عن الملكية الفكرية التدريب في مجال الملكية الفكرية إذكاء الاحترام للملكية الفكرية التوعية بالملكية الفكرية الملكية الفكرية لفائدة… الملكية الفكرية و… الملكية الفكرية في… معلومات البراءات والتكنولوجيا معلومات العلامات التجارية معلومات التصاميم الصناعية معلومات المؤشرات الجغرافية معلومات الأصناف النباتية (الأوبوف) القوانين والمعاهدات والأحكام القضائية المتعلقة بالملكية الفكرية مراجع الملكية الفكرية تقارير الملكية الفكرية حماية البراءات حماية العلامات التجارية حماية التصاميم الصناعية حماية المؤشرات الجغرافية حماية الأصناف النباتية (الأوبوف) تسوية المنازعات المتعلقة بالملكية الفكرية حلول الأعمال التجارية لمكاتب الملكية الفكرية دفع ثمن خدمات الملكية الفكرية هيئات صنع القرار والتفاوض التعاون التنموي دعم الابتكار الشراكات بين القطاعين العام والخاص أدوات وخدمات الذكاء الاصطناعي المنظمة العمل مع الويبو المساءلة البراءات العلامات التجارية التصاميم الصناعية المؤشرات الجغرافية حق المؤلف الأسرار التجارية أكاديمية الويبو الندوات وحلقات العمل إنفاذ الملكية الفكرية WIPO ALERT إذكاء الوعي اليوم العالمي للملكية الفكرية مجلة الويبو دراسات حالة وقصص ناجحة في مجال الملكية الفكرية أخبار الملكية الفكرية جوائز الويبو الأعمال الجامعات الشعوب الأصلية الأجهزة القضائية الموارد الوراثية والمعارف التقليدية وأشكال التعبير الثقافي التقليدي الاقتصاد المساواة بين الجنسين الصحة العالمية تغير المناخ سياسة المنافسة أهداف التنمية المستدامة التكنولوجيات الحدودية التطبيقات المحمولة الرياضة السياحة ركن البراءات تحليلات البراءات التصنيف الدولي للبراءات أَردي – البحث لأغراض الابتكار أَردي – البحث لأغراض الابتكار قاعدة البيانات العالمية للعلامات مرصد مدريد قاعدة بيانات المادة 6(ثالثاً) تصنيف نيس تصنيف فيينا قاعدة البيانات العالمية للتصاميم نشرة التصاميم الدولية قاعدة بيانات Hague Express تصنيف لوكارنو قاعدة بيانات Lisbon Express قاعدة البيانات العالمية للعلامات الخاصة بالمؤشرات الجغرافية قاعدة بيانات الأصناف النباتية (PLUTO) قاعدة بيانات الأجناس والأنواع (GENIE) المعاهدات التي تديرها الويبو ويبو لكس - القوانين والمعاهدات والأحكام القضائية المتعلقة بالملكية الفكرية معايير الويبو إحصاءات الملكية الفكرية ويبو بورل (المصطلحات) منشورات الويبو البيانات القطرية الخاصة بالملكية الفكرية مركز الويبو للمعارف الاتجاهات التكنولوجية للويبو مؤشر الابتكار العالمي التقرير العالمي للملكية الفكرية معاهدة التعاون بشأن البراءات – نظام البراءات الدولي ePCT بودابست – نظام الإيداع الدولي للكائنات الدقيقة مدريد – النظام الدولي للعلامات التجارية eMadrid الحماية بموجب المادة 6(ثالثاً) (الشعارات الشرفية، الأعلام، شعارات الدول) لاهاي – النظام الدولي للتصاميم eHague لشبونة – النظام الدولي لتسميات المنشأ والمؤشرات الجغرافية eLisbon UPOV PRISMA UPOV e-PVP Administration UPOV e-PVP DUS Exchange الوساطة التحكيم قرارات الخبراء المنازعات المتعلقة بأسماء الحقول نظام النفاذ المركزي إلى نتائج البحث والفحص (CASE) خدمة النفاذ الرقمي (DAS) WIPO Pay الحساب الجاري لدى الويبو جمعيات الويبو اللجان الدائمة الجدول الزمني للاجتماعات WIPO Webcast وثائق الويبو الرسمية أجندة التنمية المساعدة التقنية مؤسسات التدريب في مجال الملكية الفكرية الدعم المتعلق بكوفيد-19 الاستراتيجيات الوطنية للملكية الفكرية المساعدة في مجالي السياسة والتشريع محور التعاون مراكز دعم التكنولوجيا والابتكار نقل التكنولوجيا برنامج مساعدة المخترعين WIPO GREEN WIPO's PAT-INFORMED اتحاد الكتب الميسّرة اتحاد الويبو للمبدعين WIPO Translate أداة تحويل الكلام إلى نص مساعد التصنيف الدول الأعضاء المراقبون المدير العام الأنشطة بحسب كل وحدة المكاتب الخارجية المناصب الشاغرة المشتريات النتائج والميزانية التقارير المالية الرقابة
Arabic English Spanish French Russian Chinese
القوانين المعاهدات الأحكام التصفح بحسب كل ولاية قضائية

أوزبكستان

UZ022

رجوع

Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug'i, tovar belgisi, xizmat ko'rsatish belgisiga huquqni o'tkazish to'g'risidagi shartnomani va ulardan foydalanish uchun lisenziya shartnomalarini, integral mikrosxemalar topologiyalariga to'liq yoki qisman huquq o'tkazish to'g'risidagi shartnomalarni, barcha mulkiy huquqlarni boshqa shaxsga o'tkazish va elektronhisoblash mashinalari, ma'lumotlar bazasi uchun dasturga bo'lgan mulkiy huquqlarni o'tkazish to'g'risidagi shartnomalarni ro'yxatdan o'tkazish Qoidalari (O'zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2005 yil 11 maydagi 48-son buyrug'i bilan Tasdiqlangan, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2005 yilning 17 iyunida 1481-son bilan Ro'yxatdan O'tkazilgan)

 Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug'i, tovar belgisi, xizmat ko'rsatish belgisiga huquqni o'tkazish to'g'risidagi shartnomani va ulardan foydalanish uchun lisenziya shartnomalarini, integral mikrosxemalar topologiyalariga to'liq yoki qisman huquq o'tkazish to'g'risidagi shartnomalarni, barcha mulkiy huquqlarni boshqa shaxsga o'tkazish va elektronhisoblash mashinalari, ma'lumotlar bazasi uchun dasturga bo'lgan mulkiy huquqlarni o'tkazish to'g'risidagi shartnomalarni ro'yxatdan o'tkazish Qoidalari

Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug'i, tovar belgisi, xizmat ko'rsatish belgisiga huquqni o'tkazish to'g'risidagi shartnomani va ulardan foydalanish uchun lisenziya shartnomalarini, integral mikrosxemalar topologiyalariga to'liq yoki qisman huquq o'tkazish to'g'risidagi shartnomalarni, barcha mulkiy huquqlarni boshqa shaxsga o'tkazish va elektron- hisoblash mashinalari, ma'lumotlar bazasi uchun dasturga bo'lgan mulkiy huquqlarni o'tkazish to'g'risidagi shartnomalarni ro'yxatdan o'tkazish QOIDALARI

O'zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2005 yil 11 maydagi 48-son buyrug'i bilan TASDIQLANGAN, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2005 yilning

17 iyunida 1481-son bilan RO'YXATDAN O'TKAZILGAN

Mazkur Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug'i, tovar belgisi, xizmat ko'rsatish belgisiga huquqni o'tkazish to'g'risidagi shartnomani va ulardan foydalanish uchun lisenziya shartnomalarini, integral mikrosxemalar topologiyalariga to'liq yoki qisman huquq o'tkazish to'g'risidagi shartnomalarni, barcha mulkiy huquqlarni boshqa shaxsga o'tkazish va elektron-hisoblash mashinalari, ma'lumotlar bazasi uchun dasturga bo'lgan mulkiy huquqlarni o'tkazish to'g'risidagi shartnomalarni ro'yxatdan o'tkazish qoidalari (matnda bundan keyin Qoidalar deb yuritiladi) tovar belgisi, xizmat ko'rsatish belgisiga O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi, O'zbekiston Respublikasining "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to'g'risidagi", "Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to'g'risidagi", "Seleksiya yutuqlari to'g'risidagi", "Elektron hisoblash mashinalari va ma'lumotlar bazalari uchun dasturlarning huquqiy muhofazasi to'g'risidagi", "Integral mikrosxemalar topologiyalari huquqiy muhofazasi to'g'risidagi" Qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan va O'zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasida (matnda bundan keyin Patent idorasi deb yuritiladi) quyidagi shartnomalarni ro'yxatdan o'tkazish tartibini belgilaydi:

ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug'iga huquqni o'tkazish to'g'risidagi shartnomani va Ixtirolar davlat reestrida ro'yxatdan o'tkazilgan ixtirodan, Foydali modellar davlat reestrida ro'yxatdan o'tkazilgan foydali modeldan, Sanoat namunalari davlat reestrida ro'yxatdan o'tkazilgan sanoat namunasi, Seleksiya yutuqlari davlat reestrida ro'yxatdan o'tkazilgan seleksiya yutug'idan foydalanishga lisenziya shartnomasi;

tovar belgisi, xizmat ko'rsatish belgisiga (matnda bundan keyin tovar belgisi deb yuritiladi) huquqni o'tkazish to'g'risidagi shartnoma va Tovar belgilari davlat reestrida ro'yxatdan o'tkazilgan tovar belgisidan yoki ro'yxatdan o'tkazilmasdan O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq muhofazalanadigan tovar belgisidan foydalanishga lisenziya shartnomasi;

integral mikrosxemalar topologiyalari davlat reestrida ro'yxatdan o'tkazilgan integral mikrosxemalar topologiyasiga huquqni to'liq yoki qisman o'tkazish to'g'risidagi shartnoma;

Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar davlat reestrida va Ma'lumotlar bazalari davlat reestrida ro'yxatdan o'tkazilgan elektron-hisoblash mashinalari uchun dastur yoki ma'lumotlar bazasiga bo'lgan barcha mulkiy huquqlarni boshqa shaxsga to'liq yoki qisman o'tkazish va mulkiy huquqlarni o'tkazish to'g'risidagi shartnomalar.

Qisqartirishlar ro'yxati

Shartnoma – ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug'i, tovar belgisi, xizmat ko'rsatish belgisiga huquqni o'tkazish to'g'risidagi shartnomani va ulardan foydalanish uchun lisenziya shartnomalarini, integral mikrosxemalar topologiyalariga to'liq yoki qisman huquq o'tkazish to'g'risidagi shartnomalarni, barcha mulkiy huquqlarni boshqa shaxsga o'tkazish va elektron-hisoblash mashinalari, ma'lumotlar bazasi uchun dasturga bo'lgan mulkiy huquqlarni o'tkazish to'g'risidagi shartnoma.

Lisenziya shartnomasi – ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug'i, tovar belgisidan foydalanish uchun huquq berish to'g'risidagi shartnoma.

Sublisenziya shartnomasi – lisenziat tomonidan ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug'i, tovar belgisidan foydalanish uchun boshqa shaxsga huquq berish to'g'risidagi shartnoma.

Lisenziar – ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug'i, tovar belgisiga bo'lgan huquq egasi.

Lisenziat – ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug'i, tovar belgisidan foydalanayotgan shaxs.

Muhofaza hujjati – patent, guvohnoma.

§ 1. Umumiy qoidalar

O'zbekiston Respublikasining "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to'g'risidagi" Qonuni 11-moddasiga, O'zbekiston Respublikasining "Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to'g'risidagi" Qonuni 30-moddasiga, O'zbekiston Respublikasining "Seleksiya yutuqlari to'g'risidagi" Qonuni 38-moddasiga, O'zbekiston Respublikasining "Elektron hisoblash mashinalari va ma'lumotlar bazalari uchun dasturlarning huquqiy muhofazasi to'g'risidagi" Qonuni 9-moddasiga, O'zbekiston Respublikasining "Intenral mikrosxemalar topologiyalari huquqiy muhofazasi to'g'risidagi" Qonuni 15-moddasiga muvofiq quyidagi shartnomalar Patent idorasida ro'yxatdan o'tkaziladi:

ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug'iga patentni boshqa shaxsga o'tkazish to'g'risidagi shartnoma;

ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug'idan foydalanish uchun lisenziya shartnomasi (sublisenziya shartnomasi);

O'zbekiston Respublikasida muhofazalanadigan tovar belgisiga huquqni o'tkazish to'g'risidagi shartnoma;

O'zbekiston Respublikasida muhofazalanadigan tovar belgisidan foydalanishga lisenziya shartnomasi (sublisenziya shartnomasi). Jamoaviy tovar belgisi va undan foydalanishga bo'lgan huquq boshqa shaxslarga o'tkazilishi mumkin emas.

elektron-hisoblash mashinalari uchun dastur yoki ma'lumotlar bazasiga bo'lgan barcha mulkiy huquqlarni to'liq yoki qisman o'tkazish to'g'risidagi shartnoma;

integral mikrosxemalar topologiyasiga bo'lgan huquqni to'liq yoki qisman o'tkazish.

2. O'zbekiston Respublikasining "Elektron hisoblash mashinalari va ma'lumotlar bazalari uchun dasturlarning huquqiy muhofazasi to'g'risidagi" Qonuni 9-moddasiga muvofiq tomonlarning kelishuviga ko'ra Patent idorasida elektron-hisoblash mashinalari uchun dastur yoki ma'lumotlar bazasiga bo'lgan mulkiy huquqlarni o'tkazish to'g'risidagi shartnoma ro'yxatdan o'tkazilishi mumkin.

3. Shartnomani ro'yxatdan o'tkazish va shuningdek, ro'yxatdan o'tkazilgan lisenziya shartnomasiga kiritilgan o'zgartirishlani ro'yxatdan o'tkazish uchun belgilangan miqdorda patent boji to'lanadi.

4. Shartnomani ro'yxatdan o'tkazish va shuningdek, ro'yxatdan o'tkazilgan lisenziya shartnomasiga kiritilgan o'zgartirishlarni ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha ishlar patent egasi (huquq egasi) tomonidan mustaqil ravishda yoki vakolati ishonchnoma bilan tasdiqlangan vakil orqali amalga oshiriladi.

Qonunda belgilangan hollarda ariza Patent idorasida ro'yxatdan o'tgan patent vakillari (matnda bundan keyin patent vakili deb yuritiladi) orqali topshiriladi. Patent vakilining vakolati ishonchnoma bilan tasdiqlanadi.

§ 2. Arizani va unga ilova qilingan hujjatlarni topshirish

5. Shartnomani ro'yxatdan o'tkazish uchun Patent idorasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

a) shartnomani ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi ariza.

Ariza ushbu Qoidalarga berilgan 1-ilovada keltirilgan shaklda, o'zbek yoki rus tilida bir nusxada topshiriladi. Xorijiy nomlar va korxonalarning nomlari o'zbek yoki rus transliterasiyasida ko'rsatiladi.

Ariza bitta shartnomaga oid bo'lishi lozim.

Agar patent egalarining (huquq egalarining) lisenziya berish yoki boshqa shaxsga huquq o'tkazishga roziligi taqdim etilgan boshqa hujjatda ko'rsatilmagan bo'lsa, ariza barcha patent egalari (huquq egalari) tomonidan imzolanadi.

Yuridik shaxs nomidan ariza korxona, tashkilot rahbari tomonidan yoki vakolat berilgan shaxs tomonidan uning lavozimi ko'rsatilgan holda imzolanadi. Imzo muhr bilan tasdiqlanadi.

Imzo chekuvchi shaxsning ismi-familiyasi ko'rsatilishi shart.

b) belgilangan tartibda tasdiqlangan shartnoma yoki shartnomadan ko'chirma, uch nusxada.

Shartnoma varaqlari tikilgan, raqamlangan bo'lishi kerak, unda tuzatilgan, o'chirilgan, ustidan yozilgan so'zlar va kelishilmagan tuzatishlar bo'lmasligi kerak.

Shartnomada quyidagi ma'lumotlar bo'lishi lozim:

shartnoma tomonlarining nomlari;

shartnoma predmeti (shartnoma tuzilgan muhofaza hujjatining raqami (tovar belgisining xalqaro ro'yxatdan o'tkazilgan raqami);

o'tkazilayotgan huquq turi;

lisenziya shartnomasi bo'yicha o'tkazilayotgan huquq hajmi;

shartnomaning amal qilish hududi;

shartnomaning amal qilish muddati;

Mukofot miqdori (yoki bu masalada o'zaro kelishuv mavjudligini tasdiqlaydigan hujjat).

Tovar belgisiga oid shartnomada lisenziat tovarlarining sifati lisenziar tovarlarining sifatidan past bo'lmasligi haqidagi shart va lisenziar ushbu shartning bajarilishini nazorat qilishi lozimligi haqidagi shart ko'rsatilgan bo'ladi;

v) muhofaza hujjati (dublikat) ning asl nusxasi;

Tovar belgisiga shartnomani ro'yxatdan o'tkazishda muhofaza hujjatini taqdim etish shart emas;

g) huquqiy vorislik yoki merosga bo'lgan huquqni tasdiqlaydigan hujjat (zarur bo'lganda);

d) vakillik qiluvchining vakolatini tasdiqlaydigan ishonchnoma;

e) shartnomani ro'yxatdan o'tkazish uchun belgilangan miqdorda patent boji to'langanini yoki patent bojini to'lashdan ozod etish uchun asos mavjudligini tasdiqlaydigan hujjat.

Belgilangan miqdorda patent boji to'langanini yoki patent bojini to'lashdan ozod etish uchun asos mavjudligini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilmagan holda arizani ko'rib chiqish bo'yicha yuridik ahamiyatga molik amallar bajarilmaydi.

6. Sublisenziya shartnomasi ro'yxatdan o'tkazilganda lisenziya shartnomasining asl nusxasi yoki tegishlicha rasmiylashtirilgan nusxasi taqdim etiladi.

7. Arizaga ilova qilingan hujjatlar o'zbek, rus yoki boshqa tilda topshirilishi mumkin. Agar hujjatlar boshqa tilda topshirilgan bo'lsa, o'zbek yoki rus tiliga tarjimasi ilova qilinadi.

8. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Patent idorasiga bevosita toshirilishi yoki pochta orqali jo'natilishi mumkin.

§ 3. Shartnomani ko'rib chiqish va ro'xatdan o'tkazish

9. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar kelib tushgan kundan o'n besh kunlik muddat ichida Patent idorasi barcha zarur hujjatlar mavjudligini va ularning ushbu Qoidalarda belgilangan talablarga muvofiqligini tekshiradi.

10. Zarur hujjatlar mavjud bo'lmagan holda yoki shartnomani ro'yxatdan o'tkazishga topshirilgan hujjatlar ushbu Qoidalarda belgilangan talablarga muvofiq bo'lmagan holda, yoxud shartnomada bir-biriga zid holatlar aniqlangan holda ariza topshirgan shaxsga bildirish xati yuboriladi. Ushbu bildirish xatida yetishmagan va/yoki tuzatilgan hujjatlarni taqdim etish va/yoki bildirish xati yuborilgan sanadan e'tiboran uch oy ichida topshirilgan shartnomaga tegishli o'zgartirishlar yoki qo'shimchalarni taqdim etish taklif etiladi.

Bu holda arizani ko'rib chiqish muddatining o'tishi yetishmagan yoki tuzatilgan hujjatlarning oxirgisi kelib tushganga qadar to'xtatiladi.

11. Topshirilgan hujjatlar ushbu Qoidalarda keltirilgan talablarga muvofiq bo'lgan holda Patent idorasi shartnomani ro'yxatdan o'tkazadi va shartnoma ro'yxatdan o'tkazilganligi haqidagi ma'lumotlarni tegishli Davlat reestriga kiritadi. Bu holda arizada keltirilgan yozishmalar uchun manzilgohga ro'yxatdan o'tkazilgan raqami, ro'yxatdan o'tkazilgan sanasi ko'rsatilgan shartnomaning ikki nusxasi va ro'yxatdan o'tkazilganligi haqida belgi qo'yilgan muhofaza hujjati yuboriladi.

Ro'yxatdan o'tkazilgan shartnomaning bir nusxasi nazorat nusxasi bo'lib, Patent idorasida saqlanadi.

12. Topshirilgan hujjatlar ushbu Qoidalarda keltirilgan talablarga muvofiq bo'lmagan holda Patent idorasi shartnomani ro'yxatdan o'tkazishni rad etadi. Bu holda Patent idorasi ariza bergan shaxsga shartnomani ro'yxatdan o'tkazishni rad etish to'g'risida rad etish asoslarini keltirgan xolda bildirish xati yuboradi va arizadan tashqari taqdim etilgan hujjatlarni qaytaradi.

13. Shartnoma ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi ma'lumotlar Patent idorasining rasmiy nashrida quyidagilarni ko'rsatgan holda chop etiladi:

shartnomaning ro'yxatdan o'tkazilgan raqami;

topshirilayotgan huquqlar hajmi;

shartnoma predmeti;

shartnoma tuzayotgan tomonlar;

shartnoma amal qilish hududi;

shartnoma amal qilish muddati.

§ 4. Ro'yxatdan o'tkazilgan lisenziya shartnomasiga kiritilgan o'zgartirishlarni ro'yxatdan o'tkazish

14. Ro'yxatdan o'tkazilgan lisenziya shartnomasidagi quyidagi ma'lumotlarga kiritilgan o'zgartirishlar ro'yxatdan o'tkazilishi lozim:

shartnoma tuzayotgan tomonlar;

shartnoma predmeti;

shartnoma amal qilish muddati;

shartnoma amal qilish hududi;

topshirilayotgan huquqlar hajmi.

15. Ro'yxatdan o'tkazilgan lisenziya shartnomasiga kiritilgan o'zgartirishlarni ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi ariza ushbu Qoidalarga berilgan 2-ilovada keltirilgan shaklda topshiriladi.

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

a) tegishli o'zgartirishlarni kiritish to'g'risidagi tomonlarning kelishuvini tasdiqlaydigan hujjat;

b) shartnomaga kiritilgan o'zgartirishlarni ro'yxatdan o'tkazish uchun belgilangan miqdorda patent boji to'langanini yoki patent bojini to'lashdan ozod etish uchun asos mavjudligini tasdiqlaydigan hujjat.

v) muhofaza hujjati (dublikat) ning asl nusxasi.

Tovar belgisiga shartnomaga kiritilgan o'zgartirishlarni ro'yxatdan o'tkazishda muhofaza hujjatini taqdim etish shart emas.

16. Kiritilgan o'zgartirishlarni ro'yxatdan o'tkazish ushbu Qoidalarning 9-12- bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.

17. Shartnomaga kiritilgan o'zgartirishlarni ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi ma'lumotlar Patent idorasining rasmiy nashrida chop etiladi.