About Intellectual Property IP Training Respect for IP IP Outreach IP for… IP and... IP in... Patent & Technology Information Trademark Information Industrial Design Information Geographical Indication Information Plant Variety Information (UPOV) IP Laws, Treaties & Judgements IP Resources IP Reports Patent Protection Trademark Protection Industrial Design Protection Geographical Indication Protection Plant Variety Protection (UPOV) IP Dispute Resolution IP Office Business Solutions Paying for IP Services Negotiation & Decision-Making Development Cooperation Innovation Support Public-Private Partnerships AI Tools & Services The Organization Working with WIPO Accountability Patents Trademarks Industrial Designs Geographical Indications Copyright Trade Secrets WIPO Academy Workshops & Seminars IP Enforcement WIPO ALERT Raising Awareness World IP Day WIPO Magazine Case Studies & Success Stories IP News WIPO Awards Business Universities Indigenous Peoples Judiciaries Genetic Resources, Traditional Knowledge and Traditional Cultural Expressions Economics Gender Equality Global Health Climate Change Competition Policy Sustainable Development Goals Frontier Technologies Mobile Applications Sports Tourism PATENTSCOPE Patent Analytics International Patent Classification ARDI – Research for Innovation ASPI – Specialized Patent Information Global Brand Database Madrid Monitor Article 6ter Express Database Nice Classification Vienna Classification Global Design Database International Designs Bulletin Hague Express Database Locarno Classification Lisbon Express Database Global Brand Database for GIs PLUTO Plant Variety Database GENIE Database WIPO-Administered Treaties WIPO Lex - IP Laws, Treaties & Judgments WIPO Standards IP Statistics WIPO Pearl (Terminology) WIPO Publications Country IP Profiles WIPO Knowledge Center WIPO Technology Trends Global Innovation Index World Intellectual Property Report PCT – The International Patent System ePCT Budapest – The International Microorganism Deposit System Madrid – The International Trademark System eMadrid Article 6ter (armorial bearings, flags, state emblems) Hague – The International Design System eHague Lisbon – The International System of Appellations of Origin and Geographical Indications eLisbon UPOV PRISMA UPOV e-PVP Administration UPOV e-PVP DUS Exchange Mediation Arbitration Expert Determination Domain Name Disputes Centralized Access to Search and Examination (CASE) Digital Access Service (DAS) WIPO Pay Current Account at WIPO WIPO Assemblies Standing Committees Calendar of Meetings WIPO Webcast WIPO Official Documents Development Agenda Technical Assistance IP Training Institutions COVID-19 Support National IP Strategies Policy & Legislative Advice Cooperation Hub Technology and Innovation Support Centers (TISC) Technology Transfer Inventor Assistance Program WIPO GREEN WIPO's Pat-INFORMED Accessible Books Consortium WIPO for Creators WIPO Translate Speech-to-Text Classification Assistant Member States Observers Director General Activities by Unit External Offices Job Vacancies Procurement Results & Budget Financial Reporting Oversight
Arabic English Spanish French Russian Chinese
Laws Treaties Judgments Browse By Jurisdiction

Uzbekistan

UZ087

Back

O'zbekiston Respublikasining Qonuni Investisiya Faoliyati To'g'risida


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI Investisiya faoliyati to'g'risida

O'zR Oliy Majlisining 24.12.98 y. Qaroriga asosan amalga kiritildi

O'zbekiston Respublikasi 12.12.2003 yil 568-II sonli Qonunining XXIV-bo'limiga, 10.10.2006 yil O'RQ-59-son Qonunining 22-moddasiga asosan tahrirga o'zgartirishlar kiritildi

1-modda. Investisiya faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlari 2-modda. Asosiy tushunchalar 3-modda. Mo'ljallangan ob'ektiga ko'ra investisiyalarning turlari 4-modda. Investisiyalarni amalga oshirish shakllari 5-modda. Investisiya resurslari 6-modda. Investisiya faoliyati ob'ektlari 7-modda. Investisiya faoliyatining sub'ektlari 8-modda. Investorning huquklari 9-modda. Investorning majburiyatlari 10-modda. Investisiya faoliyati ishtirokchisining huquqlari 11-modda. Investisiya faoliyati ishtirokchisining majburiyatlari 12-modda. Investisiya faoliyati subektlarining o'zaro munosabatlari 13-modda. Investisiya faoliyatida narx belgilash 14-modda. Investisiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish 15-modda. Markazlashtirilgan investisiyalar 16-modda. Markazlashtirilgan investisiyalarni amalga oshirish bo'yicha qarorlar qabul qilish 17-modda. Markazlashtirilgan investisiyalarni joylashtirish 18-modda. O'zbekiston Respublikasining Investisiya dasturi 19-modda. Investisiya loyihalari ekspertizasi 20-modda. Investisiya fondlari 21-modda. Investisiya faoliyati sub'ektlari huquqlarining kafolatlari 22-modda. Investisiyalarni himoya qilish 23-modda. Mablag'lardan foydalanish kafolatlari 24-modda. Investisiyalarning ko'shimcha kafolatlari va himoya qilish choralari

25-modda. Ochik axborotdan erkin foydalana olish

26-modda. Investisiya faoliyatini cheklab ko'yish, to'xtatib turish yoki tugatish 27-modda. Investisiya faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik 28-modda. Nizolarni hal etish

1-modda. Investisiya faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlari

Investisiya faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.

Qoraqalpog'iston Respublikasida investisiya faoliyati soxasidagi munosabatlar Qoraqalpog'iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.

Chet el investisiyalarini amalga oshirish bilan bog'liq munosabatlarning o'ziga xos xususiyatlari chet el investisiyalari to'g'risidagi, chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to'g'risidagi qonun hujjatlari, O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan ham tartibga solinadi.

Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O'zbekiston Respublikasining investisiya faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari ko'llaniladi.

2-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda kuyidagi asosiy tushunchalar qullaniladi:

investisiyalar - iqtisodiy va boshqa faoliyat ob'ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne'matlar hamda ularga doir huquqlar;

investisiya faoliyati - investisiya faoliyati sub'ektlarining investisiyalarni amalga oshirish bilan bog'liq harakatlari majmui;

investor - o'z mablag'larini, karzga olingan va jalb etilgan mablag'larni, mulkiy boyliklarni va ularga doir huquqlarni, shuningdek intellektual mulkka doir huquqlarni investisiya faoliyati ob'ektlariga investisiyalashni amalga oshiruvchi investisiya faoliyati sub'ekti;

investisiya faoliyati ishtirokchisi - investorning buyurtmalarni bajaruvchi sifatida investisiya faoliyatini ta'minlovchi investisiya faoliyati sub'ekti;

reinvestisiyalar - investorning faoliyati natijasida olingan foydani (daromadni) muomalaga kiritish.

3-modda. Mo'ljallangan ob'ektiga ko'ra investisiyalarning turlari

Investisiyalar mo'ljallangan ob'ektiga ko'ra kapital, innovasiya va ijtimoiy investisiyalarga bo'linadi.

Kapital investisiyalar jumlasiga asosiy fondlarni vujudga keltirish va takror ishlab chiqarishga, shuningdek, moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga qo'shiladigan investisiyalar kiradi.

Innovasiya investisiyalari jumlasiga texnika va texnologiyalarning yangi avlodini ishlab chiqish va o'zlashtirishga qo'shiladigan investisiyalar kiradi.

Ijtimoiy investisiyalar jumlasiga inson saloxiyatini, malakasi va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek, nomoddiy ne'matlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga qo'shiladigan investisiyalar kiradi.

4-modda. Investisiyalarni amalga oshirish shakllari

Investorlar investisiyalarni quyidagi yo'llar bilan amalga oshirishlari mumkin:

yuridik shaxslar tuzish yeki ularning ustav jkamgarmalarida (kapitallarida) ulushli ishtirok etish, shu jumladan mol-mulkni yeki aksiyalarni olish;

qimmatli qog'ozlarni, shu jumladan O'zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan KERZ majburiyatlarini olish;

konsessiyalarni, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, ishlab chiqish, qazib olish yeki ulardan foydalanishga bo'lgan konsessiyalarni olish;

mulk huquqini, shu jumladan ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda savdo va xizmat ko'rsatish sohalari ob'ektlariga, turar joylarga mulk huquqini, shuningdek, yerga hamda boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish (shu jumladan ijara asosida foydalanish) huquqini qonun hujjatlariga muvofiq olish.

Investorlar investisiyalarni qonun hujjatlariga zid bo'lmagan boshqa shakllarda ham amalga oshirishlari mumkin.

Investisiyalar birlamchi yeki takroran qo'shiladigan shakllarining o'zgartirilishi ularning investisiyalar sifatidagi darajasining o'zgarishiga olib kelmaydi.

5-modda. Investisiya resurslari

Investisiya resurslari jumlasiga kuyidagilar kiradi:

pul va boshqa moliyaviy mablag'lar, shu jumladan kreditlar, paylar, aksiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlar;

ko'char va ko'chmas mol-mulk (binolar, inshootlar, uskunalar va boshqa moddiy boyliklar) hamda ularga doir huquqlar;

intellektual mulk ob'ektlari, shu jumladan texnikaviy hujjatlar tarzida tuzilgan texnikaga, texnologiyaga, tijoratga oid va boshqa bilimlar majmui, u yeki bu turdagi ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur bo'lgan bilimlar va ishlab chiqarish tajribasi, nou-xau;

yerga va boshqa tabiiy resurslarga, binolar, inshootlar, uskunalarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqi, shuningdek, mulk huquqidan kelib chiquvchi asheviy huquqlar;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa boyliklar.

6-modda. Investisiya faoliyati ob'ektlari

Moddiy va nomoddiy ne'matlar ishlab chiqarish ob'ektlari investisiya faoliyatining ob'ektlaridir.

Barpo etilishi va foydalanilishi qonun hujjatlarida belgilangan sanitariya-gigiena, radiasiya, ekologiya, arxitektura-shaharsozlikka oid va boshqa talablarga javob bermaydigan, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini hamda qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini buzadigan ob'ektlarga investisiya kiritish ta'qiqlanadi.

7-modda. Investisiya faoliyatining sub'ektlari

Quyidagilar investisiya faoliyatining sub'ektlari (investorlar va ishtirokchilar) bo'lishlari mumkin:

O'zbekiston Respublikasining rezidentlari - fuqarolari (jismoniy shaxslari), yuridik shaxslari;

mahalliy davlat xokimiyati organlari va davlat boshqaruv organlari;

xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va chet ellik yuridik shaxslar hamda fuqarolar, shuningdek, fuqaroligi bo'lmagan shaxslar va O'zbekiston Respublikasining chet elda doimiy yashovchi fuqarolari;

hamkorlikda investisiya faoliyatini amalga oshiraetgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, davlatlar va xalqaro tashkilotlar.

Investorlar qonun hujjatlariga muvofiq buyurtmachi (mablag' kirituvchi), kreditor, sotib oluvchi bo'lishlari, shuningdek, investisiya faoliyati ishtirokchisi vazifasini bajaruvchi bo'lishlari mumkin.

Investisiya faoliyatining ishtirokchilari investor bilan tuzilgan shartnoma asosida investorning buyurtmasini bajaruvchi bo'lishlari mumkin.

8-modda. Investorning huquklari

Mulk shakllaridan va faoliyat turidan qatiy nazar, investorlar investisiya faoliyatini amalga oshirishda teng huquqlarga egadirlar.

Investisiyalanishi ushbu Qonun yeki boshqa qonunlar bilan cheklangan exud ta'qiqlangan ob'ektlardan tashqari, xar qanday ob'ektga investisiyalar kiritish investorning mutlaq huquqi hisoblanadi va qonun bilan qo'riqlanadi.

Investor investisiyalash maqsadi, yo'nalishi, turi va hajmini mustaqil ravishda belgilaydi, buni amalga oshirish uchun shartnoma asosida, qoida tariqasida, tanlov (tender) savdosini o'tkazish yo'li bilan yuridik va jismoniy shaxslarni investisiya faoliyati ishtirokchilari sifatida jalb etadi.

Qonun hujjatlariga muvofiq investor investisiya ob'ektlariga va ularning natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni tasarruf etish, shuningdek, reinvestisiya qilish huquqiga ega.

Qonun hujjatlarida belgilangan mulk huquqini ko'lga kiritishni keltirib chiqarmaydigan ob'ektlarga investisiya kiritish investorning keyinchalik bu ob'ektlarga egalik qilish, ularni operativ boshqarish yeki ulardan foydalanishdan olinadigan foyda (daromadlar)da ishtirok etish huquqini istisno etmaydi.

Investorning qaroriga binoan investisiya ob'ektlariga va ularning natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni tasarruf etish huquqi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berilishi mumkin. Huquqlarni berish paytida taraflarning o'zaro munosabatlari ular tuzadigan shartnomalar asosida tartibga solinadi.

Agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, investor, o'ziga zarur bo'lgan mol-mulkni yuridik va jismoniy shaxslardan o'zaro kelishuv asosida belgilanadigan narx va shartlarda, hajmi va nomenklaturasini cheklamagan tarzda olishga xaqli.

Investor qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.

9-modda. Investorning majburiyatlari

Investor:
investisiya loyihalarida sanitariya-gigiena, radiasiya, ekologiya, arxitektura-shaharsozlikka oid va

boshqa talablarga rioya etilganligi xususida ekspertiza xulosasini olishi;

monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarining talablariga rioya etishi;

soliqlar, yig'imlar va boshqa majburiy to'lovlarni to'lashi;

shartnoma bajarilmasligi yeki lozim darajada bajarilmasligi tufayli investisiya faoliyati

ishtirokchisiga yetkazilgan zararni qoplashi;

mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruv organlarining o'z vakolati doirasida qo'yiladigan talablarini bajarishi shart.

Investorning zimmasida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.

10-modda. Investisiya faoliyati ishtirokchisining huquqlari

Investisiya faoliyatining ishtirokchisi quyidagilarga haqli:

tanlov (tender) savdosining ishtirokchisi bo'lish;

investorlar bilan ularning buyurtmalarini bajarish uchun shartnomalar tuzish;

agar qonun hujjatlarida yeki shartnomadan boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, investor

oldidagi o'z majburiyatini bajarishga boshqa shaxslarni jalb etish;

agar qonun hujjatlarida yeki shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, investisiya faoliyati ob'ektining haqiqiy qiymatini pasaytirish natijasida erishilgan tejamni mustaqil ravishda tasarruf etish.

Investisiya faoliyatining ishtirokchisi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.

11-modda. Investisiya faoliyati ishtirokchisining majburiyatlari

Investisiya faoliyatining ishtirokchisi:

qonun hujjatlarida belgilangan normalar, qoidalar va standartlarga rioya etishi;

shartnomalarni o'z vaqtida va lozim darajada bajarishi;

shartnomani bajarmasligi yeki lozim darajada bajarmasligi tufayli investorga yetkazilgan zararni

qoplashi;

mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruv organlarining o'z vakolati doirasida qo'yilgan talablarni bajarishi shart.

Investisiya faoliyatining ishtirokchisi lisenziyalanishi lozim bo'lgan faoliyatni amalga oshirish uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda lisenziya olishi shart.

Investisiya faoliyatining ishtirokchisi zimmasida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.

12-modda. Investisiya faoliyati subektlarining o'zaro munosabatlari

Shartnoma tuzish, sheriklar va kafillarni tanlash, majburiyatlarni belgilash, shuningdek, investisiya faoliyati sub'ektlari o'zaro munosabatlarining boshqa shartlari qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

13-modda. Investisiya faoliyatida narx belgilash

Investisiya faoliyati jaraenida mahsulot (ishlar, xizmatlar) bahosi, qoida tariqasida, tanlov (tender) savdosi natijalariga ko'ra, kelishilgan narxlarda belgilanadi.

Investisiya faoliyati sub'ekti bozorda monopol holatni egallagan hollarda narxlarni davlatning vakolatli organi qonunlarga muvofiq tartibga soladi.

14-modda. Investisiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish

Investisiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish quyidagi yo'llar bilan amalga oshiriladi:

investisiya faoliyatining qonunchilik negizini takomillashtirish;

soliq to'lovchilar va soliq solish ob'ektlarini, soliq stavkalari va ularga doir imtiezlarni

tabaqalashtiruvchi soliq tizimini qo'llash;

asosiy fondlarni jadal amortizasiya qilish;

normalar, qoidalar va standartlarni qo'llash;

monopoliyaga qarshi choralarni qo'llash;

kredit siesati va narx belgilash siesatini o'tkazish;

yerga va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish shartlarini belgilash;

investisiya loyihalarini ekspertiza qilish mexanizmlarini belgilash;

O'zbekiston Respublikasining Investisiya dasturiga kiritilgan investisiya loyihalarining amalga

oshirilishi mottoringini yuritki.

Investisiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda ham amalga oshiriladi.

15-modda. Markazlashtirilgan investisiyalar

Davlat investisiya faoliyati doirasida:

davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlar mablag'i hisobidan to'g'ridan-to'g'ri moliyalash yo'li bilan amalga oshiriladigan investisiya;

O'zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida chet el investisiyalari va kreditlarini jalb etgan holda amalga oshiriladigan investisiya markazlashtirilgan investisiya hisoblanadi.

Markazlashtarilgan investisiyalarni boshqarish davlat investisiyalari maqsadlari uchun ob'ektlarni, investisiyalash shart- sharoitlarini belgilashdan va ular bilan bog'liq boshqa masalalarni hal ztishdan iborat.

Markazlashtirilgan investisiyalarni boshqarish mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruv organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.

16-modda. Markazlashtirilgan investisiyalarni amalga oshirish bo'yicha qarorlar qabul qilish

Markazlashtirilgan investisiyalarni amalga oshirish bo'yicha qarorlar davlat organlari tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning istiqbolga mo'ljallangan taxminlari, aniq maqsadga mo'ljallangan ilmiytexnik va kompleks davlat dasturlari hamda ana shu investisiyalarning maqsadga muvofiqligini aniqlovchi texnik-iktisodiy asoslar negizida maqbul qilinadi.

Umumdavlat ahamiyatiga molik bo'lgan aniq maqsadga mo'ljallangan kompleks davlat dasturlarining loyihalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxqamasi belgilaydigan tartibda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi davlat byudjetidan moliyalanadigan investisiyalarning hajmlarini tasdiqlaydi.

17-modda. Markazlashtirilgan investisiyalarni joylashtirish

Markazlashtirilgan investisiyalarni joylashtirish, qoida tariqasida, davlat kontrakti asosida amalga oshiriladi.

Davlat kontrakti investisiya faoliyati ishtirokchisini - bajaruvchini tanlov (tender) asosida saralab olish orqali tuziladi. Bunda mazkur bajaruvchi uchun qonun hujjatlarida muayyan imtiezlar belgilab qo'yilishi mumkin.

18-modda. O'zbekiston Respublikasining Investisiya dasturi

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo'nalishlarida amalga oshiriladigan investisiya loyihalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan O'zbekiston Respublikasining Investisiya dasturiga kiritiladi.

O'zbekiston Respublikasi Investisiya dasturiga kiritilgan investisiya loyihalarini amalga oshirish ishtirokchilariga soliqqa oid va boshqa imtiezlar beriladi. Har bir alohida investisiya loyihasi bo'yicha eki umuman O'zbekiston Respublikasining Investisiya dasturi bo'yicha beriladigan imtiezlarning aniq ro'yxati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.

19-modda. Investisiya loyihalari ekspertizasi

Byudjet mablag'lari va byudjetdan tashqari mablag'lar hisobiga, shuningdek, chet el investisiyalarini O'zbekiston Respublikasining Hukumati kafolati ostida jalb etilgan holda moliyalanadigan investisiya loyihalari ekspertizadan o'tkazilishi shart. Ekspertieani o'tkazish tartibini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. Boshqa manbalar hisobiga moliyalanadigan investisiya loyihalari sanitariya-gigiena, radiasiya, ekologiya, arxitektura-shaharsozlikka oid va boshqa talablar bajarilishiga doir qismida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o'tkazilishi lozim.

Banklarning kredit resurslari hisobidan moliyalanadigan kichik va o'rta tadbirkorlik investisiya loyihalari tijorat banki tomonidan mazkur investisiya loyihasini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi to'g'risida ekspertiza qilinishi lozim. (O'zbekiston Respublikasi 12.12. 2003 yil 568-II sonli Qonunining XXIV-bo'limiga asosan tahrirda so'zlar bekor qilindi)

O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida amalga oshiriladigan investisiya loyihalari, shu shartnomalarda nazarda tutilgan tartibda ekspertiza qilinishi lozim.

20-modda. Investisiya fondlari

Investisiya faoliyatini amalga oshirish maqsadida, tegishli investisiya fondlari tashkil etilishi mumkin.

21-modda. Investisiya faoliyati sub'ektlari huquqlarining kafolatlari

Davlat investisiya faoliyati sub'ektlarining huquqlarini kafolatlaydi.

Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari investisiya faoliyati sub'ektlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilaetgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.

Agar davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari investisiya faoliyati sub'ektlarining faoliyatida qonun hujjatlari buzilganligini aniqlasalar, ular vakolatlari bo'lgan va muayyan qoidabuzarlikni bartaraf etish bilan bevosita bog'liq choralarni ko'rishlari mumkin. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik mavjudligi faktidan investisiya faoliyati sub'ektlarining boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish eki faoliyatini cheklab qo'yish uchun asos sifatida foydalanishi mumkin emas.

Ushbu moddaning qoidalari xalqaro huquqining umum e'tirof etilgan prinsiplariga muvofiq belgilanadigan, O'zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligini ta'minlashga bevosita bog'liq bo'lgan qonun hujjatlarini qabul qilish, ularga qo'shimchalar kiritish yeki ularni bekor qilishga nisbatan tadbiq etilmaydi.

22-modda. Investisiyalarni himoya qilish

Davlat investisiyalar ximoya qilinishini kafolatlaydi.

O'zbekiston Respublikasida investisiyalar va investorlarning boshqa aktivlari davlat mulkiga aylantirilmaydi.

Investisiyalar va investorlarning boshqa aktivlari rekvizisiya qilinmaydi, tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiya hollari va boshqa favkulodda xususiyatga ega bo'lgan holatlar bundan mustasno.

Investisiyalarni rekvizisiya qilish to'g'risidagi qaror:

ushbu moddaning uchinchi qismida ko'rsatilgan hollardan kelib chiquvchi vazifalarni hal etish uchun zarur bo'lgan investisiyalar yeki boshqa aktivlarning eng kam miqdori cheklanadigan;

kamsitilmaydigan asosda va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan;

yetkazilgan zararga monand ravishda kompensasiya to'lanadigan rekvizisiya bo'yicha talablarga rioya etilgan holda, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi. Davlat ko'rsatib o'tilgan kompensasiya to'lovlari o'z vaqtida amalga oshirilishiga kafil bo'ladi.

Investor investisiyalarni rekvizisiya qilish to'g'risidagi karor yuzasidan sud tartibida nizolashishga haqli.

Investisiyalar sug'urta qilinishi mumkin, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa sug'urta qilinishi shart.

23-modda. Mablag'lardan foydalanish kafolatlari

Investisiya faoliyati sub'ektining investisiya faoliyati natijasida olingan foydasi (daromadi) soliqlar, yig'imlar va boshqa majburiy to'lovlar to'langach, uning xohishiga ko'ra reinvestisiya qilinishi yeki boshqa har qanday usulda ishlatilishi mumkin.

Investisiya faoliyati sub'ekti olgan aksiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlar, uning maqsadli bank omonatlari, shuninigdek, olingan mol-mulk olib qo'yilgan (rekvizisiya qilingan) hollarda ular qiymati yeki ijara to'lovlari qonun hujjatlariga muvofiq qoplanadi (kompensasiya to'lanadi).

Investisiya faoliyati sub'ektining hisobvaraqlaridan foydalanishni cheklab qo'yish yeki mablag'larni majburan olib qo'yish qonunda belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.

24-modda. Investisiyalarning qo'shimcha kafolatlari va himoya qilish choralari

Investisiyalarning qo'shimcha kafolatlari va himoya qilish choralari hukumat tomonidan kafolatlar berishni, investisiya loyihalarini moliyaviy ta'minlashda ko'maklashishni, maxsus soliq va to'lov rejimi yaratilishini, loyihalar amalga oshirilishining davlat monitoringi yuritilishini va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa choralarni o'z ichiga olishi mumkin.

Investisiyalarning qo'shimcha kafolatlari va ularni himoya qilish choralari investisiya faoliyati sub'ektlariga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga binoan beriladi.

25-modda. Ochiq axborotdan erkin foydalana olish

Investisiya faoliyati sub'ektlarining manfaatlariga muayyan tarzda daxldor umum majburiy tusdagi qonun hujjatlaridan ular erkin foydalana olishlari lozim.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruv organlari investisiya faoliyati sub'ektlarining so'rovlariga ko'ra ularni qiziqtirgan axborotni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda berishlari shart.

26-modda. Investisiya faoliyatini cheklab qo'yish, to'xtatib turish yoki tugatish

Investisiya faoliyatini cheklab qo'yish, to'xtatib turish yeki tugatish investorning, davlatning vakolatli organi yeki sudning qaroriga ko'ra amalga oshirilishi mumkin.

O'zRning 10.10.2006 yil O'RQ-59-son Qonunining 22-moddasiga asosan tahrirga kiritildi (Oldingi tahriri)

Investisiya faoliyatini cheklab qo'yish, to'xtatib turish yoki tugatish to'g'risidagi qaror:

investor qonunda belgilangan tartibda bankrot deb e'lon qilingan yoki topilgan;

favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan;

investisiya faoliyati jarayonida qonun hujjatlarida belgilangan sanitariya-gigiena, radiasiya, ekologiya, arxitektura-shaharsozlikka oid va boshqa talablar, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlari buzilishiga olib kelishi mumkin bo'lgan holatlar aniqlangan hollarda qabul qilinishi mumkin.

O'zRning 10.10.2006 yil O'RQ-59-son Qonunining 22-moddasiga asosan tahrirga kiritildi

Tadbirkorlik sub'ekti faoliyatini to'xtatib turish yoki tugatishga olib keladigan investisiya faoliyatini cheklab qo'yish, to'xtatib turish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog'liq holda investisiya faoliyatini o'n ish kunidan ko'p bo'lmagan muddatga to'xtatib qo'yish hollari bundan mustasno) yoki tugatish sud tartibida amalga oshiriladi.

O'zRning 10.10.2006 yil O'RQ-59-son Qonunining 22-moddasiga asosan tahrirda uchinchi qism tegishlicha to'rtinchi qism hisoblanadi

Investisiya faoliyati sub'ektiga ushbu modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisida ko'rsatilgan hollarda yetkazilgan zararni qoplash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

27-modda. Investisiya faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Investisiya faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor bo'lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo'ladilar.

Investisiya faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda, investisiya faoliyatining sub'ekti yetkazilgan zararni, shu jumladan boy berilgan foydani, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishini talab qilish huquqiga egadir.

28-modda. Nizolarni hal etish

Investisiyalar bilan bog'liq nizolar (investisiyaga oid nizolar) sud tomonidan hal etiladi.

O'zbekiston Respublikasining Prezidenti I. Karimov