartlar - mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonaning iste’molchilarga shartnoma mohiyatiga daxli bo‘lmagan turli shartlarni majburan qabul qildirishi;

noto‘g‘ri taqqoslash - muayyan raqobatchini yoki umuman barcha raqobatchilarni, shuningdek ishlab chiqarilayotgan va (yoki) sotilayotgan tovarlarni boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tovarlariga nisbatan yomonlab taqqoslash yoki fikr bildirish;

mononol qimmat narx - tovar bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘laligicha foydalanmaslik tufayli qilgan asossiz xarajatlarini qoplash yoki tovar sifatini pasaytirish natijasida qo‘shimcha foyda olish maqsadida tovarga belgilagan narxi;

monopol arzon narx - tovar bozorida xaridor sifatida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektning sotib olayotgan tovariga qo‘shimcha foyda olish yoki qilingan asossiz xarajatlarni sotuvchi hisobiga qoplash maqsadida belgilaydigan narxi yoxud tovar bozorida sotuvchi sifatida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektning sotayotgan tovariga ongli ravishda shu tovarni sotishdan zarar ko‘radigan darajada belgilaydigan narxi bo‘lib, uni belgilash natijasida bozordan raqobatchilarni siqib chiqarish yo‘li bilan raqobat cheklanadi yoki cheklanishi mumkin;

shaxslar guruxi - shaxslar yig‘indisi, ularga tatbiqan quyidagi bir yoki bir necha shartlar bajariladi:

bitim yoki kelishib olingan xarakatlar natijasida, shu jumladan oldi-sotdi, mol-mulkni ishonchli boshqarish, birgalikdagi faoliyat, topshiriqnoma, ijara shartnomalari asosida yoki boshqa bitimlar asosida hal etuvchi ta’sir ko‘rsatish uchun yetarli bo‘lgan aksiyalar nazorat paketini yoki ovozlar sonini bevosita yoki bilvosita birgalikda tasarruf etish huquqiga ega bo‘lgan shaxs yoki bir necha shaxslar. Bunda yuridik shaxsning ovozlarini bilvosita tasarruf etish deganda bu ovozlarni uchinchi shaxslar orqali amalda tasarruf etish imkoniyati tushuniladi, birinchi shaxs uchinchi shaxslarga nisbatan yuqorida sanab o‘tilgan xuquq va vakolatga ega bo‘ladi;

ikki yoki undan ortiq shaxslar o‘rtasida shartnoma tuzilib, unga ko‘ra shartnoma qatnashchilaridan biri yoki bir qanchasining yoxud boshqa shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini yuritish shartlarini belgilash yoinki ular ijroiya organi vazifalarini bajarish huquqi ko‘lga kiritiladi; shaxs yuridik shaxs ijroiya organi va (yoki) direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi) tarkibining ellik foizidan ortig‘ini tayinlash huquqiga ega bo‘ladi;

ayni bir jismoniy shaxslarning, o‘zi ikki va undan ortiq yuridik shaxs ijroiya organi va (yoki) direktorlar kengashi tarkibining ellik foizdan ortiqrog‘ini tashkil etadi.

Ushbu Qonunning maqsadlarini nazarda tutgan xolda shaxslar guruhiga yagona xo‘jalik yurituvchi subyekt deb qaraladi.

4-modda. Xalqaro shartnomalar

Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida tovar bozorlaridagi raqobat va ularda monopolistik faoliyatni cheklash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, unda xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

II. Monopolistik faoliyat

5-modda. Xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z ustun mavqeini suiiste’mol qilishi

6-modda. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning raqobatni cheklaydigan bitimlari (kelishib qilingan harakatlari)

7-modda. Davlat boshqaruvi organlari va maualliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari va harakatlari

8-modda. Insofsiz raqobatni taqiqlash

5-modda. Xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z ustun mavqeini suiiste’mol qilishi

Ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektning raqobatni cheklaydigan va (yoki) boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning manfaatlarini kamsitgan yoxud kamsitishi mumkin bo‘lgan quyidagi xarakatlari taqiqlanadi:

tovarlarni muomaladan olib quyish, bundan qo‘zlangan maqsad yoki erishilgan natija bozorda taqchillikni keltirib chiqarish yoki saqlab turishdan yoxud narxlarni oshirishdan iborat bo‘lsa;

monopol qimmat yoki monopol, arzon narxlarni belgilash;

kontragentga shartnoma mohiyatiga taaluqli, bo‘lmagan shartlarni, shu jumladan moliyaviy mablag‘lar, boshqa mol-mulk, mulkiy xuquqlarni o‘tkazishga doir asossiz talablarni majburan qabul qildirish;

kontragentni boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan teng bo‘lmagan vaziyatga solib qo‘yadigan kamsituvchi shartlarni shartnomaga kiritish;

kontragent tomonidan boshqa tovarlarni sotib olish yoki sotish yoxud kontragentning boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlardan tovarlar sotib olishdan yoki boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tovarlar sotishdan o‘zini tiyish sharti bilangina shartnoma tuzishga rozilik berish;

tegishli tovarni ishlab chiqarish yoki yetkazib berish imkoniyatlari mavjud bo‘lgan taqdirda shartnoma tuzishdan asossiz bosh tortish;

boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirishiga to‘sqinlik qilish;

aloxida hollarda xo‘jalik yurituvchi subyektning ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan harakatlari monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan to‘g‘ri deb topilishi mumkin, basharti xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z harakatlarining ijobiy samarasi, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi ijobiy samarasi ko‘rib chiqilayotgan tovar bozori uchun salbiy oqibatlardan ortiq bo‘lishini isbotlay olsa.

6-modda. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning raqobatni cheklaydigan bitimlari (kelishib qilingan harakatlari)

Muayyan tovar bozorida jami o‘ttiz besh va undan ortiq foiz ulushga ega bo‘lgan o‘zaro raqobatlashayotgan yoki raqobatlashishi mumkin bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning raqobatni cheklab qo‘ygan yoki cheklab qo‘yishi mumkin bo‘lgan bitimlari (kelishib qilingan harakatlari), shu jumladan:

qat’iy narxlar, tariflar, chegirmalar, ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar yoki ortiqcha narxlar belgilash yoki ularni saqlab turishga;

erkin bozor narxlari qaror topishiga to‘sqinlik qilib, ularni sun’iy ravishda o‘stirish yoki pasaytirishga;

ishlab chiqarish, mahsulot sotish bozorlari va kapital qo‘yilmalar ustidan nazorat o‘rnatishga;

taklif hajmini sun’iy ravishda o‘zgartirish maqsadida ishlab chiqarish hajmlarini kelishib olishga;

auksionlar, birjalar va boshqa kimoshdi savdolarida narxlarni oshirish, pasaytirish yoki saqlab turishga; narx sohasida kamsitishlarni belgilashga;

bozorni hudud bo‘yicha, sotuv yoki xarid hajmi, tovarlar xillari bo‘yicha, sotuvchilar va xaridorlar, buyurtmachilar doirasi bo‘yicha bo‘lib olishga;

muayyan tovarlarning sotuvchilari yoki ularning xaridorlari, buyurtmachilari sifatida boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirishini cheklab quyish yoki ularni bozordan chetlatishga qaratilgan bitimlari (kelishib qilingan harakatlari) taqiqlanadi va belgilangan tartibda to‘la yoki qisman haqiqiy emas deb topiladi.

Agar biri ustun mavqeni egallab turgan, boshqa biri esa uning mahsulot yetkazib beruvchisi yoki xaridori bo‘lgan o‘zaro raqobatlashmayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bitimlari (kelishib qilingan harakatlari) raqobatni cheklab qo‘ysa yoki cheklab qo‘yishi mumkin bo‘lsa, bunday bitimlar (kelishib qilingan harakatlar), shu jumladan:

xaridorlar hududi yoki doirasini cheklaydigan;

o‘zidan xaridor sotib olgan tovarlarni qayta sotish uchun narxga cheklashlar belgilaydigan;

xo‘jalik yurituvchi subyektlarga raqobatchilar ishlab chiqargan tovarlarni sotishni man etadigan bitimlar (kelishib qilingan harakatlar) taqiqlanadi va belgilangan tartibda to‘la yoki qisman haqiqiy emas deb topiladi.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ushbu moddada nazarda tutilgan bitimlari (kelishib qilingan harakatlari) alohida hollarda monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan qonuniy deb hisoblanishi mumkin, basharti xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z harakatlarining bozorda savdo qilish sharoitlarini yaxshilashga, tovarning raqobatbardoshligini oshirishga ko‘maklashuvchi, xaridorlarga sezilarli naf keltiruvchi ijobiy samarasi ko‘rib chiqilayotgan tovar bozori uchun salbiy oqibatlardan ortiq bo‘lishini isbotlab bera olsalar.

Yuridik shaxslar birlashmalari (ittifoqlari, uyushmalari), xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarining uyushmaga kirgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar xo‘jalik faoliyatiga raqobatni cheklaydigan yoxud

cheklashi mumkin bo‘lgan tarzda aralashishi taqiqlanadi. Ushbu talabni buzish monopoliyaga qarshi davlat organi (o‘z vakolatlari doirasida hududiy organ)ning da’vosiga binoan yuridik shaxslar birlashmasi (ittifoqi, uyushmasi)ning, xo‘jalik shirkati yoki jamiyatining sud orqali tugatilishiga asos bo‘lishi mumkin.

7-modda. Davlat boshqaruvi organlari va maualliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari va harakatliri

Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga quyidagilar taqiqlanadi:

biror-bir faoliyat sohasida yangi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tashkil qilishga cheklashlar joriy etish, shuningdek ayrim faoliyat turlarini amalga oshirish yoki muayyan bir tovarlarni ishlab chiqarishni taqiqlash, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno;

xo‘jalik yurituvchi subyektga shartnomalar tuzishda kimgadir ustunlik berish, iste’molchilarning muayyan doiralariga tovarlarni birinchi navbatda yetkazib berish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish;

ba’zi bir xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ayni bir tovar bozorining o‘zida ishlaydigan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan ustunlik beruvchi soliq yoki boshqa imtiyozlarni, litsenziyalash bo‘yicha huquqlarni asossiz ravishda berib qo‘yish;

xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aksiyalarini (ulushlarini) sotib olish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati uchun boshqa kamsituvchi yoki imtiyozli shart- sharoitlarni belgilash.

Ayrim hollarda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tabiiy ofatlar, falokatlarning oqibatlarini tugatish hamda kasalliklar tarqalib ketishining oldini olish maqsadida ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan mazmundagi qarorlarni qabul qilishi mumkin.

Boshqaruv organining boshqa bir boshqaruv organi bilan yoxud xo‘jalik yurituvchi subyekt bilan bozorning me’yorida faoliyat ko‘rsatishiga, raqobatni rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi va iste’molchilarning qonuniy manfaatlariga zarar yetkazuvchi bitimlariga (kelishib olingan harakatlariga), shu jumladan:

narxlar yoki tariflarni oshirish, pasaytirish, saqlab turishga; bozorni xududiy prinsip bo‘yicha, sotuvlar va xaridlar hajmi, tovar xillari yoxud sotuvchilar yoki xaridorlarning, buyurtmachilarning doirasi bo‘yicha taqsimlab olishga;

xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirishini cheklash yoki ularni bozordan chetlatishga qaratilgan bitimlariga (kelishib qilingan harakatlariga) yo‘l qo‘yilmaydi va ular belgilangan tartibda to‘la yoki qisman haqiqiy emas deb topiladi.

Yuridik shaxslar va boshqaruv organlarining tovarlar ishlab chiqarish yoki sotishni monopoliyalash maqsadida birlashishi, mavjud davlat boshqaruvi organlariga raqobatni cheklab quyishi mumkin bo‘lgan vakolatlarni berish, shuningdek boshqaruv organlarining vazifalarini xo‘jalik yurituvchi subyektlar vazifalari bilan qo‘shib yuborish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga mazkur organlarning vazifalari va huquqlarini, shu jumladan davlat boshqaruvi organlarining vazifalari va huquqlarini berish taqiqlanadi.

8-modda. Insofsiz raqobatni taqiqlash

Insofsiz raqobatga, chunonchi:

boshqa xo‘jalik yurytuvchi subyektga zarar keltiradigan yoki uning tadbirkorlik obro‘siga putur yetkazadigan yolg‘on, noaniq yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tarqatishga;

yuridik shaxsning intellektual faoliyati natijalaridan va ularga tenglashtirilgan individuallashtirish vositalaridan, maxsulotni, xizmatlar bajarishni individuallashtirish vositalaridan qonunsiz foydalanib tovar sotishga;

tovarning xususiyati, uni tayyorlash usuli va joyi, iste’mol xossalari, sifati xususida iste’molchilarni chalg‘itishga;

xo‘jalik yurituvchi subyektning, shu jumladan uning reklama faoliyati jarayonida ham, o‘zi ishlab chiqaradigan yoki sotadigan tovarlarni boshqa xo‘jalik yurituvchi subyeqtlarning tovarlari bilan qo‘pol taqqoslashiga;

ilmiy-texnikaviy, ishlab chiqarish yoki savdo axborotini, shu jumladan tijorat sirini egasining roziligisiz olish, undan foydalanish, uni oshkor etishga;

yangi xo‘jalik yurituvchi subyektning tovarlar va xizmatlar bozoriga kirishini to‘sishga yo‘l qo‘yilmaydi.

III. Monopoliyaga qarshi davlat organi

9-modda. Monopoliyaga qarshi davlat organining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari

10-modda. Monopoliyaga qarshi davlat organing vakolatlari

11-modda. Axborot olish huquqi

12-modda. Monopoliyaga sarshi davlat organiga axborot taqdim etish

13-modda. Monopoliyaga sarshi davlat organining tijorat sirini saqlash borasidagi majburiyatlari

9-modda. Monopoliyaga qarshi davlat organining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari

Tovar bozorlarida raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining monopolistik faoliyatini va insofsiz raqobatini cheklash hamda to‘xtatib qo‘yish sohasida davlat siyosatini monopoliyaga qarshi davlat organi olib boradi.

Monopoliyaga qarshi davlat organi o‘z faoliyatida boshqa boshqaruv organlaridan mustaqildir, uning qarorlari ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Monopoliyaga qarshi davlat organining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iboratdir:

monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini olib borish;

davlat mulkini boshqarish davlat organi bilan birgalikda tovar bozorlarida raqobat muhitini yaratishga, monopoliyadan xoli qilishning tarmoq va mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishni muvofiqlashtirishga nisbatan yagona uslubiy yondashuvni ta’minlash;

raqobat va tadbirkorlikni rivojlantirish asosida bozor munosabatlarini shakllantirishga ko‘maklashish;

monopolistik faoliyatning, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tovar bozorlaridagi o‘z ustun, mavqeini suiiste’mol qilishning oldini olish va unga yo‘l qo‘ymaslik, insofsiz raqobatga va iste’molchilar manfaatlari kamsitilishiga chek quyish chora-tadbirlarini ko‘rish;

monopoliyachi birlashmalar (korxonalar)ning O‘zbekiston Respublikasi Davlat reyestrini yuritish (bundan keyin Reyestr deb ataladi);

ishda oshkoralikni ta’minlash, iqtisodiyotni monopoliyadan xoli qilish, raqobatni rivojlantirish va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishning borishi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari, shu jumladan maxsus davriy nashrlar orqali fuqarolarni xabardor qilish;

monopoliyaga qarshi kurashni tartibga solish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi chet el tajribasini tahlil etish.

10-modda. Monopoliyaga qarshi davlat organing vakolatlari

Monopoliyaga qarshi davlat organi quyidagi huquqlarga ega:

tovar bozorlarida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustun mavqei mavjudligini aniqlash;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga va ularning mansabdor shaxslariga monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilishlarini tugatish yoki bunday buzilishlarning oqibatlarini bartaraf etish to‘g‘risida, dastlabki holatni tiklash haqida, monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga xilof shartnomalarni bekor qilish yoki o‘zgartirish tug‘risida, monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzuvchi o‘zlari qabul qilgan qarorlarni, hujjatlarni bekor qilish yoki o‘zgartirish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish va berilgan ko‘rsatmalarning ijrosini nazorat qilish;

davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga o‘zlari qabul qilgan va monopoliyaga qarshi qonun xujjatlariga zid bo‘lgan hujjatlarni bekor qilish yoki o‘zgartirish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish;

xo‘jalik yurituvchi subyektlardan monopolistik faoliyat natijasida asossiz olingan daromadni (foydani) olib qo‘yish va jarima solish haqida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror qabul qilish;

monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilganligi to‘g‘risida, shu jumladan monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga xilof shartnomalarni to‘la yoki qisman haqiqiy emas deb hisoblash to‘g‘risida arizalar bilan sudga murojaat qilish, shuningdek monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini qo‘llash va ularni buzish bilan bog‘liq ishlarni sudda ko‘rib chiqishda qatnashish;

monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish bilan bog‘liq jinoyat alomatlari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun materiallarni tegishli organlarga yuborish;

litsenziyalashni joriy etish yoki bekor qilish, bojxona tariflarini o‘zgartirish, kvotalar joriy etish yoki ularni bekor qilish, shuningdek soliq imtiyozlari, imtiyozli kreditlar va davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlashning boshqa turlarini tatbiq etish yoki bekor qilish to‘g‘risida tegishli organlarga takliflar kiritish;

monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini qo‘llash yuzasidan tushuntirishlar berish;

tovar brzorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning reyestrini shakllantirish tartibini belgilash;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.

11-modda. Axborot olish huquqi

Monopoliyaga qarshi davlat organining mansabdor shaxslari xo‘jalik yurituvchi subyektning hududiga kirish hamda so‘rov asosida zarur hujjatlar va ma’lumotlardan foydalanish huquqiga egadir.

12-modda. Monopoliyaga sarshi davlat organiga axborot taqdim etish

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar, ularning rahbarlari, shuningdek mansabdor shaxslar monopoliyaga qarshi davlat organining talabiga binoan unga kerakli hujjatlar va boshqa axborotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etishi shart.

13-modda. Monopoliyaga sarshi davlat organining tijorat sirini saqlash borasidagi majburiyatlari

Monopoliyaga qarshi davlat organi ushbu Qonunga muvofiq o‘ziga berilgan vakolatlarni amalga oshirish chog‘ida olgan tijorat siri hisoblangan ma’lumotlarni oshkor qilmasligi shart.

Monopoliyaga qarshi davlat organi xodimlari tijorat siri hisoblangan ma’lumotlarni oshkor etganlari taqdirda, ular yetkazgan zarar qonun hujjatlariga muvofiq undirib olinishi lozim.

IV. Raqobat ustidan davlat nazorati

14-modda. Xo‘jalik subyektlarini tashkil etish, qayta tashkil etish, tugatish ustidan davlat nazorati

15-modda. Aksiyalar, ulushlar va boshqa mulkiy huquqlarni olish vaqtida monopoliyaga qarshi kurashga doir qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati

16-modda. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda bo‘lib yuborish

14-modda. Xo‘jalik subyektlarini tashkil etish, qayta tashkil etish, tugatish ustidan davlat nazorati

Monopoliyaga qarshi davlat organy quyidagilar ustidan nazoratni amalga oshiradi:

yuridik shaxslar birlashmalarini tashkil etish, qo‘shib yuborish va birlashtirish;

xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va birlashtirish, moliya-sanoat guruhlari, xolding kompaniyalari tashkil etish;

korxonalarni tugatish va bo‘lish ustidan, agar bu bozorda ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektning paydo bo‘lishiga olib keladigan bo‘lsa, tugatish sudning qonuniy kuchga kirgan qaroriga muvofiq amalga oshirilgan hollar bundan mustasno.

Ushbu modda birinchi qismning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda xo‘jalik subyektlarini qo‘shib yuborish, birlashtirish va tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan shaxs-lar yoki organlar monopoliyaga qarshi davlat organiga quyidagilarni taqdim etadilar:

xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish, qayta tashkil etish, tugatishga rozilik berish to‘g‘risidagi iltimosnoma;

birlashayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan har birining asosiy faoliyat turlari, ularning tegishli tovar bozoridagi ulushi va birlashmaga kirishga roziligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Monopoliyaga qarshi davlat organi qaror chiqarish uchun zarur bo‘lgan boshqa axborotlarni ham so‘rab olishga haqlidir. Ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni taqdim etish xususiyati va shakllariga qo‘yiladigan talablar monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarda belgilanadi.

Monopoliyaga qarshi davlat organi zarur hujjatlarni olgan vaqtdan boshlab o‘ttiz kundan kechiktirmay arizachiga qabul qilingan qaror haqida yozma ravishda ma’lum qiladi.

Agar iltimosnomaning qondirilishi tegishli xo‘jalik yurituvchi subyektning ustun mavqei yuzaga kelishi yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatni cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lsa, agar taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish chog‘ida ularda bayon etilgan va qaror qabul qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan axborot ishonchsiz bo‘lsa, monopoliyaga qarshi davlat organi iltimosnomani rad etishga haqlidir.

Monopoliyaga qarshi davlat organi iltimosnomani qondirishni raqobatni ta’minlashga qaratilgan talablarni bajarishga bog‘liq qilib qo‘yishga haqlidir. Bunda mazkur talablar, shuningdek ularni bajarish muddatlari monopoliyaga qarshi davlat organining ushbu modda birinchi qismining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirish uchun rozilik berishi to‘g‘risidagi qarorida aks etmog‘i lozim.

Agar xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish, qayta tashkil etish, tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilayotgan shaxslar va organlar o‘zlarining harakatlari bozorda savdo sharoitlarini yaxshilashga xizmat qilishini, xaridorlarga sezilarli darajada naf keltirishini isbotlab bersalar, monopoliyaga qarshi davlat organi hatto yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan noxush oqibatlar yuz berishi mumkin bo‘lganida ham iltimosnomani qondirishga xaqlidir.

Xo‘jalik yurituvchi subyektni tashkil etish, qo‘shib yuborish, birlashtirish tegishli xo‘jalik yurituvchi subyektning ustun mavqei yuzaga kelishi yoki kuchayishiga yoxud raqobatning cheklanishiga olib kelgan hollarda xo‘jalik yurituvchi subyektning muassislari, qo‘shib yuborish, birlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan shaxslar yoki organlar monopoliyaga qarshi davlat organining talabiga binoan raqobat uchun zarur sharoitlarni tiklash chora-tadbirlarini ko‘rishlari shart.

Ushbu modda birinchi qismining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda xo‘jalik yurituvchi subyektlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlar tugatilishi munosabati bilan ularni reyestrdan chiqarish to‘g‘risida yozib qo‘yish ro‘yxatga oluvchi organ tomonidan faqat monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan roziligini olib amalga oshiriladi.

Ushbu moddada belgilangan tartibni buzgan xolda yuridik shaxslarni tashkil etish, qo‘shib yuborish yoki birlashtirish xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborib va birlashtirib, moliya-sanoat guruhlari, xolding kompaniyalar tashkil etish, shuningdek ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq monopoliyaga qarshi davlat organi qo‘ygan talablarni bajarmaslik davlat ro‘yxatiga olishni monopoliyaga qarshi davlat organining da’vosiga binoan sud tartibida haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘ladi.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar qo‘shib yuborilgan, birlashtirilgan taqdirda xo‘jalik yurituvchi subyektning muassislari, qo‘shib yuborish, birlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan shaxslar yoki

organlar bu haqda faoliyatning turini, maxsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish hajmlarini ko‘rsatgan holda monopoliyaga qarshi davlat organini o‘n besh kunlik muddat ichida xabardor qilishlari lozim.

15-modda. Aksiyalar, ulushlar va boshqa mulkiy huquqlarni olish vaqtida monopoliyaga qarshi kurashga doir qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati

Monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan olingan roziligi bilan xo‘jalik yurituvchi subyektning iltimosnomasi asosida quyidagilar amalga oshiriladi:

bir shaxsning, bir guruh shaxslarning xo‘jalik yurituvchi subyektning aksiyalarini, ustav kapitaldagi ovoz huquqiga ega bo‘lgan ulushlarini olishi, bunda ushbu shaxs, bir guruh shaxslar mazkur aksiyalar, ulushlarning o‘ttiz besh foizdan ortig‘ini tasarruf etish huquqini oladi. Ushbu talab xo‘jalik yurituvchi subyektni tashkil etish chog‘ida uning ta’sis etuvchilariga tatbiq etilmaydi, moliya- sanoat guruhlari, xolding kompaniyalarni tashqil etish hollari bundan mustasno;

bir shaxsning, bir guruh shaxslarning xo‘jalik yurituvchi subyektning tadbirkorlik faoliyatini olib borish yoxud uning ijroiya organi vazifalarini amalga oshirish shartlarini belgilash imkonini beruvchi huquqlarni olishi, shu jumladan bitimlar, shartnomalar, topshiriqnomalar, kontraktlar vositasida yoki boshqa yo‘llar bilan olishi.

Tegishli bitimda qatnashuvchi shaxslar aktivlarining jami balans qiymati eng kam ish haqining to‘rt ming barobari miqdoridan ortiq bo‘lsa yoki bitim qatnashchilaridan biri tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar reyestriga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘lsa yoxud ushbu xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini nazorat qiluvchi bir guruh shaxslar sotib oluvchi bo‘lsa, ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan bitimlarni tuzish uchun oldindan rozilik olinishi zarur.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan bitimlarni tuzish uchun shaxslar monopoliyaga qarshi davlat organiga bunday bitimlarni tuzish uchun rozilik berish xaqida iltimosnoma taqdim etishlari va qaror chiqarish uchun zarur bo‘lgan axborotni ma’lum qilishlari lozim.

Agar bitim qatnashchilari o‘z harakatlarining bozorda savdo sharoitlarini yaxshilashga, tovarning raqobatbardoshligini oshirishga ko‘maklashuvchi, xaridorlarga sezilarli tarzda naf keltiruvchi ijobiy samarasi ko‘rib chiqilayotgan tovar bozori uchun kelib chiqadigan salbiy oqibatlardan ustun bo‘lishini isbotlasalar, hatto raqobatni cheklash ehtimoli bo‘lgan taqdirda ham monopoliyaga qarshi davlat organi iltimosnomani qondirishga haqlidir.

Jismoniy shaxs aktivlarining jami balans qiymati eng kam ish haqining ikki ming barobari miqdoridan ortiq bo‘lgan ikki va undan ortiq xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yoki ayni bir turdagi tovar guruhi bo‘yicha reyestrga kiritilgan yoxud ayni bir turdagi ishlab chiqarish-sotish jarayonining turli bosqichidagi tovarlar guruhi bo‘yicha reyestrga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ijroiya organlari, direktorlar kengashlari yoki kuzatuv kengashlarida ishtirok etgan taqdirda bu shaxs ko‘rsatilgan organlarga yoki kengashlarga kirgani yoki saylanganidan so‘ng o‘n besh kun ichida monopoliyaga qarshi davlat organiga xabar berishi zarur. Monopoliyaga qarshi davlat organiga xabar berilayotganida arizachi unga ariza bilan birga ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan axborotni ham taqdim etadi.

Ushbu moddada belgilangan tartibni buzgan xolda tuzilgan, ustun mavqening vujudga kelishi yoki kuchayishiga yoki raqobatning cheklanishiga olib keladigan bitimlar yoki harakatlar haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

16-modda. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda bo‘lib yuborish

Ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt monopoliyaga qarshi qonun xujjatlarini buzgan taqdirda, monopoliyaga qarshi davlat organi raqobatni rivojlantirish maqsadida uni majburiy tarzda bo‘lib yuborish yoki undan tarkibiy bo‘linmalar negizida bir yoki bir necha yuridik shaxsni ajratib chiqarish haqida sudga da’vo arizasi berishga haqlidir.

Xo‘jalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda bo‘lib yuborish quyidagi shartlarning hammasi bo‘lganida, ya’ni:

bo‘lib yuborilayotgan tarkibiy bo‘linmalar tashkiliy va hududiy jihatdan ajralib chiqishi mumkin bo‘lsa;

uning tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida texnologiya jihatdan o‘zaro uzviy bog‘lanish bo‘lmaganida;

bo‘lib yuborish natijasida tarkibiy bo‘linmalar muayyan tovar bozorida mustaqil ishlash imkoniyatiga ega bo‘lganida amalga oshirilishi mumkin.

V. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

17-modda. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish oqibatlari

18-modda. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarimalar

19-modda. Xo‘jalik yurituvchi subyektga yetkazilgan zararni to‘lash

17-modda. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish oqibatlari

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzgan taqdirda:

monopoliyaga qarshi davlat organining ko‘rsatmalarini belgilangan muddatda bajarishlari;

yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashlari;

jarima, penya to‘lashlari shart.

Monopoliyaga qarshi qonun xujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq ma’muriy, jinoiy va boshqa tarzda javobgarlikka tortilishi mumkin.

18-modda. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarimalar

Monopoliyaga qarshi davlat organi quyidagi qoidabuzarliklar uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarimalar solishga haqlidir:

1) monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilishlarini tugatish, dastlabki holatni tiklash, shartnomalarni bekor qilish yoki o‘zgartirish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarni bajarishdan bo‘yin tovlaganlik yoki o‘z vaqtida bajarmaganlik uchun, shuningdek monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan roziligini olmay turib, ushbu qonun 15-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirganlik yoki bitimlar tuzganlik uchun quyidagi miqdorlarda:

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokmmiyati organlariga va yuridik shaxs bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga - eng kam ish haqining yetmish baravaridan yuz baravarigacha miqdorda va yetkazilgan zararning besh foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqinichg ikki yuz baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;

jismoniy shaxs bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga - eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda;

2) monopoliyaga qarshi davlat organiga axborot taqdim etmaganlik yoki ataylab noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etganlik uchun quyidagi miqdorlarda:

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va yuridik shaxs bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga - eng kam ish haqining o‘y barzvaridan yigirma baravarigacha miqdorda;

jismoniy shaxs bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga - eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha mikdorda;

3) xo‘jalik yurituvchi subyektlarning raqobatni cheklashga olib kelgan kelishuvi (kelishilgan harakatlari) uchun quyidagi miqdorlarda:

yuridik shaxs bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga - eng kam ish haqining oltmish baravaridan sakson baravarigacha mikdorda va yetkazilgan zararning besh foizi mikdorida, biroq eng kam ish haqining yuz ellik baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;

jismoniy shaxs bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga - eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda.

Jarima solish sud tomonidan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki xo‘jalik yurituvchi subyekt sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo‘lgan va jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lagan takdirda esa, monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.

Jarima davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan monopoliyaga qarshi davlat organining jarima solinganligi to‘g‘risidagi qarori olingan paytdan e’tiboran o‘ttiz kun muddatda to‘lanadi va budjetga o‘tkaziladi.

Xo‘jalik yurituvchi subyektning oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami yigirma foizidan ortiq miqdorda jarima undirish unga undiriladigan summani undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran olti oy mobaynida oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoni berilgan holda amalga oshiriladi.

Jarima to‘lash monopoliyaga qarshi davlat organining qarori yoki ko‘rsatmasini bajarish yoki monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni bajarish majburiyatidan ozod qilmaydi.

19-modda. Xo‘jalik yurituvchi subyektga yetkazilgan zararni to‘lash

Agar davlat boshkaruvi organi yoki mahalliy davlat hokimiyati organi, shu jumladan monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga xilof ravishda qabul qilingan normativ hujjat tufayli xo‘jalik yurituvchi subyektga yoxud boshqa shaxsga zarar keltirilsa, zarar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lanishi lozim.

Agar xo‘jalik yurituvchi subyektning monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzuvchi harakati yoki xarakatsizligi tufayli boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektga yoxud boshqa shaxsga zarar keltirilgan bo‘lsa, u zarar yetkazgan xo‘jalik subyekti tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq to‘lanishi lozim.

VI. Monopoliyaga qarshi davlat organining qarorlar qabul qilishi, ular ustidan shikoyat kilish va ularni

ijro etish tartibi

20-modda. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risida monopoliyaga qarish davlat organi tomonidan ish qo‘zgatish va ularni ko‘rib chiqish asoslari

21-modda. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ishlarni qo‘zgatish va ko‘rib chiqish

22-modda. Monopoliyaga qarshi davlat organining qarorlarini ijro etish

23-modda. Monopoliyaga qarshi davlat organining qarorlari ustidan shikoyat qilish tartibi va asoslari

24-modda. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan jamoat nazorati

20-modda. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risida monopoliyaga qarish davlat organi

tomonidan ish qo‘zgatish va ularni ko‘rib chiqish asoslari

Monopoliyaga qarshi davlat organi monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish faktlarini ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida qarorlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi.

Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish va ularni ko‘rib chiqish uchun monopoliyaga qarshi davlat organining o‘z tekshiruvlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining arizalari hamda prokuraturaning taqdimnomalari asos bo‘ladi.

21-modda. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ishlarni qo‘zgatish va ko‘rib chiqish

Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risida ishlarni qo‘zg‘atish va ko‘rib chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilingan qaror manfaatdor tomonlarga ushbu qaror qabul qilinganidan so‘ng besh kundan kechiktirmay yozma ravishda jo‘natiladi. Qabul qilingan qaror asosida beriladigan ko‘rsatma ham xuddi shu muddatda jo‘natiladi.

22-modda. Monopoliyaga qarshi davlat organining qarorlarini ijro etish

Monopoliyaga qarshi davlat organining qarori (ko‘rsatmasi) unda belgilangan muddatda ijro etilishi lozim. Qarorni (ko‘rsatmani) belgilangan muddatida ijro etmaslik qonun hujjatlarida nazarda tutilgan oqibatlarga sabab bo‘ladi.

23-modda. Monopoliyaga qarshi davlat organining qarorlari ustidan shikoyat qilish tartibi va asoslari

Boshqaruv organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, mansabdor shaxslar monopoliyaga qarshi davlat organi qabul qilgan qarordan norozi bo‘lganlari taqdirda bunday qarorni to‘la yoki qisman haqiqiy emas deb topish yoxud bekor qilish yoki iqtisodiy jazolarni qo‘llashga doir qarorni o‘zgartirish to‘g‘risida ariza bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.

Monopoliyaga qarshi davlat organining qarori (ko‘rsatmasi) ustidan ushbu qaror qabul qilin’an kundan boshlab bir oy mobaynida shikoyat qilinishi mumkin.

24-modda. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan jamoat nazorati

O‘z ustavlariga muvofiq raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish va iste’molchilarning manfaatlarini monopolistik faoliyatdan himoya qilish maqsadini ko‘zlovchi jamoat birlashmalari tegishli organlar bilan birgalikda monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan jamoat nazoratini amalga oshirishga haqlidir.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I.Karimov