Propiedad intelectual Formación en PI Respeto por la PI Divulgación de la PI La PI para... La PI y… La PI en… Información sobre patentes y tecnología Información sobre marcas Información sobre diseños industriales Información sobre las indicaciones geográficas Información sobre las variedades vegetales (UPOV) Leyes, tratados y sentencias de PI Recursos de PI Informes sobre PI Protección por patente Protección de las marcas Protección de diseños industriales Protección de las indicaciones geográficas Protección de las variedades vegetales (UPOV) Solución de controversias en materia de PI Soluciones operativas para las oficinas de PI Pagar por servicios de PI Negociación y toma de decisiones Cooperación para el desarrollo Apoyo a la innovación Colaboraciones público-privadas Herramientas y servicios de IA La Organización Trabajar con la OMPI Rendición de cuentas Patentes Marcas Diseños industriales Indicaciones geográficas Derecho de autor Secretos comerciales Academia de la OMPI Talleres y seminarios Observancia de la PI WIPO ALERT Sensibilizar Día Mundial de la PI Revista de la OMPI Casos prácticos y casos de éxito Novedades sobre la PI Premios de la OMPI Empresas Universidades Pueblos indígenas Judicatura Recursos genéticos, conocimientos tradicionales y expresiones culturales tradicionales Economía Igualdad de género Salud mundial Cambio climático Política de competencia Objetivos de Desarrollo Sostenible Tecnologías de vanguardia Aplicaciones móviles Deportes Turismo PATENTSCOPE Análisis de patentes Clasificación Internacional de Patentes ARDI - Investigación para la innovación ASPI - Información especializada sobre patentes Base Mundial de Datos sobre Marcas Madrid Monitor Base de datos Artículo 6ter Express Clasificación de Niza Clasificación de Viena Base Mundial de Datos sobre Dibujos y Modelos Boletín de Dibujos y Modelos Internacionales Base de datos Hague Express Clasificación de Locarno Base de datos Lisbon Express Base Mundial de Datos sobre Marcas para indicaciones geográficas Base de datos de variedades vegetales PLUTO Base de datos GENIE Tratados administrados por la OMPI WIPO Lex: leyes, tratados y sentencias de PI Normas técnicas de la OMPI Estadísticas de PI WIPO Pearl (terminología) Publicaciones de la OMPI Perfiles nacionales sobre PI Centro de Conocimiento de la OMPI Informes de la OMPI sobre tendencias tecnológicas Índice Mundial de Innovación Informe mundial sobre la propiedad intelectual PCT - El sistema internacional de patentes ePCT Budapest - El Sistema internacional de depósito de microorganismos Madrid - El sistema internacional de marcas eMadrid Artículo 6ter (escudos de armas, banderas, emblemas de Estado) La Haya - Sistema internacional de diseños eHague Lisboa - Sistema internacional de indicaciones geográficas eLisbon UPOV PRISMA UPOV e-PVP Administration UPOV e-PVP DUS Exchange Mediación Arbitraje Determinación de expertos Disputas sobre nombres de dominio Acceso centralizado a la búsqueda y el examen (CASE) Servicio de acceso digital (DAS) WIPO Pay Cuenta corriente en la OMPI Asambleas de la OMPI Comités permanentes Calendario de reuniones WIPO Webcast Documentos oficiales de la OMPI Agenda para el Desarrollo Asistencia técnica Instituciones de formación en PI Apoyo para COVID-19 Estrategias nacionales de PI Asesoramiento sobre políticas y legislación Centro de cooperación Centros de apoyo a la tecnología y la innovación (CATI) Transferencia de tecnología Programa de Asistencia a los Inventores (PAI) WIPO GREEN PAT-INFORMED de la OMPI Consorcio de Libros Accesibles Consorcio de la OMPI para los Creadores WIPO Translate Conversión de voz a texto Asistente de clasificación Estados miembros Observadores Director general Actividades por unidad Oficinas en el exterior Ofertas de empleo Adquisiciones Resultados y presupuesto Información financiera Supervisión
Arabic English Spanish French Russian Chinese
Leyes Tratados Sentencias Consultar por jurisdicción

Uzbekistán

UZ082

Atrás

O'zbekiston Respublikasida Mulkchilik To'g'risida O'zbekiston Respublikasining Qonuni

 Microsoft Word - 023_NEW_UZ_Law on property.doc

O'zbekiston Respublikasida mulkchilik to'g'risida O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI 1990 yil 31 oktyabr 152-XII-son

O'zRning quyidagi qonunlariga asosan tahrirga o'zgartirishlar kiritildi 07.05.1993 y., 23.09.1994 y., 06.05.1995 y., 27.12.1996 y. 357-I-son Qonuni I-bo'limiga asosan, 13.12.2002 y. 447-II-son Qonuni I-bo'limiga asosan

(Ko'chirmalar) I Bo'lim. Umumiy qoidalar

1-modda. Mulkiy huquq 2-modda. Mulkchilik to'g'risidagi qonunlar 3-modda. Mulkiy huquq ob'ektlari 4-modda. Mulkiy huquq sub'ektlari 5-modda. Mulk shakllari 6-modda. Haq undirib olishni mulkdorning mol-mulkiga qaratish

1-modda. Mulkiy huquq

1. O'zbekiston Respublikasida mulkiy huquq tan olinadi va qonun bilan muhofaza etiladi. 2. Mulkdor o'ziga tegishli mol-mulkka o'z ihtiyoriga ko'ra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni

tasarruf etadi. Mulkdor o'z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo'lmagan har qanday xatti-harakatlarni qilishga haqlidir. U mulkdan qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday xo'jalik yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishda foydalanishi mumkin.

3. Mulkdor o'ziga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf qilish huquqini boshqa shaxslarga berishga faqat o'zi haqlidir. O'zbekiston Respublikasi qonunlarida ko'zda tutilgan hollarda, mulklikning zimmasiga boshqa shaxslarning uning mulkidan cheklangan tarzda foydalanishiga yo'l qo'yish vazifasi yuklanishi mumkin.

4. Mulkdor O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko'zda tutilgan shartlar va doira chegarasida o'ziga tegishli mulkiy huquqni amalga oshirish paytida fuqarolarning mehnatidan foydalanish to'g'risida ular bilan shartnoma tuzishga haqlidir. Fuqarolarning mehnatidan foydalanishga asos bo'lgan mulkning qay shaklda ekanligidan qati nazar, fuqaro O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy- iqtisodiy huquqlar va kafolatlar bilan ta'minlanadi.

5. Mulkiy huquqning amalga oshirilishi atrof-muhitga zarar etkazmasligi, jismoniy, yuridik shaxslarning va davlatning huquqlarini buzmasligi hamda qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlariga putur etkazmasligi kerak.

2-modda. Mulkchilik to'g'risidagi qonunlar

1. O'zbekiston Respublikasida mulkchilikka doir munosabatlar O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, ushbu Qonun hamda O'zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib turiladi. 2. Qoraqalpog'iston Respublikasida mulkka doir munosabatlar, shuningdek Qoraqalpog'iston Respublikasi qonunlari bilan ham tartibga solib turiladi.

3-modda. Mulkiy huquq ob'ektlari

1. Quyidagilar mulk ob'ektlaridir: O'zbekiston Respublikasi hududidagi yer, yer osti boyliklari, ichki suvlar, havo havzasi, o'simlik

va hayvonot dunyosi, imoratlar va inshootlar, mahsulotlar, turar joy va kvartiralar, ixtirolar, foydali

modellar, sanoat namunalari, integral mikrosxemalarning topologiyasi, seleksiya yutuqlari, mahsulot belgilari, asbob-uskunalar, moddiy va ma'naviy madaniyat buyumlari, pullar, qimmatli qog'ozlar va boshqa mol-mulklar; insonning mehnat qilish qobiliyati.

2. Ixtirolar, kashfiyotlar, fan, adabiyot, san'at asarlari, axborot, ilmiy g'oyalar, texnik ishlanmalar va aqliy ijodning boshqa ob'ektlarini yaratish hamda ulardan foydalanish xususidagi munosabatlar O'zbekiston Respublikasining maxsus Qonunlari bilan tartibga solinadi.

3. Tarix va madaniyat yodgorliklariga mulkiy huquqni amalga oshirish O'zbekiston Respublikasining maxsus qonunlari bilan belgilanib beriladi.

4. Mol-mulkdan xo'jalikda foydalanish natijalari /mahsulot va daromadlar/, qonun yoki shartnomada boshqa tartib ko'zda tutilmagan bo'lsa, shu mol-mulk egasiga tegishlidir.

4-modda. Mulkiy huquq sub'ektlari

O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, jamoalar, ularning birlashmalari, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar, fuqarolarning oilaviy va o'zga birlashmalari, mahalliy o'zini o'zi boshqarish idoralari, xalq deputatlarining barcha bo'g'indagi Kengashlari hamda ular vakolat bergan davlat boshqaruvi idoralari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar, boshqa davlatlarning yuridik shaxslari va fuqarolari, fuqaroligi bo'lmagan shaxslar mulkiy huquq sub'ektlaridir. Turli yuridik shaxslar va fuqarolar, shuningdek fuqaroligi bo'lmagan shaxslar aynan bitta mulkning sub'ektlari bo'lishi mumkin.

5-modda. Mulk shakllari

1. O'zbekiston Respublikasida mulk quyidagi shakllarda bo'ladi: xususiy mulk; shirkat (jamoa) mulki; ma'muriy-xududiy tuzilmalarning mulkidan (kommunal mulkdan) iborat davlat mulki; aralash mulk; boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar yuridik va jismoniy shaxslarining mulki.

2. O'zbekiston Respublikasi barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan muhofaza etilishini kafolatlaydi.

6-modda. Haq undirib olishni mulkdorning mol-mulkiga qaratish

1. Yuridik shaxsning majburiyatlari bo'yicha haq undirib olish mulk huquqi, to'la xo'jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi asosida unga tegishli bo'lgan mol-mulkka qaratilishi mumkin.

Mulkdor o'zi vujudga keltirgan yuridik shaxslarning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo'lmaydi, bu yuridik shaxslar esa mulkdorning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo'lmaydi. Uzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko'zda tutilgan hollar bundan mustasno.

Jismoniy shaxslar o'z majburiyatlari bo'yicha mulkiy hukuq asosida o'zlariga tegishli bo'lgan mol- mulk bilan javob beradilar.

Jismoniy shaxslarning qarz beruvchilar da'volariga binoan haq undirish tarzida olib qo'yilishi mumkin bo'lmagan mol-mulklari ro'yxati O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilab qo'yiladi.

VII Bo'lim. Mulkiy huquqning kafolati va himoya qilinishi 32-modda. Mulkiy huquqning kafolati 33-modda. Mulkiy huquqning himoya qilinishi 34-modda. Mulkdorning huquqi qonuniy ravishda to'xtatilgan taqdirda uning manfaatlarini himoya qilish 35-modda. Mulkdorlarning huquqini buzuvchi hujjatlarning haqiqiy emasligi 36-modda. Davlat organlarining mulkdor o'z vakolatlarini amalga oshirishiga aralashganligi uchun javobgarligi

32-modda. Mulkiy huquqning kafolati

1. O'zbekiston Respublikasi mulkiy huquqni amalga oshirishni kafolatlaydi, mulkdorning konstitusiyaviy huquqlarini ta'minlaydi. O'zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, molk-mulkni ko'paytirishni cheklashga hamda uni majburan tortib olishga yo'l qo'yilmaydi.

2. O'zbekiston Respublikasining va boshqa davlatlarning yuridik hamda jismoniy shaxslariga mulkiy huquqlarini himoya qilishda Uzbekiston Respublikasi teng sharoitlar yaratib beradi.

33-modda. Mulkiy huquqning himoya qilinishi

1. Mulkdor o'zga shaxs tomonidan qonunga xilof ravishda egallab olingan mol-mulkini Uzbekiston Respublikasi fuqarolari qonunlariga muvofiq talab qilib qaytarib olish huquqiga egadir.

2. Mulkdor o'z huquqini har qanday buzishlarni, garchi bunday buzishlar uni mulkka egalik qilish huquqidan mahrum etish bilan bog'liq bo'lmasa-da, bartaraf etishni talab qilishi mumkin.

3. Mulkiy huquqni himoya qilish sud yoki xo'jalik sudi tomonidan amalga oshiriladi. 4. Ushbu moddada ko'zda tutilgan huquqlar garchi mulkdor bo'lmasa ham, mulkdan to'la

xo'jalik yuritish, uni operativ boshqarish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish yoki qonunda yoxud shartnomadla ko'zda tutilgan boshqa hollarda, mol-mulkka egalik qiluvchi shaxsga ham taalluqlidir. Bu shaxs o'z egaligini mulkdordan ham himoya qilish huquqiga ega.

34-modda. Mulkdorning huquqi qonuniy ravishda to'xtatilgan taqdirda uning manfaatlarini himoya qilish

1. Mulkdorga qarashli uy, boshqa binolar, inshootlar, dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasini olib qo'yish haqida qaror qabul qilinishi munosabati bilan yoki davlat idorasining mulkdor mol-mulkini bevosita olib qo'yishga qaratilmagan boshqa qarori munosabati bilan mulkdorning huquqini to'xtatib qo'yishga faqat O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibdagina yo'l qo'yiladi. Bunda mulk huquqi to'xtatilishi oqibatida yetkazilgan zarar mulkdorga batamom to'lanadi.

Mulkdor norozi bo'lgan taqdirda nizo, sud yoki xo'jalik sudi tomonidan hal etilmagunicha, mulk huquqining to'xtatilishiga olib boradigan qaror amalga oshirilishi mumkin emas. Mulkdorga yetkazilgan zararni qoplash bilan bog'liq barcha masalalar ham nizoni ko'rib chiqish jarayonida hal etiladi.

2. Mulkdor mol-mulkining davlat tomonidan olib qo'yilishiga mulkdorning majburiyatlari bo'yicha haq undirish shu mulkka qaratilgan taqdirdagina O'zbekiston Respublikasi qonunlarida ko'zda tutilgan hollarda va tartibda, shuningdek rekvizisiya va musodara tartibida yo'l qo'yiladi.

Tabiiy ofatlar, falokatlar, yuqumli kasalliklarning tarqalishi, hayvonlarda kasallikning keng yoyilishi va favqulodda ro'y beradigan boshqa holatlarda mol-mulk davlat hokimiyati idoralarining qaroriga binoan jamiyat manfaatlarini ko'zlagan holda mulkdordan O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlar bilan majburiy tarzda olib qo'yilishi (rekvizisiya qilinishi) mumkin va unga mulkning qiymati to'lanadi.

O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko'zda tutilgan hollarda sudning yoki xo'jalik sudining qaroriga binoan mol-mulk musodara qilinishi mumkin.

35-modda. Mulkdorlarning huquqini buzuvchi hujjatlarning haqiqiy emasligi

Davlat boshqaruvi idorasi yoki davlat hokimiyati mahalliy idorasi tomonidan qonunga xilof bo'lgan hujjatning qabul qilinishi natijasida mulkdorning va boshqa shaxslarning o'zlariga qarashli mol- mulkka egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish borasidagi huquqlari buzilgan taqdirda bunday hujjat mulkdorning yoki huquqi buzilgan shaxsning da'vosiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas, deb topiladi.

Mazkur hujjatlarni chiqarish oqibatida fuqarolarga, tashkilotlar va boshqa shaxslarga yetkazilgan zararlar tegishli hokimiyat yoki idora organi ixtiyoridagi mablag' hisobidan to'la-to'kis qoplanishi shart.

36-modda. Davlat organlarining mulkdor o'z vakolatlarini amalga oshirishiga aralashganligi uchun javobgarligi

Davlat organlari mulkdorga yoxud to'la xo'jalik yuritish, bevosita boshqarish huquqi bo'yicha yoki qonun yoxud shartnomada nazarda tutilgan boshqa asosda mol-mulkka egalik qiluvchi shaxslarga O'zbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilmagan qo'shimcha vazifalar yoki cheklashlar

belgilab qo'yishga huquqli emas. Davlat organlari mulqdorning hamda ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatib o'tilgan shaxslarning o'z mol-mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishdan iborat huquqlarini amalga oshirishiga qonunga xilof ravishda aralashganlik oqibatida yetkazilgan zarar uchun ushbu Qonunning 35-moddasida nazarda tutilgan hajmda mulkiy javobgar bo'ladilar.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I.Karimov