Об интеллектуальной собственности Обучение в области ИС Обеспечение уважения интеллектуальной собственности Информационно-просветительская работа в области ИС ИС для ИС и ИС в области Информация о патентах и технологиях Информация о товарных знаках Информация о промышленных образцах Информация о географических указаниях Информация о новых сортах растений (UPOV) Законы, договоры и судебные решения в области ИС Ресурсы в области ИС Отчеты в области ИС Патентная охрана Охрана товарных знаков Охрана промышленных образцов Охрана географических указаний Охрана новых сортов растений (UPOV) Разрешение споров в области ИС Деловые решения для ведомств ИС Оплата услуг в области ИС Органы по ведению переговоров и директивные органы Сотрудничество в целях развития Поддержка инновационной деятельности Государственно-частные партнерства Инструменты и сервисы на базе ИИ Организация Работа с ВОИС Подотчетность Патенты Товарные знаки Промышленные образцы Географические указания Авторское право Коммерческая тайна Академия ВОИС Практикумы и семинары Защита прав ИС WIPO ALERT Информационно-просветительская работа Международный день ИС Журнал ВОИС Тематические исследования и истории успеха Новости ИС Премии ВОИС Бизнеса Университетов Коренных народов Судебных органов Генетические ресурсы, традиционные знания и традиционные выражения культуры Экономика Гендерное равенство Глобальное здравоохранение Изменение климата Политика в области конкуренции Цели в области устойчивого развития Передовых технологий Мобильных приложений Спорта Туризма PATENTSCOPE Патентная аналитика Международная патентная классификация ARDI – исследования в интересах инноваций ASPI – специализированная патентная информация Глобальная база данных по брендам Madrid Monitor База данных Article 6ter Express Ниццкая классификация Венская классификация Глобальная база данных по образцам Бюллетень международных образцов База данных Hague Express Локарнская классификация База данных Lisbon Express Глобальная база данных по ГУ База данных о сортах растений PLUTO База данных GENIE Договоры, административные функции которых выполняет ВОИС WIPO Lex – законы, договоры и судебные решения в области ИС Стандарты ВОИС Статистика в области ИС WIPO Pearl (терминология) Публикации ВОИС Страновые справки по ИС Центр знаний ВОИС Серия публикаций ВОИС «Тенденции в области технологий» Глобальный инновационный индекс Доклад о положении в области интеллектуальной собственности в мире PCT – международная патентная система Портал ePCT Будапештская система – международная система депонирования микроорганизмов Мадридская система – международная система товарных знаков Портал eMadrid Cтатья 6ter (гербы, флаги, эмблемы) Гаагская система – система международной регистрации образцов Портал eHague Лиссабонская система – международная система географических указаний Портал eLisbon UPOV PRISMA UPOV e-PVP Administration UPOV e-PVP DUS Exchange Посредничество Арбитраж Вынесение экспертных заключений Споры по доменным именам Система централизованного доступа к результатам поиска и экспертизы (CASE) Служба цифрового доступа (DAS) WIPO Pay Текущий счет в ВОИС Ассамблеи ВОИС Постоянные комитеты График заседаний WIPO Webcast Официальные документы ВОИС Повестка дня в области развития Техническая помощь Учебные заведения в области ИС Поддержка в связи с COVID-19 Национальные стратегии в области ИС Помощь в вопросах политики и законодательной деятельности Центр сотрудничества Центры поддержки технологий и инноваций (ЦПТИ) Передача технологий Программа содействия изобретателям (IAP) WIPO GREEN PAT-INFORMED ВОИС Консорциум доступных книг Консорциум «ВОИС для авторов» WIPO Translate для перевода Система для распознавания речи Помощник по классификации Государства-члены Наблюдатели Генеральный директор Деятельность в разбивке по подразделениям Внешние бюро Вакансии Закупки Результаты и бюджет Финансовая отчетность Надзор
Arabic English Spanish French Russian Chinese
Законы Договоры Решения Просмотреть по юрисдикции

Узбекистан

UZ076

Назад

O'zbekiston Respublikasining Qonuni Urug'chilik To'g'risida 1996 yil 29 avgust 267-I-son


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI «URUG'ChILIK TO'G'RISIDA»

1996 yil 29 avgust 267-I-son

O'zRning quyidagi Qonunlarga asosan o'zgartirishlar kiritildi

25.04.1997 yil 421-I-son I.bo'limini 19.bandiga,

15.04.1999 yil 772-I-son XV.bo'limiga,

06.04.2006 yil O'RQ-31-son 2-moddasiga

21.12.2007 yil O'RQ-134-son 1-moddasiga

1-modda. Asosiy tushunchalar

2-modda. Urug'chilikning asosiy vazifalari

3-modda. Urug'chilik to'g'risidagi qonun hujjatlari

4-modda. Urug'lik yetishtirish va undan foydalanish huquqi

5-modda. Urug'chilik bilan shug'ullanuvchi shaxslarning vazifalari

6-modda. Urug'likning sifatini aniqlash

7-modda. Urug'liklarni sertifikatlash

8-modda. Urug'liklarni realizasiya qilish

9-modda. Urug'liklarni import va eksport qilish

10-modda. Realizasiya qilinadigan urug'liklarga kafolatlar

11-modda. Sug'urta urug'lik fondi

12-modda. Urug'chilikni ilmiy jixatdan ta'minlash

13-modda. Urug'lik yetishtirishning davlat tomonidan rag'batlantirilishi

14-modda. O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligining urug'chilik sohasidagi vakolatlari

15-modda. Urug'liklarni sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish davlat organlari

16-modda. Urug'liklarni sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish davlat markazining vakolatlari

17-modda. Urug'liklarni sertifikatlash va sifatini nazorat qilish davlat inspektorlari

18-modda. Urug'chilik to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

19-modda. Xalqaro shartnomalar

1-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi tushunchalar qo'llaniladi: "urug'lik" - o'simlikning nav va duragaylarni saqlab qolish, takror etishtirish uchun ishlatiladigan botanik donlari yoki boshqa qismlari;

"reproduksion urug'liklar" - fond urug'liklarini va ularning keyingi reproduksiyalarini ko'paytirishdan olinadigan urug'liklar; (O'zRni 06.04.2006 y O'RQ-31-son Qonunining 2-moddasiga asosan tahrirda so'zlar o'zgartirildi);

"duragay urug'liklar" - turkumdoshlarni chatishtirishdan olina digan urug'liklar;

"genetik sifat (nav sifati)" - muayyan nav urug'likning genetik (nav) jihatidan qanchalik toza ekanligini bildiruvchi ko'rsatkichlar majmui;

"ekinboplik xususiyati" - urug'liklarning ekishga qanchalik yaroqli ekanligini bildiruvchi ko'rsatkichlar majmui;

"urug'lik turkumi" - bir turdagi (muayyan ekin, nav, repro duksiya, toifa, genetik (nav) tozalikdagi, muayyan yil hosilidan olingan, kelib chiqishi bir), hujjat bilan tasdiqlangan maxsus jamlangan urug'likning bir xil miqdori;

"aprobasiya qilish" - o'simliklarning genetik (nav) jihatidan qanchalik toza ekanligini, kasalliklarga, zararkunandalarga chidamliligi va ekishga mo'ljallangan urug'likning umumiy holatini aniqlash maqsadida dalada o'tkaziladigan tadqiqot;

"patent egasi (lisenziar)" - seleksiya navining egasi, duragay egasi huquqini qonun hujjatlariga muvofiq olgan shaxs.

2-modda. Urug'chilikning asosiy vazifalari

Urug'chilikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

qishloq xo'jaligi ekinlarining o'z urug'chilik bazasini yaratish;

navni yangilash va nav almashtirish jarayonida urug'lik navlari va duragaylarining biologik hamda xo'jalik jihatidan qimmatli xususiyatlarini saqlab qolish;

O'zRning 15.04.1999 yil 772-I-son XV.bo'limini 1) bandiga asosan tahrirga kiritildi mamlakatimiz va jahonning qimmatli genofondini saqlab qolish hamda undan samarali foydalanish;

O'zRning 15.04.1999 yil 772-I-son XV.bo'limini 1) bandiga asosan tahrirga kiritildi respublikaning turli tabiiy-iqlim mintaqalariga moslangan yangi tezpishar, serhosil, intensiv navlarini yaratish va ko'paytirish;

qishloq xo'jaligini serhosil va yuqori sifatli urug'liklar bilan ta'minlash;

urug'liklarning sifati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

urug'chilikka jahon tajribasi yutuqlarini joriy etish.

3-modda. Urug'chilik to'g'risidagi qonun hujjatlari

Urug'chilik to'g'risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Qoraqalpog'iston Respublikasida urug'chilik sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog'iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.

4-modda. Urug'lik yetishtirish va undan foydalanish huquqi

Patent bilan muhofaza qilinadigan navlar va duragaylar urug'ligini yetishtirish hamda undan foydalanish huquqiga patent egalari, shuningdek lisenziyaga ega bo'lgan yuridik va jismoniy shaxslar egadirlar.

Patent yoki guvohnoma bilan muhofaza qilinmaydigan navlar va duragaylar urug'ligi har qanday yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq yetishtirilishi va undan foydalanilishi mumkin.

Patent egalari, ular vakolat bergan shaxslar, shuningdek ular o'rtasidagi shartnomalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkaziladi.

5-modda. Urug'chilik bilan shug'ullanuvchi shaxslarning vazifalari

Urug'chilik bilan, duragaylar va yangi navlar yaratish bilan shug'ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarning vazifasi quyidagilardan iborat: birlamchi urug'chilikning samarali tizimini va urug' yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish

hamda joriy etish;

duragaylar va navlarga doir muallif ta'riflarini taqdim etish;

urug'liklarni ishlatuvchilar bilan shartnoma tuzish asosida yuqori navli va ekinbop xususiyatli urug'liklar yetishtirish;

vaqti-vaqti bilan urug'lar kataloglarini tayyorlash hamda bosib chiqarish;

har bir turkumdagi urug'lik navi va ekinboplik xususiyatlari bo'yicha to'liq hisobni olib borish.

6-modda. Urug'likning sifatini aniqlash

Urug'likning genetik (nav) sifati dala va laboratoriyada o'tkaziladigan sinov natijalari bo'yicha aniqlanadi.

Ekinbop urug'liklar yetishtirish maqsadida ekilgan navli qishloq xo'jalik ekinlari O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi belgilaydigan tartibda aprobasiya qilinadi. (O'zRning 25.04.1997 y 421-I-son I.bo'limini 19.bandi 1) bandchasiga asosan tahrirga so'zlar kiritildi)

7-modda. Urug'liklarni sertifikatlash

Ekish uchun ishlatiladigan urug'liklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatlanishi lozim.

Urug'liklarni sertifikatlash amaldagi standartlar asosida O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq va suv xo'jalik ekinlari urug'ining sifatini sertifikatlash va nazorat qilish davlat markazi tomonidan hamda uning joylardagi bo'linmalari tomonidan amalga oshiriladi. (O'zRning 25.04.1997 yil 421-I-son I.bo'limini 19.bandi 1) bandchasiga, 15.04.1999 yil 772-I-son XV.bo'limini 2) bandiga asosan tahrirga so'zlar kiritildi)

Standart urug'liklarga muvofiqlik sertifikati, nostandart urug'liklarga esa ularning sifati to'g'risida talon beriladi. (O'zRning 15.04.1999 yil 772-I-son XV.bo'limini 2) bandiga asosan tahrirda so'zlar o'zgartirildi)

8-modda. Urug'liklarni realizasiya qilish

Urug'liklarning navi va ekinboplik xususiyatlari ko'rsatilgan muvofiqlik sertifikati mavjud bo'lgan taqdirda ularni realizasiya qilishga yo'l qo'yiladi. (O'zRning 15.04.1999 yil 772-I-son XV.bo'limini 3) bandiga asosan tahrirda so'zlar o'zgartirildi)

Kimyoviy yoki biologik ishlov berilgan urug'lar iste'molchiga yeki savdo tarmog'iga faqat o'ralgan holda yetkazib beriladi. Har bir o'ramda qaysi turda ishlov berilganligi ko'rsatilgan yorliq va xavfsizlik chora-tadbirlari to'g'risidagi yo'riqnoma bo'lishi shart. (O'zRning 15.04.1999 yil 772-I-son XV.bo'limini 3) bandiga asosan tahrirda so'zlar o'zgartirildi)

Himoya qilinadigan navlar Davlat reestriga hamda O'zbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xo'jalik ekinlari Davlat reestriga kiritilmagan navlar va duragaylarning urug'ligini sotish mumkin emas.

Muomalaga kiritilayotgan urug'liklar davlat standartlari talablariga muvofiq albatta tamg'alanadi va idishlarga joylanadi.

Karantindagi va boshqa xavfli hasharotlar, o'simlik kasalliklari yoki begona o'tlar keng tarqalgan davlatlardan keltirilgan urug'liklarni respublika hududida tarqatish taqiqlanadi.

9-modda. Urug'liklarni import va eksport qilish

Urug'liklarni import qilishga quyidagi shartlarda yo'l qo'yiladi, agar: ular davlat sinovidan o'tgan va O'zbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xo'jalik ekinlari Davlat reestriga kiritilgan navning urug'i bo'lsa; ularni import qilishga o'simliklar karantini bo'yicha davlat xizmatining ruxsatnomasi mavjud bo'lsa; O'zRning 15.04.1999 yil 772-I-son XV.bo'limini 4) bandiga asosan tahrirga kiritildi ularning

muvofiqlik sertifikati va muvofiqlik belgisi mavjud bo'lsa;

ularga eksport qilayotgan mamlakat tomonidan fitosanitariya sertifikati berilgan bo'lsa;

ular seleksiya va tadqiqot ishlariga, ko'rgazmaga qo'yishga mo'ljallangan bo'lsa.

Ilmiy va nav sinash maqsadlarida import va eksport qilinayotgan urug'liklar uchun boj undirilmaydi, ular kvotalanmaydi va lisenziyalanmaydi. (O'zRning 21.12.2007 yil O'RQ-134-son Qonunining 1-moddasiga asosan tahrirga o'zgartirishlar kiritildi)

Urug'liklarni eksport qilishga O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi yoki u vakolat bergan organning xulosasi mavjud bo'lgan taqdirdagina yo'l qo'yiladi. (O'zRning 25.04.1997 yil 421-I-son I.bo'limini 19.bandi 1) bandchasiga asosan tahrirga so'zlar kiritildi)

Eksport qilinadigan urug'liklarga O'zbekiston Respublikasi o'simliklar karantini xizmati tomonidan beriladigan fitosanitariya sertifikati ilova qilinadi.

10-modda. Realizasiya qilinadigan urug'liklarga kafolatlar

Urug'liklar yetishtirish va ularni realizasiya qilish bilan shug'ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar urug'larning navi va ekinboplik sifatlari tegishli hujjatlarda ko'rsatilgandek bo'lishiga kafolat beradilar va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo'ladilar.

Basharti, urug'liklar yetishtirish va ularni realizasiya qilish bilan shug'ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan urug'liklarning sifat ko'rsatkichlari yo'qligi o'zlariga bog'liq bo'lmagan holatlarning oqibati ekanligini isbotlasalar, urug'likni ishlatuvchi ko'rilgan zararni qoplashni talab qilishi mumkin emas.

Sotib olingan urug'liklarga berilgan kafolatlar ularning sifati to'g'risidagi hujjatda ko'rsatilgan muddat davomida amal qiladi.

11-modda. Sug'urta urug'lik fondi

Sug'urta urug'lik fondi imkoniyatlari cheklangan mintaqalarga, xalqaro shartnomalarga muvofiq navli urug'liklarni yetkazib berish uchun, shuningdek tabiiy ofatlar ehtimolini nazarda tutgan holda va boshqa maqsadlarda tashkil etiladi.

Sug'urta urug'lik fondini tashkil etish va undan foydalanish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

12-modda. Urug'chilikni ilmiy jixatdan ta'minlash

Urug'chilik O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'zbekiston Qishloq xo'jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, tegishli tarmoq ilmiy- tadqiqot muassasalari, oliy o'quv yurtlari va boshqa ilmiy tashkilotlar tomonidan ilmiy jihatdan ta'minlanib, ular:

(O'zRning 25.04.1997 yil 421-I-son I.bo'limini 19.bandi 1) bandchasiga asosan tahrirga so'zlar kiritildi, 15.04.1999 yil 772-I-son XV.bo'limini 5) bandiga asosan tahrirda so'zlar o'zgartirildi)

seleksiya va urug'chilik bo'yicha ilmiy-texnika dasturlarini;

urug'chilik, urug'shunoslik va navshunoslikning ilmiy asoslangan tizimini;

yangi va istiqbolli navlarni joriy etishga doir tavsiyalarni;

yuqori sifatli urug'lik yetishtirish samaradorligini oshirishning uslub va usullarini;

urug'chilikda axborot bilan ta'minlash tizimini ishlab chiqadilar.

13-modda. Urug'lik yetishtirishning davlat tomonidan rag'batlantirilishi

Qonun hujjatlarida urug'lik yetishtirishni rag'batlantirish chora-tadbirlari nazarda tutilishi mumkin.

14-modda. O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligining urug'chilik sohasidagi vakolatlari

(O'zRning 25.04.1997 yil 421-I-son I.bo'limini 19.bandi 1) bandchasiga asosan tahrirga so'zlar kiritildi)

O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi: (O'zRning 25.04.1997 yil 421-I-son I.bo'limini 19.bandi 1) bandchasiga asosan tahrirga so'zlar kiritildi)

urug'chilik sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi;

O'zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo'jalik ekinlari Davlat reestrini yuritadi;

qishloq xo'jalik ekinlari urug'liklarining navlarini sinash borasidagi ishga rahbarlik qiladi;

manfaatdor vazirliklar va idoralar, davlat hokimiyati mahalliy organlari bilan birga qishloq xo'jaligi

ekinlarining muayyan hududlarga moslashtirilgan va istiqbolli navlarini ekish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya qilingan qishloq xo'jalik ekinlarining Davlat reestri to'g'risidagi Nizom O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

15-modda. Urug'liklarni sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish davlat organlari

O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jalik ekinlari urug'liklarini sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish davlat markazi hamda uning joylardagi bo'linmalari urug'liklarni sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish bo'yicha davlat organlari hisoblanadi. Qishloq xo'jalik ekinlarining urug'liklarini sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish davlat organlari byudjet va (yoki) sinov o'tkazish hamda sertifikatlash borasidagi o'z xizmatlariga to'langan mablag'lar hisobidan pul bilan ta'minlanadi. (O'zRning 25.04.1997 yil 421-I-son I.bo'limini 19.bandi 1) bandchasiga asosan tahrirga so'zlar kiritildi)

Qishloq xo'jalik ekinlari urug'liklarini sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish davlat markazi to'g'risidagi Nizom O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

16-modda. Urug'liklarni sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish davlat markazining vakolatlari

Urug'liklarni sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish davlat markazi: O'zRning 15.04.1999 yil 772-I-son XV.bo'limini 6) bandiga asosan tahrirga kiritildi urug'chilikni rivojlantirish davlat dasturini amalga oshiradi; O'zRning 15.04.1999 yil 772-I-son XV.bo'limini 6) bandiga asosan tahrirga kiritildi urug'lik mahsulot ekspertizasini tashkil etadi; barcha qishloq xo'jalik ekinlarining urug'liklari sifatini nazorat qilishni tashkil etish bo'yicha joylardagi bo'linmalarining ishiga rahbarlik qiladi; xo'jaliklar, korporasiyalar, boshqa korxonalar va muassasalarda urug'liklar va ekiladigan

ko'chatlarning navi hamda ekinboplik xususiyatlarini aniqlaydi;

urug'liklarning sifatini aniqlash uslublarini ishlab chiqadi, takomillashtiradi va tasdiqlaydi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni bajaradi.

17-modda. Urug'liklarni sertifikatlash va sifatini nazorat qilish davlat inspektorlari

Qishloq xo'jalik ekinlari urug'liklarini sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish davlat markazining boshlig'i Qishloq xo'jalik ekinlari urug'liklarini sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Bosh davlat inspektori hisoblanadi.

Qishloq xo'jalik ekinlari urug'liklarini sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish viloyat markazlarining boshliqlari tegishincha qishloq xo'jalik ekinlari urug'liklarini sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish bo'yicha viloyat davlat inspektorlari hisoblanadilar.

Qishloq xo'jalik ekinlari urug'liklarini sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Bosh davlat inspektori, Qishloq xo'jalik ekinlari urug'liklarini sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish bo'yicha davlat markazining inspektorlari, qishloq xo'jalik ekinlari urug'liklarini sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish bo'yicha viloyat davlat inspektorlari, tuman inspektorlari o'z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga egadir:

sifat ko'rsatkichlari qanchalik to'g'riligini va davlat standartlariga muvofiqligini tekshirish maqsadida zarur tahlillar o'tkazish uchun urug' namunalarini tanlab olish;

urug'likning himoya qilinadigan navlaridan g'ayriqonuniy foydalanilishini taqiqlash;

har qanday urug'lik yetishtiruvchining, urug'lik yetkazib beruvchining va urug'lik bilan savdo qiluvchi tashkilotning hududiga kirish;

urug'chilik dalalari va urug'lik turkumlariga doir zarur axborot, hujjat va namunalar olish;

qonun hujjatlarini buzgan holda urug'lik yetishtirish, uni saqlash va sotish hollarini to'xtatib qo'yish yoki taqiqlash;

O'zRning 15.04.1999 yil 772-I-son XV.bo'limini 7) bandiga asosan tahrirga kiritildi muvofiqlik sertifikati va fitosanitariya yoki karantin ruxsatnomasi mavjud bo'lmasa, urug'lik turkumlarining tashilishini taqiqlab qo'yish;

O'zRning 15.04.1999 yil 772-I-son XV.bo'limini 7) bandiga asosan tahrirga kiritildi muvofiqlik sertifikati, fitosanitariya yoki karantin ruxsatnomasi bo'lmagan urug'liklarni boshqa davlatlardan respublikaga olib kirishga yo'l qo'ymaslik;

O'zRning 15.04.1999 yil 772-I-son XV.bo'limini 7) bandiga asosan tahrirga kiritildi qishloq xo'jalik ekinlarining navini yangilash va nav joylashtirish tartibini buzganlik uchun xo'jaliklarning rahbarlari va boshqa mas'ul shaxslariga jarima jazosi berish.

18-modda. Urug'chilik to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Urug'chilik to'g'risidagi qonun hujjatlarining buzilishida aybdor bo'lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.

19-modda. Xalqaro shartnomalar

Basharti, O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ushbu Qonunda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llanadi.

O'zbekiston Respublikasining Prezidenti

I. Karimov

Toshkent shahri, 1996 yil 29 avgust N 267-I