About Intellectual Property IP Training Respect for IP IP Outreach IP for… IP and... IP in... Patent & Technology Information Trademark Information Industrial Design Information Geographical Indication Information Plant Variety Information (UPOV) IP Laws, Treaties & Judgements IP Resources IP Reports Patent Protection Trademark Protection Industrial Design Protection Geographical Indication Protection Plant Variety Protection (UPOV) IP Dispute Resolution IP Office Business Solutions Paying for IP Services Negotiation & Decision-Making Development Cooperation Innovation Support Public-Private Partnerships AI Tools & Services The Organization Working with WIPO Accountability Patents Trademarks Industrial Designs Geographical Indications Copyright Trade Secrets WIPO Academy Workshops & Seminars IP Enforcement WIPO ALERT Raising Awareness World IP Day WIPO Magazine Case Studies & Success Stories IP News WIPO Awards Business Universities Indigenous Peoples Judiciaries Genetic Resources, Traditional Knowledge and Traditional Cultural Expressions Economics Gender Equality Global Health Climate Change Competition Policy Sustainable Development Goals Frontier Technologies Mobile Applications Sports Tourism PATENTSCOPE Patent Analytics International Patent Classification ARDI – Research for Innovation ASPI – Specialized Patent Information Global Brand Database Madrid Monitor Article 6ter Express Database Nice Classification Vienna Classification Global Design Database International Designs Bulletin Hague Express Database Locarno Classification Lisbon Express Database Global Brand Database for GIs PLUTO Plant Variety Database GENIE Database WIPO-Administered Treaties WIPO Lex - IP Laws, Treaties & Judgments WIPO Standards IP Statistics WIPO Pearl (Terminology) WIPO Publications Country IP Profiles WIPO Knowledge Center WIPO Technology Trends Global Innovation Index World Intellectual Property Report PCT – The International Patent System ePCT Budapest – The International Microorganism Deposit System Madrid – The International Trademark System eMadrid Article 6ter (armorial bearings, flags, state emblems) Hague – The International Design System eHague Lisbon – The International System of Appellations of Origin and Geographical Indications eLisbon UPOV PRISMA UPOV e-PVP Administration UPOV e-PVP DUS Exchange Mediation Arbitration Expert Determination Domain Name Disputes Centralized Access to Search and Examination (CASE) Digital Access Service (DAS) WIPO Pay Current Account at WIPO WIPO Assemblies Standing Committees Calendar of Meetings WIPO Webcast WIPO Official Documents Development Agenda Technical Assistance IP Training Institutions COVID-19 Support National IP Strategies Policy & Legislative Advice Cooperation Hub Technology and Innovation Support Centers (TISC) Technology Transfer Inventor Assistance Program WIPO GREEN WIPO's Pat-INFORMED Accessible Books Consortium WIPO for Creators WIPO Translate Speech-to-Text Classification Assistant Member States Observers Director General Activities by Unit External Offices Job Vacancies Procurement Results & Budget Financial Reporting Oversight
Arabic English Spanish French Russian Chinese
Laws Treaties Judgments Browse By Jurisdiction

Uzbekistan

UZ035

Back

Foydali modelga, sanoat namunasiga hamda dori vositasi yoki pestisidga taalluqli ixtiroga O'zbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish Qoidalari (O'zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2007 yil 3 apreldagi 25-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan, mazkur buyruq O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2007 yil 5 mayda 1678 - raqam bilan ro'yxatdan o'tkazilgan)

 Foydali modelga, sanoat namunasiga hamda dori vositasi yoki pestisidga taalluqli ixtiroga O'zbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish Qoidalari

Foydali modelga, sanoat namunasiga hamda dori vositasi yoki pestisidga taalluqli ixtiroga O'zbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish QOIDALARI

(O'zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2007 yil 3 apreldagi 25-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan, mazkur buyruq O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2007 yil 5 mayda 1678 - raqam bilan ro'yxatdan o'tkazilgan)

Foydali modelga, sanoat namunasiga hamda dori vositasi yoki pestisidga taalluqli ixtiroga O'zbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish qoidalari (bundan buyon matnda Qoidalar deb yuritiladi) "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Qonuniga (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) (O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to'plami, 2002 yil 19-son, 143-modda) muvofiq foydali modelga, sanoat namunasiga hamda dori vositasi yoki pestisidga taalluqli ixtiroga O'zbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish tartibini belgilaydi.

1-§. Umumiy qoidalar

1. Qonunning 5-moddasiga muvofiq patent berish haqidagi talabnoma O'zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasiga (bundan buyon matnda Patent idorasi deb yuritiladi) topshirilgan sanadan e'tiboran ixtiroga patent yigirma yil, sanoat namunasiga patent o'n yil, foydali modelga patent besh yil mobaynida amal qiladi.

Foydali modelga patentning, sanoat namunasiga patentning amal qilishi tegishincha uch va besh yilga uzaytirilishi mumkin.

Ixtiroga patentning amal qilishi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda besh yildan ko'p bo'lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.

2. Qo'llanilishi uchun belgilangan tartibda vakolatli organdan ruxsatnoma olinishi lozim bo'lgan dori vositasi yoki pestisidga taalluqli ixtiroga patentning (bundan buyon matnda ixtiroga patent deb yuritiladi) amal qilishi ixtiroga talabnoma berish sanasidan boshlab mahsulotni qo'llash uchun birinchi ruxsatnoma olingan sanaga qadar hisoblanadigan muddatga uzaytiriladi. Bunda ixtiroga patentning amal qilishi uzaytiriladigan muddat besh yildan oshmasligi kerak.

3. Foydali modelga patentning, sanoat namunasiga patentning amal qilishini uzaytirish to'g'risidagi iltimosnoma Patent idorasiga patentning amal qilishi tugagunga qadar so'ngi uch oy ichida yoki patentning amal qilishi tugagandan keyin olti oy ichida qo'shimcha patent bojini to'lash sharti bilan beriladi.

4. Foydali modelga patentning, sanoat namunasiga patentning amal qilishini uzaytirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda patent boji to'lanadi.

5. Ixtiroga patentning amal qilishini uzaytirish to'g'risidagi iltimosnoma Patent idorasiga patentning amal qilishi davomida mahsulotni qo'llash uchun birinchi ruxsatnoma olingan sanadan yoki patentni berish sanasidan olti oy o'tguniga qadar mazkur muddatlarning qaysi biri kechroq tugashiga bog'liq holda beriladi.

6. Foydali modelga patentning, sanoat namunasiga patentning, ixtiroga patentning (bundan buyon matnda patent deb yuritiladi) amal qilishini uzaytirishga doir ishlarni yuritish mustaqil ravishda patent egasi tomonidan, vakolati qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan tasdiqlanadigan vakil yoki patent vakili orqali amalga oshiriladi.

2-§. Iltimosnomani berish va ko'rib chiqish

7. Patentning amal qilishini uzaytirish to'g'risidagi iltimosnoma mazkur Qoidalarga 1- va 2- ilovalarda keltirilgan shakl bo'yicha taqdim etiladi.

Iltimosnoma patent egasi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Yuridik shaxs nomidan iltimosnoma lavozimi ko'rsatilgan holda rahbar tomonidan imzolanadi. Imzo muhr bilan tasdiqlanadi.

8. Foydali modelga patentning, sanoat namunasiga patentning amal qilishini uzaytirish to'g'risidagi iltimosnomaga patentning amal qilishini uzaytirish uchun belgilangan miqdorda patent boji

to'langanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. Belgilangan miqdorda patent boji to'langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmaganida

iltimosnomani ko'rib chiqishga doir yuridik ahamiyatga ega harakatlar amalga oshirilmaydi. 9. Ixtiroga patentning amal qilishini uzaytirish to'g'risidagi iltimosnomaga mahsulotni

patentlangan ixtiro formulasida tavsiflangan mahsulot bilan identifikasiyalashga imkon beradigan mahsulot to'g'risidagi ma'lumotlarni, ro'yxatdan o'tkazilgan raqami va vakolatli organdan ushbu mahsulotni qo'llash uchun birinchi ruxsatnoma olingan sanani ichiga olgan rasmiy hujjatning tasdiqlangan nusxasi (rasmiy hujjatlarning tasdiqlangan nusxalari) ilova qilinadi.

10. Zaruriyat bo'lganida iltimosnomaga vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma, shuningdek vorislik huquqi yoki merosga bo'lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.

11. Iltimosnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlar Patent idorasiga bevosita beriladi yoki pochta orqali yuboriladi.

12. Ishonchnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab o'n besh kunlik muddat ichida barcha kerakli hujjatlarning mavjudligi va ularning ushbu Qoidalarning 1-11- bandlarida belgilangan talablarga mos kelishi tekshiriladi.

13. Ushbu Qoidalarning 7-10-bandlarida ko'rsatib o'tilgan kerakli hujjatlar mavjud bo'lmagan va/yoki noto'g'ri rasmiylashtirilgan taqdirda, patent egasiga mavjud bo'lmagan va/yoki tuzatilgan hujjatlarni so'rovnoma jo'natilgan sanadan boshlab uch oy ichida taqdim etish zarurligi to'g'risida so'rovnoma yuboriladi. Bunda ishonchnomani ko'rib chiqishning belgilangan muddatining o'tishi yetishmayotgan yoki tuzatilgan hujjatlarning oxirgisi kelib tushgunga qadar to'xtatib turiladi.

14. Taqdim etilgan hujjatlar mazkur Qoidalarning talablariga mos kelganida patentning amal qilishi uzaytiriladi.

Patentning amal qilishini uzaytirish to'g'risidagi ma'lumotlar tegishli Davlat reestriga kiritiladi va Patent idorasining rasmiy byulletenida e'lon qilinadi. Patent egasiga patentning amal qilishi uzaytirilganligi to'g'risidagi yozuvli "Patentga ilova" yuboriladi.

15. Taqdim etilgan hujjatlar mazkur Qoidalarning talablariga mos kelmaganida, shuningdek tuzatilgan yoki yetishmayotgan hujjatlar belgilangan muddatda taqdim etilmagan taqdirda Patent idorasi patent egasiga iltimosnomani qanoatlantirish rad etilganligi to'g'risidagi rad etish asoslari ko'rsatilgan bildirishnomani yuboradi.