À propos de la propriété intellectuelle Formation en propriété intellectuelle Respect de la propriété intellectuelle Sensibilisation à la propriété intellectuelle La propriété intellectuelle pour… Propriété intellectuelle et… Propriété intellectuelle et… Information relative aux brevets et à la technologie Information en matière de marques Information en matière de dessins et modèles industriels Information en matière d’indications géographiques Information en matière de protection des obtentions végétales (UPOV) Lois, traités et jugements dans le domaine de la propriété intellectuelle Ressources relatives à la propriété intellectuelle Rapports sur la propriété intellectuelle Protection des brevets Protection des marques Protection des dessins et modèles industriels Protection des indications géographiques Protection des obtentions végétales (UPOV) Règlement extrajudiciaire des litiges Solutions opérationnelles à l’intention des offices de propriété intellectuelle Paiement de services de propriété intellectuelle Décisions et négociations Coopération en matière de développement Appui à l’innovation Partenariats public-privé Outils et services en matière d’intelligence artificielle L’Organisation Travailler avec nous Responsabilité Brevets Marques Dessins et modèles industriels Indications géographiques Droit d’auteur Secrets d’affaires Académie de l’OMPI Ateliers et séminaires Application des droits de propriété intellectuelle WIPO ALERT Sensibilisation Journée mondiale de la propriété intellectuelle Magazine de l’OMPI Études de cas et exemples de réussite Actualités dans le domaine de la propriété intellectuelle Prix de l’OMPI Entreprises Universités Peuples autochtones Instances judiciaires Ressources génétiques, savoirs traditionnels et expressions culturelles traditionnelles Économie Égalité des genres Santé mondiale Changement climatique Politique en matière de concurrence Objectifs de développement durable Technologies de pointe Applications mobiles Sport Tourisme PATENTSCOPE Analyse de brevets Classification internationale des brevets Programme ARDI – Recherche pour l’innovation Programme ASPI – Information spécialisée en matière de brevets Base de données mondiale sur les marques Madrid Monitor Base de données Article 6ter Express Classification de Nice Classification de Vienne Base de données mondiale sur les dessins et modèles Bulletin des dessins et modèles internationaux Base de données Hague Express Classification de Locarno Base de données Lisbon Express Base de données mondiale sur les marques relative aux indications géographiques Base de données PLUTO sur les variétés végétales Base de données GENIE Traités administrés par l’OMPI WIPO Lex – lois, traités et jugements en matière de propriété intellectuelle Normes de l’OMPI Statistiques de propriété intellectuelle WIPO Pearl (Terminologie) Publications de l’OMPI Profils nationaux Centre de connaissances de l’OMPI Série de rapports de l’OMPI consacrés aux tendances technologiques Indice mondial de l’innovation Rapport sur la propriété intellectuelle dans le monde PCT – Le système international des brevets ePCT Budapest – Le système international de dépôt des micro-organismes Madrid – Le système international des marques eMadrid Article 6ter (armoiries, drapeaux, emblèmes nationaux) La Haye – Le système international des dessins et modèles industriels eHague Lisbonne – Le système d’enregistrement international des indications géographiques eLisbon UPOV PRISMA UPOV e-PVP Administration UPOV e-PVP DUS Exchange Médiation Arbitrage Procédure d’expertise Litiges relatifs aux noms de domaine Accès centralisé aux résultats de la recherche et de l’examen (WIPO CASE) Service d’accès numérique aux documents de priorité (DAS) WIPO Pay Compte courant auprès de l’OMPI Assemblées de l’OMPI Comités permanents Calendrier des réunions WIPO Webcast Documents officiels de l’OMPI Plan d’action de l’OMPI pour le développement Assistance technique Institutions de formation en matière de propriété intellectuelle Mesures d’appui concernant la COVID-19 Stratégies nationales de propriété intellectuelle Assistance en matière d’élaboration des politiques et de formulation de la législation Pôle de coopération Centres d’appui à la technologie et à l’innovation (CATI) Transfert de technologie Programme d’aide aux inventeurs WIPO GREEN Initiative PAT-INFORMED de l’OMPI Consortium pour des livres accessibles L’OMPI pour les créateurs WIPO Translate Speech-to-Text Assistant de classification États membres Observateurs Directeur général Activités par unité administrative Bureaux extérieurs Avis de vacance d’emploi Achats Résultats et budget Rapports financiers Audit et supervision
Arabic English Spanish French Russian Chinese
Lois Traités Jugements Parcourir par ressort juridique

Ouzbékistan

UZ089

Retour

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori O'zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida ("Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida"gi O'zbekiston Respublikasining 2007 yil 19 sentyabrdagi O'RQ-111- sonli Qonuni)

 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori O'zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida ("Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida"gi O'zbekiston Respublikasining 2007 yil 19 sentyabrdagi O'RQ-111- sonli Qonuni)

-------------

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining QARORI O'zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida ("Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida"gi O'zbekiston Respublikasining 2007 yil 19 sentyabrdagi O'RQ-111- sonli Qonuni)

"Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida"gi O'zbekiston Respublikasining 2007 yil 19 sentyabrdagi O'RQ-111- sonli Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

O'zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilsin.

O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoev

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

2008 yil 7 maydagi 89-son qaroriga ilova

O'zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o'zgartirish va qo'shimchalar

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida" 2002 yil 14 iyundagi 209-son qarorida (O'zbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 6-son, 32-modda; 2006 y., 4-son, 26-modda):

1) 2-ilovada:

8-bandning oltinchi xat boshidagi "reestrlarini" so'zidan keyin "va O'zbekiston Respublikasida hammaga ma'lum bo'lgan tovar belgilari ro'yxatini" so'zlari qo'shilsin;

16-bandning birinchi xat boshidagi "apellyasiyalarni" so'zidan keyin "shuningdek O'zbekiston Respublikasida hammaga ma'lum tovar belgilari ro'yxatini e'tirof etish to'g'risidagi arizalarni" so'zlari qo'shilsin;

2) 3- ilova 6-bandining birinchi xat boshidagi "Hisobot davrida" so'zlaridan keyin "yuridik ahamiyatga ega bo'lgan xatti-harakatlar uchun" so'zlari qo'shilsin.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining Apellyasiya kengashi to'g'risidagi Nizomni hamda Patent vakillari to'g'risidagi Nizomni tasdiqlash haqida" 2003 yil 1 iyuldagi 298-son qaroriga (O'zbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 7-son, 55-modda; 2006 y., 4-son, 26-modda) 1- ilovada:

1) 4-bandda:

a) "g"-kichik bandining ikkinchi va uchinchi xat boshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"O'zbekiston Respublikasi hududida belgining xalqaro ro'yxatdan o'tkazilishining amal qilishi;

tovar belgisi va xizmat ko'rsatish belgisi, tovarning kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to'g'risidagi guvohnomaning haqiqiyligi yuzasidan apellyasiyalarini ko'rib chiqadi";

uchinchi xat boshi to'rtinchi xat boshi deb hisoblansin:

b) "j"-kichik bandi chiqarib tashlansin;

v) quyidagi mazmundagi xat boshi qo'shilsin:

"Apellyasiya kengashi O'zbekiston Respublikasida hammaga ma'lum tovar belgilari ro'yxatini e'tirof etish to'g'risidagi arizani ko'rib chiqadi (keyingi o'rinlarda "ariza" deb ataladi)";

2) 5-banddagi "apellyasiya", "apellyasiyani" so'zlaridan keyin tegishli ravishda "yoki ariza", "yoki arizani" so'zlari qo'shilsin;

3) 10- va 12-bandlardagi "apellyasiya" so'zidan keyin "yoki ariza" so'zlari qo'shilsin;

4) 13-banddagi "apellyasiyalar" so'zidan keyin "yoki arizalar" so'zlari qo'shilsin;

5) 14- va 16-bandlardagi "apellyasiyalarni" so'zidan keyin "yoki arizalarni" so'zlari qo'shilsin;

6) 15-banddagi "apellyasiya" so'zidan keyin "yoki ariza" so'zlari qo'shilsin.

3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Patent bojlari to'g'risidagi Nizomni va Patent ojlari stavkalarini tasdiqlash haqida" 2006 yil 20 apreldagi 65-sonli qaroriga (O'zbekiston Respublikasi QT, 2006 yil, 4-son, 26-modda) 2- ilovada:

1) 1-bo'limda:

a) "Bojning vazifasi" ustunidagi 1.3-kichik bo'limning 1.3.3-bandidan "oldindan beriladigan patentlar" so'zlari chiqarib tashlansin;

b) "Bojning vazifasi" 1.4-kichik bo'limning 1.4.4-bandidan "oldindan beriladigan patentning" so'zlari chiqarib tashlansin;

2) 3-bo'limda:

a) "Bojning vazifasi" ustunidagi 3.2- kichik bo'limning 3.2.1-bandiga quyidagi mazmundagi xat boshi qo'shilsin:

"O'zbekiston Respublikasida hammaga ma'lum tovar belgilari ro'yxatdagi tovar belgisini kiritish";

b) "Bojning vazifasi" ustunida 3.2- kichik bo'limning 3.2.2-bandiga "hammaga ma'lum tovar belgilariga tegishli ma'lumotlar" so'zlari qo'shilsin;

v) "Boj to'langanligi to'g'risidagi hujjatni taqdim etish muddatlari" ustunining 3.2.- kichik bo'limidagi "Ekspertiza qarori" so'zlaridan keyin "yoki Apellyasiya kengashining O'zbekiston

Respublikasi hududida hammaga ma'lum tovar belgilari ro'yxatini e'tirof etish to'g'risidagi qarori" so'zlari qo'shilsin;

g) "Bojning vazifasi" ustunidagi 3.3- kichik bo'limning 3.3.3-bandidagi "huquqiga" so'zi "huquqi to'g'risidagi" so'zlari bilan almashtirilsin;

d) "Bojning vazifasi" ustunidagi 3.5- kichik bo'limning 3.5.2-bandidagi "huquqiga" so'zi "huquqi to'g'risida" so'zlari bilan almashtirilsin;

3) 6-bo'limda:

a) bo'limning nomidagi "Apellyasiyalarni" so'zidan keyin "va arizalarni" so'zlari qo'shilsin;

b) "Bojning vazifasi" ustunining 6.3- kichik bo'limiga quyidagi mazmundagi ikkinchi xat boshi qo'shilsin:

"tovar belgisi va xizmat ko'rsatish belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to'g'risidagi guvohnomaning haqiqiyligiga qarshi apellyasiyalar";

ikkinchi-uchinchi xat boshi tegishli ravishda uchinchi-to'rtinchi xat boshi deb hisoblansin;

v) "Bojning vazifasi" va "Boj to'langanligi to'g'risidagi hujjatni taqdim etish muddatlari" ustunlaridagi va 6.5- kichik bo'limning nomidagi "apellyasiyalar" so'zi "arizalar" so'zi bilan almashtirilsin.