Об интеллектуальной собственности Обучение в области ИС Обеспечение уважения интеллектуальной собственности Информационно-просветительская работа в области ИС ИС для ИС и ИС в области Информация о патентах и технологиях Информация о товарных знаках Информация о промышленных образцах Информация о географических указаниях Информация о новых сортах растений (UPOV) Законы, договоры и судебные решения в области ИС Ресурсы в области ИС Отчеты в области ИС Патентная охрана Охрана товарных знаков Охрана промышленных образцов Охрана географических указаний Охрана новых сортов растений (UPOV) Разрешение споров в области ИС Деловые решения для ведомств ИС Оплата услуг в области ИС Органы по ведению переговоров и директивные органы Сотрудничество в целях развития Поддержка инновационной деятельности Государственно-частные партнерства Инструменты и сервисы на базе ИИ Организация Работа с ВОИС Подотчетность Патенты Товарные знаки Промышленные образцы Географические указания Авторское право Коммерческая тайна Академия ВОИС Практикумы и семинары Защита прав ИС WIPO ALERT Информационно-просветительская работа Международный день ИС Журнал ВОИС Тематические исследования и истории успеха Новости ИС Премии ВОИС Бизнеса Университетов Коренных народов Судебных органов Генетические ресурсы, традиционные знания и традиционные выражения культуры Экономика Гендерное равенство Глобальное здравоохранение Изменение климата Политика в области конкуренции Цели в области устойчивого развития Передовых технологий Мобильных приложений Спорта Туризма PATENTSCOPE Патентная аналитика Международная патентная классификация ARDI – исследования в интересах инноваций ASPI – специализированная патентная информация Глобальная база данных по брендам Madrid Monitor База данных Article 6ter Express Ниццкая классификация Венская классификация Глобальная база данных по образцам Бюллетень международных образцов База данных Hague Express Локарнская классификация База данных Lisbon Express Глобальная база данных по ГУ База данных о сортах растений PLUTO База данных GENIE Договоры, административные функции которых выполняет ВОИС WIPO Lex – законы, договоры и судебные решения в области ИС Стандарты ВОИС Статистика в области ИС WIPO Pearl (терминология) Публикации ВОИС Страновые справки по ИС Центр знаний ВОИС Серия публикаций ВОИС «Тенденции в области технологий» Глобальный инновационный индекс Доклад о положении в области интеллектуальной собственности в мире PCT – международная патентная система Портал ePCT Будапештская система – международная система депонирования микроорганизмов Мадридская система – международная система товарных знаков Портал eMadrid Cтатья 6ter (гербы, флаги, эмблемы) Гаагская система – система международной регистрации образцов Портал eHague Лиссабонская система – международная система географических указаний Портал eLisbon UPOV PRISMA UPOV e-PVP Administration UPOV e-PVP DUS Exchange Посредничество Арбитраж Вынесение экспертных заключений Споры по доменным именам Система централизованного доступа к результатам поиска и экспертизы (CASE) Служба цифрового доступа (DAS) WIPO Pay Текущий счет в ВОИС Ассамблеи ВОИС Постоянные комитеты График заседаний WIPO Webcast Официальные документы ВОИС Повестка дня в области развития Техническая помощь Учебные заведения в области ИС Поддержка в связи с COVID-19 Национальные стратегии в области ИС Помощь в вопросах политики и законодательной деятельности Центр сотрудничества Центры поддержки технологий и инноваций (ЦПТИ) Передача технологий Программа содействия изобретателям (IAP) WIPO GREEN PAT-INFORMED ВОИС Консорциум доступных книг Консорциум «ВОИС для авторов» WIPO Translate для перевода Система для распознавания речи Помощник по классификации Государства-члены Наблюдатели Генеральный директор Деятельность в разбивке по подразделениям Внешние бюро Вакансии Закупки Результаты и бюджет Финансовая отчетность Надзор
Arabic English Spanish French Russian Chinese
Законы Договоры Решения Просмотреть по юрисдикции

Узбекистан

UZ054

Назад

Integral Mikrosxemalar Topologiyalarini Ro‘Yxatdan O‘Tkazish uchun Talabnoma Tuzish va Topshirish Qoidalari va Davlat Ekspertizasini O‘Tkazish Tartibi

 Integral Mikrosxemalar Topologiyalarini Ro‘Yxatdan O‘Tkazish uchun Talabnoma Tuzish va Topshirish Qoidalari va Davlat Ekspertizasini O‘Tkazish Tartibi

O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida Davlat patent idorasi direktorining 2002 yil 27 avgustda 2002 yil 19 avgustdagi 1168-son bilan 42-son buyrug‘i bilan «RO‘YXATGA OLINGAN» «TASDIQLANGAN»

INTEGRAL MIKROSXEMALAR TOPOLOGIYALARINI RO‘YXATDAN O‘TKAZISH UCHUN TALABNOMA TUZISH VA TOPSHIRISH QOIDALARI VA DAVLAT EKSPERTIZASINI O‘TKAZISH TARTIBI

Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining «Integral mikrosxemalarning topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonuniga (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) muvofiq ishlab chiqilgan va Integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma (bundan buyon matnda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma deb yuritiladi) tuzish va topshirish hamda davlat ekspertizasini o‘tkazish tartibini belgilaydi.

1-§. Umumiy qoidalar

1. Integral mikrosxemalar topologiyasini (bundan buyon matnda topologiya deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasida ro‘yxatdan o‘tkazish, avval tijorat maqsadida qo‘llanilmagan topologiyani huquqiy muhofaza qilishning majburiy shartidir.

2. Ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnoma bitta topologiyaga taalluqli bo‘lishi kerak.

Asosiy matritsali kristall topologiyasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma asosiy matritsali kristallning o‘ziga va uning asosida amalga oshirilgan buyurtma integral mikrosxemalar topologiyasiga doir materiallarni o‘z ichiga olishi mumkin.

3. Ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnoma muallif, ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorisi (bundan buyon matnda talabnoma beruvchi deb yuritiladi) tomonidan bevosita yoki ishonchli shaxs orqali Patent idorasiga topshiriladi.

4. Agar topologiyadan tijorat maqsadlarida foydalanilgan bo‘lsa, talabnoma Qonunning 8­ moddasiga muvofiq birinchi marta foydalanilgan sanadan e’tiboran ikki yildan oshmagan muddatda topshirilishi lozim.

I qism. Talabnoma tuzish

2-§. Ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnoma tarkibi

5. Ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnoma quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak:

a) integral mikrosxema topologiyasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza (bundan buyon matnda ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnoma deb yuritiladi);

b) topologiyani identifikatsiya qilish uchun deponentlanadigan materiallar, shu jumladan referat;

v) davlat ekspertizasini o‘tkazish uchun belgilangan miqdorda patent boji to‘langanligini tasdiqlaydigan hujjat yoki patent bojini to‘lashdan ozod qilish yoxud uning miqdorini kamaytirish huquqini tasdiqlaydigan hujjat;

g) ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnoma ishonchli shaxs orqali topshirilganda talabnoma tarkibida qo‘shimcha ravishda ishonchli shaxs vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ham bo‘lishi kerak;

d) Patent idorasiga topshirilgan sanaga qadar tijorat maqsadlarida foydalanilgan topologiyaga oid ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnoma tarkibida ushbu topologiyadan tijorat maqsadida birinchi marta foydalanilgan sanani tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi lozim.

3-§. Ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnoma hujjatlarini rasmiylashtirishga qo‘yilgan umumiy talablar

6. Ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnoma hujjatlari ulardan bevosita nusxa ko‘chirishga yaroqli qilib rasmiylashtirilishi kerak.

7. Ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnoma hujjatlari oq, pishiq, silliq, shaffof va yaltiroq bo‘lmagan A4 (210x297) o‘lchamdagi qog‘oz varaqlarida rasmiylashtirilishi va har bir hujjat alohida varaqdan boshlanishi lozim.

8. Ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnoma hujjatlaridagi hoshiyalarning o‘lchamlari quyidagilardan kam bo‘lmasligi lozim, mm da;

chapda – 20

yuqorida – 15

o‘ngda va pastda – 10.

9. Ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomaning har bir hujjatidagi ikkinchi va undan keyingi varaqlar arab raqamlari bilan raqamlanishi lozim.

10. Ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnoma hujjatlari qora rangli shrift bilan yozilishi lozim.

11. Ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnoma hujjatlari odatda o‘zbek yoki rus tillarida beriladi. Ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnoma basharti boshqa tilda tuzilgan bo‘lsa, unga o‘zbek yoki rus tiliga tarjimon tomonidan tarjima qilingan va tasdiqlangan to‘liq tarjimasi ilova qilinishi lozim.

12. Ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnoma hujjatlarining matni to‘liq va aniq bo‘lishi hamda ularda bir xil atamalar qo‘llanilishi va turli talqinlarni keltirib chiqarmasligi lozim.

13. Ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnoma hujjatlaridagi imzolar yonida imzo chekkan shaxsning ismi-sharifi ko‘rsatilishi lozim. Huquqiy shaxs nomidan chekilgan imzo yoniga uning rahbarining lavozimi ko‘rsatilishi va tegishli muhr bilan tasdiqlanishi lozim.

14. Ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnoma hujjatlarida ism va familiyalar bosh kelishikda beriladi.

15. Ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomada huquqiy shaxsning to‘liq rasmiy nomi keltiriladi.

4-§. Arizaga talablar

16. Ro‘yxatdan o‘tkazishga doir ariza ushbu Qoidalarning TO-1 shakli bo‘yicha beriladi (1-ilova).

17. Ba’zi ma’lumotlarni tegishli grafalarga to‘liq sig‘dirish mumkin bo‘lmasa, ularni qo‘shimcha varaqda xuddi shunday shaklda keltiriladi va arizaning tegishli grafasida «davomini qo‘shimcha varaqda ko‘ring» deb yozib qo‘yiladi.

18. Arizaning «Ariza» so‘zidan yuqorida joylashgan grafalari Patent idorasiga kelib tushgandan keyingi rekvizitlarni kiritish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, talabnoma beruvchi tomonidan to‘ldirilmaydi.

19. 71-kod ostidagi topologiyani ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimos aks etgan grafada, talabnoma beruvchi(lar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar: huquqiy shaxsning (ta’sis hujjatlariga muvofiq) rasmiy nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (agar bo‘lsa) keltiriladi, bunda familiya ismdan oldin yoziladi. Shuningdek bu grafada talabnoma beruvchilarning joylashgan yoki yashash joyi, mamlakatning rasmiy nomi, to‘liq pochta manzili ko‘rsatiladi. Topologiya muallifi bo‘lgan talabnoma beruvchilarning yashash joyi to‘g‘isidagi ma’lumotlar ushbu grafada keltirilmaydi, ular arizaning ikkinchi betidagi 97-kod ostidagi grafada keltiriladi.

20. Shu grafada «nomiga» so‘zidan oldin nomiga guvohnoma so‘ralayotgan shaxs(lar) to‘g‘risidagi avvalgiga o‘xshash ma’lumotlar keltiriladi.

21. Nomiga guvohnoma berish so‘ralgan O‘zbekiston Respublikasining korxona va tashkilotlari uchun agar belgilangan bo‘lsa, KTUT kodi ko‘rsatiladi.

Agar KTUT kodi belgilanmagan bo‘lsa, tegishli joyda «belgilanmagan» deb yozib qo‘yiladi.

22. O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi chet el huquqiy va jismoniy shaxslar nomiga guvohnoma berish so‘ralgan holda, agar belgilangan bo‘lsa, mamlakat kodi Butunjahon intellektual mulk tashkiloti standarti (BIMT. ST.Z) bo‘yicha keltiriladi.

23. Nomiga guvohnoma berish so‘ralayotgan shaxslar va/yoki talabnoma beruvchilar bir nechta bo‘lsa, ko‘rsatilgan ma’lumotlar har biri uchun keltiriladi.

24. Guvohnoma talabnoma beruvchi(lar) nomiga so‘ralayotgan bo‘lsa, nomiga guvohnoma berish so‘ralayotgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘rniga «nomiga» so‘zidan keyin «Talabnoma beruvchilar» deb yozib qo‘yiladi.

25. 54-kod ostidagi grafada topologiyaning nomi keltiriladi.

26. Keyingi grafada, agar bo‘lsa, topologiyaning muqobil nomi keltiriladi.

27. «Eng yaqin analog to‘g‘risidagi ma’lumotlar» grafasida talabnoma topshirilgan topologiyaning eng yaqin analogi to‘g‘risidagi zarur bo‘lgan bibliografik ma’lumotlari ro‘yxati keltiriladi.

28. Keyingi grafada topologiyadan birinchi marta tijorat maqsadida foydalanilgan hujjat bilan qayd etilgan sanasi va joyi ko‘rsatiladi.

29. «Ushbu topologiyadan tijorat maqsadlarida birinchi marta foydalanilgan sanaga bo‘lgan huquq egasi to‘g‘risida ma’lumot» grafasida ushbu huquq egasining ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan topologiyaning tijorat maqsadlarida foydalangan sanasidagi nomi (ismi-sharifi), joylashgan (yashash) manzili, fuqaroligi ko‘rsatiladi.

30. «Ushbu topologiyani yaratishda foydalanilgan muhofaza qilinayotgan topologiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar» grafasida talabnoma berilgan topologiyani yaratishda foydalanilgan muhofaza qilinayotgan topologiyalar to‘g‘risidagi bibliografik ma’lumotlar keltiriladi.

31. 98-kodi ostidagi grafada yozishmalar uchun manzil, pochtani tez yetkazib berish talablariga javob beradigan ma’lumotlar, xat oluvchining ismi yoki nomi va telefon,

teleks, faks (agar bo‘lsa) raqamlarni keltiriladi.

32. Arizaning ikkinchi betidagi «Ilova qilingan hujjatlar ro‘yxati» grafasi tegishli kataklarga «X» belgisini qo‘yish va ilova qilingan hujjatning har bir nusxasidagi varaqlar sonini ko‘rsatish bilan to‘ldiriladi.

33. «Talabnoma topshirish va muhofaza hujjatini olishga huquqning kelib chiqishi uchun asoslar» grafasida «X» belgisini qo‘yish orqali tegishli asos belgilanadi. Ushbu grafa guvohnoma talabnoma beruvchi(lar) nomiga so‘ralganda to‘ldiriladi, talabnoma beruvchilar tarkibi mualliflar tarkibi bilan mos bo‘lgan hol bundan mustasno.

34. 72-, 97-kodlar ostidagi grafalarda topologiya muallif(lar)i to‘g‘risidagi ma’lumotlar; familiyasi, ismi, otasining ismi (agar bo‘lsa), shuningdek yashash joyining to‘liq manzili, mamlakat nomi, uning BIMT ST.Z standarti bo‘yicha kodi keltiriladi.

35. Keyingi grafada arizada so‘ralayotgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va ularning deponentlanayotgan materiallarga muvofiqligi talabnoma beruvchilar va mualliflar imzosi bilan tasdiqlanadi.

36. Arizaning oxirigi «Imzo» grafasida imzo chekilgan sanani barcha hollarda to‘ldirish shart. Ariza talabnoma beruvchi, nomiga guvohnoma so‘ralgan shaxs tomonidan agar u talabnoma beruvchi bo‘lmasa, imzolanadi. Huquqiy shaxs nomidan ariza tashkilot rahbari tomonidan imzolanadi va uning lavozimi ko‘rsatiladi hamda muhr bilan tasdiqlanadi.

37. Talabnoma ishonchli shaxs orqali topshirilganda, shu ishonchli shaxs tomonidan imzolanadi.

38. Ariza grafalaridagi imzo chekkan shaxslarning ismi familiyasi ko‘rsatiladi.

39. Qo‘shimcha varaqlarda imzo chekish talab qilinadigan ma’lumotlar keltirilsa, ular ham xuddi shu tartibda imzolanadi. Talabnoma beruvchining yoki ishonchli shaxsning imzosi har bir qo‘shimcha varaqda bo‘lishi shart.

5-§. Ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomaning deponentlanadigan materiallarini rasmiylashtirishga talablar

40. Ro‘yxatdan o‘tkaziladigan topologiyani identifikatsiyalashni ta’minlaydigan materiallar, shu jumladan referat Patent idorasi tomonidan deponentlanadi.

41. Talabnomaning deponentlanadigan materiallari quyidagilardan iborat bo‘ladi: topologiyaning har bir qatlamini aks ettiruvchi ko‘z bilan ko‘rish mumkin bo‘lgan materiallar quyidagi ko‘rinishdan birining to‘liq jamlanmasini, bir nusxada:

a) fotoshablonlar;

b) yig‘ma topologiya chizmasi yoki qatlamli topologiya chizmasi;

v) integral mikrosxemada qayd qilingan topologiyaning har bir qatlamining fotosurati;

keyinchalik rasmiy axborotnomada nashr qilishga mo‘ljallangan quyidagi ma’lumotlardan iborat bo‘lgan referat, ikki nusxada:

a) integral mikrosxema topologiyasining nomi;

b) talabnoma beruvchining nomi;

v) topologiyasiga muhofaza so‘ralayotgan integral mikrosxema qo‘llanish sohasi, vazifasi yoki funksiyasi;

g) topologiyasiga muhofaza so‘ralayotgan integral mikrosxemani tayyorlash uchun qo‘llaniladigan texnologiya turi.

Referat matnining hajmi – 700 bosma belgidan iborat.

42. Talabnomani topshirish sanasigacha tijorat maqsadlarida qo‘llanilgan topologiyani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma topshirilganda talabnomada qo‘shimcha ravishda ushbu topologiyani tijorat maqsadida foydalanilgan ko‘rinishida o‘z ichiga olgan integral mikrosxemaning namunalaridan to‘rt dona bo‘lishi kerak. Referatda esa integral mikrosxema namunalarining tijorat maqsadida birinchi marta foydalanilgan sanasi va asosiy texnik tavsiflari to‘g‘risidagi ma’lumotlar qo‘shimcha ravishda bo‘lishi lozim.

43. Ko‘z bilan ko‘rish mumkin bo‘lgan materiallardagi tasvirlar kamida 20:1 miqiyosda berilishi lozim.

44. Topologiya chizmasining grafik tasvirlari silliq oq qog‘ozda bajariladi. Varaqlarning buklangan holatidagi formati 210x297 mm bo‘lishi kerak.

Grafik tasvir varag‘idagi eng kam hoshiyalar o‘lchamlari quyidagicha:

yuqorida va chapda – 20 mm

o‘ngda – 15 mm pastda – 10 mm

45. Fotosuratlarda tasvir tiniq bo‘lishi kerak.

46. Chizmalar va fotosuratlar barcha nusxalarida tasvir miqiyosi ko‘rsatilishi lozim.

47. Ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnoma tarkibiga kiritilgan integral mikrosxema namunalari ulardan topologiyaning har bir qatlamini ko‘z bilan ko‘rish mumkin bo‘lgan tasvirini olish imkonini berishi lozim.

48. Agar topologiyaning biron bir qatlami konfidensial (maxfiy) tusdagi (masalan, «nou-xau»ga oid) ma’lumotlarni o‘z ichiga olsa, ko‘z bilan ko‘rish mumkin bo‘lgan materiallarda shu qatlamning tegishli qismi (yoki butun qatlam) olib tashlanishi va topologiyani identifikatsiyalovchi deponentlanadigan materiallar tarkibiga kodlangan shaklda kiritilishi mumkin.

6-§. Patent bojini to‘lashga oid hujjatlarga talablar

49. Talabnomada belgilangan miqdorda patent boji to‘langanligini yoki patent bojini to‘lashdan ozod qilish uchun asoslarni tasdiqlovchi hujjat va shu haqdagi rasmiy iltimosnoma bo‘lishi lozim.

50. Patent boji belgilangandan kam miqdorda to‘langanda boj to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatdan tashqari miqdorini kamaytirilishi uchun asosni tasdiqlovchi hujjat va tegishli rasmiy iltimosnoma bo‘lishi lozim.

7-§. Talabnoma beruvchi ishonchli shaxsining vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnomaga talablar

51. Ishonchli shaxs tomonidan topshirilgan talabnomaga talabnoma beruvchi tomonidan berilgan va uning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnoma yoki uning nusxasi ilova qilinadi. Ishonchnoma talabnoma bilan bir vaqtda beriladi.

52. Ishonchnomada ishonchli shaxsning vakolatlari doirasi aniqlangan va berilgan sanasi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Berilgan sanasi ko‘rsatilmagan ishonchnoma haqiqiy emas. Ishonchnoma uni bergan shaxs tomonidan imzolanish lozim.

53. Ishonchnomaning amal qilish muddati uch yildan oshmaydi. Agar ishonchnomada ko‘rsatilgan muddat uch yildan ortiq bo‘lsa, berilgan sanasidan uch yil davomida haqiqiy deb hisoblanadi. Agar amal qilish muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ishonchnoma berilgan sanasidan bir yil davomida haqiqiy deb hisoblanadi.

54. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida rasmiylashtirilgan ishonchnoma, u berilgan mamlakat qonunchiligida ko‘zda tutilgan tartibda tuziladi.

II qism. Talabnomani topshirish

8-§. Talabnomani talabnoma beruvchi tomonidan topshirish

55. Talabnoma muallif, ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorisi (bundan buyon matnda – talabnoma beruvchi deb yuritiladi) tomonidan bevosita Patent idorasiga topshiriladi yoki pochta orqali yuborilali.

56. Talabnoma bir nechta talabnoma beruvchi tomonidan topshirilishi mumkin. Bu holda talabnoma beruvchilardan birining muhofaza hujjatini olish uchun ishlarda qatnashishni rad etishi boshqa talabnoma beruvchi(lar)ga muhofaza hujjatini olish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga to‘sqinlik qilmaydi.

57. Talabnoma talabnoma beruvchi tomonidan bevosita, yoxud ishonchli shaxs orqali berilishi mumkin.

58. Qonunning 8-moddasiga muvofiq, agar topologiyadan tijorat maqsadlarida foydalanilgan bo‘lsa, talabnoma Patent idorasiga birinchi marta foydalanilgan sanadan e’tiboran ikki yildan kech bo‘lmagan muddatda topshiriladi.

III qism. Talabnomaning davlat ekspertizasi

9-§. Davlat ekspertizasini o‘tkazish

59. Ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnoma bo‘yicha zarur hujjatlar mavjudligi va ularning belgilangan talablarga muvofiqligini ko‘rib chiqish Patent idorasi tomonidan talabnoma topshirilgan sanadan ikki oy ichida amalga oshiriladi.

60. Ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomani davlat ekspertizasidan o‘tkazishda quyidagilar tekshiriladi:

a) Ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnoma tarkibida bo‘lishi kerak bo‘lgan hujjatlar mavjudligi (§2);

b) Ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnoma hujjatlarining belgilangan talablarga muvofiq to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi (§3).

61. Ushbu Qoidalarning 61-bandida eslatib o‘tilgan davlat ekspertizasi natijalari bo‘yicha Patent idorasi talabnoma beruvchiga talabnomani ro‘yxatdan o‘tkazishga qabul qilinganligi to‘g‘risida nashr etish va guvohnoma berish uchun boj to‘lash muddatlarini ko‘rsatilgan holda bildirishnoma yoki guvohnoma berishni rad etish to‘g‘risidagi sabablarini ko‘rsatgan holda bildirishnoma yoki kamchiliklarni to‘ldirish uchun talabnomaga kiritish zarur bo‘lgan ma’lumotlarni ko‘rsatilgan holda so‘rovnoma yuboradi.

62. Patent idorasi Qonunning 8-moddasida belgilangan talablar talabnoma beruvchi tomonidan bajarilmagan holda, ya’ni talabnoma beruvchi tomonidan topologiyadan birinchi marta tijorat maqsadlarida foydalanish sanasidan talabnoma berish uchun belgilangan ikki yillik muddat oshirib yuborilganda ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish huquqiga ega. Bu holda talabnoma materiallari talabnoma beruvchiga qaytarilmaydi.

63. Agar ro‘yxatdan o‘tkazishga doir rasmiy ekspertiza jarayonida talabnomaning rasmiy hujjatlariga qo‘yilgan talablarga rioya etilmay rasmiylashtirilganligi aniqlansa, talabnoma beruvchiga aniqlangan kamchiliklarni ko‘rsatgan holda va yetishmagan yoki tuzatilgan hujjatlarni so‘rovnoma yuborilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida taqdim etish taklif etilgan so‘rovnoma yuboriladi.

64. Agar talabnoma beruvchi belgilangan muddatda so‘ralgan materiallarni taqdim etmasa yoki ularni taqdim etish muddatini uzaytirish to‘g‘risida rasmiy iltimosnoma berilmasa, talabnoma chaqirib olingan deb e’tirof etiladi va talabnoma beruvchiga bu haqda xabar beriladi.

65. Topologiyani ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qilingunga qadar talabnoma beruvchi talabnoma materiallarini to‘ldirish, aniqliklar kiritish va tuzatishga haqlidir.

66. Agar talabnomada barcha zarur hujjatlar mavjud bo‘lib, ularga ushbu Qoidalar tomonidan qo‘yilgan talablar bajarilgan bo‘lsa va talabnoma berilgan taklif Qonunning 8-moddasi ikkinchi qismiga zid bo‘lmasa, Patent idorasi topologiyani ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va bu haqda talabnoma beruvchiga xabar beradi.